Virusologiya fanining predmeti, o‘rganish ob’ektlari


Viruslarning yuqish yo‘llari



Yüklə 167,22 Kb.
səhifə38/39
tarix19.12.2023
ölçüsü167,22 Kb.
#152497
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
Virusologiya fanining predmeti, o‘rganish ob’ektlari-hozir.org

114. Viruslarning yuqish yo‘llari.
Viruslar (lot. virus — zahar) — faqatgina tirik hujayralarda koʻpayib, oʻsimlik, hayvon va odamda yuqumli kasallik qoʻzgʻatuvchi mikroorganizmlar. Oʻtmishda "V." termini har xil kasallik qoʻzgʻatuvchilarga, ayniqsa nomaʼlum agentlarga nisbatan qoʻllanilgan. Fransuz olimi L. Paster bir qancha kasalliklarning kelib chiqishida bakteriyalarning rolini isbotlab berganidan soʻng V. tushunchasi "mikrob" soʻzining sinonimi sifatida qoʻllanila boshlandi.
V. organizmga har xil yoʻllar bilan kiradi, mas., V. oʻsimlik hujayralariga chetdan faqat ular shikastlanganida kirishi mumkin. Gripp V. va b.da hujayra qobigʻini buzish xususiyatiga ega boʻlgan fermentlari bor. V. organizmga kirgach, infeksiyanint latent yoki yashirin davri boshlanadi. Koʻpgina V. hujayralarda toʻplanib, hujayra ichida oʻziga xos tarkibiy qismlar hosil qiladi (qarang Virusli granullyoz). V. bilan zararlangan oʻsimliklar, odatda, butun hayoti davomida infeksiya oʻchogʻi boʻlib qoladi. V. ekologik, biologikva b. omillar taʼsirida vujudga keladigan kuchli oʻzgaruvchanlikka ega. V. tabiatda keng tarqalgan boʻlib, ular juda koʻp xoʻjayinga ega. Asosan, soʻruvchi hasharotlar, kanalar va nematodalar bilan tarqaladi. Baʼzi V. urugʻlar orqali tarqaladi va deyarli barcha V. kasal oʻsimlik jinssiz koʻpaytirilganda avlodga oʻtadi. V.ning patologik taʼsiri xilma-xil boʻlib, asosan, ularning koʻpayishidan xoʻjayin organizmida yuz beradigan oqsil va nuklein almashinuvining buzilishi bilan belgilanadi (qarang Virusli kasalliklar). V.ni virusologiya fani oʻrganadi.
115.Viruslar va ularning ahamiyati
Virus xoʻjayin organizmiga kirib olib, undan yanada koʻproq virus hosil qiladigan mashina sifatida foydalanuvchi infeksion tuzilmadir.
Virus tashqari tarafidan oqsil qobiq – kapsid bilan oʻralgan boʻlib, ichki qismida DNK yoki RNKdan tashkil topgan genomi boʻladi. Baʼzi viruslarda gʻilof deb ataluvchi tashqi membrana ham boʻladi.Viruslar juda xilma-xil boʻladi. Ular turli-tuman shakl hamda tuzilishga, har xil genomga ega boʻladi va turli organizmlarni zararlaydi.Viruslar xoʻjayin hujayralarni zararlash hamda ularni virus ishlab chiqaruvchi “zavod”larga aylantirish orqali koʻpayadi.
Kirish kteriya virusga xoʻjayin organizm boʻlishi gʻalati tuyilishi mumkin, lekin olimlarning soʻzlariga qaraganda yer yuzidagi har qanday organizm tanasi eng kamida bitta virus uchun xoʻjayin boʻladi! Virus bu faqatgina xoʻjayin hujayrani zararlash orqali koʻpaya oladigan mayda, yuqumli tuzilmalardir. Viruslar xoʻjayin hujayrani zararlaydi va undan yangi viruslarni hosil qiluvchi resurs sifatida foydalanadi. Ular xoʻjayin organizmsiz koʻpaya olmaganliklari sababli jonli organizm deb qaralmaydi. Viruslar hujayraga ham ega emas: ular tirik hujayralardan birmuncha kichik boʻlib, oqsil va nuklein kislotadan tashkil topgan.
Lekin viruslarning hujayradan tashkil topgan tirik organizmlarga oʻxshash xususiyatlari ham mavjud. Masalan, ular ham bizdagi kabi genetik kodga asoslangan nuklein kislota va genomga ega. Shu kabi ular ham juda xilma-xil boʻlib, rivojlana olish xususiyatiga ega. Garchi viruslar tiriklikning barcha xususiyatlarini oʻzida namoyon etmasa-da, ular hali ham “soʻroq ostidagi” tur boʻlib hisoblanmoqda.(Balki viruslar aslida oʻlmasdir, xuddi “zombi”lar kabi.)

Yüklə 167,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə