Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti tarix fakulteti


«Tajriba vositasida o‘qitish sikli» (D.Kolb g‘oyasi)



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/20
tarix27.05.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#113413
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
«Tajriba vositasida o‘qitish sikli» (D.Kolb g‘oyasi) 
Mazkur metod quyidagi to`rt omil asosida quriladi: 
1.
Reflektiv kuzatish 
2.
Abstrakt xulosalash (konseptuallash)
3.
Faol tajriba olib borishga tayyorlanish 
4.
Aniq tajriba o`tkazish
Yuqorida qayd etilgan omillarning har biri muayyan shior (g‘oya)ga asoslanadi. 
Chunonchi: 
1)
o‘quvchilar uchun mashk (topshiriq)lar mazmunini tanqidiy o‘rganish va ular 
ustida fikr yuritish imkonini beruvchi sharoitni yarat (reflektiv kuzatish); 
2)
o‘quvchilarga zarur nazariy bilimlarni ber; 
3)
muammo yuzasidan bildirilgan fikrlarni umumlashtirish va xulosalash uchun 
sharoit yarat (abstrak) xulosalash (konseptuallash); 
4)
o‘quvchilarga mo‘qammal shakllangan, Ayni vaqtda yana bir bor tekshirib 
chiqilishi lozim bo‘lgan mashk (topshiriq)larni ishlab chikish imkonini ber 
(faol tajriba olib borishga tayyorlanish); 


5)
yakuniy xulosani shaxsiy tajribadan o‘tkaz va faoliyatda undan foydalan 
(aniq tajriba o‘tkazish). 
Rolli hamda ishbop o‘yinlar 
Zamonaviy ta’limni tashkil etishda rolli hamda ishbop o‘yinlardan samarali 
foydalanishga alohida e’tibor berilmokda. O‘quvchilarda muayyan faoliyat yuzasidan 
egallangan nazariy bilimlarni amaliy ko‘nikma va malakalaarga aylantirish , ularda 
ta’limiy faollikni yuzaga keltirish, ularni ijtimoiy munosabatlar jarayoniga keng jalb 
etishda rolli hamda ishbop o‘yinlar o‘ziga xos o‘rin tutadi. Bugungi kunda ta’lim 
jarayonida qo‘llash nihoyatda qulay bo‘lgan bir qator o‘yinli texnologiyalar 
yaratilgandir. 
O‘yinli texnologiyalar ta’lim jarayonining samaradorligini ta’minlash, 
o‘quvchilarda muayyan faollikni yuzaga keltirish, shuningdek, bilim, ko‘nikma va 
malakalarni hosil qilishga xizmat qiluvchi vaqt oralig‘ini qisqartirish, ta’limni 
jadallashtirishga yordam beradi. 
O‘yinli texnologiyalardan foydalanishda bir kator psixologik xususiyatlar ham 
namoyon bo‘ladiki, buning okibatida har o‘quvchi o‘zining shaxsiy imkoniyatlarini 
namoyish eta oladi, ijtimoiy hayotda o‘zi egallagan o‘rinni barqarorlashtiradi, o‘z-
o‘zini boshqarish ko‘nikmalarini hosil qiladi. O‘yinli texnologiyalar nafakat nazariy 
bilimlarni mustahkamlash, ularning amaliy ko‘nikma va malakalaraga aylanishini 
ta’minlabgina qolmay, balki o‘quvchilarda muayyan axlokiy, irodaviy sifatlarni ham 
tarbiyalashga yordam beradi. 
Pedagog va psixolog olimlar-D.N.Uznadze, L.S.Vыgotskiy, A.N.Leontev, 
S.A.Shmakov, G.K.Selevko, P.YA.Galperin, I.Olloyorov, A.A.Verbitskiy va 
boshqalar o‘yinga asoslanuvchi faoliyatning mohiyati, ularning o‘ziga hos 
xususiyatlari, imkoniyatlari borasida tadqiqot ishlarini olib borganlar. Ayni vaqtda 
biz bu borada zarur nazariy va amaliy ma’lumotlarga egamiz. 
O‘yinlarni tashkil etishda quyidagi maqsadlar ko‘zda to‘tiladi: 
1)
ta’limiy (didaktik) maqsad; 
2)
tarbiyaviy maqsad; 


3)
faoliyatni rivojlantirishga yo‘naltiruvchi maqsad; 
4)
ijtimoiy maqsad. 
G.K.Selevkoning fikricha, o‘yin psixo-pedagogik jarayon sanalib, u quyidagi 
tuzilmaga ega bo‘ladi: 
O‘YIN 
O‘ynash uchun olingan rollaryoki o‘yin turi 
Tanlangan rollarni ijro etish vositasi bo‘lgan o‘yinli harakatlar 
Muayyan predmet (jism)larni o‘yinning shartli moddiy vositasi sifatida tanlash 
O‘yin ishtirokchilari o‘rtasidagi real munosabatlar mazmuni 
Shartli ravishda yaratilgan syujet (o‘yin syujeti) 

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə