‘zbekiston respublikasi oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 79,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə98/160
tarix24.12.2017
ölçüsü79,22 Kb.
#17347
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   160

kayfiyati,  talablarm i  yaxshi  bilâr,  gazetxonlarni qiziqtira olar,  ular e ’tiborini 
u  yoki  bu  m asalaga  ustallk bilan  qarçta  bilar edi.
S hunisi  shubhasizki,  Eber  o ‘zi  murojaat  qilayotgan  ko‘psonli  gazet- 
xonlar  om m asining  turli  xil  va  ko'pincha  noaniq  tusdagi  orzu-umidlariga 
ustalik  bilan  aks-sado  bera  olgan.  U ning  demokratik  m atbuot  oldidagi 
katta  xizm ati  ham   shundadir.  Biroq jum alist  va  inson sifatida Eberning  zaif 
tom onlari  h a m   b o lg a n .  Jan  Jores  u lam i  ziyraklik  bilan  fahmlab,  shunday 
degan  edi:  «U   to r  yo'ldan  yurishni  va  o'zini  qandaydir  favquiodda 
sistemaga  bogMab  q o ‘yishni  istamas  edi.  Eber,  to'lqinlarda  o ‘ynayotgan  va 
ko‘zga  yaqqol  tashlanuvclii  bo'yoqlar bilan  bo'yalgan  kemada  suzar  ekan, 
o ‘zini  butkul  bepoyon  oqim  ixtiyoriga  topshifib  qo'ygandi»1.  Bu  Ebeming 
yuz  berayotgan  hodisalarda  hakam  rolini  o ‘ynamoqchi  bo‘lganligi  bilan 
izohlanadi.  U ning  chiqishlari  safsatadan  xoli  bo‘lib,  unga  maslakdosh 
kishilarning  inqilobiy  hukumatga  nisbatan  munosabatini,  ijtimoiy-siyosiy 
qiyofasini  yan ad a  ravshanroq  anglatardi.  1794-yilning  4-m art  kuni  Eber 
qo‘zg‘o lo n   k o ‘tarm o q  uchun  muvaffaqiyatsiz urinish qildi va  yengildi.
Aksilinqilobiy  matbuot.  Birin-ketin  paydo  bo'layotgan  gazetalarga  qirol 
saroyi  aw aiiga  xotiijam  munosabatda  bo‘ldi,  go‘yo  u  yuz  berayotgan 
voqealaming  butun  xavfmi  anglagandek  edi.  Bee’tiborlik  faqat  ommaviy- 
siyosiy  m atbuotning  paydo  bo‘lishigagina  emas,  balki  Buyuk  fransuz  inqilobi 
bilan  bog‘liq  boshqa  voqealaiga  ham   daxl  qilardi.  Rasmiy  mahkama  ko‘p 
sonli  j o ‘shqin  gazetalaiga  «Gazette  de  ahranc»  gazetasini  qarama-qarshi 
qo‘ydi.  Bu  gazeta  xukumat  farmonlarini  bosib  chiqarish  bilan  cheklanar, 
ko‘z  o'n g id a yuz berayotgan  inqilob to ‘g ‘risida lom-lim demas edi.
1789-yil  sentabr  oyi  oxirlarida  kutilmaganda  qirol  saroyi  inqilobga 
qarshi  yurish  boshladi.  Toju  taxtni  birinchi  bo‘lib  «Saroy  va  shahar 
gazetasi»  nom lî  (ko‘proq  «Kichik  Gojte*  nomi  bilan  tanilgan)  gazeta 
himoya  ostiga  oldi.  U  darhol  inqilob  va  demokratik  matbuotga  qarshi 
hujumga  o ‘td i.  Keyinroq  unga  «Kirol  d o ‘sti»,  «Havoriy  yumushi»  gazetasi 
ham da g ‘ayri  dem okratik yo'nalishdagi  boshqa  nashrlar ham  qo‘shildi.  Shu 
yilning  5—
6
-oktabrida  ro‘y  bergan  voqealar  zodagonlarni  inqilobga  qarshi 
kurash  m aqsadida  yangi  gazetalar tashldl  qilishga  undadi.
D em okratik  m atbuot  turli  vositalardan  foydalandi.  Royalist-zodagon 
yo‘nalishiga  m ansub  jurnalisitlarning  m ashhur  namoyandalaridan  A.  Ri- 
varol  feodal-patriarxal  tartiblami  qayta  tiklash  maqsadida  darhol  aksilin­
qilobiy  k u ch lar  xizmatiga  o ‘tib  olib,  «Havoriy  yumushi»  gazetasi  bilan 
ham koriik  q ila  boshladi.  U  hech  qachon  Lyudovik  XVI  ni  o ‘z  qo‘lida 
hokim iyatni  m ahkam   ushlab  turishga  va  saroy  ig‘volaridan  o ‘zini  yuqori 
qo'yishga  q o d ir  bo‘lgan  haqiqiy  hukm dor  deb  hisoblamagan.  Uning 
fikricha,  qirolning  burchi  armiya  tepasida  turish  va  inqilobni  shafqatsiz 
bostirishdan  iborat.  Rivarol  millat  majlisining tadbirlarini  masxara  qilarkan, 
nazariy  m unozaralarga  berilmadi  va  o ‘zini  ularga  aralashishdan  chetga 
tortdi,  dem okratiya  rahbarlarining  hayajonli  nutqlarini  pisand  qilmadi,

Жорес  Ж.  Социалистическая  история  Французской  революции.  М.: 
1983, 5-ж., 223-е.
www.ziyouz.com kutubxonasi


hatto  ulardan  nafratlandi.  Notiqlaming  ezgulik  va  saxovatga  undovchi 
chaqiriqlariga  ularnipg shaxsiy turmushini  qaram a-qarshi qo'ydi  va om ilkor 
buijuaziyaning siyosiy jo'shqinligidan  kuldi.
A.  Rivarol  v%  uning  safdoshlari  aw alig a  inqilobga  va  dem okratik 
matbuotga  qarshi  siyosiy  hamda  faisafiy  yo'sinda  kurash  olib  bordilar, 
biroq  1789-yitning  oktabr  voqealaridan  so‘ng  o “z  yo‘nalishini 
0
‘zgartirib, 
inqilob  yoiboshchilarini  fosh  qilish  yo‘li  bilan  um um an  inqilobiy jarayonga 
ta ’sir  o'tkazm oqqa  urindilar.  Inqilobga  o ‘ta   dushman  jum alistlardan 
G .  Peleti  «Bizga  e ’ion  qilingan  kurashda  biz  ishlatishimiz  lozim  b o lg a n  
birdan-bir  qurol  —  kulgi,  mazah  va  masxaralashdan  iborat  bo‘lmog‘i  lo ­
zim»1,  degan  edi.  zodagonlaming  ro‘znom alari  shu  ko‘rsatmaga  amal  qilib, 
vatanparvarlarga qarshi kurashni  avj  oldirdilar.
Inqilobni  masxaralash,  kulgili  qilib  ko'rsatish,  Millat  majlisining  b a ’zi 
deputatiariga  andishasizlik  bilan  munosabatâa  bo'lish,  uchinchi  tabaqa 
deputatlari  va  demokratik jumalistlaming  shaxsiy  hayoti  to ‘g‘risida  g'iybat 
gaplar  tarqatish,  inqilobiy  asarlarga  turli-tum an  parodiyalar  yozish,  klublar 
tom onidan  qabul  qilingan  qarorlami  m azah  qilish,  xalq  yo‘lboshchilarini 
hajviy  she’r,  pamfletlar  vositasida  badnom   etish,  plebeylami  zodagonlar 
«tilga  olishi  m umkin  bo‘lmagan»  dashnom   so'zlar  bilan  beboshlik  va 
axloqsizlikda  ayblash  —  bu  usullaming  ham m asi  1792-yilning  10-avgus- 
tigacha,  ya’ni,  monarxiya  ag‘darilgunga  q ad ar  gazeta  sahifalaridan  tush- 
madi.
«Havoriy yumushi» gazetasi  poytaxt  atrofida  istiqomat  qiluvchi aholini 
ochiqdan-ochiq  «murtad»,  «to'ng'iz»,  «fohisha  bolalari»  deb  atashdan  h am  
toymadi.  Ayni  vaziyatda  gazetalar  generallar  va  armiyaga  qaratilgan 
muFojaatnomalar  e ’ion  qilib,  «inqilobiy  telbalikka»  barham  berishni  talab 
etdilar.  Shunday  talabnomalardan  birida  «Barcha  safsatabozlami  qo'lga 
tushirmoq  va  qonun  asosida  boplab  ta ’zirini  bermoq  darkor.  Biz  ular 
ko‘rsichqoular  qismatiga  yo‘liqqanini  ko‘rib,  xushnud  bo'lmaylik.  Biz 
ulami  nayzador  qoziqqa  o'tqazib,  Bastiliya  xarobalari  ustida  o'iim   azobini 
tortishga  m ajbur qilamiz»2, deyilgandi.
«Havoriy  yumushi»,  «Qirol  do‘sti»  gazetalari  birinchi  bo‘lib  «F ran- 
siyani  qonli  jom da  cho'miltirib  poklash»,  «isyonkorlar»ning  ham m asini 
kalia  kesiladigan  kundaga  jo'natish»  d a ’vati  bilan  chiqishdi.  Absolut 
tuzumning  barcha  raqiblari  «isyonkor»  deb  hisoblandilar.  «Havoriy 
yumushi»  gazetasining  (uni  qiro)  oilasining  a ’zolari  ham  o ‘qishardi)  faol 
xodimlaridan  bo'lgan  Syullo  Koblens  saroy  bilan  aloqasi  borligidan 
oshkora  ravishda  maqtangan  edi.  Shaharda  shahzoda  Konde  boshchiligida 
aksilinqilobiy armiya  ham tuzila  boshlagandi.
Bo'hton  aksilinqilobiy  matbuotning  eng  samarali  quroli  ekanini  ju d a  
yaxshi  bilgan  Robesper  o ‘z  nutqlaridan  birida  shunday  degan  edi:  «Xuddi 
mana  shu  bo‘hton juda  ko‘p  voqealarga  sababchi  bo'ldi.  Xuddi  m ana  shu 
bo‘hton  fransuz  millatini  muttasil  odam xo'rlar  to ‘dasi  tarzida  ko‘rsatib,
1 Kunov G.  O lsha manbaa,  U4-bet.
2  Kunov G .  O lsha manbaa,  114-bet.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Yüklə 79,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə