Ўзбекистон республикаси



Yüklə 2,14 Mb.
səhifə3/28
tarix05.06.2018
ölçüsü2,14 Mb.
#47430
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28





3.1. Ta’lim berish texnologiyasining modeli

Ma’ruzaga ajratilgan vaqt – 2 s

Talabalar soni – 50 ta

O‘quv mashg‘ulotining shakli

Ma’lumotli ma’ruza

O‘quv mashg‘ulotining tuzilishi

1. Kasb tushunchasi. Kasblarni psixologik tizimlash.

  1. SHaxs qiziqishlari va kasb.

  2. Professiografiyaning mohiyati va uning asosiy tamoyillari.

O‘quv mashg‘ulotining maqsadi

Talabalarda kasb tushunchasi, shaxs qiziqishlari professiografiyaning mohiyati va uning asosiy tamoyilari

Pedagogik vazifalar:

1) kasb tushunchasi va psixologik tizimlar mohiyatini ochib berish.

2) shaxs qiziqishlari va kasb o‘rtasidagi bog‘liqliklarini tanishtirish.

3) professiografiyaning mohiyati to‘g‘risida ma’lumt berish.



O‘quv faoliyati natijalari:

1) kasb tushunchasi va psixologik tizimlar mohiyatini ochib beriladi.

2) shaxs qiziqishlari va kasb o‘rtasidagi bog‘liqliklari bilan tanishtirib o‘tiladi.

3) professiografiyaning mohiyati to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lishadi.




Ta’lim metodi

Ma’ruza, tushuntirish, suhbat, “FSMU” texnologiyasi

Ta’limni tashkil etish shakli

Ma’ruza, ommaviy, guruhli


Didaktik vositalar

Ma’ruza matni, slayd-prezentatsiya


Ta’limni tashkil etish sharoiti

Maxsus texnik vositalar bilan jixozlangan xona

Nazorat

O‘z-o‘zini nazorat qilish, refleksiya



3.2. “Kasblar va ularning klassifikatsiyasi” mavzusidagi ma’ruzaning texnologik kartasi


Ish bosqichlari va vaqti

Faoliyat mazmuni

O‘qituvchi

Talaba

1-bosqich. O‘quv mashg‘ulotiga kirish (Da’vat bosqichi)

(10 minut)

    1. Mavzuning nomlanishi, rejalari maqsad va kutilayotgan natijalarini bayon etadi (1-ilova).




    1. Mashg‘ulotni o‘tkazish shakli va baholash mezonlarini e’lon qiladi (2-ilova)

Tinglashadi, yozib borishadi.

YOzib oladi.




2-bosqich.

Asosiy (Anglash bosqichi)

(50 minut)

2.1. “Kasblar va ularning klassifikatsiyasi” mavzusi bo‘yicha ma’ruzaning birinchi punkti yoritiladi. (3-ilova)
2.2.Ma’ruza bo‘yicha “Muammo” texnologiyasidan foydalangan holda talabalarga quyidagi muammo bilan murojaat qiladi: “SHaxsning shakllanishida kasbning axamiyati?”(4-ilova) Mavzu rejasining ikkinchi va uchinichi punkti bo‘yicha ma’ruza qiladi(5-ilova).


Tinglaydilar, muhim chizma va jadvallarni o‘z daftarlariga qayd etishadi
Savol-javoblarda ishtirok etishadi,.

3-bosqich. YAkuniy (Fikrlash bosqichi)

(20 minut)

3.1. Talabalarning psixodiagnostik tadqiqotni o‘tkazish borasidagi o‘zlashtirgan bilimlarini tekshirish maqsadida “FSMU” texnologiyasi taqdim etiladi (6-ilova).
3.2. Mavzu bo‘yicha umumiy xulosa qilinadi. Talabalarning javoblarini tinglash orqali talabalarning umumiy tasavvurlari aniqlanadi.
3.3. Talabalarning baholash mezonlari e’lon qilinadi

3.4. O‘zini o‘z nazorat qilish uchun savollar beradi (7-ilova)



“FSMU” texnologiyasini avval yakka tartibda, so‘ngra guruhlarda to‘ldirishadi.

Tinglaydilar o‘z fikrlarini boyitadi va to‘ldiradi.

YOzib olishadi.
Javob yozadi


1-ilova



3 Mavzu: Kasblar va ularning

klassifikatsiyasi

Reja:

1. Kasb tushunchasi. Kasblarni psixologik tizimlash.



  1. SHaxs qiziqishlari va kasb. Professiografiyaning mohiyati va uning asosiy tamoyillari.

O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: Kasb tushunchasi, psixikaning rivojlanish bosqichlari, kasblarni psixologik tizimlash, shaxs va uning qiziqishlari, professiografiyaning mohiyati haqidagi bilimlarni shakllantirish.

O‘quv faoliyatining natijasi: Talabalarga kasb tushunchasi, psixikaning rivojlanish bosqichlari, kasblarni psixologik tizimlash, shaxs va uning qiziqishlari, professiografiyaning mohiyati haqida dastlabki bilimlar berish hamda mazkur jihatlar psixologiya fanini o‘rganish ob’ekti ekanligi asoslab berildi.

2-ilova


Baholash mezoni va ko‘rsatkichlari


Guruhlar

Savolning to‘liq va aniq yoritilishi 0-5 ball

Misollar bilan muammoga echim topishi 0-5 ball

Guruh a’zolarining faolligi 0-5 ball

Jami ball










































































































3-ilova


Kasb tushunchasi. Kasblarni psixologik tizimlash.


Kasb – hunar to‘g‘risida har xil munosabatlar hosil bo‘lishning asosiy sabablaridan biri bu- maktab o‘quvchilarida kasb tanlash jarayonida turli xil motivlarning namoyon bo‘lishidir. Motivlar o‘rtasidagi kurash ularning u yoki bu qarorga kelishlariga sabab bo‘ladi. Bizningcha, voqelikka ongli munosabatda bo‘lish ob’ektiv va qat’iy qarorni keltirib chiqaradi.

Kasb –kor (hunar) oldiga qo‘yiladigan talablarni asoslash va ularni bayon qilish o‘ziga xos hususiyatga ega bo‘lib, umumiy hamda hususiy jabhalarni o‘zida aks ettiradi.

1.Kasb va uni ixtisosliklarining psixologik tavsifi. 2. Kasb-korning (hunarning) mamlakat iqtisodiyoti uchun ahamiyati. 3. Kasb va ixtisoslikning ijtimoiy tavsifi. 4. Kasbning ijtimoiy psixologik ahamiyati va tavsifi yoshlarda uning ijitmoiy mavqei (nufuzi), jamoaning o‘ziga xos xususiyatlri, vertikal va gorizontal bo‘yicha shaxslararo munosabatlarning xususiyatlari. 5. Kasbiy faoliyatni muvaffaqiyatli egallash uchun zarur bilimlar va ko‘nikmalar ko‘lamining pedagogik tavsifi (maxsus mezonlar orqali kasbiy mahorat aniqlanadi). 6. pedagogik jarayonni takomillashtirish yuzasidan takliflar, tayyorgrlik muddatlari, tadbir-choralari umumiy tavsifi.


4-ilova
1-o‘quv topshiriq



Muammo” organayzerini to‘ldiring


SHaxsning shakllanishiga doir kasbning ahamiyati to‘g‘risida masalalarni echimini topishga yordam beradi va “Muammo” usuli orqali muammo hal qilinadi.




Muammoning turi

Muammoning kelib chiqish sabablari

Muammoni echish yo‘llari va sizning harakatingiz

SHaxsning shakllanishida kasbning axamiyati








5-ilova
SHaxs qiziqishlari va kasb. Professiografiyaning mohiyati va uning

asosiy tamoyillari.

SHaxs tushunchasi keng va ko‘p qirralidir. Mehnat qila olish ko‘nikmasining mavjudligi, insonlar bilan birgalikda faoliyat munosabatni amalga oshirayotgan kishi asta – sekin shaxsga aylanib boradi. Bevosita moddiy dunyoni, jamiyatni va xususan o‘zini o‘rganish va faol tarzda qayta o‘zgartirish jarayonining sub’ektga aylanmoqda. SHu o‘rinda haqli bir savol tug‘iladi, ya’ni shaxs, individ, individuallik tushunchasining o‘zaro bog‘liqlik jihatlari mavjudmi? Buning uchun mazkur tushunchalarning mazmunini tahlil qilish samarali hisoblanadi. Keltirilgan ta’riflardan shuni xulosa qilish mumkinki shaxs deb muayyan jamiyatda yashovchi faoliyatning biror turi bilan shug‘ullanuvchi, kishilar bilan normal til orqali munosabatga kirishuvchi ongli individga aytiladi.

Individ sifatida dunyoga kelgan odam ijtimoiy muhit ta’sirida keyinchalik shaxsga aylanadi, shuning uchun bu jarayon ijtimoiy-tarixiy xususiyatga egadir. Dunyoga kelayotgan chaqaloqning gavda tuzilishi unda tik yurish uchun imkoniyatining mavjudligini taqozo etsa, miyasining tuzilishi aql-hushining rivojlanishi uchun imkoniyat tug‘diradi, qo‘llarining shakli shamoyili mehnat qurollaridan foydalanish istiqbollarining mavjud-ligini ko‘rsatadi. YUqorida aytilganlarning barchasida chaqaloqning inson zotiga mansubligini ta’kidlanadi va bu fakt individ tushunchasida qayd etiladi. SHaxsning eng muhim xususiyatli jihatlaridan biri – bu uning individualligidir.

Individuallik deganda insonning shaxsiy psixologik xususiyatlarining betakror birikmasi tushuniladi. Individuallik kishining o‘ziga xosligini, uning boshqa odamlardan farqini aks ettiruvchi psixologik fazilatlar birikmasidir. Individuallik tarkibiga xarakter, temperament, psixik jarayonlar, holatlar, hodisalar, hukmron xususiyatlar yig‘indisi, iroda, faoliyat motivlari, inson maslagi, dunyoqarashi, iqtidori, har xil shakldagi reaksiyalar, qobiliyatlari va shu kabilar kiradi. Individuallik individning boshqalardan farqlaydigan ijtimoiy xususiyatlari va psixikasining o‘ziga xosligi hamda uning qaytarilmasligidir. Zikr etilgan psixologik xususiyatlarning bir xildagi birikmasini o‘zida mujassamlashtirgan odam yo‘q, inson shaxsi o‘z individualligi jihatidan betakrordir.

Qiziqish – insonlarning dunyoqarashi, e’tiqodlari, ideallari, ya’ni uning oliy maqsadlari, orzu niyatlari, orzu umidlari bilan bevosita muhim rol o‘ynaydi hamda ularning muvaffaqiyatli kechishini ta’minlash uchun xizmat qiladi. Motiv – ma’lum ehtiyojlarni qondirish bilan bog‘liq bo‘lgan qandaydir faoliyatga moyillikdir. Agar ehtiyojlar inson shaxsi faolligining mohiyatini tashkil etsa motivlar bu mohiyatning namoyon bo‘lishidan iboratdir. SHaxsning ehtiyojlari motivlar bilan bog‘liqdir. SHuning uchun motivlar bir-biridan ehtiyoj turlariga qarab farqlanadi. Masalan, moddiy ehtiyojning qondirilishi bilan bog‘liq bo‘lgan motivlar yoki ma’naviy ehtiyojlarning qondirilishi bilan bog‘liq bo‘lgan motivlar bo‘lishi mumkin.

Professiografiya – deganda kasblar va ularning bir-biridan farqlanuvchi ixtisoslar tomonidan inson oldiga qo‘yiladigan talablarni bayon qilish majmuasi tushuniladi. E.A.Klimov qarashlariga binon professiogramma bu:

1. sensor kanallarni yuklamash, ustivor signallarning turlari faoliyat jarayonidagi axborotlar ko‘lami va umumiy xususiyati (ko‘rish, eshitish va boshqalar): 2. axborotlarni saqlash va qayta ishlash bilan bog‘liq aqliy faoliyatning xususiyati: 3. xotira, tafakkur vanutqning qatnashuvi ayrim xarakatlarning tavsifi:

Bizningcha yuqoridagi muloxzalardan tashqari professiogramma oldiga qo‘yidagi talabalarni qo‘yish maqsadga muvofiq.


6-ilova
Tarqatma materialning taxminiy nusxasi



FSMU texnologiyasi


F Fikringizni bayon eting.

S Fikringizni bayoniga biror sabab ko‘rsating.

M Ko‘rsatilgan sababni tushuntiruvchi misol keltiring.

U Fikringizni umumlashtiring.

Ushbu texnologiya tinglovchilarni o‘z fikrini himoya qilishga,

erkin fikrlash va o‘z fikrini boshqalarga o‘tkazishga, ochiq holda

bahslashishga, egallangan bilimlarni tahlil qilishga, qay darajada egallaganliklarini baholashga hamda tinglovchilarni bahslashish

madaniyatiga o‘rgatadi.

1-guruh


Savol

Psixikani muhit va a’zolar tuzilishiga bog‘liqligini qanday izohlaysiz?

F-fikringizni bayon eting




S-Fikringiz bayoniga sabab ko‘rsating




M-ko‘rsatilgan sababingizni isbotlovchi dalil keltiring




U- fikringizni umumlashtiring




2-guruh

Savol

Inson va hayvon psixikasidagi farq nimlarda ko‘rinadi?

F-fikringizni bayon eting




S-Fikringiz bayoniga sabab ko‘rsating




M-ko‘rsatilgan sababingizni isbotlovchi dalil keltiring




U- fikringizni umumlashtiring



7-ilova



Jonlantirish uchun savollar:

Psixikaning filogenetik taraqqiyoti nimalar bilan belgilanadi?

Hayvonlarning hatti-harakat tiplariga nimalar kiradi?

Sensor bosqich va uning xarakterli xususiyatini ko‘rsating?

Perseptiv bosqich va uning xarakterli xususiyatini ko‘rsating?

Intellektual bosqich va uning xarakterli xususiyatini ko‘rsating?

Psixikaning muhit va a’zolar tuzilishiga bog‘liqligini izohlang?






4.1.Ta’lim berish texnologiyasining modeli

Ma’ruzaga ajratilgan vaqt – 2 s

Talabalar soni – 50 ta

O‘quv mashg‘ulotining shakli

Ma’lumotli ma’ruza



Ma’ruza rejasi:

1. SHaxs biogenetik va sotsiogenetik nazariyalari.

2.Kasb shakllanish tarixi.

3.SHaxsning kasbiy shakllanishining determinatsiyasi.

4.SHaxsning kasbiy rivojlanishning bosqichlari.



O‘quv mashg‘ulotining maqsadi

Talabalarda shaxs nazariyalari, kasbiy rivojlanish bosqichlari va determinatsiyasi

to‘g‘risidagi bilimlarni shakllantirish



Pedagogik vazifalar:

  1. SHaxs xususiyatlari hamda biogenetik va sotsiogenetik nazariyalari haqida ma’lumot berish.

  2. Kasb shakllanish tarixi to‘g‘risida bilimlarni shakllantirish.

  3. SHaxsning kasbiy rivojlanish determinatsiyasini tushuntirish.

  4. SHaxsning kasbiy rivojlanish bosqichlari haqida ma’lumot berish.

O‘quv faoliyati natijalari:

  1. SHaxs xususiyatlari hamda biogenetik va sotsiogenetik nazariyalari haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishadi.




  1. Kasb shakllanish tarixi to‘g‘risida bilimlarini shakllantiriladi.



  1. SHaxsning kasbiy rivojlanish determinatsiyasi to‘g‘risida tushunchalar beriladi.

4) SHaxsning kasbiy rivojlanish bosqichlari haqida ma’lumotlar beriladi.



Ta’lim metodi

Ma’ruza, tushuntirish, suhbat, “Aqliy xujum” metodi

Ta’limni tashkil etish shakli

Ma’ruza, ommaviy, guruhli


Didaktik vositalar

Ma’ruza matni, slayd-prezentatsiya


Ta’limni tashkil etish sharoiti

Maxsus texnik vositalar bilan jixozlangan xona

Nazorat

O‘z-o‘zini nazorat qilish, refleksiya


4.2. “Shaxs psixologiyasi va kasbiy shakllanish” mavzusidagi

ma’ruzaning texnologik kartasi


Ish bosqichlari va vaqti

Faoliyat mazmuni

O‘qituvchi

Talaba

1-bosqich. O‘quv mashg‘ulotiga kirish (Da’vat bosqichi)

(10 minut)

    1. Mavzuning nomlanishi, maqsad va kutilayotgan natijalarini bayon etadi (1-ilova).




    1. Mashg‘ulotni o‘tkazish shakli va baholash mezonlarini e’lon qiladi (2-ilova)

Tinglashadi, yozib borishadi.

YOzib oladi



2-bosqich.

Asosiy (Anglash bosqichi)

(50 minut)

2.1. Mavzu bo‘yicha ma’ruza matnini tarqatadi, uning rejasi va asosiy tushunchalari bilan tanishishni taklif etishadi.
2.3. Taqdimot texnologiyasi yordamida asosiy nazariy ma’lumotlarni bayon etadi. Jalb qiluvchi savollar bilan murojaat etadi, mavzuning eng asosiy tushunchalarini ajratib ko‘rsatadi, har bir o‘quv biriligi bo‘yicha xulosalar qiladi.

Tinglaydilar, savol-javoblarda ishtirok etishadi, muhim chizma va jadvallarni o‘z daftarlariga qayd etishadi.

3-bosqich. YAkuniy (Fikrlash bosqichi)

(20 minut)

3.1. Talabalarning shaxs psixodiagnostikasi borasidagi o‘zlashtirgan bilimlarini tekshirish maqsadida “Aqliy xujum” metodidan foydalaniladi (4,5-ilova).
3.2. Talabalarning javoblarini tinglash orqali talabalarning umumiy tasavvurlari aniqlanadi.
3.3. Aniq tasavvurlar shakllanmagan qismlarini qayta tushuntiradi.

3.4. Mustaqil ish uchun topshiriq beradi va uni baholash mezonlari bilan tanishtiradi.



“Aqliy xujum” metodi orqali vazifani xal qilishga kirishadilar.

O‘z fikrlarini boyitadi va to‘ldiradi.

Topshiriqni yozib olishadi.


1-ilova




4 Mavzu: SHaxs psixologiyasi va kasbiy shakllanish


Reja:

1.SHaxs biogenetik va sotsiogenetik nazariyalari.

2.Kasb shakllanish tarixi.

3.SHaxsning kasbiy shakllanishining determinatsiyasi.

4.SHaxsning kasbiy rivojlanishning bosqichlari.
O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: Talabalarda shaxs, biogenetik va sotsiogenetik nazariyalarni shakllanishi, shaxsning kasbiy shkllanishi, shaxsning kasbiy rivojlanish bosqichlarini shakllantirish.

O‘quv faoliyatining natijasi: shaxs psixologiyaning tuzilishi va kasbiy shakllanish haqida dastlabki bilimlar berish hamda mazkur jihatlar inson shaxsini o‘rganish ob’ekti ekanligi asoslab berildi. doir tasavvurlar hosil qilinadi.

2-ilova


Yüklə 2,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə