‘zbekiston respublikasi oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 79,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/160
tarix24.12.2017
ölçüsü79,22 Kb.
#17347
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   160

M iltonning  «Qirollar  va  hukumatlarning  burchlari*  pamfleti  1649-yil 
fevralda  qirol  qatl  etilishi  bilanoq  e ’lon  qilindi.  So‘ngra  uning  «Butparast 
kurashchi»  (1649),  «Ingliz  xalqining  himoyasi*  (1650),  «Ingliz  xalqining 
ikkinchi  himoyasi»  (1654),  «Respubiika  o ‘matishning  tez  va  oson  yo‘li* 
(1660),  « 0 ‘z-o‘zingni  him oya  qilish»  (1655)  singari  pamfletlari  ommaga 
yetib  bordi.
Ularda  Milton  qirollik  hokimiyatining  kelib  chiqishi,  podshohlar  va 
hukum atlar  huquqi,  Karl  Ining  qilmishlari  to ‘g‘risidagi  Yevropa  jam oat- 
chiligini  qiziqtirgan  m asalalar  xususida javob  berdi.  «Qirollar  va  hukumat­
larning  burchiari»  pam fletida  publitsist  Milton:  «Barcha  odamlar  erkin 
tu g ‘ilganligini  inkor  qiladigan  darajada  esi  past  bo‘lgan  inson  yo‘q*.  deb 
yozdi.  Davlatning  shartnom a  nazariyasi  xususida  u:  «Odamlar  hokimiyatni 
bitim   asosida berishgan.  Q irol  va  hokimiyat  ishonib  topshirilgan  barcha  uni 
suiiste’mol  qilar ekan,  xalq  bunday  hokimiyatga  tobelikda  qolmaslik  kerak, 
deb  hisoblashi  mumkin»,  deya  ko'rsatgan  edi.
«Butparast  kurashchi»  pamfleti  xususida  gap  ketar  ekan,  Milton  uni 
o ‘z 
mamlakatini 
respublika  dushmanlaridan 
mudofalash 
maqsadida 
yaratganligini,  chunki  «Qirol  Haqiqat  uning  uchun  Karl  Idan  muhimroq« 
ekanligini  yozdi.  Tarixiy  esse  shaklida  yaratilgan  bu  pamfletda  qirol  qatl 
etilishigacha  bo‘lib  o 'tgan  barcha  voqealar,  uning  ingliz  xalqiga  qarshi 
shafqatsizligi  va jinoyatlari  boshdan-oyoq  kuzatib chiqiladi.  -
Afsuski,  1660-yili  qirollik  hokimiyati  qayta  tiklangandan  keyin 
jam oatchilik  palatasi  M iltonning  «Ingliz  xalqini  himoya  qilish»  va 
«Butparast  kurashchi»  kitoblarini  yoqish  va  unga  qarshi  sud  ishi  qo‘zg*atish 
to ‘g ‘risida  qaror  chiqardi.  1660-yil  27-avgustda  uning  kitoblari  yoqib 
tashlandi.
M iltonning  aksilepiskoplik  risolalaridan,  monarxiyani  chegaralash 
t o ‘g ‘risidagi  talablaridan  tortib  yorqin  siyosiy  pamfletlarigacha,  xalq  ho­
kimiyati  qonuniyligining  tasdiqlanishigacha  bo'lgan  siyosiy  qarashlarining 
tadrijiy  rivojlanishi  qonuniy  asosga  ega  bo'lib,  ularda  o'sha  davr  shart- 
sharoitlari  ham  publitsistning  shaxs  sifatidagi  xususiyatlari  ham,  o ’z  aksini 
topdi.
Jo n   Miltonning  *Areopagetika*si.  «Areopagetika»  (Angliya  parla- 
m entiga  matbuot  erkinligi  to ‘g‘risida  nutq  shaklidagi  ochiq  xat,  1644) 
risolasi  M iltonning  eng  ajoyib  publitsistik  asari  hisoblanadi.  Bunday 
pam fletni  yozish  fikri  unda  1633—1639-yilIarda  Italiyada  bo‘lib  turgan 
paytlaridayoq  tug'ilgandi.  M ilton  o'zining  aksilepiskoplik  pamfletlarida 
so‘z  erkinligi  talablarini  ilgari  sura  boshlagan  edi.  «-Ajralish  haqida*gi 
pam fletini  nashr  etganligi  u chun  uning  ustidan  bo‘lib  o ‘tgan  sud  jarayoni 
ushbu  pamfletni  yozishiga  ham   sabab  bo'ldi.  Kitobfurushlar  kompaniyasi 
uni  oldindan  senzura  qildirib  olish  to ‘g‘risidagi  qonunni  bu^anlikda 
aybladi.
M ilton  aynan  parlam ent  a ’zolariga  qaratilgan  nutq  shaklida  yozilgan 
«Areopagetika»da  matbuot  erkinligi  talabini  birinchi  bor  aniq  va  ravshan 
ifodalab,  asoslab  bergan  edi.  M uallif  grek  notig'ining  Afina  qonun  chi- 
qaruvchi  oliy  organiga  (areopag-M ilton  o ‘zi  murojaatini  yo'naltirgan
www.ziyouz.com kutubxonasi


parlam entni  grekcha  shunday  atagan)  qarata  so'zlagan  nutqini  nam una 
sifatida  oldi.
«Areopagetika*da  senzuraga  qarshi  uchta  asosiy  dalil  ajratib  k o ‘r- 
satilgan:
1)  u   inkvizitsiya,  ya’ni,  Yevropa  Reformatsiyasi  tom onidan  rad  etilib, 
o ‘z davrini  yashab bo‘lgan;
2
)  senzura  befoyda  bo‘lishga  m ahkum ,  zero,  so‘z  kuchliroqdir,  uni 
taqiqlash esa  faqat  muvaqqat va  shartli  bo‘lishi  mumkin;
3)  yomonlik  mag'lub  etilmagan  sharoitda  senzura  qanday  b o ‘lmasin, 
fanga,  haqiqat  va  hatto  hokimiyatga  o'nglab  bo‘lmas  darajada  zarar 
yetkazishga  qodirdir.
M ilton  taklif  qilgan  muqobillik-jazosizJik  emas,  boshboshdoqlik 
(anarxiya)  emas,  balki  qat’iy,  biroq  oqilona  jazolovchi  qonun  b o ‘lmog‘i 
lozim.  M atbuot erkinligi-bu  ma’suliyat  degani  hamdir,  biroq  so‘zni  o ‘zicha 
erkin  am r  qilish  darajasida  izohlashga  ustam on  hukum at  va  cherkov 
senzori  oldidagi emas,  balki  qonun  va  sud  oldidagi  mas’uliyatdir.
Pamflet-risolaning  vazifasi  Parlam ent  oldindan  senzura  qilish  to ‘g ‘- 
risida chiqargan  qonunnmg bekor qilinishiga  erishishdan  iborat  edi.  M ilton 
1856-yildayoq  Yulduzlar  palatasi  chiqargan  matbuot  haqidagi  qonunni 
P arlam ent 
qayta tiklamasligi  kerak,  deb  ta ’kidlagandi.
M ilton  «Areopagetika»da  m atbuot  erkinligi  huquqi  «qo'pol  matbuot* 
vakillariga  emas,  balki  «eng  yaxshi,  eng  qobiliyatli  kishilarga*  kafolatlanishi 
kerak,  deya  yozgan  edi.  Saylovda  qatnashish  huquqiga  ega  xalq  deganda,  u 
birorta  mulkiga  ega  bo'Igan  ham da  joylarda  va  grafliklarda  ovoz  berishda 
qatnashgan  kishilami  nazarda  tutardi.  Uydirmalardan  iborat  kitoblam i 
taqiqlash  huquqini, jamiyatning eng  yaxshi  a ’zolari  ta ’rifini  bir q ad ar o'ziga 
xos  ravishda  tushuntirganligiga  qaram asdan,  um um an  olganda,  M iltonning 
matbuot  erkinligiga  oid  chiqishlari  tarixiy  ahamiyatiga  ega  bo'ldi.  M asalan, 
graf  Mirabo  «Areopagetika»ni  fransuz  tiliga  taijim a  qilib,  Parijda  nashr 
ettirdi.  Jan  Pol  Marat  esa  Milton  g*oyalarini  yanada  rivojlantirib,  aytilgan 
barcha  fikrlar va axborotni  muallifning  yutug‘i  deb  bildi.
Jon  Lilbem  ingliz  buijua  inqilobi  demokratik  kuchlari  fikrlarining 
ifodachisi,  in d e p e n d e n ts  partiyasi  so ‘l  qanotining  yetakchisi,  otashin 
kurashchi  va  cheklanmagan  monarxiya  raqibi,  parlament  tarafdori  edi.  Ilk 
pamfletlarini  u  l638—\640-yillarda  Flit  qamoqxonasida  yotganida  yozdi. 
Publitsist  «Jon  Lilbemga  nisbatan  vahshiyona  qilmishlar*,  «Kambag‘al 
kishilar  yig‘isU,  «Qamoqxona  nazoratchisiga  ochiq  xat*,  «Xalqqa  m uro- 
jaat*  va  boshqa  pamfletlarida  ayrim   shaxslarga  nisbatan  adolatsizlik  qilin- 
gan  hollar  haqida  yozdi,  fuqaro  huquqlariga  doir  m asalalami  ko‘tarib 
chiqdi.
Lilbernning  yangi  turkumni  tashkil  etuvchi  «Xoh  qirol  b o isin ,  xoh 
parlament  yoki  yana  kim  bo‘lishidan  q a t’i  nazar,  Angliyada  buyuk  zo‘ra- 
vonlikka  qarshi  qaratilgan  tug'm a  huquq  himoyasi»,  «Aybsizlik  va  haqiqat* 
(1645),  «Erkin  kishiga  erkinlik»,  «Angliyaning  yangi  zanjirlari»  (1643) 
singari  asarlari  «Leveller  pamfletlari*  nom ini  oldi.  Bu  yerda  muallifning 
ismi  ikkinchi  marraga  o ‘tib  qolgan.  Lilbem   ularda  imtiyozga  ega  b o ‘l-
www.ziyouz.com kutubxonasi


Yüklə 79,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə