Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti tarix fakulteti


«Qarorlar shajarasi» («Qarorlar qabo`l qilish texnologiyasi») metodi



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/20
tarix27.05.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#113413
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
«Qarorlar shajarasi» («Qarorlar qabo`l qilish texnologiyasi») metodi 
«Qarorlar shajarasi» metodi muayyan fan asoslari borasidagi bir qadar murakkab 
mavzularni o‘zlashtirish, ma’lum masalalarni har tomonlama, puxta tahlil etish 
asosida ular yuzasidan muayyan xulosalarga kelish, bir muammo xususida 
bildirilayotgan bir necha xulosalr orasidan eng makbo`l hamda to‘g‘risini topishga 
yo‘naltirilgan texnik yondashuvlardir. Ushbu metod, shuningdek, avvalgi 
vaziyatlarda kabo`l qilingan qaror (xulosa)lar mohiyatini yana bir bora taxlil etishva 
uni mo‘qamal tushunishga xizmat qiladi. Guruxyoki sinf o‘quvchilari ishtirokida 
qo‘llaniladigan «Qarorlar shajarasi» bir necha o‘n nafar o‘quvchilarning bilimlari 
darajasini aniqlash, ularning fikrlarini jamlash va baholash imkonini beradi. Ta’lim 
jarayonida mazkur metodning qo‘llanilishi muayyan muammo yuzasidan oqilona 
qaror kabo`l qilish (xulosaga kelish)da o‘quvchilar tomonidan bildirilayotgan har bir 
variant, ularning makbo`l hamda nomakbo`l jixatlarini mufassal taxlil etish 
imkoniyatini yaratadi. Mashg‘ulot jarayonida o‘quvchilar quyidagi chizma asosida 
to‘zilgan jadvalni to‘ldiradilar (yoki Ushbu tartibdagi faoliyatni olib borishda yozuv 
taxtasidan foydalaniladilir): 
MUAMMO 
1-
G‘OYA 
2-
G‘OYA 
3-
G‘OYA 
QAROR 
«Qarorlar shajarasi» metodi quyidagi shartlar asosida qo‘llaniladi: 
1.
O‘qituvchi mashg‘ulot boshlanishidan oldin munozara, taxlil uchun 
mavzuga oid biror muammoni belgilaydi. Guruhlar tomonidan kabo`l 
qilinigan xulosa (qaror)larni yozish uchun plakatlarni tayyorlaydi. 
2.
O‘qituvchi o‘quvchilarni 4 yoki 6 nafar kishilardan iborat guruhlarga 
ajratadi. Muammoning hal etilishi, u borada eng maqbo`l qarorning 
kabo`l qilinishi uchun muayyan vaqt belgilanadi. 


3.
Qarorni kabo`l qilish jarayonida guruhlarning har bir a’zosi tomonidan 
bildirilayotgan variantlarning maqbo`llik hamda nomaqbo`llik darajalari 
batafsil muhokama qilinadi. Har bir variantning afzallik va noafzallik 
jihatlari yozib boriladi. Bildirilgan variantlar asosida muammoni ijobiy 
hal etishga xizmat qiluvchi usul xususida guruh a’zolari bir to‘xtamga 
kelib oladilar. 
4.
Munozara uchun ajratilgan vaqt nihoyasiga etgach, har bir guruh a’zolari 
o‘z guruhi qarori borasida axborot beradilar, Zarur hollarda O‘qituvchi 
raxbarligida barcha o‘quvchilar bildirilgan xulosa (qaror)larni bir biri 
bilan qiyoslaydilar. Muammo yuzasidan bildirilgan qarorlar borasida 
savollar tug‘ilgudek bo‘lsa, ularga javoblar qaytarilib boriladi
noaniqliklarga aniqlik kiritiladi. Agarda barcha guruhlar tomonidan 
muammo yuzasidan bir xil qarorga kelingan bo`lsa, O‘qituvchi buning 
sababini izohlaydi. 

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə