Xomashyo va tayyor mahsulotlarning



Yüklə 376,14 Kb.
səhifə3/8
tarix04.06.2023
ölçüsü376,14 Kb.
#115400
1   2   3   4   5   6   7   8
Orifjonov Saidabbos

Reaksiyasi:
NaCI+H2SO4=Na2SO4+2HCI
NaSO4+CaCO3+2C=NaCO3+CaS+CO2
Hosil bo’lgan qattiq moddagasuv bilan ishqor berish natijasida soda eritmasi hosil bo’ladi va bug’latib, qattiq shakldagi soda ishlab chiqariladi. Shlamning tarkibida chiqindi bo’lib CaS qoladi.
Sodaning tabiiy sodadan ishlab chiqarilishi
Ushbu usul qadim zamonlardan ma’lum bo’lgan. Masalan, soda qadimgi Yegipenda, 1938 yili AQSHda tabiiy sodaning (trona-Na2CO3 * NaHCO3 * H2O) juda katta zahirasi topilgan. Shundan keyin tabiiy sodadan kalsinatsiyalangan soda ishlab chiqarilishi keskin rivojlanib ketdi. 1960 yili tabiiy sodadan -720000 t, 1980 yili-6,8 mln.t, 2000 yili -10mln.t dan ortiq soda ishlab chiqarilgan. Ammiyakli usulda olingan sodaga nisbatan tabiiy sodadan olingan soda ancha arzonga tushadi. Masalan, 1980 yili 1 t tabiiy sodani olish uchun soloshtirma kapital mablag’lar 300 dollar,ammiyakli usulda esa 546 dollarni tashkil qiladi.
Tronadan kalsinatsiyalangan soda asosan ikkita usul bilan olinadi:

  1. Seskvikarbonatli

  2. Monogidratli


Kalsinatsiya bо‘limining prinsipial sxemasi.


1 – bug‘ kalsinatori; 2 aralashtirgich; 3,15 – yacheykali ta’mirlagich; 4,10 lentali transportyor; 5 tebranuvchi ta’mirlagich; 6 –bunker; 7 kovushli tashlagich; 8,9,14,16 transportyor; 11 siklon; 12 kalsinatsiya gazi kollektori; 13- separator; 17 kondensat yig‘gich; 18 markazdan qochma nasos; 19 kuchsiz eritma yig‘gichi; 20- kalsinatsiya gazi sovutgichi; 21 reduksiyali sovutgich qurilmasi (RSQ); 22 kalsinatsiya gazini yuvgich; 23 yuvilgan eritma sig‘imi.
Seskvikarbonatli usulda maydalangan ma’dan eritiladi va to’yingan eritma hosil bo’ladi. Eritma tindiriladi, filtrlanadi, organik qo’shimchalardan tozalanadi, bug’lanadi va undan keyin sovitiladi. Cho’kkan nartiy seskvikarbonatning kristallari ajraladi, 200°C temperaturada kalsinatsiya qilinadi va to’kiluvchan zichligi 0,8 kg/dm³ bo’lgan tayyor mahsulot olinadi.Monogidratli usul keyinroq ishlab chiqilgan, lekin hozir u yetakchi usul bo’lib qoldi. Ushbu usul bo’yicha ma’dan kalsinatsiya qilinadi, hosil bo’lgan hom soda eritiladi, eritma tindiriladi, filtrlanadi, organik qo’shimchalardan tozalash uchun aktiv ko’mir bilan ishlov beriladi va bug’latiladi. Natriy karbonat monogidratining hosil bo’lgan kristallari ajratiladi va 150°C tempuraturada digidratsiya qilinadi.

Yüklə 376,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə