Yer tuzishning ilmiy asoslari


 Yer - ishlab chiqarish vositasi


səhifə6/85
tarix11.04.2023
ölçüsü
#105040
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   85
Yer tuzishning imiy asoslari. Avazbayev S

2. Yer - ishlab chiqarish vositasi.
Ijtim oiy ishlab chiqarish, tarixan, inson m ehnatining yer va 
boshqa tabiiy resurslar bilan o'zaro ta ’siri natijasida yuzaga keldi. 
«M ehnat boylikning otasi va faol tamoyili, yer esa uning onasidir», 
degan edi klassik iqtisodiy nazariya asoschisi, 
XVII 
asrdagi ingliz 
iqtisodchisi Vilyam Petti (У. Петти, Э коном ические и статис­
тические работы .-М .:С оцекгиз, 1940. 55.).
Sivilizatsiyaning boshlang'ich bosqichlarida odam ning yashash 
vositalarini olishida yerning ahamiyati har tom onlam a katta edi; hozir 
ham 75% atrofidagi iste’mol mahsulotlari agrar sohada yctishtiriladi. 
Yer oldingidek odam hayotida yetakchi rol o'ynaydi.
Insoniyat sivilizasiyasi - yerga ta ’sir etadigan asosiy omildir. Bir 
avlod hayoti davridagi tabiiy - tarixiy jarayonlar yerning ahvoliga 
doimiy o^sib boruvchi texnogen (ishlab chiqarishning rivojlanishi 
bilan bog'liq) ta ’sirlarga qaraganda kam ta ’sir ko'rsatadi. Oziq -
12


ovqat mahsulotlariga va xomashyoga b o ‘lgan talabning o ‘sishi, ularni 
qondirish usullaridagi, texnika va texnologiyalardagi o ‘zgarishlar 
bir vaqtning o ‘zida ularning unum dorlik sifatlarini qayta tiklash 
uchun o ‘sib boruvchi potensial im koniyatlarda yerlarning degradat- 
siyasiga (buzilishiga) olib keladi va olib kelishi mum kin.
Ijtimoiy ishlab chiqarishda yerning qatnashishi m ehnat jarayoni 
asosida sodir b o ‘ladi. M ehnat jarayoni quyidagi elem entlam i o ‘z 
ichiga oladi: inson m ehnati, m ehnat predm eti va m ehnat vositasi. 
Qishloq xo'jaligida odam yerga boshqa m ehnat vositalari yordamida 
ta ’sir etib, to ‘g ‘rid a n -to ‘g‘ri iste’m ol qilish va keyinchalik qayta 
ishlash uchun m ahsulot yetishtiradi.
Sanoatning qazib oladigan va qayta ishlaydigan tarmoqlarida yerdan 
olinadigan m ahsulot (m a’danli xom ashyo) ishlab chiqarish vo- 
sitalariga moslashtiriladi va aylantiriladi, bu odam larning yerga ta ’sir 
etishdagi va iste’mol m ahsulotlarini ishlab chiqarishdagi im koni- 
yatlarim kengaytirish im konini beradi. Yerning ham m a uchun 
um um iy ishlab chiqarish vositasi deb atalishi bejiz emas, sababi, u 
ishchiga u turadigan o'rinni, m ehnat jarayoniga esa - harakat doirasini 
beradi. Yer keng m a’noda bu jarayon sodir bo'lishi uchun zarur 
barcha m oddiy sharoitlarni o'zida mujassamlashtiradi.
Yer har qanday faoliyatning birlam chi asosi hisoblanadi. Yer 
uning paydo bo'lishining m oddiy sharoiti, uni amalga oshirishning 
kenglik asosi (bazisi), odam ishlab chiqarish masalalarini yechishda 
ta’sir etadigan jism (predm et) hisoblanadi. Yana, yer m ehnat quroli 
yoki vositasi, m adaniy o'simliklarga ta ’sir etib dehqonchilik m ahsu­
lotlarini yetishtirishda - mehnat quroli hisoblanadi. Bu esa unga hamma 
uchun um um iy ishlab chiqarish vositasi xalq xo'jaligining barcha 
tarmoqlari uchun m ehnat predmeti, qishloq va o'rm on xo'jaliklarida 
mehnat quroli sifatida qarash uchun asos bo'ladi.
Agrar ham da industrial sohalar faoliyatida, shu jum ladan, qayta 
ishlovchi va qazib oluvchi sanoatda yerning roli ham m a vaqt faoldir. 
Sanoat korxonalarini joylashtirish va ularning m e’yorida ishlashi 
yer qatlamlari sifatiga, xomashyo olish va iste’mol qilish ham da 
tayyor m ahsulotlarni topshirish joylariga nisbatan o'm iga, tuproq 
unumdorligi va yerning boshqa xususiyatlariga, bunda yerning biologik 
salohiyatidan qisman foydalanilsa yoki um um an foydalanilmasa ham, 
bog'liq bo'ladi.
13


Yerning jamiyat uchun foydaliligining eng to ‘la nam oyon bo'lishi 
qishloq xo'jaligida ko'rinadi, bu yerda ishlab chiqarish jarayoni bevo- 
sita uning unum dorligi va m ahsuldorligi bilan bog'liq. Odam biolo- 
gik, kimyoviy, texnik vositalar bilan qurollanib o'sim liklarni o'sti- 
radi, hayvonlarni parvarishlaydi, bunda u yer va u bilan bog'liq 
b o shqa tab iiy resurslardan ham m ehnat predm eti, ham ishlab 
c h iq arish quroli sifatid a foydalanadi. Q ishloq xo'jaligi ishlab 
chiqarishida (ham da o 'rm o n xo'jaligida) yerning o'ziga xos o'rni 
uning bu tarm o q lard a 
asosiy ishlab chiqarish vositasi
sifatidagi 
vazifalarini belgilaydi.
Yerning amaliy ahamiyati xalq xo'jaligining ham m a tarm oqlarida 
bir xil bo'lm aganligi sababli, u yoki bu ishlab chiqarish faoliyatini 
amalga oshirish uchun yerning bajaradigan asosiy vazifalari va zarur 
sifatlarini ko'rib chiqam iz (2-jadval).
2 - j a 

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə