‘zbekiston respublikasi oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 79,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/160
tarix24.12.2017
ölçüsü79,22 Kb.
#17347
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   160

erkinlikiar:  vijdon  erkinligi,  fikr,  mulk,  so‘z  erkinliklari  to ‘g‘risidagi  masa- 
lalar tushmadi.
Buijuaziya  féodal jam iyat  bilan  o‘z  hayotiy  manfaatlari  uchun  kurash 
olib  borgan  davrida  «matbuot  erkinligi*  shiorini  ilgari  surdi.  Ingliz  pub- 
litsistlari  ayrim   siyosiy  arboblami  ham da  jamiyatning  turli  maishiy 
m e’yorlari,  tartib-qoidalarini  keskin  tanqid  qildilar.  Bu  esa  tanqidiy 
publitsistika  vujudga  kelishi  va  rivojlanishiga  t a ’sir  ko‘rsatdi.  Ingliz  inqilobi 
demokratik jurnalistikaga  asos  soldi,  siyosiy pam fletlar va  davriy matbuotni 
o ‘z ehtiyojlariga  b o ‘ysundirdi.
M am lakatda  X V III  asrda  kundalik  siyosiy  gazeta  paydo  bo‘lib,  ilgari 
iqtisodiy  m avzularda  faqat  sharhsiz, 
izohsiz  axborot  berib  kelgan 
publitsistika  va  k o ‘p   sonli  axborotnomalarning  talaygina  jihatlarini  o ‘zida 
mujassamlashtirdi.
1640-yiIlar  atro ñ d a  Londonda  haftaliklar  chiqarila  boshladi,  ulaming 
ayrimlari  siyosiy  m unozaralaiga  kirishdilar.  Masalan,  Mirgmonu  Nidxem
1643-yildan  1646-yilgacha  nashr  etgan  «Mercuris  Britanikus*  (Britaniya 
axborotnomasi)  gazetasida  awaliga  xalqqa  qarshi  qaratilgan  tanqidiy 
maqolalar  e ’lon  qilganligi  uchun  qirol  qatl  etilganidan  keyin  Kromvel 
tom onidan  sud  qilindi.  Nidxem  1650-yilda  «Mercurius  Politicus*  (Siyosiy 
axborotnoma)  gazetasini  nashr  etishga  kirishib,  uni  1660-yiIgacha  chiqarib 
turdi.  G eneral  T.  Ferfaks  nomidan  «A  Perfect  Diurnal*  'yoki  «Journal* 
nashr  etildi.  M obbot  tom onidan  nashri  yo‘lga  q o ‘yilgan  «Moderate*  level- 
lerlar qarashlarini  ifodalar edi.
Pamflet  publitsistikasi  juda  ko'plab  nom lar  va  ismlarni  mamlakatga 
tanishtirdi.  M asalan,  M.  Nidxem  gazetalar  nashr  etish  barobarida  pamflet 
yozish  ijodi  bilan  ham   shug'ullandi.  Qirol  qatlidan  keyin  u  «Ingliz 
respublikasi  ¡shining  himoyasi*  pamfletini  e ’lon  qildi.  Huquqshunos, 
independentlar  partiyasi  vakili,  qirol  bilan  parlam ent  o ‘rtasidagi  bahs- 
munozaraning  faol  ishtirokchisi  Henri  Parker  jum alistika  bobida  Tomas 
Gobbsnning  (absolut  monarxiya  tarafdori,  royalist)  davomchisi  bo‘ldi. 
Parker  1649-yiIga  qadar'  qirolning  parlamentga  maktublariga  o ‘z  javob- 
landa 
parlam ent 
yetakchilarining  jamiyat 
siyosiy 
qurilishiga 
doir 
qarashlarini  ifodalab  keldi.  Gobbs  singari  u  ham  mavjud  munosabatlarga
o  z  tushuntirishlarini  tabiiy  huquq  va  shartnoma  daviati  nuqtayi  nazaridan 
kelib  chiqib  bayon  qildi,  biroq  ayni  paytda  monarxiya  tarafdori  bo‘lib 
qolaverdi.  X V II-X V III  asrlarda  aynan  tabiiy  huquq  va  ijtimoiy  shartnoma 
nazariyasi  keng  om m alashib  ketdi.  U  birinchi  burjua  inqiloblarining  naza- 
riy negizi  b o iib   qoldi.
Ingliz  va  fransuz  inqiloblarini  yuz  yildan  ko‘proq  vaqt  ajratib  turadi. 
Shu  davr  m obaynida  tabiiy  huquq  va  shartnoma  daviati  nazariyasida  ayrim
o  zgarishlar  yuz  berdi.  1642-yilda  u  1789-yildagiga  qaraganda  boshqa- 
charoq  izohlanardi,  biroq  uning  asoslari  o ‘zgarishsiz  qoldi.  Ingliz  faylasufi 
Tomas  Gobbsni  ushbu  nazariyaning  asoschilaridan  hisoblashadi.  Gobbs 
fikricha,  davlat  insonlam ing  o ‘zaro  tuzgan  shartnom alari  natijasida  tashkil 
topib,  kimlargadir  hokim iyat,  boshqalarga  (aksariyat  ko‘pchilikka)-davlat 
masliinasi  yordam ida  ta ’m inlab  turiladigan  xavfsizlik  va  tartib  ato  etadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Gobbs  kuchli  davlat  hokimiyati-monarxiya  tarafdori  edi.  U ning  «Fuqaro 
tug‘risida»gi  risolasi  qirol  hokimiyatining  hipioyasi  uchun  yozilgan  b o ‘lsa- 
da,  m uallif xohishiga  zid  ravishda  dem okratiya  rivojiga  xizmat  qildi.
Angliyada  monarxiya  qayta  tiklanganligiga  va  XVIII  asm ing  so‘nggi 
o ‘n   yilligiga  qadar  Yevropa  davlatlari  qirollar  sulolalarining  cheklanm agan 
hokimiyati  orqall  boshqarib  keiinganligiga  qaramasdan,  shartnom a  davlati 
nazariyasi  g‘oyat  keng  tarqaldi.  Jahonga  mashhur  «Ijtimoiy  shartnom a 
to ‘g‘risida  yoxud  siyosiy  huquq  prlnsiplari*  risolasining  muallifi  Jan   Jak 
Russo  ushbu  nazariyani  rivojlantirishga  ulkan  hissa  qo’shdi.
2-fasl. Yetakchi  publitsistlar
Ingliz  pamflet jumalistikasining  eng  yorqin,  ajoyib  vakillari  monarxiya 
muxoliflari  orasida  boiishdi.  U larning  ijodi  AQSH,  Fransiya  va  boshqa 
mamlakatlarda  ilg‘or  fikrlar  ravnaqiga  kuchli  ta ’sir  ko'rsatdi.  Jon  M ilton, 
Jon  Lilbem,  Jerard  Uinstenli  publitsistik  faoliyati  alohida  e ’tiborga  m o- 
likdir.
M tlton  ingliz  burjua  inqilobining  eng  taniqli  publitsistlaridan  edi. 
Ingliz  shoiri,  keng  mashhur  bo‘lgan  «Boy  berilgan  jannat*,  «Qayta  tik- 
langan  jannat»  asarlari,  «Pahlavon  Samson»  fojeasi  va  boshqa  asarlar 
muallifi  Jon  M ilton  o ‘z  xalqining  o 'g io n i  o'laroq  Angfiyada  avj  oiayotgan 
voqealarga  befarq  turolmas  edi.  Shu  voqealar  ta ’sirida  u  «Angliya  cher- 
kovlarining  islohotlari  va  unga  m onelik  qilgan  sabablar  xususida*  (1641), 
«Episkoplik  haqida»  (1641),  «R em onstrantni  Smektimnuusdan  him oya 
qilishga qarshi  e ’tiroz»  (1641),  «Cherkov qurilishining  mazmuni»  (1642)  va 
boshqa bir qator risolalar,  pamfletlar yaratdi.  Pamfletlaridan birida o ‘z vatanida 
avj  olib  ketgan  ozodlik  kurashidan  chetda  bo'lishi  qiyin  ekanligini  yozgan  edi. 
U  mavjud  cherkov  tartiblarmi  to ‘liq  inkor  qilib,  oliy  ruhoniylami  puri- 
tanlaming ta ’qib etilishida aybladi,  cherkov erkinligini  madh qildi.
«Cherkov  qurilishining  mazmuni*  pamfletida  cherkovning  davlatdan 
ajratilishini  yoqlab  chiqdi. 
0
‘sha  davr  bahs-m unozara  adabiyotida  qabul 
qilingan  taomilga  binoan  M ilton  o ‘z  daiil-isbotlarida  Bibliya,  Injil, 
«Avliyolar  hayoti»  diniy  kitoblaridan  kelib  chiqib  fikr  yuritdi.  Cherkovning 
episkoplikdan  (oliy  darajadagi  ruhoniylardan)  mustaqilligini,  presviterian- 
laming  o ‘z  cherkov  (qirolga  b o ‘ysunuvchi  va  davlat  ishiga  aralashish 
huquqiga  ega  bo‘lgan  hukmron  ingliz  cherkovidan  farq  qiluvchi)  tash- 
kilotiga  ega  bo‘lish  huquqini  him oya  qilish  Miltonni  um um an  vijdon 
erkinligini  mudofaa  etishga  boshlab  keldi. 
0
‘z  risolalari,  pamfletlarida  u 
insonlarning  qonun  oldida  baravarligini  himoya  qildi.
Qirol  qatl  etilganidan  keyin  ingliz  dem okratik  harakati  yetakchilariga 
royalistlar,  qirol  zotining  daxlsizllgi  tarafdorlari  hamla  qila  boshladilar, 
independenttam i  ayblovchi  bir  q ato r  pam fletlar  paydo  b o id i.  Yevropa 
mamlakatlari  Angliyaga  harbiy  yurish  tashkil  qilish,  qirolni  qatl  etganligi 
uchun  jazolash  talabini  ilgari  surishdi.  Natijada,  publitsistlar  oldida  go‘yo 
azob-uqubatlarga  giriftor  etilgan  qirolning  «muqaddas*  tim solini  fosh 
qilish,  xalqning  haqligini  ko'rsatish vazifasi  ko‘ndalang turdi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Yüklə 79,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə