‘zbekiston respublikasi oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 79,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/160
tarix24.12.2017
ölçüsü79,22 Kb.
#17347
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   160

m atbuot  o ‘quvchilam ing  axborotga  bo‘lgan  ehtiyojlarini  qondira  olmasdi. 
Bu esa  hollandiyalik  noshirlarga ju d a  qo'l  keldi.  Ular Germ aniyada taqiqqa 
uchragan  m avzularni  yoritishga  katta  e ’tibor  bera  boshlashdi.  Ikki  davlat 
o'rtasida  tuzilgan  bitimga  ko‘ra, 
Hollandiya  gazetalari  G ennaniya 
hududida  erkin  tarqatilardi.  Bundan  ulam ing  noshirlari  katta  darom ad  ola 
boshladilar.
X V III  asrda  Hollandiya  gazetalari  Yevropa  bo'ylab  keng  tarqal- 
ganining  yana  bir  sababi  —.b u   mamlakatdagi  ko'pgina  nashrlar  xalqaro 
diplom atiya  tili  bo‘lgan  fransuz  tilida  chop  etilardi.  Shuning  uchun  ham 
ulam i 
Britaniya  orollaridan  tortib 
Rossiyagacha  b o lg an  
hududda 
diplom atlar,  o ‘qimishli  kishilar  va  ziyolilar  keng  mutolaa  qilardilar. 
G azetalar  ko'pgina  chet  el  m am lakatlarining  hukumatlari  bilan  ham   yaxshi 
aloqalarni  o ‘rnatganliklari tufayli  axborotni  «birinchi  q oidan*  olishardi.
1680-yiIda  fransuz  Jan  Aleksandr  de  lya  Font  tom onidan  asos  solin- 
gan  «G azette  de  Leyde»  ana  shunday  gazetalardan  biri  bo‘lib,  ko'pgina 
tadqiqotchilarning  fikricha,  uning  eng  gullagan  davri  1738—1798-yillarga 
to ‘g‘ri  kelgan.  Bu  davrda  gazetani  o ‘sha  paytdagi  m ashhur  m uharrirlar 
boshqarishi  bilan  birga,  unda  o ‘ta   m ohir  uslubchilar  ishlashgan.  1795-yil- 
dan  boshlab  «Gazette  de  Leyde»ning  kuchi  «so‘na  boshladi*.  Hollandiya 
Fransuz  Respublikasining  armiyasi  tom onidan  bosib  olinishi  oqibatida 
davlat  tepasiga  kelgan  yangi  hukum at  «Gazette  de  Leyde»ni  taqiqlash 
haqida  dekret  qabul qildi.  1798-yili  gazeta  faoliyati to ‘xtatildi.
1710-1792-yillarda  chiqib  turgan  «Gazette  de  d ’Utrecht»  gazetasi 
ham  om m aviylik  bobida  «Gazette  de  Leyde»dan  qolishmasdi.  N ashr  1745- 
yili  Prussiya  qirolining  Angliya  tashqi  ishlar  vazirligiga  qilgan  m uro- 
jaatnom asi  —  rasmiy  bayonnom asini  e’ion  qildi.  Shu  paytgacha  o'zaro 
dushm anlarcha  m unosabatda  b o ‘lgan  Angliya  va  Prussiya  siyosiy  muzo- 
karalarga  kirishdi.  Ikki  davlat  o ‘rtasidagi  munosabatlar  iliqlashib,  diplo- 
matik  aloqalar  qayta  tiklandi.  G azeta  Yevropa  qit’asida  biron-bir  urush 
holati  yuzaga  kelguday  b o isa ,  Angliya  Prussiya  tom onini  olishga  qaror 
qilgani  haqidagi  xabarni  e ’ion qilishi  katta  shov-shuvga aylanib  ketdi.
Shuningdek,  Amsterdamda  ch o p   etilgan  «Nouveau  Journal  Universel» 
(1 6 8 8 -1 7 9 2 ),  «Gazette  de  Amsterdam»  (1690-1792)  gazetalari  Yevropada 
ham  katta  siyosiy  ta ’sir  kuchiga  ega  edi.  1686-1782-yillar  oralig‘ida 
G aagada  c h o p   etilgan  oylik  «M ercure  historique  et  politique»  jum ali  o ‘z 
zam onasining  ahamiyatli  siyosiy  nashrlaridan  bo  lib,  butun  Yevropa 
diplom atiyasiga  ta ’sir  qilish  qudratini  namoyon  etib  turardi.  Aytishlaricha, 
«M ercure  historique  et  politique»  Yevropadagi  har  bir  diplom atning  stoli 
ustida  turuvchi  qollanm aga aylangan.
Rossiya.  Bu  mamlakatda jurnalistika  biz o ‘rgangan  Yevropa  davlatlari 
ichida  eng  kech  paydo  b o lg a n .  U ning  taraqqiyoti  ham  boshqalarga  qara- 
ganda  an ch a   qiyinchilik  bilan  kechdi.  Rus jumalistikasi  ingliz,  nemis  yoki 
holland  jum alistikasiga  o'xshab  nisbatan  erkin  sharoitlarda  rivojlangani 
yo'q.  U   h ar  doim   hukum at  va  shaxsan  podshohning  nazorati  ostida  b o lib  
kelgan.  H atto,  birinchi  rus gazetasiga  bevosita  Pyotr  I  tashabbusi  bilan asos 
solindi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Um um ati,  XVIII  asr  rus  milliy  jum alistikasim ng  tug'ilish  va  oyoqqa 
turish  davri. sifatida  tarixga  kirdi.  Pyotr  I  «Ведомостьи»  gazet^sini  c h o p  
ettirguniga  qadar  Rus  davlatida  biron-bir  davriy  nashr  yo‘q  edi.  Aslida,  u 
paytlarda  mamlakatda  gazeta  chiqarishga  sezilarli  ehtiyoj  ham  boMmagan. 
Aholining 
ko‘pchilik  qismi  bcsavod 
b o ‘lishi  bilan  birga, 
Rossiya 
madaniylashgan  Yevropadan ancha  ortda  qolgan  va  yopiq  mamlakat  edi.
Shuning  uchun  ham   G'arbiy  Yevropada  ro 'y   berayotgan  o'zgarishlar, 
texnologik  yangilikJar  Rossiyada  katta  kechikishlar  bilan  o ‘z  ifodasini 
topardi.  Bundan  tashqari,  ichki  konservatizm  ham  mamlakatning  rivoj- 
lanishiga  to ‘sqinlik  qilar edi.  Albatta,  «Vedomosti»  chiqquniga qadar xorijiy 
gazetalar  vaqti-vaqti  bilan  Rossiyaga  kelib  turgan.  Lekin  ular  podshoh 
saroyidan  tashqariga  chiqmasdi.  Saroyda  esa  chet  el  gazetalaridagi  ayrim 
maqolalarni  taijim a  qilib,  qo'lyozma  tarzida  ko'paytirish  a n ’anasi  am al 
qilardi.  Bunday taijimalar podshoh  va  uuing  atrofidagi  eng  yaqin  kishilarga 
o ‘qishga  berilardi.
Pyotr  I  hukum at  tepasiga  kelganidan  keyin  vaziyat  ancha  o ‘zgardi.  U  
yevropacha  ruhdagi  zamonaviy  Rossiyani  Ь аф о  etishni  o ‘z  oldiga  maqsad 
qilib  qo‘ydi.  Tabiiyki,  Yevropa  an ’analarini  olib  kirmasdan  turib  m am la- 
katni  zamonaviylashtirishning  iloji  yo‘q  edi.  Podshoh  misli  ko‘rilmagan 
islohotlarni  boshlab  yubordi.  Ilk  rus  gazetasi  ana  shu  davrning  mevasi 
sifatida  tug‘ildi.  1702-yil  15-dekabrda  Pyotr  1  «xorijiy  va  ichki  hodisalar 
haqida  xabar  beradigan»  «Vedomosti*ni  chiqarish  haqidagi  farmonga  imzo 
chekdi.  Oradan  bir  kun  o ‘tib,  17-dekabr  kuni  Moskvada  gazetaning  ilk 
soni dunyo  yuzini  k o 'rd i1.  Uning  ikkinchi  soni  27-dekabrda,  uchinchisi esa 
1703-yi!  2-yanvar  kuni  chiqqaniigi  m a’lum.  Lekin  nashrning  dastlabki  ikki 
soni saqlanmagan.
«Ведомости»  gazetasida  xabarlar  xilma-xilligiga  intilish  bo'lsa-da, 
aslida  uning  bosh  vazifasi  yangiliklardan  xabardor qilish  yoki  mamlakatdagi 
siyosiy  qarashlam i  shakllantirish  em as,  balki  armiya  faoliyatini  qayta 
tashkillashtirish,  buyruq  va  farmonlar,  turli  yo'riqnom alar  va  ko‘rsatm a- 
larni  xalqqa  yetkazish  edi.  Pyotr  I  gazetadan  o ‘zining  siyosatini  amalga 
oshirish  va  harbiy  islohotlarni  kuchaytirish  maqsadida  foydalandi.  Buni 
«BefloMocTbH»ning  saqlanib  qolgan  nusxasi—1703-yil  2-yanvardagi  bosma 
soni  ham  tasdiqlaydi.  0 ‘shanda  gazeta  Moskva  shahrida  misdan  quyilgan 
400  ta  yangi  zambarak va  boshqa  o ‘qotar  qurollar  ishiab  chiqilgani  ham da 
40  ming  pud  miqdoridagi  mis  zaxirasi  yangi  qurollam i  ishiab  chiqarish 
uchun shay turgani  haqidagi  xabarni e ’lon  qildi2.
Mazkur  xabarda  harbiy sir  oshkor  etilgan  bo‘lsa-da,  gazetani  nashrga 
tayyorlashda  Pyotr  I  shaxsan  o ‘zi  qatnashgan  va  ushbu  m a’lumot  atayin 
e’lon  qilingan  edi.  Chunki  Narva  yaqinidagi  jangda  rus  armiyasi  shved- 
lardan  yirik  m ag‘lubiyatga  uchrab,  og‘ir  aitilleriyasidan  maxrum  bo‘lgandi. 
Ushbu  mag‘lubiyatning  oqibatlari  Rossiyani  va  ayniqsa,  armiyani  ruhan
1  История русской  журналистики  XVIII—XIX  веков.  Под  ред.  проф.  А.  В. 
Западом.  М.: «Высшая школа»,  1966,  17-бет.
2 ОЧИ шапЬа, 
18
»Ье
1
.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Yüklə 79,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə