Xomashyo va tayyor mahsulotlarning


Nefelinlarni kompleksini qayta ishlasi



Yüklə 376,14 Kb.
səhifə4/8
tarix04.06.2023
ölçüsü376,14 Kb.
#115400
1   2   3   4   5   6   7   8
Orifjonov Saidabbos

Nefelinlarni kompleksini qayta ishlasi
Buning natijasida alyuminiy oksid, potash, kaltsinatsiyalangan soda, sement va boshqa mahsulotlar olinadi. Ushbu usul faqat Rossiyada qo’llaniladi. Nafelinning umumiy kimyoviy formulasi (Na,K)2O*AL2O3*2SiO2. MDH davlatlaridan Rossiyaning Kolsk yarim orolida (apatit-nefelinli madan), Krasnoyarsk viloyatida, Uralda, Kamerova viloyatida, O’rta Osiyo va Qozog’istonda, Ukrainada va Armeniyalarda nefelinlarning katta konlari mavjud.
Nartiy gidroksidning karbonizatsiyasi
Xozirgi vaqtda dunyoda elektroliz usuli bilan yiliga 40 mln.t dan ortiq kauchik soda ishlab chiqariladi. Ushbu jarayonda asosiy mahsulot xlor bo’ladi va uning bilan bir vaqtda hosil bo’ladigan kauchik sodadan kastsinatsiyalangan soda ishlab chiqarish mumkin. Boshqa hollarda bu jarayon iqtisodiy foyda bermaydi, chunki qimmatbaho mahsulotdan (kauchik soda) arzon mahsulot (kalsinatsiyalangan soda) olinadi. Ushbu jarayon natijasida sifatli kalsinatsiyalan- gan soda olinadi, ayniqsa kauchik soda mambranali usilda ishlab chiqarilgan bo’lsa. Hozirgi vaqtda bu usul sodaning umumiy ishlab chiqarishining 1% ni tashkil qiladi.


XOMASHYO VA TAYYOR MAHSULOTLARNING
FIZIK – KIMYOVIY XOSSALARI
Kalisinatsiyalangan soda – Na2CO3 natriy karbonat. Molеkulyar massasi – 106. Natriy karbonat – oq kristal kukun, zichligi - 2,53 g/sm3, erish tеmpеraturasi 853°C, suvda yaxshi eriydi, to'kma zichligi – 0,5-0,6 g/sm3. U kuchli asos va kuchsiz kislota qoldig'i tuzi bo'lganligi uchun suvda gidrolizlanib kuchli ishqorlilik xususiyatiga ega. Suvli eritmalardan gidratlar Na2CO3 * H2O (monogidrat), Na2CO3 * 7H2O ( gеptogidrat), Na2CO3 * 10H2O dеkagidrat sifatida kristallanishi mumkin. Soda juda yopishqoq, saqlash paytida yopishib monolitga aylanib qoladi.
Turli tеmpеraturalarda 100 g suvda sodaning erishi

Теmpеratura,оС

10

22

30

32,96

40

50

60

70

80

90

100

г/100 г

12,1

22,1

39,3

49,0

48,8

47,5

46,2

45,6

45,3

44,9

44,7

To'yingan soda eritmasining qaynash tеmpеraturasi (44,5 g Na2CO3 100 g suvda) – 104,8 °C. Sodaning suvli eritmasidan 32°C dan pastda zichligi 1,45 kg/dm3 bo'lgan еrik monoklinik Na2CO3 (10H2O dеkagidrat kristallanadi, 32-35,37°C tеmpеraturada Na2CO3*7H2Orombik gеptogidrat, zichligi 1,5 g/dm3, 35,37°C yuqori bo'lsa, rombik monogidrat - Na2CO3 (H2O zichligi 2,25 kg/dm3. Suvsiz tuz Na2CO3 112,5°C yuqori tеmpеraturada kristallanadi. Toza kimyoviy kristall soda zichligi 2523 kg/m3 bo'ladi. Erish tеmpеraturasi – 854°C. O'rtacha issiqlik sig'imi 0 dan 100°C tеmpеratura oralig'ida 1,061 kDj/kg(grad yoki 0,26 kkal/kg-grad. 18°C tеmpеraturada elеmеntlardan xosil bo'lish issiqlikgi 1135 kDj/g-moli yoki 271kkal/g-moli.Tеxnik kalisinasiyalangan soda sifati MDH mamlakatlari orasida GOST 5100-85 bilan aniqlanadi.


Soda — turli natriy karbonatlarning umumiy texnik nomi. Kalsinatsiyalangan soda— Na2CO3, (natriy karbonat); kristallangan soda — Na2CO3*10H2O (natron), ichimlik yoki oziq-ovqat sodasi — NaHCO3, (natriy gidrokarbonat) bor. Bulardan tashkari, kaustik soda — NaOH (oʻyuvchi natriyning texnik nomi) ham mavjud. Soda tabiatda Na2CO3*10H2O holida, koʻl va mineral suv havzalarida erigan holda uchraydi. Soda suvdagi eritmalaridan 32°C gacha Na2CO3*10H2O, 3235°Cda Na2CO3*6H2O, 35°C dan yuqorida Na2CO3*H2O, 112,5°C da suvsiz tuz — Na2CO3 kristallanadi. Na2CO3*10H2O — rangsiz kristall modda, havoda nurab turadi. Zichligi 1450 kg/m³, 100 g suvda 0°C da 20,9 g, 104°C da esa 42,1 g eriydi. Kalsinatsiyalangan soda — rangsiz kristall modda, zichligi 2530 kg/m³, suyuqlanish temperaturasi 858°C; gigroskopik, suvda eruvchanligi massasiga nisbatan 6,54% (0°C da) va 17,69%(20°Cda). Ichimlik soda ham oq kristall kukun, zichligi 2200 kg/m³, 100—150°C da parchalanadi; suvda eruvchanligi 6,54% (0°C da), 9,4% (25°C da), 14,1% (60°C da). Sodaning suvdagi eritmalari gidrolizga uchrab, kuchli ishqoriy reaksiya namoyon qiladi, kislota taʼsir ettirilsa, karbonat angidrid ajralib chiqadi. Sodani sanoatda olish usulini ilk bor 1787—1789 ylarda fransuz kimyogari N. Leblan ishlab chiqqan. Bu usulga muvofiq, osh tuzi NaCl ga konsentrlangan H2SO4 taʼsir ettirib, natriy sulfatga (Na2SO4) aylantiriladi, keyin Na2SO4 ni ohaktosh va kumir bilan birgalikda pechda 1000°C da qizdirish yoʻli bilan soda olinadi. Hozirgi sodaning asosiy qismi ammiakxlorid usulida (Solve usuli) olinadi: tabiiy yoki sunʼiy yoʻl bilan tayyorlangan namakob (NaCl) natriy karbonat Na2CO3 va kalsiy gidroksid Ca(OH)2 taʼsirida Ca va Mg qoʻshimchalardan tozalanadi, ammiak NH3 bilan toʻyintiriladi, soʻngra barbotaj kolonnalarida karbonizatsiyalanadi; asosiy reaksiya: NaCl + NN3+SO3+N 2O = NaHCO3+NH4Cl. Natriy gidrokarbonatni qizdirish yoʻli bilan Na2CO3 olinadi.
Soda kimyo sanoatining eng muhim mahsulotlaridan; shisha, sovun va boshqa yuvuvchi vositalar, natriy gidroksid va natriyning boshqa birikmalarini i.ch. da, sellyuloza pishirishda, neft mahsulotlarini tozalashda, pigmentlar olishda, "qattiq" suvni yumshatishda, tibbiyotda ishlatiladi. Ichimlik Soda non va qandolatchilik mahsulotlari pishirishda SO2 manbai sifatida, alkogolsiz ichimliklar, sunʼiy mineral suvlar, yongʻinni oʻchiruvchi tarkiblar tayyorlashda, tibbiyotda, ogʻiz va tomoqni chayishda ishlatiladi.


Yüklə 376,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə