‘zbekiston respublikasi oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 79,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə90/160
tarix24.12.2017
ölçüsü79,22 Kb.
#17347
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   160

Fridrix  II  davlat  tepasiga  kelganidan  keyin  nemis  xalqining  o ‘zini  o ‘zi 
milliy  anglashi  asta-sekinlik  bilan  namoyon  bo‘la  bordi.  Milliy  ongning 
yuksalishi  tez  orada  davriy  m atbuotning  mazmuni  va  xarakterida  ham  o ‘z 
ifodasini  topa  boshladi.  Bu  jarayon  dastlab  jum allar  faoliyatida  ko‘zga 
tashlandi.  Ularda  milliy  ruh  bilan  yo‘g‘rilgan  tahliliy,  ¡lmiy-ommabop 
m aqolalar  ko‘paydi.  Biroq  gazetalam i  erkinlashtirish  masalasi  oson  kech- 
m adi.  Chunki  mamlakatda  huquqiy  jihatdan  hamon  senzura  amal  qilishi 
bilan  birga  har  bir  hudud  m atbuot  sohasida  o ‘zining  mustaqil  siyosatini 
yurgizar  edi.  Shuning  uchun  gazetalardagi  erkin  fikr  ancha  chegara- 
langandi.
M avjud  vaziyatni  yaxshi  tushungan  Buyuk  Fridrix  matbuotning 
m am lakat  hayotidagi  aham iyatini  darrov  anglab  etdi.  Qirol  tashqi  va  ichki 
siyosatini  o ‘zi  xohlagan  ko’rinishda  xalqqa  yetkazish  borasida  matbuotning 
oldiga  tushadigan  boshqa  biror  vosita  yo'qLigini  yaxshi  his  qila  bildi.  Shu 
bois  taxtga  o ‘tirgan  yili  u  eng  ishongan  vaziri  Podevils  orqali  mamlakat 
harbiy  vaziri  fon  Tulemeyerga  «Berlindagi  gazetalarga  chegaralanmagan 
darajada  erkinlik  berishni»1,  shuningdek,  ulaming  materiallarini  oldindan 
senzura  qilmaslikni  buyurdi.  C hunki  o ‘sha  paytlarda  senzura  ¡shlari  asosan 
harbiy  vazirlik  tom onidan  am alga  oshirilardi.  Podevilsning  harbiy  vazir 
nom íga  yo‘llagan  m aktubida,  jum ladan,  «Hazrati  oliylari  blindan  buyon 
qiziqarli  gazetalar  uchun  su n ’iy  to ‘siqlar  qo'yilmasligini  xohlaydilar»2, 
degan  so‘zlar  bitilgan  edi.  Shundan  so‘ng  Berlin  va  boshqa  hududlardagi 
gazetalarga  tom   m a’nodagi  erkinlik  berildi.  Ammo  bunday  chegara­
lanm agan  hur fikrlik  ko‘pga  cho'zilm adi.
Fridrix  II  mamlakatni  birlashtirish  va  o ‘ttiz  yillik  urush  oqibatida  boy 
berilgan  yerlarni  qaytarib  clish  maqsadida  qator  urushlar  olib  bordi.  Ana 
sh u   harbiy  harakatíar  davom ida  qirol  qator  xatoliklarga  yo
‘1
  qo‘ydi  va 
omadsizliklarga  uchradi.  Xalq  bulam ing  barchasidan  xabar  topishi  esa 
hukm dorning  obro‘siga  putur  yetkazish  aniq  edi.  Shuning  uchun  1749-yili 
senzura  yana  qaytadan joriy  qilindi.  Matbuot  nazorat  ostiga  olinib,  sekinlik 
bilan  Buyuk  Fridrixning  dastyoriga  aylantira  borildi.
Shunga  qaramay,  boshqa  yerlardan  farqli  o ‘laroq,  Berlin  gazetalarida 
ham on  o 'tk ir  siyosiy  maqolalar  va  harbiy  yurishlarning  ikir-chikirlarini  aks 
ettiruvchi  tahliliy  m ateriallar  e ’lon  qilib  borilardi.  Qizíg‘i  shundaki,  bu 
gazetalardagi  o ‘nlab  xabarlar va  korrespondensiyalar shaxsan  qirol  qalamiga 
m ansub  edi.  U  o ‘zi  vazirlari  va  saroy  amaldorlaridan  ham  tez-tez 
m atbuotda  qatnashib  turishni  talab  qilardi.  Aslida,  qirol  devonxonasidan 
chiqqan  materiallar  gazetalarda  go'yoki  viloyatlardan  olingan  yangiliklar 
singan  chop  etilardi.
Berlin  gazetalariga  qirol  saroyidan  olingan  maqolalarni  o'quvchilarga 
rasmiy  ohangda  taqdim  etm aslik  haqida  berilgan  ko‘rsatma  ham  shunga 
un d a r  edi.  Bundan  oddiy  va  norasmiy  maqolalar  orqali  xalqqa  yaqin 
bo‘lish  va  pirovardida  jam oatchilik  ongini  shakllantirish  ham da  harbiy
1  Salom on  L.  0 ‘sha  manba,  82-bet.
2  0 ‘shajoyda,  82-bct.
www.ziyouz.com kutubxonasi


yurishlarni  oqlash  maqsadi  ko'zlanardi.  Qirolning  korrespondensiyalari 
asosan  «Shohidning  maktublari*  rukni  ostida  chop  etilardi.  Tabiiyki, 
maqolalar  ostida  boshqa  imzo  turardi.  Faqatgina  oradan  yuz  yil  o ‘tib 
nemis  tadqiqotchisi  Droyzen  ushbu  korrespondensiyalar  Fridrix  II  qala- 
miga  matisub  ekanligini aniqladi1.
Dastlab  matbuotning  qudratidan 
o 'z   hokimiyatini  kuchaytirish 
maqsadida  foydalangan  Buyuk  Fridrix  vaqt  o ‘tgani  sayin  undan  hayiqa 
boshladi.  1761-yili  mamlakat  ichkarisidagi  kelishmovchiliklar  sababli  qirol 
hokimiyatiga  ancha  darz  yetdi.  Turli  mish-mishiar  oqibatida  Berlin 
ahoiisining  kayfiyati  keskin  tushib  ketgan  bir  paytda,  kutilmaganda, 
qirolning  matbuot  erkinligiga  qarshi  yo‘naItirilgan  farmoni  chiqdi.  U nga 
binoan,  «soxta  xabarlar  va  m ish-m ishlarni  tarqatuvchilar*  Shpandaus 
qal’asiga  qam ab  qo‘yiladigan  bo'ldi. 
0
‘z  mohiyatiga  ko‘ra,  farm on 
m atbuotning  siyosiy jihatdan erkinlashuviniiig  oldini  olishga  qaratilgan  edi.
Fridrix  II  ning  vorisi  qirol  Fridrix  Vilgelm  II  (1786—1797)  zam onida  ’ 
matbuotga  nisbatan  tazyiqlar  yanada  kuchaydi.  1788-yil  19-dekabrda 
hukumatning  senzurani  kuchaytirish  haqidagi  qarori  chiqdi.  M azkur  qaror 
nafaqat  siyosiy  matbuotga,  balki  ilmiy  adabiyotlarga  ham  qarshi  qaratilgan 
edi.
Shunday  qilib,  XVIII  asrning  uchinchi  choragida  nemis  m atbuoti, 
birinchi  navbatda,  Berlin  gazetalari  bahram and  bo‘lgan  erkinlikka  uzil- 
kesil  nuqta  q o ‘yildi.  Matbuot  ustidan  nazorat  Buyuk  fransuz  inqilobidan 
keyin  yanada  kuchaytirildl.  M atbuotning  obro‘si  va  ommaviyligi  keskin 
pasayib  ketdi.  Shu  paytdan  boshlab  nem is  ziyolilari,  hurfikrii  kishilar  va 
oddiy  fuqarolar  asosiy  axborotnt  Hollandiya  matbuotidan  ola  boshladilar. 
Bu  paytga  kelib  holland  matbuoti  nafaqat  Germaniya,  balki  butun 
Yevropaning  katta  axborot  manbayiga  aylandi.  Shuning  uchun  ham  XVIII 
asr  oxiri-XIX  asr  boshida  Hollandiya  gazetalari  Yevropadagi  eng  ko‘p 
tarqaladigan  nashrlar edi.
Germ aniya  matbuoti  haqida  so‘z  ketar  ekan,  ushbu  mam lakatning 
jumalchiligi  tarixiga  ham  to'xtalib  o ‘tish  foydadan  xoli  bo‘!maydi.  Xristian 
Tom aniyaning  1685—1689-yillar  oralig‘ida  chiqqan  «Monabgesprache* 
jurnali  nemis  tilidagi  ilk  jurnal  bo‘lib,  u  insonlarni  «tabiiy*,  ya’ni  azaliy 
insoniy  qadriyatlar  asosida  yashash  to m o n   yuz  burishga  chaqirar  va  ongni 
«sog'lomlashtirishni*  targ‘ib  qilar  edi.  M a'naviyat  va  axloq  masalalariga 
ko‘proq  e ’tib o r  beruvchi  ushbu  nashr  keyinchalik  «axloqiy  haftaliklar» 
nomini  oigan jum allarning  paydo  bo'lishi  uchun  zamin  hozirladi.
Nem is  «axloqiy  xaflaltk* jum allari  «Tatler»,  «Spekteytor*  kabi  ingliz 
jum allaridan  andaza  olib  shaldlandi.  Bu  yo‘nalishdagi  birinchi  haflalik- 
1713-yilda  dunyoga  kelgan  «Der  Vernunitler»ga  omad  yor  boMmadi.  1718- 
yili  Hamburg  shahrida  «Die  Lustige  Fanta*  jurnalining  chiqishi  m azkur 
sohadagi  adabiy  jumalchilikning  jonlanishiga  turtki  bo‘ldi.  «Axloqiy 
haftaliklar»  o'sm irlam i  (arbiyalashdagt  kamchiliklami  m uhokam a  etish 
bilan  birga,  katta  yoshdagilaming  xulq-atvoriga  ham jiddiy  e ’tibor  qaratdi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Yüklə 79,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə