Yuqori moleklyar birikmalar haqida asosiy tushunchalar Polimerlarning sinflanishi


– Mavzu. Polimer eritmalarini tayyorlash va tozalash



Yüklə 345,5 Kb.
səhifə15/28
tarix05.06.2022
ölçüsü345,5 Kb.
#88902
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   28
YuMB savol-javob

17 – Mavzu. Polimer eritmalarini tayyorlash va tozalash
Og’zi mahkam yopiladigan probirkaga maydalangan polimer namunasidan 1gr va erituvchidan 10 ml solinib, uy temperaturasida 2 soat saqlanadi. Bu vaqt ichida ba’zan probirkani chayqatib turish kerak. Oradan 2 soat o’tgach, probirkadagi o’zgarishga qarab, polimerning erigan yoki bo’kkanligi aniqlanadi. Agar polimer qisman erigan yoki bo’kkan bo’lsa, uning eruvchanligini yuqoriroq temperaturada tekshirish kerak. Buning uchun probirkaning og’ziga qaytarma sovutgich o’rnatib, probirka 30 minut davomida suv hammomida isitiladi-da, namunaning eriganligi yoki bo’kkanligi kuzatib turiladi.
Eruvchanlikni miqdoriy jihatdan aniqlash. Ko’pincha, erituvchilarning eritish xususiyatini bilish kifoya qilmay, balki polimerni qancha miqdorda erita olishini ham bilish zarur bo’ladi. Bunday hollarda polimer eritmasini loyqatish uchun sarflangan cho’ktiruvchi miqdoriy aniqlanadi. So’ngra cho’ktiruvchi moddaning erituvchi hajmiga nisbati hisoblab topiladi va bu nisbat polimerning erish miqdorini xarakterlaydi. Demak, eritmani loyqalatish uchun cho’ktiruvchi qancha ko’p kerak bo’lsa, erituvchining eritish xususiyati shuncha yaxshi deb hisoblanadi.
Tajriba o’tkazish tartibi: konussimon kolbaga maydalangan polimerdan 1gr solinib, 10 ml erituvchida eritiladi, eritma ustiga byuretkadan cho’ktiruvchi tomiziladi (kolbani doimo chayqatib turish zarur). Kolbadagi tiniq eritma loyqalangandan so’ng, cho’ktiruvchi modda tomizish to’xtatiladi va 1ml erituvchiga to’g’ri keladigan cho’ktiruvchi miqdori (ml) hisoblab topiladi.
Polimerlarni tozalash. Odatda, yangi olingan polimerlarda har xil qo’shimchalar (ko’pincha, reaksiyaga kirishmay qolgan monomer) bo’ladi. Polimerning xossalarini o’rganishdan oldin, uni qo’shimchalardan tozalash zarur, chunki qo’shimchalar juda oz miqdorda bo’lsa ham polimerning xossalariga kuchli ta’sir ko’rsatadi. Polimer bu qo’shimchalardan qayta cho’ktirish yo’li bilan tozalanadi.
3-5 gr og’irlikdagi namuna 50 ml erituvchida eritiladi. Hosil bo’lgan eritma boshqa kolbadagi 100 ml cho’ktiruvchi ustiga qo’yiladi. Polimerning to’la cho’kganligini aniqlash uchun tinigan eritma va cho’ktiruvchi aralashmasiga cho’ktiruvchidan yana bir necha ml quyiladi. Bu vaqtda loyqa hosil bo’lmasa, polimer to’la cho’kkan bo’ladi. Cho’ktirilgan polimer ajratib olingach, u erituvchi va cho’ktiruvchi moddalar aralashmasi bilan bir necha marta yuviladi-da, vakuum ostida og’irlik o’zgarmay qolguncha quritiladi.



Yüklə 345,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə