Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti tarix fakulteti



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/20
tarix27.05.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#113413
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20
to‘rtinchidaraja:
Talabavazifaningkichikqisminiginaqabo`lqiladi, 
lekinshuzahotiyoquniyo‘qotadi. Xatolarinisezmsshdi, ularnituzatmaydi 
vazifaningto‘gribajarilganliginitekshirishgavaqtketkazmaydibajarilganishsifatigabefar
q. 
Interfaol metodlar – o`zaro fikr almashishga, o`zaro fikrlarni to`ldirishga, goh 
verbal, goho noverbal ta’sir o`tkazishga qaratilgan harakatlar majmuasidir. Interfaol 
metodlarni qo`llashda o`zaro ta’sir asosiga qurilgan intelektual harakatlar shunchaki 
ta’sir yoki turtki vazifasini bajarish bilan cheklanib qolmaydi va hamkorlik
subyektlarini ijodiy izlanishga yo`naltirish, noma’lum holatni ochishga (kashf 
etishga) ko`mak beruvchi nazariy aqliy mulohazalarni yaratish funksiyalarini ham 
bajarishi mumkin. 
Interfaol metodlar asosida tuzilgan dars tizimlarida turli strategiyalardan 
foydalaniladi. Bunda talabalarga yashirincha usullardan (konspekt, kitob va hokazo) 
foydalanish ta’qiqlanmaydi, aksincha bunday usullarni qo`llash rag`batlantiriladi.
10
Pedagogikada an’anaviy metodlarni tanlash mezonlari katta miqdorda ishlab 
chiqilgan, keyingi yillarda didaktik olimlarning ishlarida ularning yigirmadan ortig’i 
keltiriladi . 
10
Pedagogiktexnologiyalarvapedagogikmahorat. Mualliflarjamoasi. Toshkent, 2009. 150-151-betlar.


Interfaol metodlarni tanlash mezoni – ularning ta’lim va tarbiyani 
rivojlantirish masalarni yechishga yuqori yo’nalganligidir . Bu mezon turli xil 
metodlarni u yoki bu doiradagi vazifalarni yechish imkoniyatlarini baholash yo’li 
bilan joriy etiladi , chunki ijtimoiy tajriba elementlarini o’zlashtirishda ularning 
imkoniyatlari turlichadir . 
Interfaol metodlarni tanlashning navbatdagi mezoni ularning ta’lim mazmuni 
xususiyatiga mos kelishdir.
Metod mazmuni harakatlanish qismi sifatida ham aniqlanadi . Shu boisdan bu 
mezonning hisobga olinishi shubhasiz . Bir metod yordamida mavzu mazmuni 
to’laroq ochib berilsa , boshqasi uni ijobiy o’zlashtirishga imkon tug’diradi . 
Interfaol metodlarning tanlashning yana bir mezoni ularning talabalar o’quv 
imkoniyatlariga to’liq mos kelishi, ya’ni samarali o’quv faoliyati uchun ichki va 
tashqi shart- sharoitlarining birligini ta’minlashdir .
Interfaol 
o’qitish metodlaridan foydalanishda pedagogning xususiy 
imkoniyatlariga mos kelishi lozim.Bu pedagogning o’qitish metodlari nazariyasi va 
amaliyoti bilan o’qitsh jarayoning qonuniyatlari bilan bilish nazariyalari ta’lim 
mazmuni nazariyasi va boshqa mavjud qonunlar bilan qurollanganllik darajasini 
hisobga oladi. 
Interfaol metodlarni tanlash mezonlaridan keyingisi-ularning o’quv 
jarayonini tashkil etish shakllari bilan mos kelishidir.Darvoqe, o’qitishning 
yalpi,guruhli va individual shakllari turlicha metodlarni talab etadi.Misol uchun debat 
metodi ikki talaba o’rtasidagi bahs hisoblansa, “aqliy hujumda” guruhdagi barcha 
talabalarning ishtiroki zarur bo’ladi. 
Interfaol metodlarning pedagogik texnologik prinsiplariga mos kelishi 
umumlashtiruvchi mezon hisoblanadi.Ma’lumki,pedagogik texnolgik ham ma’lum 
qonuniyatalar asosida loyihalanadi va o’quv jarayonini tashkil etishga asos yaratadi, 
joriy qilingach esa yakuniy natijani,talabaning u yoki mavzuni mustaqilligini 
ta’minlaydi. 


Ta’limning umumiy maqsadidan kelib chiqib o’qitishning ayni bosqichidagi 
tarbiyaviy va rivojlantiruvchi masalarni yechish zaruratni hisobga olgan holda 
ajratilgan variant tahlillanadi va baholanadi. 
Zamonaviy ta’limni tashkil etishga qo’yiladigan muhim talablardan biri 
ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay,qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga 
erishishdir.Qisqa vaqt orasida muayyan nazariy bilimlarni o’quvchilarga yetkazib 
berish,ularda ma’lum faoliyat yuzasidan ko’nikma va malakalarni hosil 
qilish,shuningdek,o’quvchilar faoliyatini nazorat qilish,ular tomonidan egallangan 
bilim,ko’nikma,malaka darajasini baholash o’qituvchidan yuksak pedagogik mahorat 
hamda ta’lim jarayoniga nisbatan yangicha yondoshuvni talab etadi. 
Pedagogik texnologiya o’z mohiyatiga ko’ra subyektiv xususiyatiga 
ega,ya’ni,har bir pedagogok ta’lim va tarbiya jarayonini o’z imkoniyati,kasbiy 
mahoratidan kelib chiqib holda ijodiy tashkil etishi lozim.Qanday shakl,metod va 
vositalar yordamida tashkil etilishidan qat’iy nazar pedagogik texnologiyalar: 
-pedagogik faoliyat samaradorligini oshirish; 
-o’qituvchi va o’quvchilar o’rtasida o’zaro hamkorlikni qaror toptirish; 
-o’quvchilar tomonidan o’quv predmetlari bo’yicha puxta bilimlarning egallanishini 
ta’minlashi; 
-o’quvchilarda mustaqil,erkin va ijodiy fikrlash ko’nikmalarini shakllantirishi; 
-o’quvchilarning o’z imkoniyatlarini ro’yobga chiqara olishlari uchun zarur shart-
sharoitlarni yaratishi lozim. 

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə