‘zbekiston respublikasi oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 79,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə83/160
tarix24.12.2017
ölçüsü79,22 Kb.
#17347
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   160

sharhlashni  taqiqlash  haqida»  buyruq  chiqarilgan  bo‘lsa-da,  erkinlik  alla- 
qachon  havoda  kezib  yurardi.  Inqilobgacha  amal  qilgan  matbuot  qonun- 
chiligi  haqida  fikr  yuritishdan  oldin  mutlaq  islohot  davrini  esdan  chiqar- 
maslik  kerak.  U ndan  keyin  reaksion  katolitsizmning  kuchayishi  o ‘rta  asr- 
lardagi  monarxiya  qatlam ini  absolutizmga  olib  keldi.  Qachonlardir  davlat 
hokim iyatini  qirol  bilan  baham   ko‘rib  kelgan  ushbu  qatlam  vakillarj  o ‘z 
mavqelarini  yo'qota  boshlagan  edi.  Ular oxirgi  marta  1614-yilda  o ‘z yig‘in- 
larini  o ‘tkazib,  shundan  keyin  175-yil  davomida  to ‘planmadi!ar.  Doimiy 
arm iyaga  suyangan  davlat  hokim iyati  bu  qatlamning  mavqeyini  yo‘qqa 
cliiqara  bordi.  Mahalliy  boshqaruv  markaz  buyrug‘iga  bo'ysunadigan  huku- 
m at  mulozimlarining  qo'liga  o ‘ta   boshlagan,  ular  esa  o ‘zlari  harakat 
qilayotgan joylaming  m anfaatlarini  unutishgan edi.
Qirol  hukumati  kuchaygan  sari  lining  matbuotga  munosabati  shaf- 
qatsiz  tus  ola  bordi.  Shu  bilan  birga,  hukmdorlar  qirol  hokimiyatining 
ilohiy  kelib  chiqishi  haqida  iezuitlar  ilgari  surgan  ta’limotdan  ham  unumli 
foydalanishardi.  Bu  nazariyaga  ko‘ra,  qirollar  xalqni eng  Oliy  Zot  irodasiga 
binoan  boshqaradilar  va  xalq  oldida  javobgar  emaslar.  1757-yildagi 
Deklaratsiyada  «dinga  nisbatan  hujumga  yoki  aqlni  qarshi  qo‘yishga,  qirol 
hukum atini  haqorat  qilishga  va  davlat  tartibini  buzishga  chorlaydigan 
m ateriallar  yozgan  yoki  chop  etgan»  har  bir  kimsa  o'lim  jazosiga  tortiladi, 
deb  belgilab quyildi.
Dyuponning  ina’iumotiga  qaraganda,  1660-yildan  1756-yilgacha  869 
muallif,  matbaachi,  kitob  sotuvchi  va  gazetachi  Bastiliya  qamoqxonasida 
yotib  chiqqan.  Rokenning  guvohlik  berishicha,  1715-yildan  to  1789-yil- 
gacha  Davlat  kengashi,  parlam ent,  Parij  sudi  va  Katta  kengash  tomonidan 
m uhokam a  qiiingan  850  ga  yaqin  turli  nashrlar  yo‘q  qilingan  yoki  taqiq- 
langan.  Bulardan  tashqari,  m atbaa  nashrlari  mhoniylar  sudi  va  mahalliy 
fuqarolar  tribunalining  senzurasi  tom onidan  ham  turli  tazyiqlarga  uchra- 
gan.  Lekin  ushbu  hujum lar  halokatga  yuz  tutgan  absolutizmning  oxirgi 
chiranishlari  edi..  Chunki  ushbu  eski  tartiblarni  1789-yilgi  Buyuk  inqilob 
ag'darib  tashladi.
Bu  davrda  m ashhur  m atbaachi  Iogann  Karolus  1609-yilda  Germ a- 
niyada  birinchi  marta  dunyo  yuzlni  ko'rgan  ikki  gazetadan  biri  -   «Re- 
latsion»ni  nashr  eta  boshladi.  Ikkinchi  gazeta  «Avizo*  (E ’lonlar)  deb 
atalib,  Volfenbyuttelda  chop  etildi.  XVII  asming  30-yillari  oxiriga  kelib 
30  ga  yaqin  gazeta  nashr  etilgan  b o is a ,  XVIII  asr  boshida  bu  raqam  200 
d an   oshib  ketdi.  Ushbu  nashrlarning  ko'pchiligi  aloqa  idoralari  tomonidan 
chop  etilardi.  0 ‘sha  vaqtdagi  nashrlarning  adadi  350  dan  400  nusxagacha 
b o ‘lib,  Hamburgda  chiqadigan  haftalik  «Pedant»  va  «Frankfurten  jurnaU 
esa  1,  5  ming  nusxa  adadga  ega  edi.
Birinchi  kundalik  gazeta  b o ‘lgan  «Leypsiger  saytung*  («Leypsig  gaze- 
tasi*)  1661-yildan  chiqa  boshladi.  Kundalik  nashrlar  asosan  Germaniya 
siyosiy  hayotini  aks  ettirardi,  shu  bilan  birga  ko‘ngilochar  nashrlar  («Say- 
tung  oust  und  nuts»-Xursandchilik  va  rohat  uchun  gazeta)  ham  chiqib 
turdi.  1712-yilda  H am burgda  tashkil  etilgan  «Firqasiz  Hamburg  muxb'iri* 
gazetasi  bir necha  o ‘n  yillar  davom ida o ‘z  muxlislarini  topib  keldi.  Mazkur
www.ziyouz.com kutubxonasi


gazetalarda  asosan  e'Ionlar  va  iqtisodiy  xabarlar  bosi!ardi.  Ba’zi  gazetalar 
imperatorntng  farmoiji  bilan  tashkil  etiigan.  Masalan,  1763-yilda  «Impe­
rator  aloqa-idora  gazetasi*  shu  tarzda  paydo  bo‘lib,  1795-yilda  u  «Kyoln 
gazetasi»  deb o ‘zgartirildi.
XVII 
asrdan  Germaniyada,  asosan  Mayn  daryosi  b o ‘yidagi  Frank- 
furtda  jurnallar  nashr  etiia  boshladi.  «Akta  publika»  (1621),  «Teatrum 
ayropeum*  (1634—1635),  «Diarium  ayropeum»  (1659—1681)  kabi  nashrlar 
hozirgi  tarixiy-siyosiy jurnallarnmg  ajdodlari  edi.  XVII  asrda  ixtisoslashgan 
adabiy  va  ilmiy-ommabop  nashrlarning  asosi  shakllana  boshladi.  1641— 
1649-yillarda  Nyumbergda  «Frauensimmer  geshprexsshpile»  (Ayollar  xo- 
nasi  —  suhbatlar  o'yini)  nomli  xotin-qizlar  jum ali  nashr  etiia  boshlagan, 
Hamburgda  esa  1663-  yilda  «M onats  geshprexe»  (Oylik  suhbatlar)  jum ali 
tashkil  etildi.  XVII  asr  oxiriga  kelib  ikkita  ilmiy jum al-«Akta  eroditorum* 
(1682-yilda  lotin  tilida)  va  «Monats  geshprexe»  (1688-yilda  ne^mis  ttlida) 
jurnallarining  nashri  yo‘lga  qo‘yildi.
Xbob.  XVII  ASR  INGLIZ  IN Q IL O B I  PU B L IT SIST IK A Sl
1-fasl.  Mamlakatdagi  siyosiy vaziyat  va jum alistika
XVII 
asrga  kelib  zamonaviy  ingliz  jamiyati  va  davlati  shakllana 
boshladi,  Angliyaning  dunyodagi  mavqeyi  o ‘zgardi.  M asalan,  tadqiqotchi 
Xilli  1603—1714-yillardagi  Angliyani  keskin  farqlar  m am lakati,  deb 
ta ’riflaydi. 
1603-yildagi  Angliya 
Yevropaning  ikkinchi 
darajali  bLr 
mamlakati  edi,  1714-yilgi  Buyuk  Britaniya  esa  iqtisodiy  va  harbiy  kuch 
jihatidan  dunyoning  qudratli  davlatiga  aylandi.  Bundan  tashqari,  1603- 
yilda  Angliyaning  butun  aholisi  ingliz  davlat  cherkovining  rasmiy  qavmlari 
hisoblangan  bo‘lsa,  1714-yilga  kelib  davlatda  vijdon  erkinligi  prinsipi  qaror 
topdi,  jamiyatda  mutaassiblik  bilan  birga  ratsionalizm,  deizm   va  hatto 
ateizm  kabi  oqimlar  yoyildi.  1603-yildagi  Angliyada  qirolga  xoinlikda 
ayblanganlar  qiynoqlarga  solinardi.  1714-yilga  kelganda  esa  tanqid  qilish 
huquqi  qonun  bilan  himoyalanadigan  bo‘ldi.
1640-yilga  qadar qirol  «Xudoning amriga  ko‘ra»  hukm ronlik qilardi  va 
cherkovning  desyatina-ushr  solig'ini  «xudo  bergan  huquqqa»  asosan 
yig‘ishardi.  XVII  asr  oxiriga  kelib  pariament  mustaqil  bo 'ld i,  diniy 
afsonalar o ‘m ini  siyosiy falsafa va  demokratik  tartibotlar egalladi.
XVII 
asrdagi o '^ a rish la r  iqtisodiyot,  din,  ijtimoiy fikr bobidagi  siyosiy 
to'ntarish  yoki  inqilobdan  ko‘ra  ulkanroq  voqea  bo'lib,  hayotning  barcha 
sohalariga daxl qildi.  Bu yerda  tam addunning  ikki  xil  konsepsiyasi  to ‘qnash 
keldi.  Ulardan  biri  fransuz  absolutizmini  gavdalantirsa,  ikkinchisi  ispan 
davlatiga  qarshi  chiquvchi  Niderlandiya  respublikasini  ifodalardi.  Butun  asr 
mobaynida  davom  etgan  bunday  keskin  farqlar  ingliz  buijua  inqilobi  ta ’siri 
ostida  yuz  bergan  voqealarning jadal  rivoji  va  almashuvi  bilan  izohlanardi. 
Bu  inqilobning  rivojlanish tarixidan  ba’zi  misollarni  keltiramiz.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Yüklə 79,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə