Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti tarix fakulteti



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/20
tarix27.05.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#113413
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20
«Klaster» metodi 
Klaster metodi pedagogik, didaktik strategiyaning muayyan shakli bo‘lib, u 
o‘quvchilarga ixtiyoriy muammo (mavzu) lar xususida erkin, ochik o‘ylash va 
shaxsiy fikrlarni bemalol bayon etish uchun sharoit yaratishga yordam beradi. 
Mazkur metod turli xil g‘oyalar o‘rtasidagi aloqalar to‘g‘risida fikrlash imkoniyatini 
beruvchi to‘zilmani aniqlashni talab etadi. «Klaster» metodi aniq ob’ektga 
yo‘naltirilmagan fikrlash sanaladi. Undan foydalanish inson miya foliyatining ishlash 
tamoyili bilan bog‘liq ravishda amalga oshadi. Ushbu metod muayyan mavzuning 
o‘quvchilar tomonidan cho‘qur hamda puxta o‘zlashtirilguniga kadar fikrlash 
faoliyatining bir maromda bo`lishini ta’minlashga xizmat qiladi. 


Stil va Stil g‘oyasiga muvofiq ishlab chiqilgan «Klaster» metodi puxta 
o‘ylangan strategiya bo`lib, undan o‘quvchilar bilan yakka tartibda yoki guruh 
asosida tashkil etiladigan mashg‘ulotlar jarayonida foydalanish mumkin. Guruh 
asosida tashkil etilayotgan mashg‘ulotlrda Ushbu metod guruh a’zolari tomonidan 
bildirilayotgan g‘oyalarning majmui tarzida namoyon bo`ladi. Bu esa guruhning har 
bir a’zosi tomonidan ilgari surilayotgan g‘oyalarni uyg‘unlashtirish hamda ular 
o‘rtasidagi aloqalarni topa olish imkoniyatini yaratadi. 
«Klaster» metodidan foydalanishda quyidagi shartlarga rioya qilish talab 
etiladi: 

Nimaniki o‘ylagan bo‘lsangiz, shuni qog`ozga yozing. Fikringizning 
sifati to‘g‘risida o‘ylab o‘tirmay, ularni shunchaki yozib boring. 

Belgilangan vaqt nihoyasiga yetmagunicha, yozishdan to`xtamang. Agar 
ma’lum biror bir g‘oyani o‘ylay olmasangiz, u holda qog‘ozga biror 
narsaning rasmini chiza boshlang. Bu harakatni yangi g‘oya tug‘ilguniga 
qadar davom ettiring. 

Yozuvingizning orfografiyasi yoki boshqa jihatlariga e’tibor bermang. 

Muayyan tushuncha doirasida imkon qadar ko‘proq yangi g‘oyalarni 
ilgari surish hamda mazkur g‘oyalar o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik va 
bog‘liqlikni ko‘rsatishga harakat qiling. G‘oyalar yig‘indisining sifati va 
ular o‘rtasidagi aloqalarni ko‘rsatishni cheklamang. 

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə