Yuqori moleklyar birikmalar haqida asosiy tushunchalar Polimerlarning sinflanishi



Yüklə 345,5 Kb.
səhifə11/28
tarix05.06.2022
ölçüsü345,5 Kb.
#88902
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   28
YuMB savol-javob

¦ H CH3
¦ ¦
--- CH2 = CH
|
CH3
Shunday qilib, Sigler – Natta katalizatorlari ishtirokida olingan yuqori molekulyar birikmalar juda keng molekulyar massaviy taqsimlanish doirasiga ega bo’ladi. Ko’pgina ilmiy – tadqiqot ishlarining natijalariga ko’ra, hozirgi paytda Mendeleev davriy sistemasidagi VIII gruppa metallari (Co, Ni, Fe, Rh) ning (shuningdek, titan va vanadiy) ishtirokida dien birikmalarining polimerlanish jarayoni davrida ko’pgina hollarda 1.4 – tsis holatda birikkan bo’g’inlaridan iborat polimerlar hosil bo’lishi qayd etilgan.


12. Polikondensatlanish reaksiyalari
Har bosqich reaksiyadan so’ng suv, spirt, ammiak, vodorod xlorid va shunga o’xshash quyi molekulyar moddalarajralib chiqishi bilan boradigan yuqori molekulyar birikmalar hosil bo’lish reaksiyasi polikondensatlanish reaksiyasi deyiladi. Reaksiya natijasida hosil bo’lgan yuqori molekulyar birikmalar elementar tartibi reaksiya davomida quyi molekulyar moddalar ajralgani sababli, dastlabki olingan monomerlar tarkibidan farq qiladi. Polikondensatlanish reaksiyasiga tarkibida ikkita yoki undan ortiq turli funksional gruppalari bor moddalar kirisha oladi. Agar bir moddaning o’zida ikki xil funksional gruppa bo’lsa-yu, ular o’zaro reaksiyaga kirishib, polimer hosil qilsa, bunday reaksiya gomopolikondensatlanish deyiladi. Bunday reaksiyalarga aminokislotalar, aminospertlar va oksikislotalarning polikondensatlanishi misol bo’la oladi. Misol tariqasida aminokapron kislotadan polikaprolaktam hosil bo’lishini ko’rib chiqamiz:
t0
nNH2–(-CH2-)5COOH→H–[-NH–(-CH2-)5–CO-]n–OH+(n–1)H2O
Bifunksional birikmalarning polikondensatlanishi natijasida faqat chiziqsimon polikondensatlar hosil bo’ladi. Bunday jarayon chiziqsimon polikondensatlanish deyiladi. Reaksiyaga kirishayotgan monomerlarning birida uch va undan ortiq funksional gruppalar bo’lishi polikondensatlanish reaksiyasini murakkablashtiradi va fazoviy to’rsimon tuzilishga ega makromolekulalar hosil qiladi. Bunday jarayon fazoviy polikondensatlanish deyiladi. Misol tariqasida gliserin va para-ftal kislotaning kondensatlanishini ko’rsatish mumkin. Bu reaksiyada gliserin avval bifunksional gruppali modda sifatida qatnashib, chiziqli polikondensat – gliftal smolalar hosil qiladi:
t0
nCH2OH–CHOH–CH2OH+nHOOC–C6H4–COOH →
H–[-OCH2–CHOH–CH2–O–OC–C6H4–CO-]n–OH+(2n–1)H2O

Hozirgi kunda YuMB lar (poliamidlar, poliefirlar, fenol-formal’degid, mochevina-formal’degid, melamin-formal’degid, kremniy-organik polimerlar) sintez qilishda polikondensatlanish reaksiyalaridan samarali foydalanilmoqda.


Dikarbon kislotaning murakkab efirlari ham reaksiyaga kirishishi mumkin. Biroq bu holda reaksiya natijasida suv emas, balki spirt ajralib chiqadi:
t0
nH2N-R-NH2+R``O-OC-R`-CO-OR``→[HN-R-NH-CO-R`-CO]n+2R``OH
Polikondensatlanish jarayonida molekulyar massasi uncha katta bo`lmagan polimerlar hosil bo`ladi. Buning sababi quyidagi holatlar orqali tushuntiriladi;
1. Polikondensatlanish jarayonida qatnashuvchi monomerlar tarkibidagi funksional guruxlarning ekvivalent miqdori buzilishi.
2. Polikondensatlanish jarayonida hosil bo`layotgan quyi moleko`lyar moddalarning reaksion muxitdan to`liq ajratish mumkin bo`lmaganligi (suv, kislota va bioshhqalar).
3.Polikondensatlanish jarayonida, qo`shimcha oraliq reaksialarning sodir bo`lishi (yoki polimer zanjirining parchalanishi, oksidlanishi kabi reaksiyalarning sodir bo`lishi). Bunday reaksiyalarga misol qilib asidoliz, ammonoliz va boshqa reaksalarni keltirish mumkin.
Sopolimer molekulyar massasini maksimum qiymatiga erishish uchun monomerlarning ekvivalent nisbati reaksiya davomida saqlanib turishi kerak. Monomerlardan birini miqdori ortib qolsa, zanjirning o’sishi ikkinchi monomerni hammasi sarf bo’lishi bilan birdaniga to’xtab qoladi. (Korshak qoidasi).



Yüklə 345,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə