‘zbekiston respublikasi oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 79,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə97/160
tarix24.12.2017
ölçüsü79,22 Kb.
#17347
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   160

voqeaga  bag'ishlangan,  lekin  texnik  jihatdan  uncha  mukammal  ishlan- 
magan  gravyuralar  bosilib  turardi.  M asalan,  birinchi sonidayoq  inqilobning 
boshlanishini  m ajoziy  gavdalantiruvchi  bir  nechta  rasm  berildi.  Ular 
orasida  Bastiliyaning  zabt  etiiishi,  istibdod  belgisi  va  boshqa  voqea-hodi- 
salarni tasviriovchi  rasmlami  ham  ko'rish  m um kin cdi.
Buyuk  fransuz  inqilobining  m ashhur publitsisti,  gaze ta  m uham ri  Eliza 
Lustalo  o 'z in in g   qisqa  umri  davomida  eng  yaxshi  demokratik  ju m a - 
listlardan  biri,  buyuk  targ'ibotchi  darajasiga  ko‘tarila  oldi.  Garchi  u  zehni 
o ‘tkirlikda  va  notiqlikda  K.  Deraulen  bilan,  achchiq istehzo  bobida  Freron 
bilan,  g azabnoklikda  M arat  bilan  bellasha  olmasa  ham,  maqolalari 
hamisha  aniq,  ravshan,  rad  etib  bo‘lmaydigan  dalillaiga  boyligi  bilan 
doimo  gazetxonlar  e ’tiborini  toitardi.  U ning  ajoyib  iste’dodi  tufayli 
gazetaning  ayrim   sonlari  200  ming  nusxada  taiqalardi.  Babyof  fitnasining 
ishtirokchisi  Silven  M arshel  Eliza  Lustalo  haqida shunday yozgandi:  «Yana 
biroz  o ‘ylagach,  Fransuz  Respublikasi  qadimgilaming  asarlaridan  o ‘zi 
axtarayotgan  yog‘d u n i  Lustalo asarlaridan  topishga  muyassar bo'ladi*1.
Silven  M arshel  «Parij  inqilobi*  gazetasining  asosiy m uhaniri  bo'lgach, 
Eliza  Lustaloning  ishini davom ettirdi.  U ning  qalamiga  mansub pamfletlar,’ 
ko‘pdan-ko‘p   boshqa  dahriylik  asarían  hukm ron  diniy  xurofotlaiga  qaishi 
dadillik  bilan  kurash  olib  bordi  va  XVIII  asrdagi  shu  yo‘na!ish  pub- 
litsistikasida  k o ‘zga  ko‘rinarli  o ‘rin  egalladi.  Bu  davrda  gazetaning  bosh 
g‘oyasi  inqilobni  rivojlantirish  va  qirol  hokimiyatini  ag'darib  tashlash 
uchun  kurashga  qaratilgan  edi.  Gazeta  M illat  majlisini  qat’iyatsizlikda 
ayblab:  «Yirik  buijuaziya  vakillari  inqilobni  davom  ettirishdan,  xalq 
ommasining  inqilobiy tashabbusidan  cho'chidilar!*,  deya yozdi.
1789-jdl  12-sentabrdan  Ja n   Pol  M arat  Parijda  «Publiciste  de  Paris* 
(Parij  publitsisti)  gazetasjni  chiqara  boshladi.  Gazetaning  nomi  ostida 
«Vatanparvarlar  uyushmasi  tom onidan  M arat  muharrirligida  chiqarilgan 
siyosiy  erkin  gazeta*  degan  so‘zlar  yozilgan  edi.  «Ummi  haqiqatga 
bag ishlash  kerak*  degan  shiorni  epigraf  qilib  oigan  bu  gazeta  oltinchi 
sonidan  «Xalq  d o ‘sti*  nom i  bilan  chop  etila  boshladi  va  tarixga  shu  nom  
bilan  kirdi.  A w aliga  gazeta  «Vatanparvarlar  uyushmasi*  nomidan,  29-so- 
nidan esa,  faqat  M arat  nom idan  kundaiik gazeta  sifatida chiqib tuidi.
M arat  ko‘pin ch a  bir  vaqtning  o ‘zida  ham   muxarrir,  ham  harf 
teruvchi,  ham   noshir  vazifasini  bajarardi.  U   gazetani  chiqarish  sababini 
quyidagicha  tushuntiigan:  «Fransuzlar  q o ‘lda  qurol  bilan  jang  qilib, 
ozodlikka  m uyassar  b o ‘lgan,  yanchilgan  istibdod  qayta  bosh  ko‘tarishga 
ju r’at  qila  olm aydigan,  davlat  a ’yonlari  tum taraqay  bo‘lishib,  saxovat 
niqobini  toitishga  uringan,  hijolat  bo‘Iayotgan  izzat-nafsi  o ‘zini  nam oyon 
etishga  botinolm ayotgan,  bid’at,  xurofot  oqim i  ham m a  tom ondan  haqiqat 
sadolari  ustiga  yopirilgan,  inson  va  fuqaro  huquqi  muqaddas  hisoblanishi 
lozim  bo'lgan  va  Fransiya  erkin  Konstitutsiya  bilan  saodat  sari  odim - 
layotgan  bugungi  kunda  hech  narsa  millat  xohish-istagiga  qarehi  chiqa
1  Кунов  Г.  Борьба  классов  и  партий в  Великой  Французской  революции. 
М.:  1919, 206-е.
www.ziyouz.com kutubxonasi


olmaydi,  umuminsoniy  sifat  asoslarini  qaror  toptirm oq  u chun  qiroilikni 
adol?t  va  hurriyatga  eltuvchi  buyuk  haqiqat  zafariy?tini  hozirlashga 
monelik  qila olmaydi»1.
1789-yil  18-sentabrda  M arat  «Xalqqa  murojaat»  nom li  m aqola  e ’lon 
qilib,  ham  unda  ilgari  surgan  prinsiplariga  butun  um ri  davom ida  sodiq 
qoldi.
Publitsist  Kamil  Demulen  M aratning  gazetasini  «xalqniiig  kundalik 
rizqi»  deb  atadi.  Uning  o ‘zi  esa,  noyabr  oyida  «Fransiya  va  Brabantning 
inqiloblari»  nomli  gazetasini  chiqarishga  kirishdi.  Haftasiga  b ir  martadan 
chiqa  boshlagan  gazetaning  uch  qismdan  iborat  b o ‘lib,  birinchi  qismi 
butkul  Fransiyaga,  ikkinchi  qismi  Brabant  va  inqilob  yuz  berishi  ko'zda 
tutilayotgan  boshqa  hududlardagi  voqealarga  bag'ishlanardi.  Gazetxonlami 
qiziqtiruvchi  turli-tum an  m ateriallar  chop  etiladigan  uchinchi  qismida 
yangi  kitoblar  va  yangi  sahna  asarlari  to'g'risidagi  xabarlar  berilardi. 
Gazeta  ayniqsa,  ziyolilar orasida  m ashhur edi.
K. Demulen  otasiga  yo'llagan  xatlaridan  birida  basharti  gazeta 
mushtariylarining  soni  3000  ga  etsa,  noshir  uning  m aoshini  ikkl  hissaga 
oshirishga  va’da  berganligini  m a iu m   qilgandi.  Biroq  bu  D em ulenga  nasib 
boMmadi.  Aksincha,  mushtariylar  sonining  kamayishi  oqibatida  yuz  bergan 
moliyaviy  qiyinchiliklar  gazeta  faoliyatining  to'xtashiga  olib  kelgan  asosiy 
sabablardan  bo‘ldi.
Va  nihoyat,  1791 -yilning  boshida  Parijda  «Dyushen  ota»  nomli  yangi 
kundalik  gazeta  paydo  bo‘ldi.  Iste’dodli  jurnalist  Jak  R ene  Eber  nashr 
qilgan  bu  gazeta  darhol o'quvchilar  e ’tibormi  qozondi.  A ka-uka  Gonkurlar 
«Dyushen  ota»  gazetasini  «tili  biyron,  o'ziga  xos  m a’noli,  ta ’sirli,  ehtimol, 
inqilob  davridagi  birdan-bir  chinakam   ma’noli  nashrdir*,  deb  baho- 
lashgan2.  Eber  1790-yilda  gazetada  uchta  pamfiet  e ’lon  qildi,  shulardan 
biri-«Abbat  Morining  shaxsiy  hayoti»  sarlavhali  pamfiet  muailifga  shuhrat 
keltirdi.
O 'z  uslubi  haqida  Eber m ana shunday  yozgan  edi:  «Agar  m en o'zimni 
biyronlikka  da’vogar  qilib  ko‘rsatishni  istasam,  boshqalar  qatori  bundan 
osongina  xalos  b o la r  edim,  kezi  kelganda,  shuni  aytm og'im   kerakki,  men 
lotincha  gaplasha  olaman,  am m o  mening  tilim  xuddi  sankiyutlarnikiga 
o'xshash  oddiy  va  tabiiydir.  M azlum lar  meni  o ‘qishlarini  yoqtiraman, 
ularga  yangi  haqiqatlami  etkazishni  va  ularni  sotqinlam ing  kirdikorlaridan 
ogoh  qilishni  xush  ko‘raman.  So‘kishadiganlar bilan so‘kishm oq  darkor!»3.
Gazetada  shahar  atrofida  yashovchi  kishilar tiliga  xos  s o 'z   va  iboralar 
ko‘p  uchrardi.  Hazil  —  mutoyibalardan  va  dashnom so‘zlardan  ham  foyda- 
lanilishiga  qaramasdan,  aniq  flkrlar  ravon  ifoda  etilardi.  Eber  kundalik 
siyosiy turmushiiing  dolzarb  masalalariga  hoziijavoblik  bilan  aks-sado  berib 
turdi.  U   xalq  ommasining  ehtiyojlariga  katta  e ’ttbor  bilan  qarar,  uning
1  ( t a in t Histoirt  politique et  litteroire  de  pressen  en  France. 
1 861,6-
*c., 
28-6ct.
2 Gonconrt  E 
et 
JF   Histfoire  de  Sjcietif Fransairc  hendant  la  Rivolutionh.  1889, 
197-6er.
3  Pere  Duchesne.  1793
www.ziyouz.com kutubxonasi


Yüklə 79,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə