‘zbekiston respublikasi oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 79,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə88/160
tarix24.12.2017
ölçüsü79,22 Kb.
#17347
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   160

X I bob.  X V III  A SR   YEVROPA JURNALISTIKASI
Angliya.  Angliya  jurnalistikasi  nemis jurnalistikasidan  kechroq • paydo 
boMganligiga  qaram asdan,  keyinchalik  undan  o ‘zib  ketdi.  Buni  h atto  1702- 
yili  Londonda  birinchi  kundalik  gazeta  «Daily  Courant*  (Deyli  kurant)- 
ning  chiqishidan  ham   bilsa  bo'ladi.  Birinchi  kundalik  gazeta  Gemianiyada 
1730-yilda,  Fransiyada  esa  1777-yilda  chiqa  boshladi.  Lekin  bu  ingliz 
m atbuoti  m uam m olardan  xo!i  edi,  degan  m a’noni  bildirmaydi.  Albatta, 
XVIII  asrda  ingliz  m atbuoti  nem is  yoki  fransuz  matbuotiga  nisbatan 
erkinroq  boiganligi  m a’lum   haqiqat.  Biroq  u  ham  o ‘ziga  yarasha  muam- 
m olari  bilan  kurash  olib  bordi.  Bu  muammolar  ko‘proq  matbuotning 
iqtisodiy asoslari  bilan  bog‘liq  edi.
Buyuk  Britaniyada  qirolicha  A nna  hukmronlik qilgan  paytlarda,  1712- 
yili  gazetalarga  shtem pel  solig‘i  joriy  qilindi.  Ya’ni,  gazetaning  har  Dir 
varag'idan  yarim  penni  soliq  olinadigan  bo‘ldi.  Uning  adadi  qancha  ko‘p 
b o ‘Isa,  davlatga  shuncha  k o ‘p   soliq  to la sh   tartibi joriy  etildi.  Bu  esa  ingliz 
m atbuotini  ancha  tang  moliyaviy  ahvolga  solib  qo‘ydi.  Ammo  tez  orada 
gazetalar  mazkur  qonunni  chetlab  o ‘tish  yoki  hech  b olm aganda  soliqning 
og*irligini  yengillashtirish  yo'llarini  izlab  topishdi.  M atbuotda  reklama 
kuchaytirildi.  Yangi gazetalar chiqishi  davom  etaverdi.
XVIII  asr  boshida  m am lakatda  ko‘plab  kundalik  gazetalar  paydo 
b o ld i.  Xususan,  1715-yili  poytaxtda  «London  Post*  (L ondon  post)  kun­
dalik  gazetasi  chiqa  boshladi.  D aniel  Defoning  «Robinzon  Kruzo*  asari 
birinchi  marta  shu  gazetada  ch o p   etildi.  Shundan  so‘ng  «London  post* 
misli  ko'rilmagan  darajada  m ashhur  b o iib   ketdi.  1726-yili  Nikolay 
Anxerstning  hammaga  taniqli  «Craftsma*  (Kraftsmen)  gazetasi  chiqa 
boshladi.  Ushbu  gazeta  o ‘sha  paytlarda  katta  tortishuv  va  bahslarga  sabab 
bo  lgan  masala  —  Britaniyada  davlat  boshqaruvining  shakllari  haqidagi 
chiqishlari  bilan  o'quvchilar  e ’tiborini  qozondi.  Bir  yil  ichida  «Krafts- 
men*ning  kundalik  adadi 
10
  m ing  nusxaga  yetdi.
XVIII  asming  ikkinchi  yarm ida  siyosiy-ijtimoiy  yo‘nalishdagi  bir 
q ato r  boshqa  kundalik  gazetalarga  asos  solindi.  Ulardan  1760-yili  chiqqan 
«Middlesex  Journal*  (M iddlseks  Jornal)  muxolif  gazetasi  va  Mister 
Vudfelning  «Public  Advertiser*  (Pablik  Edvertayzer)  gazetalari  tadqiqot- 
chilar  tom onidan  alohida  ta ’kidlanadi.  «Middlseks  Jornal*  saylov  huquqi 
barcha  uchun  kafolatlanishini  yoqlab  chiqqan  bo'lsa,  «Pablik  Edvertayzer* 
1769-yildan  1772-yiIga q ad ar shov-shuvga aylanib  ketgan  m ashhur «Yunius 
maktublari*  turkum ini  tashkil  qilgan  maqolalaming  69  tasini  chop  etdi. 
M aktublar  muallifi  qirol  G eorg  II  kirdikorlarini  fosh  etib,  uning  ustidan 
ayovsiz  kuldi.
Ingliz  matbuoti  tarixida  shu  paytga  qadar  hali  hech  kim  amaldagi 
hukum at  va  davlat  rahbarini  bunchalik  ochiq-oydin  tanqid  qilmagan  edi. 
G archand  hukumat  gazeta  rahbariyatidan  maktublar  muallifini  oshkor 
etishni  talab  qilsa-da,  u  sirligicha  qolaverdi.  Ushbu  erkinlik  kuychisi  asli
www.ziyouz.com kutubxonasi


kim  ekanligi  haqidagi  tortishuvlar  tarixchilar  o 'rt asida  uzoq  yillar  davom  
etdi.  Ko‘pchilikning  fikricha,  piaktublar  muallifi  ser  Filipp  Fransis  ( 1740— 
1778)  b o ig a n 1.  «Yunius  maktublari»ning  chop  e tilish i‘«Pablik  Edver- 
tayzer»ga  ham  siyosiy,  ham  iqtisodiy  dividendlar  olib  keldi.  U ning  tiraji 
ikki  baravar oshdi.
Siyosiy  gazetalardan  tashqari,  XVI [I  asr  boshida  ingliz  jum alisii- 
kasining  yana  bir  tarmog'i  — «axloqiy  haftaliklar*  paydo  b o id i.  Bu  yo‘n a - 
tish  keyinchalik  nemis  va  rus  jum alistikasiga  ham  ta ’sir  qildi.  «Axloqiy 
jumalistika»  dastlab  madaniy  va  axloqiy  masalalar,  yaratuvchi  haqidagi 
falsafiy  qarashlar  hamda  mhning  abadiyligi  muammolaríga  keng  e ’tib o r 
qaratdi.  U shbu  haftalik  nashrlar  keyinchalik  parlament  majlislari  haqidagi 
hisobotlami  ham  bera  boshlagach,  ingliz  pariamenti  matbuotga  o 'z  
eshiklarini  ochishga  majbur bo'ldi.
1709-yilda  chiqqan  «The  Tatler»  (T atler  —  Hamsuhbat)  jurnali 
«axloqiy  haftaliklar»ning  dastlabkisi  edi. 
0
‘z  sahifalarida  ishqiy  hikoyalar, 
gersog  M alboroning  harbiy  sarguzashtlari,  xonim  Jenni  Distafning  otashin 
qalb  sirlari,  Nyutonning  dunyoqarashlari  va  hokazolami  chop  etish  bilan 
ushbu  haftalik  ingliz  jumalistikasida  o'ziga  xos  yangi  yo‘nalishni  boshlab 
berdi  va  mamlakatda  eng ommabop  nashrga  aylandi.
«Tatler»ning  noshirlari  Ricliard  Stil  va  Edison  tez  orada  axloqiy 

haftalik  yo‘nalishidagi  yana  bir  jum al  —  «The  Spectator»ga  (Spekteytor— 
Tomoshabin)  asos  solishdi.  Shu  bilan  «Tatler»  chiqishdan  to'xtadi.
0
‘z  salafiga  o'xshab  tezda  ommaviylashib  ketgan  yangi  nashr  saviyasi 
va  sifat  darajasi  ancha  yuksakligi  bilan  farq  qiiardi.  Endi  uning 
qahramonlari  oddiy  kishilar emas,  balki  oliy  m a’lumotli,  ma’rifatli  shaxslar 
edi.  Jum alchilik  sohasidagi  faoliyatlari  muvaffaqiyatidan  sarxush  bo'lgan 
noshirlar  1712-yil  dekabrda  «Spekteytom ii  chiqarishdan  to ‘xtatib,  1713-yil 
mart  oyida  «The  Guardian»  (G ardian  —  Q o'riqchi)  haftalik  jurnalm ing 
nashrini  yo'lga  qo'yishdi.  Biroq  ko‘p  o 'tm a y   u  siyosiy  tus  ola  boshladi  va 
mamlakatdagi  eng  yirík siyosiy  kuch-viglar  partiyasining  iarafiga  o ‘tib  olib, 
ulaming  raqibi  bo'lgan  tori  paitiyasi  bilan  kurashga  kirishdi.  Haftalik  bu 
safar  Richard  Stil  va  Edison  kutganchalik  muvaffaqiyat  keltirmadi.  0 ‘sha 
yilning  kuzida  «Gardian» omadsizlikka  uchrab,  chiqishdan  to‘xtadi.
Shundan  keyin  ham  London  va  boshqa  shaharlarda  «axloqiy  haftalik­
lar»  chiqib  turdi,  biroq  ular  ingliz jum alistikasi  tarixida  sezilarli  iz  qoldira 
olmadi.  Faqatgina  1731 -yilda  asos  soli/îgan  «G sntelm en’s  M agazine» 
(Jentelmens  megezin)  haftalik  jurnali  ancha  obro‘  qozonishga  muvaffaq 
bo'ldi.  Biroq  parlament  majlislari  asosida  tayyorlangan  hisobotlarini  c h o p  
eta  boshlagach,  1733-yilda  ushbu  haftalik  ham   taqiqlab qo'yildi.
Qizig'i  shundaki,  jumal  parlam entdagi  munozaralami  real  hayotda 
emas,  balki  afsonaviy  liliputiya  davlatida  yuz  berayotgan  voqealar  sifatida 
tasvirlab,  deputatlam ing  ismlarim  o'zgartirib  bergan  edi.  Biroq  bunday 
uslub  jurnalning  noshiri  va  muharriri  Kaveni  ma’muriy  javobgarlikdan
www.ziyouz.com kutubxonasi


Yüklə 79,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə