Yer tuzishning ilmiy asoslari


Yerdan oqilona foydalanish


səhifə3/85
tarix11.04.2023
ölçüsü
#105040
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   85
Yer tuzishning imiy asoslari. Avazbayev S

Yerdan oqilona foydalanish bu butun xalq xojaligini rivojlantirish
manfaatlariga mos, ajratilish maqsadiga erishishda eng samarali,
atrof-muhit bilan о ‘zaro optimal ta ’sirni, yerdan foydalanish va uni
ajratish jarayonida uning muhofazasini ta ’minlaydigan foydalanishdir.
Bizning m am lakatim izda yerdan foydalanish tizimi O'zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasiga, Yer kodeksiga va boshqa qonunlarga,
4


Prezident farmonlariga asoslanadi. Uning asosiy belgilari quyidagilar: 
yer respublikam iz hlidudida yashayotgan xalqlarning hayoti va 
faoliyati asosi hisoblanadi; har bir fuqaro yer olish huquqiga ega; 
yerga xususiy mulkchilik huquqi tan olinadi va him oyalanadi; yer 
u c h a s tk a la rin i m a h alliy b o sh q a ru v o rg a n la ri egalik q ilish ga 
foydalanish uchun berishadi va qaytarib olishadi; yerga egalik qilish 
v a 
yerdan foydalanish to ‘lovlar asosida amalga oshiriladi, to ‘lovlar 
yer solig‘i va ijara haqi shaklida olinadi; qishloq xO‘jaligi yerdan 
foydalanishda ustivorlikka ega; yerdan maqsadli va oqilona! foydalanish 
kerak; yerda xo'jalik yuritishning ko ‘p turliligi va barcha shakllarining 
tengligi o'rnatilgan; yerga mulkchilik, egalik va doimiy foydalanish 
huquqlari yer uchastkasini ajratish to ‘g ‘risidagi davlat dalolatnom asi 
yoki guvohnomasi bilan tasdiqlanadi; davlat tom onidan yerlarni 
muhofazalash tartibi va m azm uni belgilanadi, yer tuzishning maqsadi 
va 
vazifalari aniqlanadi.
Yer tuzish bu yer egaliklari va yerdan foydalanuvchilarni tashkil
etish va tartibga solishni, fe rm e r xo 'ja lik la ri, qishloq x o ja lik
korxonalari va tashkilotlari hududlarini tashkil etishni, m a ’muriy
b o 'lin m a la r va m u h o fa za la n a d ig a n h u d u d la r c h eg a ra la rin i
belgilashni o ‘z ichiga oladigan, yerlardan oqilona foydalanishni
va m uhofaza qilishni tashkil etish bo'yicha tadbirlar, iqtisodiy,
injenerlik va huquqiy harakatlar tizimidir.
Yer tuzish ko ‘p asrlik tarixga ega. Uning rivojlanish jarayonida 
liozirgacha o ‘z ahamiyatini yo'qotmagan katta va har tomonlama amaliy 
tajriba to'plangan. U ham m a vaqt ham davlatning agrar siyosatini 
amalga oshirish vositasi b o ‘lib keldi va h ar bir tarixiy bosqichda 
dolzarb vazifalar bilan cham barchas bog'langan. Hozirgi sharoitda 
yer tuzish yordamida yerdan oqilona foydalanish va uni m uhofaza 
qilish, qishloq xo'jalik ishlab chiqarishi samaradorligini oshirish, 
ASM ishlab chiqarish infratizimini optim al joylashtirish, ekologik 
m uhitni yaxshilash va boshqa ko'plab m asalalar hal etiladi. Hattoki, 
krizis (tanglik) davrlarida, davlat qishloq xo'jaligining tushkinli- 
giga, yerlardan nooqilona foydalanishga olib keladigan sainarasiz 
iqtisodiy va ijtimoiy siyosat olib borganda ham yer tuzish qandaydir 
darajada bu jarayonlarga to ‘sqinlik qildi. Yer tuzuvchilar ham m a vaqt 
o ‘z imkoniyatlari darajasida yerlarning talon-taroj qilinishiga va 
buzilishiga yo‘l q o ‘ymaslikka harakat qilganlar.
5


Y er tuzishning m azm uni va vazifalari 0 ‘zbekiston Respubli­
kasi «Yer kodcksi»da k o 'rsatib o ‘tilgan. Yer tuzishning asosiy 
vazifalari quyidagilardan iborat: yer resurslaridan foydalanish va 
uni m uhofaza qilish chizm alarini ham da yer tuzish chizm alarini 
ishlash; yer egaliklari va yerdan foydalanishlarni tashkil etish va 
tartibga solish loyihalarini tuzish, uchastkalarni joylarda ajratish, 
yerga egalik qilish va foydalanish huquqini beradigan hujjatlarni 
tayyorlash, xo'jaliklarda ichki yer tuzish loyihalarini, yerlardan 
foydalanish va ularni m uhofaza qilish bo'yicha boshqa loyihalarni 
tu z ish ; ta b ia tn i m u h o fa z a q ilish , q o 'riq x o n a h u d u d la rin in g
chegaralarini belgilash; aholi yashash joylari chegaralarini belgilash 
va o'zgartirish; izlanish va qidirish ishlari. Yer tuzish xizm atlari 
ayrim u c h a s tk a la rd a , q ish lo q x o 'ja lik k o rx o n a la rid a , ferm er 
xo'jaliklarida, m a ’m uriy tu m an lard a va yirik m intaqalarda, butun 
m a m lak atim izd a yerdan foydalanishni tashkil etadi. U larning 
faoliyati O 'z b e k isto n n in g «Yer kodeksi» va boshqa m e’yoriy 
hujjatlar bilan tartibga solinadi.
Y er tu zish am aliy o ti a n iq n azariy asosga suyanadi. «Yer 
tu zish n in g ilm iy asoslari» fan in in g asoschisi, akadem ik, S.A. 
U dachin (1903-1974) hisoblanadi. Bu fan yer tuzishning uslubiy 
asoslarini va um um iy nazariyasini, rivojlanish qonuniyatlarini
obyektini, m azm unini, turlarini, tam oyillarini, tabiiy va ijtimoiy- 
iqtisodiy o m illarin i, yer tuzish tizim ini o 'rg an ad i. D arslik 12 
bobdan iborat. I - III boblarda fanning uslubiy asoslari yoritilgan. 
IV bobda y er tuzish obyekti - yer resurslari, V bobda - yer 
tuzishning tarixiy tajribasi va rivojlanish sharoiti ko'rib chiqilgan. 
K e y in g i u c h ta b o b y e r tu z is h n in g u m u m iy n a z a riy a s ig a
bag'ishlangan. IX, X boblarda yer tuzish jarayonida hisobga oli­
nadigan tab iiy va ijtim o iy -iq tiso d iy sh aro itlar, XI bobda esa 
O 'zbekistondagi yer tuzish tizim i yoritilgan. Oxirgi bob yer tuzish 
fani va uning asosiy rivojlanish bosqichlariga bag'ishlangan.
Darslikni yozishda ko'plab adabiyotlardan va boshqa manbalardan
- yer tuzish va chegaradosh bilim lar bo'yicha m onografiyalar va 
m aqolalar, yer tuzish fanlari bo'yicha darsliklar va o'quv q o 'l- 
lanm alari, m e’yoriy hujjatlar, m a’lum otnom alar, rasmiy qoidalar, 
ko'rsatm alar ham da davlat standartlari, statistika m a’lum otlaridan 
foydalanildi. Ularning bir qismi m atnda ko'rsatilgan manbalar tarzida 
va adabiyotlar ro'yxatida keltirilgan.
6



Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə