‘zbekiston respublikasi oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 79,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə96/160
tarix24.12.2017
ölçüsü79,22 Kb.
#17347
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   160

Bu  davrda  Fransiya  gazetalarida  reklama  bosish  endigina  rasm  bo‘la- 
yotgan  edi.„  Per  Brísso  «П атриот  франкаисе»  (Fransuz  vatanparvari) 
gazetasida  xususiy  e ’loniarini  chop  qila  bosltladi.  Demulen  esa  har  xil 
anonslam i  bosishga  kirishdi.  Besh-olti  satrdan  iborat  kichik e ’lonning  bahosi 
12  su  turardi.  Gazeta  bir  nusxasining,  masalan,  «Fransuz  vatanparvari* 
gazetasining  narxi  esa  2  su,  Ebeming  «Rere  Duchesne*  (Dyushen  ota) 
gazetasi  -  
8
  su  edi.  Bu  gazetalar  kundalik  nashrlar  hisoblanardi.  0 ‘sha 
paytda  chiqib  turgan  gazetalar  o ‘z  saxifalarida  turii  xil  e ’lonlaiga  o ‘rin 
berishardi.  Masalan,  «Parij  xronikasi* gazetasi e ’lonJarga  boy edi.
G azeta  nashr  etish  serxaij  ish  bo‘lsa -d a ,  ancha-m uncha  foyda  ham 
keltirardi.  M asalan,  inqilobdan  keyin  «Parij  gazetasi*  (Gazette  de  Paris), 
yiliga  100  ming  Iivr,  Brissoning  «Fransuz  vatanparvari»  (Патриот  де 
Ф ранкаисе),  gazetasi  esa  kunlik  daromadidan  30  ming  livr  sof  foyda 
beigan.
Royalistlarning  3000  nusxadan  ko‘p  bo‘lmagan  adadda  chiqadigan 
«Parij  gazetasi»  m uharriri  h am   shuncha  miqdorda  mablag*  olardi.  Bu 
gazetani  qirollik  saroyi  doim iy  ravishda  rag‘batlantirib  turardi.  Faqat 
poytaxtda  emas,  balki  boshqa  shaharlarda  ham  gazetalarning  moddiy 
ahvoli  yaxshi  edi.  C hunonchi,  «Газете  де  Марсел*  (M arsel  gazetasi) 
darom adi  2,5  ming  livrni  tashkil  etgan.  Bu  gazetaning  etarli  darajadagi 
badavlatlikda  faoliyat  ko‘rsatishini  ta ’minlagan.  Qiyoslash  uchun  yuksak 
m artabali  am aldor  (chinovnik)  yiliga  5 - 6   ming,  xizmatchilar  esa  1,5-2,5 
m ing  livr  miqdorida  ish  haqi  olganligini  keltirish  o ‘rinlidir.  Faqat  e-lonlar 
bosib  chiqarishga  m o'ljallangan  gazetalar  moliyaviy  jihatdan  ayniqsa, 
yaxshi  ahvolda  bo'lganlar.  «Анонс*,  «Afisha*  nomli  va  ayrim  boshqa 
nashrlar  bunga  misol  bo‘la  oladi.  Haftasiga  ikki  m arta  chiqadigan  bu 
gazetalarning adadi  50.000  nusxaga  yetar edi.  Shuning  uchun  Sen-Jyust  bir 
kitobfurushga  qarata:  «Agar  qandaydir  bir  pamflet  sizga  ming  frank 
darom ad  keltirsa,  u  holda  sizning  vatanparvarligingiz  nimaga  ham  arzir 
edi?*  deb bejiz aytmagandi.
Inqilobning  dastlabki  ytiiaridagi  matbuot  haqida  gapirganda,  bu  davida 
oqshom   gazetalari  paydo  b o ‘la  boshlaganini  ham  aytib  o ‘tm oq  darkor. 
Ushbu  gazetalarda  Millat  majlisining  ishi  to ‘g‘risidagi  stenografik  hisobotlar 
bosilardi.  Assambleya  majlislari  haqida jamoatchiUkka darhol axborot  etkazib 
turadigan  bu nashrlar tez orada  ko'pchilikka  ma’qul bo‘Iib qoldi. 
*'
Q ‘sha davrda  hukum at  m ablag‘i  evaziga bosiladigan gazetalar ham  bor 
edi. 
M asalan,  Luvrda  chiqadigan  jirondchi  yo‘nalishidagi  «Посте* 
(Posbon),  gazetasi  dastlabki  paytdanoq  hukumat  m ablag'idan  foydalanardi. 
K eyinroq  gazeta  noshirining  o ‘zi  bu  haqda  gapirib,  ana  shunday  yordam 
tufayli  gazetani 
12.000
  nusxada  chiqarish  mumkin  bo‘lganligini  aytgan. 
R olan  vazir  lavozimida  ekanligida  o ‘ziga  yon  bosgan  jirondchi  m atbuotni 
30.000  livrga  yaqin  m ablag
4
  bilan  ta ’minlab turgan.
K o‘pgina  gazetalar  turli  klub  va  to'garaklar  nom idan  chiqardi.  «Ijti- 
m oiy to ‘garak*  chiqarib  turgan  «Tem ir og‘iz* gazetasi shunday nashilardan 
b o ‘lib,  unga  K.  Foshe  va  N .  Bronvill  muhamrlik  qilishgan.  T o‘garak joy- 
lashgan  binoga  kiraverishda  o 'm atilg an   maxsus  qutiga  gazetxonlar  o ‘z
www.ziyouz.com kutubxonasi


xabar  va  maqolalarini,  ijtimoiy masalalarga  doir fikr-m ulohazalari,  istaklari 
bayon  qilingan  xatlarini  tashlashgan.  Uiam i  bosib  chiqarishni  o 'z   oldiga 
maqsad  qilib  qo‘ygan  m azkur  gazeta  1790-yilning  1-yanvaridan  1791-yil- 
ning  iyul  oyiga  qadar  haftasiga  bir  martadan  nashr  etib  turiigan.  «Ijtimoiy 
to ‘garak»  bir vaqtning  o ‘zida  «Xalq jarchisi»,  «Byulleten»  gazetalarini  ham 
chiqarardi.
Buyuk  fransuz  inqilobi  jumalistika  sohasida  yangi  davmi-siyosiy 
matbuot  davrini  boshlab  berdi.  M atbuot  tarixchisi  Aten  o 'z   asarida 
«Kitoblaming  roli  tugadi,  endi  gazetalarning  navbati  keldi»,  deb  yozgan 
edi.  Siyosiy  gazetaga  P.  Brisso  asos  soldi.  U  fransuz  inqilobi  tarixidagi 
dastlabki  gazetalardan  b in   bo‘lgan  «Fransuz  vatanparvari»ning  prospektini 
bosib  chiqararkan,  ingliz  publitsisti  Djebbning  «Erkin  gazeta-bu  hamisha 
xalq  manfaatlarini  qo'riqlab  turuvchi  posbondir»,  degan  so'zlarini  o ‘z 
gazetasiga  epigraf  qilib  olganligini  xabar  berdi.  Shuningdek,  gazetada 
beriladigan  axborot  uchun  biroz  haq  to‘lashni  ham   va’da  qildi.  Ammo 
uning  bu  rejasi  amalga  oshmay  qoldi,  chunki  senzura  gazetaning  chiqishini 
taqiqlab qo‘ydi.
Brissoning  nashri  bilan  bir  vaqtda  M iraboning  «Bosh  shtablar*  nomli 
gazetasi  ham  maydonga  keldi.  U  o 'z   gazetasining  yo‘nalishini  belgilab: 
«Konstitutsiya,  vatan,  erkinlik,  huquq  —  m ana  shular  bizning  ilohlari- 
mizdir»,  deb  yozgan  edi.  Navbatdagi  sonida  m oliya  vaziri  Nekkeming 
nutqini tanqid qilib  chiqishi bilanoq gazeta yopib  q o ‘yildi.
Hukumatning  bu  tadbiriga  javoban  1789-yilning  10-may  kuni  «Graf 
Miraboning o ‘z saylovchilariga yo‘llagan  maktublari»  nomli  yangi gazetaning 
birinchi soni bosmadan  chiqdi.  U nda  Mirabo, jum ladan,  quyidagilami yozdi: 
«Siz  meni  Bosh  shtabga  o ‘z  vakilingiz  qilib  ko‘rsatgansiz,  shu  boisdan  men 
sizga jamoat  ishlariga  aloqador barcha  narsalar  xususida  hisob  berib  turishim 
кегак».  Mirabo  hukmdorlaming  ushbu  gazetani  taqiqlash  to‘g‘risidagi 
qaroriiii  keskin  tanqid  qilib:  «Xalq  vakillari  ko‘z  o ‘ngida  qirolning  mana 
shunday  dekretlarini  chiqarishga  ju r’at  qilinmoqda.  Bu  dekretlar  insonning 
muqaddas  huquqlariga  tajovuz  qilish  demakdir.  25  million  ovoz  matbuot 
erkinligini  talab qilmoqda», deb yozdi.
Ozodlik  uchun  q o ‘zg‘olon  ko‘targan  xalq  1789-yil  14-iyul  kuni 
Bastiiiyani  zabt  etgach,  erkin siyosiy  matbuot  yo‘lidagi  so‘nggi g ‘ovJar ham 
barham  topdi.  Birin-ketin  yangi  gazetalar  paydo  b o ‘la  boshladi.
Odatda,  gazetaning  har  bir  soni  4 0 -6 4   sahifada  bosilar,  biroq  Milliy 
majlis  ishi  to ‘g*risidagi  hisobotlar  uchun  atigi 
6—8
  sahifa  joy  ajratilar  edi. 
Mamlakatning  um um iy  kundalik  ahvoli,  shu  jum ladan  Parij  voqeaiariga 
bag‘ishlangan  sharhlar  14—20  sahifani  tashkil  qilardi.  Shuningdek, 
viloyatlardagi  inqilobiy  harakatlarning  yutuqlari  to ‘g ‘risida  xabarlar,  siyosiy 
va  iqtisodiy  masalalarga  taalluqli  maqolalar,  te a tr  hayoti  keng  yoritllardi, 
gazetxonlar  adabiy  yangiliklardan  doimiy  ravishda  xabardor  qilib  turilardi. 
Bundan  tashqari,  ingliz gazetalaridan ko‘chirm alaiga  ham  o ‘rin berilardi.
«Революцион  де  Париж»  (Parij  inqilobi);  gazetasi  poytaxt  m ehnat- 
kash  tabaqalarining  ahvoli  bilan  qjziqqan,  ishchilar  to “g ‘risida  yozgan  kam 
sonli  nashrlar  qatoriga  kiradi.  Gazetaning  qariyb  h ar  sonida  u  yoki  bu
www.ziyouz.com kutubxonasi


Yüklə 79,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə