‘zbekiston respublikasi oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 79,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/160
tarix24.12.2017
ölçüsü79,22 Kb.
#17347
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   160

m agan qatlam iam ing  davlatni  boshqarish  va  monarxiyaga  qarshi  qatnashish 
h uquqi  uchun  qirol  ham da  cherkov  bilan  kurash  olib  borganlar  nomidan 
fikr bildiradi.
Lilbem ning  pam fletlari  dastlab  royalistlar partiyasini  q o ‘rqitgan  bo'lsa, 
keyinchalik  boshida  uni  q o ilab -q u w atlab   turgan  presviterianlar  va 
independentlar  qalbiga  ham   g ‘ulg‘ula  soladigan  b o ld i.  Xalq  hurligining 
sobitqadam   tarafdorlaridan  bo 'lg an   Lilbem  hokimiyat  tepasiga  kelishi  bilan 
xalq  oldidagi  o ‘z  m ajburiyatlarini  unutib  qo‘yadigan  parlam entni  dadil 
tanqid  qildi.  Bir  tom ondan,  u   barchaning  qonun  oldida  tengligini,  xususiy 
m ulkni,  tadbirkorlik  faoliyatida  teng  huquqlilikni  him oya  qildi,  biroq, 
boshqa  tom ondan,  xizm atkorlar,  xayr-sadaqa  hisobiga  kun  ko‘radiganlar 
h am d a  qirolga  qurol  bilan  xizm at  qiladiganlami saylov  huquqidan  màhrum 
etish n i taklif qildi.
Lilbern  aytgan  va  yozgan  so‘zlari  uchun  butun  um ri  davomida  ta ’qib 
ostida  bo'ldi:  puritanlar  pam fletlarini  tarqatgani  uchun  qirol  hokimiyati 
to m o n id an ,  «Angliyaning  yangi  zanjirlari»  va  «Yangi  zanjirlarning  ikkinchi 
qism i»  pamfletlarini  yozgani  va  tarqatgani  uchun  presviterianlar  va 
independentlar parlam enti tom onidan  ta’qib  qilindi.
Yersiz  dehqonlar  m anfaatlarini  himoya  qiluvchi  Jerard  Uinstenli 
inqilobning  eng  radikal  oqimi-diggerlar  harakatining  boshida  turdi.  U 
nafaqat  m onarx  hokim iyatini,  balki  loidlar  va  yer  egalari  hukmdorligini 
ham   rad  etardi.  Faqat  ijtimoiy  tenglik emas,  balki  shu  bilan  birga  iqtisodiy 
tenglik  ham   b o iish in i  talab  qilganligi  uchun  uni  sotsial-utopist  sifatida 
ta'riflashadi.
Uinstenlining  «Yangi  adolat  qoidalari*,  «Haqiqiy  leveller  m anifesto, 
«Angliyaning  kam bag'al,  ezilgan  xalqi  deklaratsiyasi»  va  boshqa  eng 
salm oqli  asarlari  respublika  e ’lon  qilingan  va  diggerlar  harakati  faollashgan 
1649-yilda  paydo  b o id i.  U   o ‘z  pamfletlarida  xususiy  mulkchilikni  qat’iy 
rad  etib,  kam  yerli  dehqonning jam o a  yerini  erkin  tasarruf qilish  huquqini 
him oya  qilib  chiqdi.  Dalil  sifatida  u  azaldan  Xudo  barcha  oldida  baravar 
boiganligiga asoslandi.  Yer barcha  uchun:  «hayvonlar uchun  ham ,  insonlar 
u ch u n   ham   um um iy xazina  b o ‘lishini  ko‘zlab  yaratilgan»  deb  hisoblardi  u.
U instenli  yerga  xususiy  mulkchilikning  paydo  b o iish in i  norm an- 
diyaliklar  Angliyani  bosib  olgan  (1066-yilga  nisbat  berardi.  Kromvelning 
q o ilab -q u w atlash ig a  um idvor  b o ‘lgan  publitsist  unga  «Erkinlik  qonuni* 
pam fletini  bag‘ishladi.  Ayni  bir  paytda  u  o ‘z  pamfletlarida  diggerlar  «qurol 
kuchi  bilan  em as,  ishontirish,  Angliyaning barcha  halol  kishilariga  namuna 
bo “lib  xizm at  qiladigan  jam oa  xo‘jaligini  tashkil  qilish  y o ii  bilan  harakat 
qilishganini»  ta ’kidlardi.  Uinstenli  g ‘oyalari  Buyuk  fransuz  inqilobi  davrida 
G .B abyof tom onidan  rivojlantirildi.
M atb u o t  erkinligiga  inglizcha  nuqtayi  nazar.  Burjua  inqilobi  Angliya 
m atbuoti  rivojlanishiga  turtki  berdi.  Yulduzlar  palatasi  (sud)  deb  nomlan- 
gan  tashkilot  bekor  qilindi.  Dastlabki  paytlarda  bu  m atbuot  nashrtari 
ustidan  davlat  nazoratini  tugatishga  ko'maklashdi. 
0
‘z   fikrlarini  keng 
om m aga  yetkazish  istagida  bo'lgan  mualliflar  soni  keskin  oshib  bordi, 
jam iyatda  ijtimoiy-siyosiy  muam m olarga  qiziqish  uyg'ondi.  1641-yildan
www.ziyouz.com kutubxonasi


1663-yilga  qadar  umumiy  hisobda  22255  nomdagi  m atbuot  nashilari 
(kitob,  gazeta, jurnallar) chiqib  turdi.
Inqi lob  rivojlanib  borgani  sari  ingliz  matbuotini  senzuraning  qat'iy 
qoliplariga  solgan  bir  qator  chora-tadbirlar  ko‘rildi.  Inqilobning  birinchi 
bosqjchi  1641-yil  12-mayda  qirolning  bosh  maslahatchisi  StarfTordm  qatl 
etish  bilan  yakun  topdi, 
22
-iyulda  esa  parlamentning  quyi  palatasi 
tom onidan  matbuot  haqidagi  birinchi  qonun  hujjati-«Obshchinalar  palata- 
sining  pariam ent  majlislari  haqidagi  hisobotlarini  e ’lon  qilish  to ‘g'risidagi 
qarori»  chiqarildi.  1643-yil  14-iyulda,  tashabbus  hali  qirol  q o ‘lida  bo'lgan 
birinchi  fuqarolar  urushi  paytida,  pariam ent  matbuot  erkinligiga  yangi 
cheklovni  joriy  etdi.  Bu  qonun  talabchan  senzuraiu  kiritib,  uni  buzganlik 
uchun javobgariik  chorasini  belgiladi:  «Birotta  kitob,  risota  yoki  varaqa  oidin- 
dan  buning  uchun  tayinlab  qo'yilgan  kishilar yoki  hech  bo‘lmaganda  ulaming 
biri tomonidan  ko‘rib chiqilmasidan bosishga berilishi  mumkin emas».
(647-yiIda  Uzoq  parlamentning  yangi  ordonansi  chiqdi,  unga  binoan 
biror  narsani  chop  etishga  oldindan  ruxsat  olish,  muallif  va  bosm axona 
egasining  ¡smini  albatta  ko‘rsatish  lozim  edi.  Parlament  kitob  chop  etish 
bo‘yicha  komissiya  zimmasiga  maxsus  ruxsatnomasiz  adabiyotlar  chiqara- 
yotgan  har  bir  bosmaxonani  izlab  topib,  dastgohlari  va  qoiyozm alarini 
yo‘q  qilib  tashlash,  bosmaxona  egasini  esa  qamoqqa  olish  majburiyatini 
yukladi.
1649-yiida  pariament  oldingi  taqiqlarni  yanada  qat'iylashtiruvchi 
«Ruxsat  etilmagan  va  g'azabni  keltiradigan  kitoblar  ham da  pam fletlar 
hamda  kitob  chop  etishni  yaxshiroq  tartibga  solish  to ‘g‘risida  hu]jat»ni 
chiqardi.
Bu  qonunlar  bir  jihatdan  royalistlarga  qarshi  kurashga  qaratilgan 
bo‘lsa-da,  ular  parlamentni  xalq  omm asiga  eng  yaqin  turuvchi  so 'l  qanot 
(Lilbem  va  Uinstenli)  ta ’siridan  him oya  qilniasiigi  kerak  edi.  Hokim iyat 
senzura  talablariga  to ‘liq  rioya  etilishini  nazorat  qila  olm ay  qoladigan 
ijtimoiy  larzalar davrida senzuraga qarshi  kurash  keskinlashib  ketardi.
Bu  kurashda  Jon  Milton  haqli  ravishda  matbuot  erkinligi  naza- 
riyasining  asoschisi  hisoblanadi.  Levellerlar  demokratik  harakatining  rah- 
namosi  Jon  Lilbem  uning  matbuot  erkinligi  to ‘g‘risidagi  g‘oyasini  yanada 
rivojlantirdi.  Masalan,  u  matbuot  erkinligi  talabini  savdo,  ishlab  chiqarish, 
va’zlar  aytish  va  boshqa  sohalardagi  monopoliyalami  yo‘q   qilish  talabi 
bilan  bir  qatorga  qo‘ydi.  Lilbem  presviterianlar  hokimiyatini  alm ashtirgan 
independentlar  o ‘z  va’dalarini  bajarmayotganliklarini  ko'rgan  zahoti 
«Angliyaning  yangi  zanjirlari*  pamfleti  orqali  hukumatga  m unosabatni 
o'zgartirish  talabi bilan  chiqdi.
Ingliz  burjua  inqilobining  aham iyati  shundaki,  u  ijtimoiy  fikr  oldida 
bir  qator  muhim  siyosiy  masalalarni  ko‘ndalang  qo‘ydi.  Uning  yo‘Ibosh- 
chilari  esa  so‘z,  matbuot  erkinligi,  davlat  qurilishining  yangi  nazariyasi 
ishlab  chiqilishiga  asos  soldilar.  M am lakat  siyosiy  yo‘lining  o'zgarishi  bilan 
gazetalar soni  va  adadi  ham jadal  o 'sa   boshladi.  1688-yüi  i?iyosiy to 'ittan sh  
natijasida  Styuartlar  sulolasi  ag'darilib,  mamlakat  hayotida  liberallashtirish 
boshlandi.  Xullas,  ingliz  inqilobi  m atbuotning  ham  son,  ham  sifat jihatidan 
rivoj topishiga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Yüklə 79,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə