Yuqori moleklyar birikmalar haqida asosiy tushunchalar Polimerlarning sinflanishi


Polimerlanish darajasining ortishi bilan boradigan reaksiyalar



Yüklə 345,5 Kb.
səhifə25/28
tarix05.06.2022
ölçüsü345,5 Kb.
#88902
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
YuMB savol-javob

Polimerlanish darajasining ortishi bilan boradigan reaksiyalar
Makromolekulalararo reaksiyalar. Makromolekulalararo reaksiyalar ikki yoki undan ortiq makromolekulalarni kimyoviy bog’lar ishtirokida choklanishi natijasida sodir bo’ladi. Bu reaksiyalar - qo’shimcha birikma kiritmasdan yoki kiritish yo’li bilan olib boriladi.
Makromolekulalararo reaksiyalarga kauchuklarni vulqonlash yaqqol misol bo’ladi. Bunda chiziqsimon makromolekula choklangan shaklga aylanadi. Vulqonlash oltingugurt ishtirokida, oltingugurtsiz va turli nurlar tasirida borishi mumkin.
Oltingugurt bilan vulqonlash ikkilamchi bog` tutgan kauchuk va oltingugurt aralashmasini 130-1600C da qizitish bilan olib boriladi. |
S
|
- CH2 – CH = CH – CH2 - - CH2 – CH – CH – CH2 -
|
+ nS → S
|
- CH2 – CH = CH – CH2 - - CH2 – CH – CH – CH2
|
S
Bundan tashqari oltingugurt ikkilamchi bog`ga nisbatan a-holatda turgan harakatchan vodorod atomi bilan ham reaksiyaga kirishishi mumkin.
- CH2 – CH = CH – CH2 – - CH2 – CH = CH – CH –
S |
---→ S
-H2S |
- CH2 – CH = CH – CH2 - - CH2 – CH = CH – CH –

Polimer chiziqsimon holatdan tarmoqlangan holatga o`tganda, eruvchanligi va suyuqlanish harorati yo`qoladi, polimerning hamma fizik-kimyoviy va mexanikaviy xossalari o`zgaradi. Tarmoqlangan polimerning xossalari uning kimyoviy tuzilishiga va molekulalar aro bog`larning soniga bog`liq. To`rlar sonining ortishi polimerning kattaligi, issiqqa chidamliligi, yumshash haroratini oshiradi, eruvchanligini esa kamaytiradi. Bu xossalar polimer materiallarini turli shakllarga solishni murakkablashtirsa ham, tayyor buyumlar olish uchun qimmatlidir.


Payvandli va blok polimerlanish polimerlarni kimyoviy modifikasiyalash va xossalarini takomillashtirish maqsaddida keng qo`llaniladi.Payvand polimer kimyoviy tarkibi lihatidan rasmiy sopolimerga o`xshamasa ham makromoleko`lasida ketma-ket qaytariladigan uzun bir xil zvenolar tutadi. Blok polimer esa yaxlit qaytariladigan chiziqsimon zanjirlardan iborat bo`ladi.
-AAAAABBBBAAAA-
Payvandli polimerning makromoleko`lalari tarmoqlangan tuzilishga ega bo`ladi. Asosiy zanjirni tashkil etuvchi A zvenolar yon tarmoqlarini tashkil etuvchi B monomer zvenolardan iborat bo`ladi:
-AAAAAAAAAAAAAAA-
⁞ ⁞ ⁞
B B B
⁞ ⁞ ⁞
Sxemada A va B lar turli xil polimer va manomer zvenolarni ifodalaydi.Payvand va blok polimer olishning bir qancha usullari mavjud, ularning ayrimlarini keltiramiz.Ularning ko`pchiligi makromolekulyar inisiator(boshlagich) lar bilan manomerlarni, makroradikallar yoki polimerlarni o`z o`zi bilan ta`sirlashishiga asoslangan.



Yüklə 345,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə