Yuqori moleklyar birikmalar haqida asosiy tushunchalar Polimerlarning sinflanishi


– Mavzu. Polielektrolitlar va ularning sinflanishi



Yüklə 345,5 Kb.
səhifə17/28
tarix05.06.2022
ölçüsü345,5 Kb.
#88902
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   28
YuMB savol-javob

19 – Mavzu. Polielektrolitlar va ularning sinflanishi
Qutblangan muhitda ionlarga ajray oladigan, elektr zaryadlari tashish xossasi bo’lgan yuqori molekulyar birikmalarga polielektrolitlar deyiladi. Ulardagi elektr zaryadi makromolekula tarkibidagi funksional gruppalarning elektrolitik dissosilanishi natijasida hosil bo’ladi. Demak, polielektrolitlar molekulyar og’irligi katta bo’lganligidan, bir tomondan, polimer xossalarini namoyon qilsa, ikkinchi tomondan, tarkibidagi funksional gruppalarning dissosilanishi tufayli, past molekulyar kislota, asos va tuzlarning xossalarini namoyon qiladi. Polielektrolitlar sanoatda keng qo’llaniladi va tabiiy polimerlarning eng ko’p qismini tashkil qiladi. Polielektrolitlar ionlanadigan guruhlarning tabiatiga qarab uch turga bo’linadi:
1. Polikislotalar – tarkibida kislotali guruhlar tutgan polimerlar. Masalan:
(-CH2-CH-)n (-CH2-CH-)n
| |
COOH SO3H
Poliakril kislotasi (kuchsiz kislota) Polivinilsul’fokislota (kuchli kislota)
2. Poliasoslar – tarkibida asosli guruhlar tutgan polimerlar. Masalan:
(CH2- CH-)n (-CH2-CH-)n
| |
NH2 CH3-N-CH3OH
|
CH3
Polivinilamin (kuchsiz asos) Poliviniltrimetilammoniy (kuchli asos)
3. Poliamfolitlar - tarkibida kislotali va asosli guruhlar tutgan polimerlar. Masalan:
(- CH2 – CH - )n – ( - CH2 - CH - )m
| |
NH2 COOH
Bunday makromolekulalarning ba’zi elementar zvenolarida asos, ba’zilarida esa, kislota xossalari bor gruppalar mavjuddir. Poliamfolitlar eritmadagi vodorod ko’rsatgichi PH ning qiymatiga qarab, musbat yoki manfiy zaryadlangan bo’ladi. Ba’zan makromolekuladagi manfiy zaryadlar miqdori musbat zaryadlar miqdoriga teng bo’lishi ham mumkin. Makromolekulasi tarkibidagi funksional gruppalarning dissosilanish darajasiga qarab, polelektrolitlar kuchli va kuchsiz polimer kislota hamda kuchli va kuchsiz polimer ishqor xossalarini namoyon qiladi.

Yüklə 345,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə