Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti tarix fakulteti



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/20
tarix27.05.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#113413
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 
 
 
 
 
 
Interfaol metodlarning turlari 
An’anaviyo‘qitishusullaridanmohironafoydalanganholdailg‘orpedtexnologiyala
rasosidao‘qitishzamontalabidir. 
Ta’limtiziminiisloxqilishningasosiymaqsadio‘quvchilarnimustaqilfikrlashqobilyatlari
nishakllantirishdan, 
zamonaviyinformatsionvositalardanfoydalanishvao‘zbilimlariniharqandaymuammoni
yechishgaqo‘llayolishlarigao‘rgatishdaniborat. 
“Aqliyhujum”, “Bahs-munozara”, “Guruhlargabo‘linibishlash”, 
“Juftbo‘libishlash”, “Zanjirmashqi”, “Ijodiyish”, “Intervyu”, 
“Motivatsiyanishakllantirish”, “Muzyorar”, “Sur’atlidiktant”, 
“Chigilyozdi”vaboshqalarzamonaviyinterfaol usullarihisoblanadi. 
«Aqliy hujum» metodi 
Mazkur metod muayyan mavzu yuzasidan berilgan muammolarni hal etishda 
keng qo‘llaniladigan metod sanalib, u mashg‘ulot ishtirokchilarini muammo xususida 
keng va har tomonlama fikr yuritish, shuningdek, o‘z tasavvurlari va g‘oyalaridan 
ijobiy foydalanish borasida ma’lum ko‘nikma hamda malakalarni hosil qilishga 
rag‘batlantiradi. Ushbu metod yordamida tashkil etilgan mashg‘ulotlr jarayonida 
ixtiyoriy muammolar yuzasidan bir necha orginal echimlarni topish imkoniyati 
tug‘iladi. «Aqliy hujum» metodi tanlab olingan mavzular doirasida ma’lum 


qadriyatlarni aniqlash, ayni vaqtda ularga muqobil bo‘lgan g‘oyalarni tanlash uchun 
sharoit yaratadi. 
Mashg‘ulotlar jarayonida «Aqliy hujum» metodidan foydalanishda bir necha 
qoidalarga amal qilish talab etiladi. Ushbu qoidalar quyidagilardir: 
1.
Mashg‘ulot ishtirokchilarini muammo doirasida keng fikr yuritishga 
undash, ular tomonidan kutilmagan mantikiy fikrlarning bildirishiga 
erishish. 
2.
Har bir o‘quvchi rag‘batlantirilib boriladi. Bu esa bildirilgan fikrlar 
orasidan eng makbo`llarini tanlab olishga imkon beradi. Bundan tashqari 
fikrlarning rag‘batlantirilishi navbatdagi-yangi fikr yoki g‘oyalarning 
tugilishiga olib keladi. 
3.
Har bir o‘quvchi o‘zining shaxsiy fikr yoki g‘oyalariga asoslanishi 
hamda ularni o‘zgartirishi mumkin. Avval bildirilgan fikr (g‘oya)larni 
umumlashtirish, turkumlashtirish yoki ularni o‘zgartirish ilmiy 
asoslangan fikr (g‘oya)larning shakllanishiga zamin hozirlaydi. 
4.
Mashg‘ulot jarayonida o‘quvchilarning har kanday faoliyatlarini standart 
talablar asosida nazorat qilish, ular tomonidan bildirilayotgan fikrlarni 
baholashga yo`l qo`yilmaydi. Agarda ularning fikr (g‘oya)lari baholanib 
boriladigan bo`lsa, o‘quvchilar o‘z dikkatlarini shaxsiy fikrlarini himoya 
qilishga qaratadilar, okibatda ular yangi fikrlarni ilgari surmaydilar. 
Mazkur metodni qo‘llashdan ko‘zlangan aosiy maqsad o‘quvchilarni 
muammo xususida keng va cho‘qur fikr yuritishga rag‘batlantirish 
ekanligini e’tibordan chetda qoldirmagan holda ularning faoliyatlarini 
baholab borishning har kanday usulidan voz kechish maqsadga 
muvofikdir. Ushbu metoddan samarali foydalanish maqsadida quyidagi 
qoidalarga amal qilish lozim: 

O‘quvchilarning o‘zlarini erkin xis etishlariga sharoit yaratib berish; 

G‘oyalarni yozib borish uchun yozuv taxtasi yoki varaklarni tayyorlab 
qo‘yish; 

Muammo (yoki mavzu)ni aniqlash; 



Mashg‘ulot jarayonida amal qilinishi lozim bo‘lgan shartlarni belgilash; 

Bildirilayotgan g‘oyalarni ularning mualliflari tomonidan asoslanishiga 
erishish va ularni yozib olish; 

Qog‘oz varaqlari g‘oya (yoki fikr)lar bilan to‘lgandan so‘ng ularni yozuv 
taxtasiga osib qo`yish; 

Bildirilgan fikrlarni yangi g‘oyalar bilan boyitish asosida ularni 
quvvatlash; 

Boshqalar tomonidan bildirilgan fikr (g‘oya)lar ustidan kulish, kinoyali 
sharhlarning bildirilishiga yo‘l qo‘ymaslik; 

Yangi g‘oyalarni bildirish davom etayotgan ekan, muammoning yagona 
to‘g‘ri echimini e’lon qilishga shoshilmaslik; 

O‘quvchilar tomonidan bildirilayotgan har kanday g‘oya baholanmaydi; 

O‘quvchilarning mustaqil fikr yuritishlari, shaxsiy fikrlarini ilgari 
surishlari uchun muxit yaratiladi; 

G‘oyalarning turlicha va ko‘p miqdorda bo‘lishiga ahamiyat qaratiladi; 

Boshqalar tomonidan bildirilayotgan fikrlarni yodda saqlash, ularning 
fikrlariga tayangan holda yangi fikrlarni bildirish, bildirilmagan fikrlar 
asosida muayyan xulosalarga kelish kabi harakatlarning o‘quvchilar 
tomonidan sodir etilishiga erishiladi. 

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə