Yuqori moleklyar birikmalar haqida asosiy tushunchalar Polimerlarning sinflanishi



Yüklə 345,5 Kb.
səhifə21/28
tarix05.06.2022
ölçüsü345,5 Kb.
#88902
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   28
YuMB savol-javob

Shishasimon holat. Shishasimon holatdagi polimerlar juda kam deformasiyalanadi; polimerlarning bu xossasi TSH gacha qizdirilganda ham deyarli o’zgarmaydi. Bu holatda makromolekulalarning muzlash oldidagi tasodifiy shakllari mustahkamlanib qolgan bo’ladi. Makromolekulalar shishasimon holatda u qadar zich joylashgan bo’lmaydi, ularning zichligi polimerning molekulyar og’irligi va tuzulishiga bog’liq bo’ladi. Polimerning shishasimon holatda bunday g’ovakroq bo’lishi makromolekulalarning harakatlanishiga imkoniyat beradi. Shuning uchun polimerlar shishasimon holatda bo’lsa ham mo’rt bo’lmay, balki elastik deformatsiyalana oladigan bo’ladi. Makromolekulalar egiluvchanligining ortishi bilan ularning zich joylashish imkoniyati ham ortadi.
Shishasimon holatdagi polimerning o’ziga xos xususiyti shuki, u kuch ta’sirida yuqori darajada deformatsiyalanadi. Agar bunday polimer namunasi cho’zilsa, boshqa qattiq moddalar kabi, avval juda oz uzayadi. Lekin ta’sir etayotgan kuchning miqdori ortishi bilan uning cho’zilish darajasi orta boradi va nihoyat polimerning uzunligi dastlabkisiga qaraganda bir necha marta ortadi. Namunaning uzayish davrida ta’sir etuvchi kuchning qiymati qariyib o’zgarmaydi. Cho’zilish ma’lum darajaga yetgandan keyin grafikdagi 3-bosqich boshlanadi. Bu bosqichda namunani cho’zish uchun juda katta kuch kerak bo’ladi va namuna oz uzayib, tezda uzilib ketadi. Namunaning 1-va 3-bosqichlaridagi elastiklik modulining qiymati bir necha ming kg/mm ga yetadi. Bu bosqichlardagi cho’zilishlar ta’sir etuvchi kuch olinganda tez yo’qoladi va namuna o’zining boshlang’ich shakliga qaytadi. Ikkinchi bosqich davridagi cho’zilish turg’un bo’lib, berilgan kuchning ta’siri yo’qolganda ham namuna shakli o’zining boshlang’ich holatiga qaytib kelmaydi. Polimerning bu deformasiyasi plastik deformasiya deb ham ataladi.
Yuqori elastiklik holat – faqat polimerlargagina xos bo’lib, makromolekulalarning egiluvchanligi tufayli vujudga keladi. Agar makromolekulalar egiluvchan bo’lmay, qattiq yoki yuqori darajada to’rsimon bo’lsa, polimerda yuqori elastiklik xossasi bo’lmaydi. Yuqori elastiklik holatidagi polimerlar uchun kuchli deformasiyalanish va bu deformasiyaning, asosan, elastik, ya’ni tezda yo’qoluvchan bo’lishi xosdir. Bu holatda molekulalar g’ujanak shakldan chiziqsimon ko’rinishga o’ta boshlaydi va kuch ta’sir qiluvchi tomonga qarab yo’naladi. Bu holatda past molekulyar moddalarda oqish hodisasini kuzatish mumkin. Lekin polimer molekulalari bir-biriga ta’sir etganligi tufayli, ularning qovushqoqligi juda katta bo’ladi va shu sababli ularni oqishini amalda ko’rish mumkin bo’lmaydi. Demak, molekulalarning o’zaro o’rin almashtirish hodisasi kam bo’lgandagina, polimerda yuqori elastiklik xossasi vujudga keladi. Lekin yuqori elastik holatdagi polimerlar tashqi kuch ta’siri ostida muvozanat holatida bo’lmaydi, chunki bu holatda makromolekulalar cho’ziq, chiziqsimon shaklda, ya’ni yo’nalgan bo’lib, boshlang’ich, g’ujanak holatiga qaytishga intiladi. Lekin tashqi kuch bunday holatga o’tishga yo’l qo’ymaydi va polimerning deformasiyalanishi ta’sir etuvchi kuchdan orqada qoladi. Agar tashqi kuch uzoq vaqt davomida ta’sir etsa, makromolekulalar o’zaro o’rin almashtiradi. Yuqori elastik polimerlardagi bu hodisalar mexanik xossalar relaksasiyasi deyiladi.
Makromolekulalarning batartib joylanishi tufayli hosil bo’lgan deformasiyada qaytish xususiyati bor; bu deformasiya qaytuvchi yoki elastik deformasiya deyiladi. Lekin makromolekulalarning qovushoq- oqishidan hosil bo’lgan deformasiya qaytmaydi va u plastik deformasiya deb ataladi.

Yüklə 345,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə