Xomashyo va tayyor mahsulotlarning


ISHLAB CHIQARISHNING NAZARIY ASOSLARI



Yüklə 376,14 Kb.
səhifə2/8
tarix04.06.2023
ölçüsü376,14 Kb.
#115400
1   2   3   4   5   6   7   8
Orifjonov Saidabbos

ISHLAB CHIQARISHNING NAZARIY ASOSLARI
Hozirgi vaqtda kalsinatsiyalangan soda quyidagi usullar bilan olinadi:

  1. Ammiakli usul ( Solve usuli )

  2. Tabiiy sodadan

  3. Natriy gidroksidlarning karnonizatsiyasi

  4. Nefelinlarning kompleksli qayta ishlanishi

Ammiakli usul
Hozirgi vaqtda dunyoda soda ishlab chiqarilishda ushbu usulning ulushi 60%ni tashkil qiladi.
Ushbu usulning afzalliklari:

  1. Keng tarqalishi, hom-ashyoning katta zahiralari va arzonligi;

  2. Ohaktosh kuydirishdan tashqari asosan reaksiyalar yuqori bo’lmagan (100°C) temperatura va atmosfera bosimida o’tadi;

  3. Texnologik jarayonning barqarorligi;

  4. Maxsulotning yuqori sifati;

  5. Kastsinatsiyalangan sodaning nisbatan past tan narxi.

Kamchliklari:

  1. Hom ashyodan foydalanish darajasining kamligi (nartiy 75% qo’llaniladi, kalsiy va xlordan umuman foydalanilmaydi);

  2. Utilizatsiya, tashish va uzoq muddat saqlashni talab qiladigan qattiq va suyuq chiqindilarning katta muqdori;

  3. Energiya resurslarining ko’p sarflanishi;

  4. Katta solishtirma kapital mablag’lar va shunga binoan qurilgan korxonalarning o’zini oqlash muddati uzoq bo’ladi.

Osh tuzidan ammiakli usulda soda olish uchun NaCl ning tozalangan kontsentrlangan eritmasi ammiak bilan qayta ishlanadi. So’ngra ammoniylangan CO2 tutuvchi gaz bilan karbonlanadi. Karbonlash natijasida natriy bikarbonatning ammoniy xlorid eritmasidagi suspenziya kristallari hosil bo’ladi. Suspenziyani filtrlash orqali beqaror bikarbonat va xira eritma (filtr suyuqligi)ga ajratiladi. Beqaror bikarbonatni toblantirib kalsinirlangan soda olinadi. Ko’p miqdorda ammiak tutgan nursiz eritma, oxak suti bilan qayta ishlanib distillanadi. Ajralib chiqqan NH3 yangi tuz eritmalari (namakob) bilan to’yintirish uchun yuboriladi. Jarayon uchun zarur oxak va CO2 oxaktosh yoki bo’rni parchalash yo’li bilan olinadi. Ammiak – soda jarayonining asosiy reaksiya va bosqichlari: Namakobni (tuzli eritma) oxakli sodali tozalovi:


MgCl2+Ca(OH)2=CaCl2+Mg(OH)2
CaCl2+Na2CO3= CaCO3+2NaCl
absorbsiya - NH3+H2O=NH4OH+35,2 kDj
2NH3+CO2+H2O=(NH4)2CO3+144,5 kDj
Ammiak tuzli eritmani karbonizatsiyalash –
(NH4)2CO3 +H2O+CO2=2NH4HCO3
NH4HCO3+NaCl = NaHCO3+NH4Cl
Bikarbonatni kalsinatsiyalash
2NaHCO3=Na2CO3+H2O+CO2 – 125,6 kDj
Ammiakni regeneratsiya (tiklash) qilish
(NH4)2CO3=2NH3+CO3+H2O – 100,9 kDj
2NH4Cl+Ca(OH)2=2NH3+2H2O+CaCl2
CO2 va oxak suti olish:
CaCO3=CaO+CO2 – 178 kDj
CaO+H2O=Ca(OH)2 + 65,5 kDj

Sanoat miqyosida soda olish usuli fransuz vrachi va kimyogari Leblan tomonidan 1791 yilda taklif etilgan. Bu usul bо‘yicha qattiq osh tuzi va sulfat kislotadan olingan natriy sulfat, ohaktosh va kо‘mirni aylanuvchi pechlarda 900- 10000C haroratda suyuqlantirish orqali sodali suyuqlanma hosil qilish bilan soda ishlab chiqarilgan.


Na2SO4 C CaCO3 Na2CO3 CaS 2CO2
Ammiakli usul bilan kalsinatsiyalangan soda ishlab chiqarish texnologik bosqichlari qо‘yidagilardan iborat.
NaCl NH3 CO2 H2O NaHCO3 NH4Cl
Ushbu reaksiya 2 ta pog‘onada о‘tkaziladi. Birinchi pog‘onada absorbsiya va ikkinchi pog‘onada karbonizatsiya jarayonlari о‘tkaziladi.

Karbonizatsiya jarayonida chо‘kmaga tushgan
NaHCO3
filtrlash usuli bilan

ammoniy xlorid tuzidan ajratib olinadi va kalsinatsiyalangan soda olish uchun kalsinatsiya bо‘limiga yuboriladi:
2NaHCO Na2CO3 CO2 H2O
Parchalash harorati 160-180 0C tashkil qiladi. Hosil bо‘lgan uglerod


oksid gazi karbonizatsiya bо‘limiga yuboriladi va bu yerda asosiy jarayonlardan tashqari bir nechta yordamchi jarayonlar о‘tkaziladi.
Sodali suyuqlanma sovutilgandan sо‘ng maydalanadi va suvda eritiladi. Soda eritmasi erimaydigan chо‘kma (kalsiy sulfid) dan ajratiladi, tarkibidagi о‘yuvchi natriyni sodaga о‘tkazish uchun karbonat angidrid bilan ishlanadi va bug‘latiladi. Qattiq qizdirish va maydalashdan sо‘ng tayyor mahsulotga aylanadi. Leblan usuli bо‘yicha olingan kalsinatlangan soda qimmat bо‘lishi bilan bir qatorda sifati past va jarayonlarda ishlatiladigan jihozlar hajmdor bо‘ladi.
Sodaga bо‘lgan talab о‘sib borganligi sababli uni tejamkor usullarda ishlab chiqarishni taqozo etadi. 1830 yil Angliyada ammiakli usul taklif etiladi. Ammiakli usul bilan soda olish jarayonining jihozlanishini 1861 yilda belgiyalik kimyogar-muhandis Ernest Solve taklif etdi. Shu usuldagi birinchi zavod 1863 yilda Belgiyada, sо‘ngra boshqa mamlakatlarda quriladi. Solve usulida zavodlarning qurilishi soda ishlab chiqarish sanoatining tez suratda rivojlanishiga olib keladi.
Leblan usuliga nisbatan Solve usuli quyidagi ijobiy tomonlardan iborat.

      1. Mahsulotning sifati yuqori, toza soda hosil bо‘ladi.

      2. Ishlab chiqarish jaraѐnining uzluksizligi.

      3. Mehnat sharoitlari yaxshilanishi va ish kuchi kam sarflanishi.

      4. Elektroenergiya va ѐqilg‘ilarning kamroq sarflanishi.

Ammiakli usulda soda olish jarayonini quyidagi umumiy tenglamalar orqali ifodalanishi mumkin:


NaCl NH3 CO2 H2O NaHCO3 NH4Cl Q
2NaHCO3 Na2CO3 H2O CO2 Q
(1)
(2)

2NH4Cl Ca(OH )2
CaCl2
2H2O 2NH3 Q
(3)

CaCO3
CaO CO2 Q
(4)

CaO H2O Ca(OH )2 Q
(5)



(1) – (2) reaksiyalardan kо‘rinadiki, soda ishlab chiqarishning alohida bosqichlari bir-biriga uzviy bog‘liqdir.


Karbonat angidrid (4) reaksiya bо‘yicha hosil bо‘ladi, shuningdek natriy bikarbonatning (2) reaksiya bо‘yicha parchalanishida (kalsinatsiya jaraѐnida) ajralib chiqadi. Nazariy jihatdan olganda ammiak (1) reaksiyada sarflanmaydi, chunki uni (3) reaksiya bо‘yicha regeneratsiyalanadi. Buning uchun sarflanadigan ohakli suv (5) reaksiya bо‘yicha ohakdan, ohak esa
(4) reaksiya bо‘yicha ohaktoshdan olinadi.
Soda ishlab chiqarishning yagona chiqindisi kalsiy xlorid hisoblanadi.
Kalsinirlangan soda olish uchun osh tuzi, ohaktosh (ѐki bо‘r) va ammiak xomashѐ sifatida ishlatiladi. Ammiak ishlab chiqarish siklida uning yо‘qotilishi hisobiga ishlatiladi.
Osh tuzi 305-310 g/l konsentratsiyali eritma (namokob) tarzida ishlatiladi. Soda ishlab chiqarishda sun’iy va tabiiy namokoblar ishlatiladi.


Yüklə 376,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə