Yuqori moleklyar birikmalar haqida asosiy tushunchalar Polimerlarning sinflanishi



Yüklə 345,5 Kb.
səhifə7/28
tarix05.06.2022
ölçüsü345,5 Kb.
#88902
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   28
YuMB savol-javob

8. Sopolimerlanish reaksiyalari
Ikki yoki undan ortiq tur monomerlarning birgalikda polimerlanish jarayoni s o p o l i m y e r l a n i sh jarayoni deyiladi; hosil bo’lgan yuqori molekulyar birikmalar esa s o p o l i m e r l a r deb ataladi. Sopolimerlar makromolekulasining tarkibi reaktsiya uchun olingan monomerlarning molekula qoldiqlaridan bo’g’inlaridan tashkil topadi. Makromolekulaning tarkibi faqat bir xil monomer molekula bo’g’inlaridan tashkil topgan polimerlar g o m o p o l i m e r l a r deyiladi. Gomopolimerlanish jarayonida faqat bir turdagi o’sayotgan zanjirni tashkil etsa, sopolimerlanish esa bir necha xil ko’rinishdagi o’sayotgan zanjirlardan iborat bo’ladi. Hozirgi paytda ikki monomerdan tashkil topgan binar sistemalarning sopolimerlanish quyidagi sxema tarzida ifodalanadi:
n M1+nM2—→. . .—M1—M1—M1—M2—M2—M2—M1—M2—M1-M2— .
Polimerlanish xususiyati har xil bo’lgan ikki monomer aralashmasining sopolimerlanishidan hosil bo’lgan makromolekulalar tarkibi har ikkala monomer bo’g’inlaridan iborat bo’ladi. Bu holda o’sayotgan makroradikallar polimerlanishda ishtirok etayotgan monomerlarning har ikkalasi bilan ham reaktsiyaga kirishgan bo’ladi. Demak, o’sayotgan makroradikalning xarakteri asosan o’sayotgan zanjir uchidagi monomer bo’g’in xossasiga bog’liq bo’ladi.
Sopolimerlanish jarayonida o’sayotgan radikallar bilan monomerlarning o’zaro ta‘sirlashuvi natijasida to’rt turdagi reaktsiya sodir bo’ladi.
K 1,2 , K 2,1 bilan belgilasak, u holda sopolimerlanish jarayonlar quyidagi elementlar reaktsiyalardan iborat bo’ladi.
K1,1
I. M1 + M1 ——→ Mֹ1 I. υ1,1 = K1,1 [M·1] [ M ]
K1,2
II. M·1 + M2 ——→ M·2 II. υ1,2 = K1,2 [M·1] [ M2]
K2,2
III. M·2 + M2 ——→ M·2 III. υ2,2 = K2,2 [ M·2] [ M2]
K2,1
IV. M·2 + M1 ——→ M·1 IV. υ2,1 = K2,2 [ M·2] [ M1]

Keltirilgan reaktsiyalardan qaysi birining tezligi kattaroq bo’lsa, hosil bo’layotgan sopolimerlarning tarkibi, o’sha reaktsiyaga muvofiq birikayotgan monomer bo’g’inlari bilan boyigan bo’ladi.


I. Hol. r1 = 1, r2 = 1. Bu holda o’sayotgan makroradikal har ikki monomer molekulalarini bir xil tezlik bilan biriktirib oladi. Demak, polimerlanish jarayoni har bir monomerning erkin radikali o’z monomerini ham, “begona ” monomerni ham bir xil tezlik bilan biriktiradi. Natijada sopolimerning tarkibi dastlabki monomerlar aralashmasi tarkibidan farq qilmaydi va azeotrop aralashma hosil bo’ladi.

Yüklə 345,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə