Xomashyo va tayyor mahsulotlarning


TANLANGAN TEXNALOGIK SXEMANING TAVSIFI



Yüklə 376,14 Kb.
səhifə6/8
tarix04.06.2023
ölçüsü376,14 Kb.
#115400
1   2   3   4   5   6   7   8
Orifjonov Saidabbos

TANLANGAN TEXNALOGIK SXEMANING TAVSIFI

Ammiakli usul bilan kalsinatsiyalangan soda ishlab chiqarish texnologik bosqichlari qо‘yidagilardan iborat. Birlamchi kalsinatsiyalangan soda eritmasining tarkibida kalsiy va magniy tuzlari mavjud. Agarda ulardan kalsinatsiyalangan soda eritmasi tozalanmasa, chо‘kmaga quyidagi yaxshi erimaydigan birikmalar tushishi mumkin. Bu birikmalar qurilma, trubalarda tiqilishi mumkin va tayyor mahsulotning sifatini pasaytiradi. Sulfat ionlari distillash jarayonida jarayonlar normal о‘tish uchun xalaqit beradi, chunki kalsiy sulfat tuzi chо‘kma hosil qilish mumkin.


Hozirgi kunda sulfat ionlaridan tozalashning samaradorli usullari topilmagan.
Kalsinatsiyalangan soda eritmasini tozalash jarayonida chо‘kishning yuqori tezligiga erishish uchun kalsiy ionlarning miqdori magniy ionlariga nisbatan 3-9 marta kо‘p bо‘lishi kerak. Buning natijasida chо‘kmaning zichligi oshishi hisobiga chо‘kayotgan shlamning yо‘qolishlari ham kamayadi.
Tozalash jarayonida harorat oshirilsa, ion almashish va degidratatsiya jarayonlari tezlashadi, induksiya davrining vaqtini kamaytiradi. Harorat oshishi bilan kalsinatsiyalangan soda eritmasining yopishqoqligi kamayadi, suspenziyaning chо‘kish jarayoni normal holatda ketmasligi mumkin. Bundan tashqari keyingi ammiak absorbsiya jarayoni uchun harorat yuqori bо‘lish kerak emas. Shuning uchun tozalash jarayonida harorat qо‘llaniladi. Namokobda magniy ionlari qancha kо‘p bо‘lsa, harorat qо‘llaniladi, magniy ionlar kamligida harorat qо‘llaniladi.
Namokobni tozalash deganda uning tarkibidan qо‘shimchalarni yо‘qotish tushuniladi. Qayta ishlashga keladigan tuzli namokobda oz miqdordagi mexanik aralashmalar (qum), kalsiy va magniy tuzlari bо‘ladi. Kalsinatsiyalangan soda eritmasi tarkibidagi kalsiy va magniy tuzlari ammiak va karbonat angidrid ta’sirida erimaydigan birikmalar: kalsiy karbonat va magniy gidroksidga aylantirilishi mumkin. Sodaning bunday qо‘shimchalar bilan ifloslanishining oldini olish va soda ishlab chiqarish jihozlanishini murakkablashtirmaslik maqsadida namokob oldindan qо‘shimchalardan tozalanishi lozim. Namokob mexanik qо‘shimchalar hamda kalsiy va magniy tuzlaridan yaxshilab tozalanadi. Mexanik qо‘shimchalar tindirish yо‘li bilan ajratiladi. Yangi chо‘ktirilgan kristallar (zatravka) suspenziyaga kiritilgan holda shlam chо‘kishining tezligi oshadi va induksiya davri qisqaradi. Kiritilgan qattiq fazaning yuzali energiyasi va larning namokobni kalsiy tuzlaridan tozalash uchun soda qо‘llaniladi, magniy tuzlari uchun kalsiy gidrooksid ishlatiladi. Tozalashning yuqori darajasini ta’minlash uchun berilaѐtgan reagentlarning miqdori juda ham oz ortiqchalikda bо‘lishi kerak. Shuning uchun reagentlarning miqdori aniq bо‘lishi lozim. ionlari namokobda natriy sulfat tuzi holda qoladi. yangi mikdorlarini chо‘kishiga yordam beradi. Ma’lum mikdordagi kiritilgan kristallar chо‘kish tezligini oshiradi. Shu miqdordan oshib ketsa, normal chо‘kish bо‘lmaydi. Amalda kristallar sifatida chо‘ktirgichdagi chо‘kma qо‘llanilishi mumkin. Shu maqsadda chо‘ktirgichga suspenziya tozalagan namokob va chо‘kayotgan shlamlarning chegarasidan past qismiga beriladi. Uzluksiz, jarayon sharoitida shlam chо‘ktirgichning tubidan chiqariladi, tozalangan namokob esa chо‘ktirgichning tepa qismidan olinadi. Shunday qilib, kiritilayotgan suspenziya chо‘kma qatlamidan (filtrlanmaydigan qatlam) о‘tadi. CHо‘kma qatlami kristall rolini bajaradi. CHо‘kma qatlamining qalinligi haroratga bog‘liq va tajriba yо‘li bilan aniqlanadi.
Quyidagi rasmda soda eritmasini dastlabki ishqorlash о‘tkazish bilan bir pog‘onali namokobni tozalash texnologik sxemasi kо‘rsatilgan. Soda eritmasi aralashtirgich (1) ga kelib tushadi. Kalsiy gidroksid ham unga ajratilgan aralashtirgich (9) ga beriladi. Soda eritmasi va tozalangan namokob bak (7) da aralashtiriladi. Soda eritmasi va kalsiy gidrooksid aralashtirgichlari orasidagi ishqorlagich (8) da reaksiya о‘tkaziladi.Ishqorlangan soda eritmasi bak (6) orqali aralashtirgich (2) ga beriladi. Bu yerga tozalangan namokob ham beriladi. Aralashma aralashtirgichdan reaktor (3) ga о‘tkaziladi. Reaktorda CaCO3 va Mg (OH)2larning kristallanishi amalga oshiriladi.


Yüklə 376,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə