Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti tarix fakulteti



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/20
tarix27.05.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#113413
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20
«6x6x6» metodi 
Ushbu metod yordamida bir vaqtning o‘zida 36 nafar o‘quvchini muayyan 
faoliyatga jalb etish orqali ma’lum topshiriq yoki masalani hal etish, shuningdek, 
guruhlarning har bir a’zosi imkoniyatlarini aniqlash, ularning qarashlarini bilib olish 
mumkin. 
«6x6x6» 
metodi asosida tashkil etilayotgan mashg‘ulotda har birida 6 
nafardan ishtirokchi bo‘lgan 6 ta guruh o‘qituvchi tomonidan o‘rtaga tashlangan 
muammo (masala)ni muhokama qiladi. Belgilangan vaqt nihoyasiga etgach, 
o‘qituvchi 6 ta guruhni qayta tuzadi. Qaytadan shakllangan guruhlarning har birida 
avvalgi 6 ta guruhdan bittadan vakil bo`ladi. Yangi shakllangan guruh a’zolari o‘z 
jamoadoshlariga avvalgi guruhi tomonidan muammo (masala) echimi siafatida 
takdim etilgan xulosani bayon etib beradilar vamazkur echimlarni birgalikda 
muhokama qiladilar. 
«6x6x6» 
metodining afzallik jihatlari quyidagilardir: 
1)
guruhlarning har bir a’zosini faol bo`lishga undaydi; 
2)
 
ular tomonidan shaxsiy qarashlarning ifoda etilishini ta’minlaydi;
 
3)
 
guruhning boshka a’zolarining fikrlarini tinglay olish ko‘nikmalarini hosil 
qildi;
 
11
N. Abdurahmonov. Pedagogik innovatsiyasi. Andijon,2008. 


4)
 
ilgari surilayotgan bir necha fikrni umumlashtira olish shuningdek, o‘z fikrini 
himoya qilishga o‘rgatadi.
 
Eng muximi mashg‘ulot ishtirokchilarinng har biri qisqa vaqt (20 daqiqa) 
mobaynida ham munozara qatnashchisi, ham tinglovchi, ham ma’ruzachi sifatida 
faoliyat olib boradi. 
Ushbu metodni 5,6,7 va xatto 8 nafar o‘quvchidan iborat bo‘lgan bir necha 
guruhlarda qo‘llash mumkin. Birok yirik guruhlar urtasida 
«6x6x6»
metodiqo‘llanilganda vaqtni ko‘paytirishga to‘g‘ri keladi. CHunki bunday 
mashg‘ulotlarda munozara uchun ham, axborot berish uchun ham bir muncha vaqt 
talab etiladi. So‘z yuritilayotgan metod qo‘llanilayotgan mashg‘ulotlarda guruhlar 
tomonidan bir yoki bir necha mavzu (muammo)ni muhokama qilish imkoniyati 
mavjud. 
«6x6x6» 
metodidan ta’lim jarayonida foydalanish O‘qituvchidan faollik, 
pedagogik mahorat, shuningdek, guruhlarni maqsadga muvofik shakllantira olish 
layoqatiga ega bo`lishni talab etadi. Guruhlarning to‘g‘ri shakllantirilmasligi topshrik 
yoki vazifalarning to‘g‘ri hal etilmasligiga sabab bo`lishi mumkin. 

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə