Ўзбекистон республикаси



Yüklə 2,14 Mb.
səhifə5/28
tarix05.06.2018
ölçüsü2,14 Mb.
#47430
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28

1-ilova



6 Mavzu: Diqqat va kasb tanlash masalalari
Reja:

    1. Diqqat turlari va ularning xususiyatlari.

    2. SHaxs diqqatining rivojlanishi.

    3. Kasblarni shaxs diqqatiga qo‘yiladigan talablar taxlili.


O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: diqqat, yo‘naltirish, yo‘nalganlik, diqqat turlari, xususiyatlari haqidagi bilimlarni shakllantirish.

O‘quv faoliyatining natijasi: Talabalarga diqqat, yo‘naltirish, yo‘nalganlik, diqqat turlari, xususiyatlari haqida dastlabki bilimlar berish hamda mazkur jihatlar psixologiya fanini o‘rganish ob’ekti ekanligi asoslab berildi.


2-ilova


Baholash mezoni va ko‘rsatkichlari


Guruhlar

Savolning to‘liq va aniq yoritilishi 0-5 ball

Misollar bilan muammoga echim topishi 0-5 ball

Guruh a’zolarining faolligi 0-5 ball

Jami ball










































































































15-13 ball- “a’lo”

12-10 ball- “yaxshi”

15-13 ball- “qoniqarli”

3-ilova


Diqqat haqida tushuncha

Odamga har bir daqiqada atrof-muhitdan juda ko‘p narsa va hodisalar ta’sir etib turadi. Lekin odamga ta’sir etayotgan bu narsa va hodisalarning hammasi bir xil aniqlikda aks ettirilmaydi. Ulardan ayrimlari aniq yaqqol aks ettirilsa, boshqa birlari shunchaki juda xira aks ettiriladi, yoki umuman aks ettirilmaydi. Bu esa ana shu odamga ta’sir etayotgan narsalarga diqqatning qay darajada qaratilishiga bog‘li qdir. Demak, diqqatimiz qaratilgan narsa va hodisalar aniq va to‘la aks ettiriladi. P.I.Ivanov tomonidan diqqat deb- ongni bir nuqtaga to‘plab muayyan bir ob’ektga aktiv qaratilishga aytiladi. F.N.Dobrinin, N.V.Kuzmina, I.V.Straxov, M.V.Gamezo, N.F.Gonobolin va boshqalarning fikricha, diqqatning vujudga kelishi ongning bir nuqtaga to‘planishi ong doirasining torayishini bildiradi, guyoki ong doirasi bir muncha tig‘izlanadi. E.B.Pirogovaning ta’kidlashicha, tomonidan diqqat individning hissiy, aqliy yoki harakatlantiruvchi faolligi darajasining oshirilishini taqazo etadigan tarzda ongning yo‘naltirilganligi va biror narsaga qaratilganligidir. Diqqat shunday muhim jarayondirki, u odamning barcha faoliyatlarida albatta ishtirok qiladi. Eng sodda faoliyatdan tortib eng murakkab faoliyatni ham diqqatning ishtirokisiz bajarish mutlaqo mumkin emas. SHuning uchun diqqatning inson hayotidagi roli benihoya kattadir. Jumladan, fransuz olimi Kyuve geniallikni chidamli diqqat deb ta’riflashi, Nyutonning kashfiyot fikrni doimo shu masalaga qaratilish jarayoni, deyishi, K.D.Ushinskiyning «diqqat ruhiy hayotimizning shunday yagona eshigidirki, ongimizga kiradigan narsalarning barchasi shu eshik orqali o‘tib kiradi» degan fikrlari uning ahamiyatini bildiradi. Haqiqatdan ham diqqat eshigidan tashqarida qolgan narsa ongimizga etib bormaydi.




4-ilova









4-ilova


1-o‘quv topshiriq

3x4 oranayzerini to‘ldiring


Mavzuning asosiy mazmunini ochib berishga yordam beradi va “3x4” texnologiyasi orqali talabalarni mavzu yuzasidan tushuncha, tasavvurlari aniqlanadi.




Diqqat –bu .......


5-ilova


Diqqatning turlari

Ayrim adabiyotlarda diqqatning ikkita va ayrimlarida uchta deb ko‘rsatiladi. Ular ixtiyorsiz diqqat, ixtiyoriy diqqat va ixtiyoriydan so‘nggi diqqat turlaridan iboratdir. Ixtiyorsiz diqqat deb to‘satdan ta’sir qilgan biror sabab tufayli bizning hohishimizdan tashqari hosil bo‘ladigan diqqatga aytiladi. Ixtiyoriy diqqat deb, oldindan belgilangan qat’iy bir maqsad asosida va ongli ravishda diqqatimizni ma’lum bir narsa va hodisalarga qaratishimizga aytiladi. Ixtiyoriy va ixtiyorsiz diqqatdan tashqari uning yana bir alohida turini ixtiyoriydan so‘nggi diqqatni ko‘rsatib o‘tish mumkin. Bu tushuncha psixologiyaga N.F.Dobrinin tomonidan kiritilgan. Agar maqsadga qaratilgan faoliyatda shaxs uchun diqqatning ixtiyoriy to‘planganidagi kabi faqat faoliyat natijasi emas, balki uning mazmuni va jarayonning o‘zi qiziqarli va ahamiyatli bo‘lsa ixtiyoriydan so‘nggi diqqat deb tushunish mumkin. Bu holda faoliyat kishini shu qadar qiziqtirib yuboradiki, u diqqatni ob’ektga qaratish uchun sezilarli irodaviy kuch-g‘ayrat sarflamasa ham bo‘laveradi. SHunday qilib, ixtiyoriydan so‘nggi diqqat ixtiyoriy diqqatdan keyin namoyon bo‘lgan holda shuning o‘zidangina iborat deb hisoblash mumkin emas. Masalan, yuqori sinf o‘quvchisi imtihonga tayyorlanayotib qiyin kitobni qisqacha mazmunini yozib chiqar ekan, oldiniga o‘zini diqqat-e’tiborli bo‘lishga, chalg‘imaslikka majbur qiladi. Lekin keyinchalik u ishga shunday qiziqib ketadiki, oqibatda uni kitobdan chalg‘itish qiyin bo‘ladi. Dastavval irodaviy kuch-g‘ayratlar madadiga tayangan diqqat ixtiyoriydan so‘nggi diqqatga aylanadi. Ixtiyoriydan so‘nggi diqqat biror narsaga uzoq vaqt davomida juda ham barqaror qaratilishi bilan belgilanadi, ko‘proq yuqori darajadagi jadal va unumli aqliy faoliyatning barcha turdagi mehnatning yuksak unumdorligini asosli ravishda ana shunday diqqat turi bilan bog‘liq deb hisoblaydilar.


6-ilova


1-o‘quv topshiriq

Muammo” organayzerini to‘ldiring




Diqqatning nerv-fiziologik asoslariga doir muammoli masalalarni echimini topishga yordam beradi va “Muammo” usuli orqali muammo hal qilinadi.




Muammoning turi

Muammoning kelib chiqish sabablari

Muammoni echish yo‘llari va sizning harakatingiz

I.P.Pavlov va A.Uxtomiskiylarning diqqatning nerv fiziologik asoslari borasidagi nazariyalaridangi o‘shashlik va farqli jihatlar nimalardan iborat?







7-ilova


1-o‘quv topshiriq

FSMU texnologiyasi

Ushbu texnologiya munozarali masalalarni hal etishda hamda o‘quv jarayonini bahs-munozarali o‘tkazishda qo‘llaniladi, chunki bu texnologiya talabalarni o‘z fikrini himoya qilishga, erkin fikrlash va o‘z fikrini boshqalarga o‘tkazishga, ochiq holda bahslashishga hamda shu bilan birga bahslashish madaniyatini o‘rgatadi. Tinglovchilarga tarqatilgan oddiy qog‘ozga o‘z fikrlarini aniq va qisqa holatda ifoda etib, tasdiqlovchi dalillar yoki inkor etuvchi fikrlarni bayon etishga yordam beradi.

F-fikringizni bayon eting

S-Fikringiz bayoniga sabab ko‘rsating

M-ko‘rsatilgan sababingizni isbotlovchi dalil keltiring

U- fikringizni umumlashtiring


1-guruh

Savol

Ixtiyorsiz diqqatning inson hayotidagi o‘rni nimalardan iborat?

F-fikringizni bayon eting




S-Fikringiz bayoniga sabab ko‘rsating




M-ko‘rsatilgan sababingizni isbotlovchi dalil keltiring




U- fikringizni umumlashtiring




2-guruh

Savol

Ixtiyoriy diqqat inson faoliyatini ta’minlovchi omil ekanligini asoslang?

F-fikringizni bayon eting




S-Fikringiz bayoniga sabab ko‘rsating




M-ko‘rsatilgan sababingizni isbotlovchi dalil keltiring




U- fikringizni umumlashtiring



8-ilova


Diqqat xususiyatlari

Odamning diqqati bir qancha xususiyatlarga ega bo‘lib, ulardan asosiylari – diqqatning kuchi va barqarorligi, diqqatning ko‘lami, diqqatning bo‘linuvchanligi va diqqatning ko‘chuvchanligidan iboratdir. Diqqatning kuchi va barqarorligiga ko‘ra odamlarning diqqatlari o‘zining kuchi va barqarorligi jihatidan bir-biridan farq qiladi. Ayrim odamlarning diqqati kuchli va barqaror bo‘lsa, boshqa bir odamlarning diqqati kuchsiz va beqaror bo‘ladi. Diqqatning kuchi va barqarorligi deb, odam o‘z diqqatini biror narsa yoki hodisaga uzoq muddat davomida muttasil qaratib tura olishiga aytiladi. Odamlar o‘z diqqatlarining ko‘lami jihatidan ham bir-birlaridan farq qiladilar. Ayrim odamlar diqqatining ko‘lami keng bo‘lsa, boshqa bir odamlar diqqatining ko‘lami torroq bo‘ladi. Diqqatning ko‘lami ayni bir vaqtda odamning idrokiga sig‘ishi mumkin bo‘lgan narsalar miqdori bilan belgilanadi. Boshqacharoq qilib aytganda, idrok qilish jarayonida diqqatimiz qaratilgan narsalardan qanchasini ongimizga sig‘dira olishimiz diqqatning ko‘lamini tashkil etadi. Odamning diqqati bir vaqtda faqat bitta narsagagina emas, balki ikkita yoki uchta narsaga ham birdaniga qaratilishi mumkin. Ana shunday paytlarda diqqatning bo‘linishi talab qilinadi. Demak, diqqatning bo‘linishi deganda biz ayni bir vaqtda diqqatimizni ikki yoki uch narsaga qaratishimizga aytamiz. Agar diqqatimiz bitta narsaga qaratilgan bo‘lsa, ya’ni diqqatimiz bitta narsa ustida to‘plangan bo‘lsa, uni konsentra-siyalashgan (to‘plangan) diqqat deb yuritiladi. Buning aksincha agar diqqatimiz ayni bir vaqtda bir necha narsaga qaratilgan bo‘lsa, buni bo‘lingan, diqqat deb yuritiladi. Diqqatning ko‘chuvchanligi odamning diqqati har doim bir narsadan ikkinchi bir narsaga, bir faoliyatdan ikkinchi faoliyatga ko‘chib turadi. Diqqatning ana shunday xususiyatini diqqatning ko‘chuvchanligi deb yuritiladi. Diqqatning ko‘chuvchanligi diqqatning bo‘lunuvchanligi bilan bog‘liq xususiyatdir. YUqorida aytib o‘tganimizdek, diqqatning ayni bir vaqtda birdaniga bir necha narsaga qaratilishi, ya’ni diqqatning bo‘linishi o‘z mohiyati jihatidan diqqatning bir narsadan ikkinchi narsaga juda tez ko‘chishidan iboratdir.


9-ilova



Jonlantirish uchun savollar:

Diqqat tushunchasining mohiyatini izohlang?

Diqqatning fiziologik asosini nima tashkil qiladi?

Diqqat turlarini ko‘rsating?

Diqqatning xususiyatlarini ajratib ko‘rsating?

Parishonxotirlik tushunchalarining mazmuni nimalarda ko‘rinadi?

Jahon psixologiyasida diqqat nazariyalari xususida nimalarni ayta olamiz?





7.1.Ta’lim berish texnologiyasining modeli

Ma’ruzaga ajratilgan vaqt – 2 s

Talabalar soni – 50 ta

O‘quv mashg‘ulotining shakli

Muammoli ma’ruza

O‘quv mashg‘ulotining tuzilishi

1. Idrok xususiyatlari.

2. Kasbni shaxs idrokiga qo‘yiladigan talablar.

3. Kasbga yo‘llashga idrok qonuniyatlarini hisobga olish.


O‘quv mashg‘ulotining maqsadi

Talabalarning idrok va kasbga yo‘llash haqidagi tasavvurlarini boyitish

Pedagogik vazifalar:

1. Idrok xususiyatlari to‘g‘risida ma’lumotlar berish.

2. Kasbni shaxs idrokiga qo‘yiladigan talablari to‘g‘risida tushuncha berish.

3. Kasbga yo‘llashga idrok qonuniyatlarini hisobga olish borasida ma’lumotlar berish.




O‘quv faoliyati natijalari:

1)Idrok xususiyatlari to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lishadi.


2. Kasbni shaxs idrokiga qo‘yiladigan talablari to‘g‘risida tushunchalarga beriladi.
3. Kasbga yo‘llashga idrok qonuniyatlarini hisobga olish borasida ma’lumotlar beriladi.


Ta’lim metodi

Ma’ruza, tushuntirish, munozara, muammoli ta’lim


Ta’limni tashkil etish shakli

Ma’ruza, ommaviy, individual


Didaktik vositalar

Ma’ruza matni, slayd-prezentatsiya


Ta’limni tashkil etish sharoiti

Maxsus texnik vositalar bilan jixozlangan xona


Nazorat

O‘z-o‘zini nazorat qilish, refleksiya




    1. «Idrok va kasbga yo‘llash» ma’ruzaning

texnologik kartasi


Ish bosqichlari va vaqti

Faoliyat mazmuni

O‘qituvchi

Talaba

1-bosqich. O‘quv mashg‘ulotiga kirish (Da’vat bosqichi)

(5 minut)

1.1.Idrok va kasbga yo‘llash mavzusidagi mashg‘ulotni muammoli ma’ruza shaklida borishini ma’lum qiladi


Tinglashadi, yozib borishadi.


2-bosqich.

Asosiy (Anglash bosqichi)

(50 minut)

2.1. Talabalar e’tiboriga muammoli masalani taqdim etadi.


    1. Talabalarni muammoli masalani echishga da’vat etadi.




    1. Muammoli masalani hal etish orqali birinchi o‘quv birligini bayon etadi.




    1. Talabalarga muammoli savol bilan murojaat etadi (2-ilova).




    1. Muammoli savolni hal etilishi asosida ikkinchi o‘quv birligi mazmunini ochib beradi.

2.6. Mavzu yuzasidan yakuniy xulosalarni taqdim etadi.



Muammoli masala, savol va vaziyatni hal etish.
O‘z tasavurlarini aniqlashtiradi va boshqalarniki bilan taqqoslaydi.

O‘z tasavvurlarini boyitadi.

Tinglaydilar, munozaralarda ishtirok etadilar.


3-bosqich. YAkuniy (Fikrlash bosqichi)

(25 minut)

3.1. Talabalarning mashg‘ulot yuzasidan fikr va mulohazalirini bilish maqsadida “T-jadval” grafik organayzerini to‘ldirishlarini tashkil qiladi (3-ilova).
3.3. Aniq tasavvurlar shakllanmagan qismlarini qayta tushuntiradi.
3.4. Mustaqil ish uchun topshiriq beradi va uni baholash mezonlari bilan tanishtiradi.

“T-jadval” grafik organayzerini yozishadi.

O‘z fikrlarini boyitadi va to‘ldiradi.


Topshiriqni yozib olishadi.

1-ilova



2-ilova

Baholash mezoni va ko‘rsatkichlari


Guruhlar

Savolning to‘liq va aniq yoritilishi 0-5 ball

Misollar bilan muammoga echim topishi 0-5 ball

Guruh a’zolarining faolligi 0-5 ball

Jami ball










































































































15-13 ball- “a’lo”

12-10 ball- “yaxshi”

15-13 ball- “qoniqarli”

4-ilova


1-o‘quv topshiriq

3x4 oranayzerini to‘ldiring


Mavzuning asosiy mazmunini ochib berishga yordam beradi va “3x4” texnologiyasi orqali talabalarni mavzu yuzasidan tushuncha, tasavvurlari aniqlanadi.




Idrok –bu .......


5-ilova
Idrokning nerv fiziologik asoslari

Idrok ham sezgi kabi reflektor jarayon hisoblanadi. I.P.Pavlov bo‘yicha idrokning negizini tevarak-atrofimizdagi narsa va hodisalar retseptorlarga ta’sir etishi natijasida bosh miyaning katta yarim sharlari qobig‘ida hosil bo‘ladigan shartli reflekslarning muvaqqat nerv bog‘lanishlari tashkil etadi. Tashqi olamdagi narsalar va hodisalar kompleks qo‘zg‘atuvchi sifatida xizmat qiladi. Analizatorlarning qobiq bo‘linmalar o‘zagida ana shu kompleks qo‘zg‘atuvchilarning murakkab tahlili va sintezi amalga oshiriladi. Idrok sezgilarga qaraganda miyaning ancha yuksak darajadagi tahlil qilish, umumlashtirish faoliyati hisoblanadi. Tahlil qilmasdan turib, idrokning anglangan bo‘lishi mumkin emas. Jumladan, notanish xorijiy tilda aytilgan nutq boshdan-oyoq tovushlar oqimi tarzida idrok etiladi. Nutqning anglangan holda idrok etilishi, ya’ni u tushunishi uchun nutqning alohida iboralarga mohiyat e’tibori bilan so‘zlarga ajratish shartidir. Ayni paytda nutqni idrok etish jarayonida tahlil bilan bab- baravar tarzda sintez qilinadi, shu tufayli biz alohida tarqoq tovushlarni emas, balki so‘zlarni va iboralarni idrok etamiz. Muvaqqat nerv bog‘lanishlarining o‘rnatilishi sintezning negizini tashkil qiladi. Idrokning negizi nerv bog‘lanishlarining ikki turidan, bitta analizator doirasida hosil bo‘ladigan bog‘lanishlardan va analizatorlararo bog‘lanishlardan tarkib topadi. Birinchi holat organizmga bitta modallikdagi kopleks qo‘zg‘atuvchi ta’sir etganda kuzatiladi. Eshitish analizatorlariga ta’sir qiladigan alohida tovushlarning o‘ziga xos birikmasidan iborat kuy ana shunday qo‘zg‘atuvchi bo‘lishi mumkin. Ushbu kompleksning hammasi bitta murakkab qo‘zg‘atuvchi sifatida ta’sir qiladi.

6-ilova


1-o‘quv topshiriq

Muammo” organayzerini to‘ldiring




Idrok nerv fiziologik asoslariga doir muammoli masalalarni echimini topishga yordam beradi va “Muammo” usuli orqali muammo hal qilinadi.




Muammoning turi

Muammoning kelib chiqish sabablari

Muammoni echish yo‘llari va sizning harakatingiz

Idrok jarayonini yuzaga kelish mexanizmi nimadan iborat ekanligini tushuntiring?




7-ilova


Idrokning xossalari

Idrokning o‘ziga xos juda muhim xususiyatlaridan yana biri kuzatuvchanlikdir. Umuman olganda idrok jarayonining hammasi kuzatish bilan har doim uzviy bog‘liq. CHunki odam idrok qilayotganida nimanidir kuzatadi. Lekin ixtiyorsiz idrok jarayonidagi kuzatiladigan narsa va hodisalar odamning esida saqlanib qola bermaydi. Kuzatishning muvaffaqiyati oldindan qo‘yiladigan tayyorgarlikka, kishining bilim va tajribalariga, diqqatining kuchiga va fikrlash faolligiga bog‘liq. Kishining rejali, tizimli va davomli ixtiyoriy idrok qilish qobiliyatini kuzatuvchanlik deyiladi. Kuzatuvchanlik shaxsning shunday xislatidirki, bunda u narsa va hodisalarning unga bilinmaydigan muhim xarakterli xususiyatlarini payqay oladi. Idrok qilinadigan narsani o‘rab turgan boshqa narsa, jism yoki hodisalarga nisbatan ob’ekt hisoblanib, ob’ektning atrofdagilari esa fon deyiladi. Masalan, o‘qituvchi bir darsda bir necha o‘quvchilardan so‘raydi. Har safar so‘rayotganlarni ko‘radi. CHaqirilgan o‘quvchi uning javobi xatti-harakati idrok ob’ekti hisoblanadi. Appersepsiya – idrok jarayonini shaxsning oldingi bilimlari, shaxsiy va ijtimoiy tajribalari, qiziqishlari, motivasiyasi, ehtiyojlari va odatlari, umuman ruhiy hayotining barcha mazmuni bilan belgilanishidir. Appersepsiya xodisasi tufayli odamlar o‘zaro idrokining mazmuni bilan bir-birlaridan muayyan darajada tafovutlanadilar, ya’ni ular aynan bir xil narsani uzining bilimi, saviyasi, nuqtai nazari, dunyoqarashi va ijtimoiy kelib chiqishiga asoslangan holda turlicha idrok qiladilar hamda aks ettiradilar. Idrokning konstantligi deganda biz idrok qilishdan ongimizda hosil bo‘lgan obrazning real voqelikdagi bizga ta’sir etib turgan narsaning tabiiy holatiga har jihatdan mos bo‘lishini tushunamiz. Illyuziya – bizga ta’sir qilayotgan narsalarni yanglish idrok qilish demakdir. Voqelikdagi narsa va hodisalarning tana a’zolarini qabul qilish analizatorlarga bevosita ta’sir etmasdan inson ongida turli obrazlarning (ovozlarning eshitilishi, sharpalarning sezilishi) xayolan, fikran paydo bo‘lishidan iborat idrokning psixopatalogik (ruhiy xastalik) hodisasiga gallyusinatsiya deyiladi.


8-ilova


1-o‘quv topshiriq

FSMU texnologiyasi

Ushbu texnologiya munozarali masalalarni hal etishda hamda o‘quv jarayonini bahs-munozarali o‘tkazishda qo‘llaniladi, chunki bu texnologiya talabalarni o‘z fikrini himoya qilishga, erkin fikrlash va o‘z fikrini boshqalarga o‘tkazishga, ochiq holda bahslashishga hamda shu bilan birga bahslashish madaniyatini o‘rgatadi. Tinglovchilarga tarqatilgan oddiy qog‘ozga o‘z fikrlarini aniq va qisqa holatda ifoda etib, tasdiqlovchi dalillar yoki inkor etuvchi fikrlarni bayon etishga yordam beradi.

F-fikringizni bayon eting

S-Fikringiz bayoniga sabab ko‘rsating

M-ko‘rsatilgan sababingizni isbotlovchi dalil keltiring

U- fikringizni umumlashtiring


1-guruh

Savol

Kuzatuvchanlikning inson hayotidagi o‘rni nimalardan iborat?

F-fikringizni bayon eting




S-Fikringiz bayoniga sabab ko‘rsating




M-ko‘rsatilgan sababingizni isbotlovchi dalil keltiring




U- fikringizni umumlashtiring




2-guruh

Savol

Appersepsiya insonning turmush tarzi bilan bog‘liqmi?

F-fikringizni bayon eting




S-Fikringiz bayoniga sabab ko‘rsating




M-ko‘rsatilgan sababingizni isbotlovchi dalil keltiring




U- fikringizni umumlashtiring




9-ilova


Jonlantirish uchun savollar:

Idrok tushunchasining mohiyatini ko‘rsating?

Idrokning nerv fiziologik asoslarini ko‘rsating?

Idrokning murakkabligi nimalardan ko‘rinadi?

Idrokda kuzatish va kuzatuvchanlikning mohiyati nimalarda ko‘rinadi?

Idrokda illyuziya va gallyusinatsiya hodisalarini izohlang?

Idrokning tasnifini izohlang?


10-ilova

Insert usulidan foydalanib ishlash qoidasi

1.Ma’ruza matnini o‘qib, matnning chetiga quyidagi belgilarni qo‘yib chiqing:

V-bilaman

+ – men uchun yangi ma’lumot

– – men bilgan ma’lumotni inkor qiladi

? – noaniq (aniqlashtirish talab qiladigan) qo‘shimcha ma’lumot

2.Olingan natijalarni jadval shaklida rasmiylashtiring.




Mavzu savollari

V



+

?















































































































8.1.Ta’lim berish texnologiyasining modeli

Ma’ruzaga ajratilgan vaqt – 2 s

Talabalar soni – 50 ta

O‘quv mashg‘ulotining shakli

Ma’lumotli ma’ruza

O‘quv mashg‘ulotining tuzilishi

1.Xotira turlari va jarayonlari.

2.Xotira tiplari.

3.Kasbiy maslaxatda xotira qonuniyatlarini xisobga olish.

4.Mavzuni yakunlash.



O‘quv mashg‘ulotining maqsadi

Talabalarda bilish faoliyati diagnostikasi

to‘g‘risidagi bilimlarni shakllantirish



Pedagogik vazifalar:

    1. Xotira xususiyatlari turlari va jarayonlari haqida o‘rgatish




    1. Xotira tiplari bilan tanishtirish.




    1. Kasbiy maslaxatda xotira qonuniyatlarini xisobga olish haqida ma’lumot berish.

O‘quv faoliyati natijalari:

  1. Xotira turlari va jarayonlari psixik holatlari haqida bilimlarga ega bo‘lishadi.


  1. Xotira tiplari to‘g‘risida malumotlar olishadi.

3) Kasbiy maslaxatda xotira qonuniyatlarini xisobga olish haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishadi.



Ta’lim metodi

Ma’ruza, tushuntirish, suhbat, “Aqliy xujum” metodi


Ta’limni tashkil etish shakli

Ma’ruza, ommaviy, guruhli


Didaktik vositalar

Ma’ruza matni, slayd-prezentatsiya


Ta’limni tashkil etish sharoiti

Maxsus texnik vositalar bilan jixozlangan xona


Nazorat

O‘z-o‘zini nazorat qilish, refleksiya





    1. Xotira va kasbiy maslaxat” mavzusidagi

ma’ruzaning texnologik kartasi


Ish bosqichlari va vaqti

Faoliyat mazmuni

O‘qituvchi

Talaba

1-bosqich. O‘quv mashg‘ulotiga kirish (Da’vat bosqichi)

(10 minut)

    1. Mavzuning nomlanishi, maqsad va kutilayotgan natijalarini bayon etadi .

    2. Savol-javob orqali mavzu borasidagi talabalar fikrlari, tasavvurlari o‘rganiladi.

O‘z fikrlarini boshqalar bilan o‘rtoqlashishadi.
Tinglashadi, yozib borishadi.


2-bosqich.

Asosiy (Anglash bosqichi)

(50 minut)

2.1. Mavzu bo‘yicha ma’ruza matnini tarqatadi, uning rejasi va asosiy tushunchalari bilan tanishishni taklif etishadi.

2.3. Taqdimot texnologiyasi yordamida asosiy nazariy ma’lumotlarni bayon etadi. Jalb qiluvchi savollar bilan murojaat etadi, mavzuning eng asosiy tushunchalarini ajratib ko‘rsatadi, har bir o‘quv biriligi bo‘yicha xulosalar qiladi.



Tinglaydilar, savol-javoblarda ishtirok etishadi.
Muhim chizma va jadval-larni o‘z daftarlariga qayd etishadi.

3-bosqich. YAkuniy (Fikrlash bosqichi)

(20 minut)

3.1. Talabalarning shaxs psixodiagnostikasi borasidagi o‘zlashtirgan bilimlarini tekshirish maqsadida “Aqliy xujum” metodidan foydalaniladi (1-ilova).

3.2. Talabalarning javoblarini tinglash orqali talabalarning umumiy tasavvurlari aniqlanadi.

3.3. Mustaqil ish uchun topshiriq beradi va uni baholash mezonlari bilan tanishtiradi.


“Aqliy xujum” metodi orqali vazifani xal qilishga kirishadilar.

O‘z fikrlarini boyitadi va to‘ldiradi.


Topshiriqni yozib olishadi.

1-ilova




8 Mavzu: Xotira va kasbiy maslaxat
Reja:

1. Xotira turlari va jarayonlari.

2.Xotira tiplari.

3.Kasbiy maslaxatda xotira qonuniyatlarini xisobga olish.



O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: xotira, o‘xshashlik, yondoshlik, qarama-qarshilik assotsiatsiyalari, xotira turlari va jarayonlari haqidagi bilimlarni shakllantirish.

O‘quv faoliyatining natijasi: talabalarga xotira, o‘xshashlik, yondoshlik, qarama-qarshilik assotsiatsiyalari, xotira turlari va jarayonlari haqida dastlabki ma’lumotlar zahirasini berish hamda mazkur jihatlar psixologiya sohasining o‘rganish ob’ekti ekanligini asoslab berildi.

2-ilova


Baholash mezoni va ko‘rsatkichlari


Guruhlar

Savolning to‘liq va aniq yoritilishi 0-5 ball

Misollar bilan muammoga echim topishi 0-5 ball

Guruh a’zolarining faolligi 0-5 ball

Jami ball








































































































































15-13 ball- “a’lo”

12-10 ball- “yaxshi”

15-13 ball- “qoniqarli”

3-ilova


Xotira haqida tushuncha


Xotira biz ilgari idrok qilgan, boshdan kechirgan va bajargan ishlarimizni yodda saqlash, keyinchalik ularni eslash yoki xotirlash jarayonidir. Biz har kuni yangi narsalarni bilamiz, kun sayin bilimlarimiz boyib boradi. Xotira faoliyatida shaxsning g‘oyaviy yo‘nalishi katta o‘rin egallaydi. Bu yo‘nalish uning faoliyatini hayot sharoiti ta’sirida shakllantiradi. Kishi o‘zining shu faoliyati uchun muhim bo‘lgan voqea, hodisalarni yaxshi eslab qoladi. Aksincha, kishi uchun kam ahamiyatga ega bo‘lgan narsalar yomon esda qoldiriladi va tezda unutib yuboriladi. SHu o‘rinda xotira borasidagi ta’riflarga qaytsak, ko‘pgina adabiyotlarda xotira tushunchasi quyidagicha ta’riflanadi. «Indvidning o‘z tajribasida esda olib qolishi, esda saqlashi va keyinchalik uni yana esga tushirishi xotira deb ataladi». SHuni ta’kidlash joizki, keltirilgan mazkur ta’rif xotiraning murakkab, keng qamrovli jihatlarini to‘la ta’kidlash imkoniyatiga ega. SHaxsning yo‘nalishi uning qiziqishida ifodalanadi. Kishining qiziqishi xotiraga aniq va kuchli ta’sir ko‘rsatadi, ya’ni yaxshi esda olib qolishni ta’minlaydi. Biz ko‘pincha u yoki bu narsa va hodisalarni yomon esda qoldiramiz. Bu xotirani yomonligini emas, balki ularga qiziqish yo‘qligini ko‘rsatadi

4-ilova


1-o‘quv topshiriq

3x4 oranayzerini to‘ldiring


Mavzuning asosiy mazmunini ochib berishga yordam beradi va “3x4” texnologiyasi orqali talabalarni mavzu yuzasidan tushuncha, tasavvurlari aniqlanadi.




Xotira –bu .......


5-ilova


Xotiraning nerv fiziologik asoslari

Xotiraning nerv-fiziologik asosida bosh miya po‘stida hosil bo‘ladigan shartli reflekslar, turli assotsiativ bog‘lanishlar yotadi. Lekin, odam esda olib qolish paytida assotsiatsiyalar hosil bo‘lganligini mutlaqo sezmaydi. Har xil assotsiatsiyalarning hosil bo‘lganini odam keyinchalik biror narsani esga tushirish paytida bo‘ladi. Xotiraning nerv-fiziologik mexanizmlari xususida to‘xtalar ekanmiz, so‘nggi yillarda texnikaning g‘oyat tez rivojlanishi natijasida turli esda olib qoluvchi apparatlarga bo‘lgan ehtiyoj benihoya ko‘payib ketganligini ta’kidlash joiz. Bu o‘z navbatida xotiraning nerv-fiziologik mexanizmlarini psixolog va fiziologlardan tashqari injenerlar, bioximiklar, genetiklar hamda kibernetiklar tomonidan o‘rganilishiga olib keldi. Natijada xotiraning nerv fiziologik mexanizmlarini tushuntiruvchi bir qancha yangi nazariyalar maydonga keldi. Ana shunday nazariyalardan eng muhimi molekulalarning o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan bioximik nazariyadir. Bu nazariyaga ko‘ra biror narsani esda olib qolish va esda saqlab turish maxsus tuzilishni o‘zgarishi bilan bog‘liqdir. O‘tkazilgan tekshirishlarga ko‘ra, biror narsa esda olib qolinganda, asosan nerv hujayralarining (neyronlarning) dendrit shoxlari tarkibida o‘zgarish yuzaga keladi. Ular qandaydir boshqacharoq tuzilishga kirib oladilar. Dendritlar tuzilishidagi hosil bo‘lgan o‘zgarish darrov o‘tib ketadigan bo‘lmay, ancha mustahkam bo‘ladi. SHu sababli esda olib qolgan narsa uzoq vaqt xotirada saqlanib turadi.


6-ilova


1-o‘quv topshiriq

Muammo” organayzerini to‘ldiring



Xotiraning nerv fiziologik asoslariga doir muammoli masalalarni echimini topishga yordam beradi va “Muammo” usuli orqali muammo hal qilinadi.




Muammoning turi

Muammoning kelib chiqish sabablari

Muammoni echish yo‘llari va sizning harakatingiz

Nima uchun assotsiatsiya xotiraning nerv fiziologik asosi ekanligini tushuntiring?





7-ilova

8-ilova
Xotiraning turlari



Xotira insonning holati va faoliyatining barcha sohalarida qatnashishi tufayli uning namoyon bo‘lish shakllari, holatlari, shart-sharoitlari, omillari ham xilma-xil ko‘rinishga egadirlar. Odatda xotirani muayyan turlarga ajratishda eng muhim asos qilib uning tavsifnomasi sifatida esda olib qolish, esda saqlash, esga tushirish, unutish singari jarayonlarni amalga oshiruvchi faoliyatining xususiyatlariga bog‘liqligi olinadi. Harakat xotirasi – inson faoliyatining har bir turida ruhiy faollikning u yoki bu ko‘rinishlarini ustunlik qilishida kuzatiladi. His-tuyg‘u yoki hissiyot xotirasi. Bu xotira his-tuyg‘ular, ruhiy kechinmalar, hissiyotlar, ehtiyojlarimiz va qiziqishlarimiz qanday qondirilayotganligidan, atrofimizdagi narsa va hodisalarning xususiyatiga nisbatan munosabatimiz qay tarzda amalga oshirilayotganligidan doimo xabar berib turish imkoniyatiga ega. Obrazli xotira – tasavvurlar va turmush manzaralari, shuning bilan birga, tovushlar, ta’mlar, ranglar shakllar, bilan bog‘liq bo‘lgan xotira turidir. Obraz xotirasi deb yaqqol mazmunni, binobarin, narsa, hodisa-larning aniq obrazlarini, ularning xususiyatlari va bog‘lanishlarini esda qoldirish, ongda mustahkamlash hamda zaruriyat tug‘ilganida esga tushirishdan iborat xotira turiga aytiladi. So‘z-mantiq xotirasi mazmunini fikr va mulohazalar, aniq hukm hamda xulosa chiqarishlar tashkil etadi. Insonda fikr va mulohaza turli xil shakllar yordamida ifodalanganligi tufayli ularni ifodalash faqat o‘zlashtirilayotgan materiallarning asosiy ma’nosini izohlash, talqin qilib berish yoki ularni so‘zma-so‘z ifodalanishini aynan aytib berishga qaratilgan bo‘lishi mumkin. Ixtiyoriy xotira deganda ma’lum maqsadni ro‘yobga chiqarish uchun muayyan davrlarda aqliy harakatlarga suyangan holda amalga oshirilishidan iborat xotira jarayoni tushuniladi. Xotiraning ixtiyoriy va ixtiyorsiz turlari xotira taraqqiyotining ikkita ketma-ket bosqichlarini tashkil etadi. Ixtiyorsiz xotiraning turmushda va faoliyatda katta o‘rin egallashini har kim o‘z shaxsiy tajribasidan biladi. Ixtiyorsiz xotiraning muhim xususiyatlaridan biri ma’lum maqsadsiz aqliy, asabiy, irodaviy zo‘r berishsiz hayotiy ahamiyatga ega bo‘lgan keng ko‘lamdagi ma’lumot, xabar, axborot, ta’surotlarning ko‘pchilik qismini aks ettirishdir. Operativ xotira inson tomonidan bevosita amalga oshirilayotgan faol tezkor harakatlar, usullar uchun xizmat qiluvchi jarayonni anglatuvchi mnemik holat operativ xotira deb ataladi. Hozirgi zamon psixologiyasida ushbu holatni namoyon qilish uchun quyidagi misol keltiriladi. Matematik amalni bajarishga kirishar ekanmiz, biz uni muayyan bo‘laklarga ajratib hal qilishni maqsad qilib qo‘yamiz. SHu boisdan oraliq natijalarni yodda saqlashga intilamiz, nihoyasiga yaqinlashgan sari ayrim materiallar esdan chiqa boshlaydi.



8-ilova

1-o‘quv topshiriq

FSMU texnologiyasi

Ushbu texnologiya munozarali masalalarni hal etishda hamda o‘quv jarayonini bahs-munozarali o‘tkazishda qo‘llaniladi, chunki bu texnologiya talabalarni o‘z fikrini himoya qilishga, erkin fikrlash va o‘z fikrini boshqalarga o‘tkazishga, ochiq holda bahslashishga hamda shu bilan birga bahslashish madaniyatini o‘rgatadi. Tinglovchilarga tarqatilgan oddiy qog‘ozga o‘z fikrlarini aniq va qisqa holatda ifoda etib, tasdiqlovchi dalillar yoki inkor etuvchi fikrlarni bayon etishga yordam beradi.

F-fikringizni bayon eting

S-Fikringiz bayoniga sabab ko‘rsating

M-ko‘rsatilgan sababingizni isbotlovchi dalil keltiring



U- fikringizni umumlashtiring

1-guruh

Savol

Inson kundalik faoliyatida mexanik xotiraning o‘rnini qanday baholaysiz?

F-fikringizni bayon eting




S-Fikringiz bayoniga sabab ko‘rsating




M-ko‘rsatilgan sababingizni isbotlovchi dalil keltiring




U- fikringizni umumlashtiring




2-guruh

Savol

SHaxsda psixik jarayonlarni rivojlanishida xotira turlarining o‘rni sizningcha qanday?

F-fikringizni bayon eting




S-Fikringiz bayoniga sabab ko‘rsating




M-ko‘rsatilgan sababingizni isbotlovchi dalil keltiring




U- fikringizni umumlashtiring




9-ilova

Xotira jarayonlari

Xotira faoliyati esda qoldirishdan boshlanadi. Esda qoldirish idrok qilingan narsa va hodisalarni miya po‘stida iz hosil qilishdir. Uning fiziologik asosi miya po‘stida muvaqqat nerv bog‘lanishining vujudga kelishidir. O‘tmishda idrok qilingan narsalar, his-tuyg‘u, fikr va ish-harakatlarning ongimizda qaytadan tiklanishi esga tushirish deyiladi. Esga tushirishning nerv-fiziologik asoslari bosh miya po‘stida ilgari hosil bo‘lgan nerv bog‘lanishlarning qo‘zg‘alishidir. Esga tushirishning tanish, eslash, bevosita eslash, oradan ma’lum vaqt o‘tkazib eslash, ixtiyorsiz va ixtiyoriy turlari mavjud. Tanish ilgari idrok qilingan narsa va hodisalarni takror idrok qilish natijasida u yoki bu hodisani esga tushirishdir. Tanish aniq va noaniq bo‘lishi mumkin. Noaniq tanishda biz bu narsani notanish emasligini his qilamiz, xolos. Eslash narsa va hodisalarni, uni ayni paytda idrok qilmay esga tushirishdir. Esda saqlash deganda ilgari tug‘ilgan taassurot, fikr, his-tuyg‘u va ish-harakatlarning takrorlanishiga moyillik paydo qilishi va mustahkamlanishi tushuniladi. Bunga sabab asab tizimining egiluvchanligidir. SHuning uchun asab tizimi ilgari bo‘lib o‘tgan taassurotlarni takrorlashga tayyor turadi. Faqat esga tushirish uchun qulay sharoit bo‘lsagina esga tushadi. Bunday sharoit bo‘lmaganda zarur materialni ixtiyoriy eslash jarayoni qiyinlashadi.



10-ilova

1-o‘quv topshiriq

Tushunchalar tahlili ” organayzerini to‘ldiring

1-guruh


Muhim muammoning echimini topishga yordam beradi va “Tushunchalar tahlili” usuli orqali muammo hal qilinadi.




Tushunchalar

Mazmuni

Esda olib qolish




Esda saqlash




Esga tushirish




Unutish




2-guruh

Tushunchalar

Mazmuni

Ixtiyorsiz esda olib qolish




Ixtiyoriy esda olib qolish




Tanish




Eslash



11-ilova




Jonlantirish uchun savollar:

Xotira tushunchasining mazmuni nimalarda ko‘rinadi?

Xotiraning nerv-fiziologik asosini nimalar tashkil qiladi?

Xotira turlarining mohiyatini ko‘rsating?

Xotira jarayonlari mohiyatini izohlang?

Xotira tasavvurlarining o‘rnini qanday izohlaysiz?

Xotira borasidagi tadqiqotlarga misol keltiring






9.1.Ta’lim berish texnologiyasining modeli

Ma’ruzaga ajratilgan vaqt – 2 s

Talabalar soni – 50 ta

O‘quv mashg‘ulotining shakli

Ma’lumotli ma’ruza

O‘quv mashg‘ulotining tuzilishi

1. Tafakkur tushunchasi. Tafakkur operatsiyalari.

2.Tafakkur shakllari va individual xususiyatlari.

3.Kasbni egallashda tafakkurning o‘rni.

4.Kasb turlarida tafakkurni namoyon bo‘lishi.

6.Mavzuni yakunlash.


O‘quv mashg‘ulotining maqsadi

Talabalarda bilish faoliyati diagnostikasi

to‘g‘risidagi bilimlarni shakllantirish



Pedagogik vazifalar:

  1. Tafakkur tushunchasi haqida ma’lumot berish.



  1. Tafakkur shakllari va individual xususiyatlari bilan tanishtirish.

  2. Kasb egallashda tafakkurning o‘rni haqida ma’lumot berish.

4)Kasb turlarida tafakkurni namoyon bo‘lishi haqida ma’lumotlar beriladi.




O‘quv faoliyati natijalari:

  1. Tafakkur tushunchasi haqida ma’lumotga ega bo‘lishadi.




  1. Tafakkur shakllari va individual xususiyatlari bilan tanishtiriladi.




  1. Kasb egallashda tafakkurning o‘rni haqida ma’lumotlar beriladi.

4)Kasb turlarida tafakkurni namoyon bo‘lishi to‘g‘risida tushunchaga ega bo‘ladilar.



Ta’lim metodi

Ma’ruza, tushuntirish, suhbat, “B-B-B” texnologiyasi

Ta’limni tashkil etish shakli

Ma’ruza, ommaviy, guruhli


Didaktik vositalar

Ma’ruza matni, slayd-prezentatsiya


Ta’limni tashkil etish sharoiti

Maxsus texnik vositalar bilan jixozlangan xona


Nazorat

O‘z-o‘zini nazorat qilish, refleksiya




9.2. “Tafakkur va kasbni egallash ” mavzusidagi

ma’ruzaning texnologik kartasi


Ish bosqichlari va vaqti

Faoliyat mazmuni

O‘qituvchi

Talaba

1-bosqich. O‘quv mashg‘ulotiga kirish (Da’vat bosqichi)

(10 minut)

    1. Mavzuning nomlanishi, maqsad va kutilayotgan natijalarini bayon etadi

    2. Savol-javob orqali mavzu borasidagi talabalar fikrlari, tasavvurlari o‘rganiladi.




O‘z fikrlarini boshqalar bilan o‘rtoqlashishadi.
Tinglashadi, yozib borishadi.


2-bosqich.

Asosiy (Anglash bosqichi)

(50 minut)

2.1. Mavzu bo‘yicha ma’ruza matnini tarqatadi, uning rejasi va asosiy tushunchalari bilan tanishishni taklif etishadi.

2.3. Taqdimot texnologiyasi yordamida asosiy nazariy ma’lumotlarni bayon etadi (3-ilova). Jalb qiluvchi savollar bilan murojaat etadi, mavzuning eng asosiy tushunchalarini ajratib ko‘rsatadi, har bir o‘quv biriligi bo‘yicha xulosalar qiladi.



Tinglaydilar, savol-javoblarda ishtirok etishadi.
Muhim chizma va jadvallarni o‘z daftarlariga qayd etishadi.

3-bosqich. YAkuniy (Fikrlash bosqichi)

(20 minut)

3.1. Talabalarning shaxslararo munosabatlar psixodiagnostikasi borasidagi o‘zlashtirgan bilimlarini tekshirish maqsadida “BBB” strategiyasidan foydalaniladi (1-ilova).

3.2. Talabalarning javoblarini tinglash orqali talabalarning umumiy tasavvurlari aniqlanadi.

3.3. Mustaqil ish uchun topshiriq beradi va uni baholash mezonlari bilan tanishtiradi.


“BBB” strategiyasi orqali vazifani xal qilishga kirishadilar.

O‘z fikrlarini boyitadi va to‘ldiradi.


Topshiriqni yozib olishadi.

1-ilova



9 Mavzu: Tafakkur va kasbni egallash
Reja:

1. Tafakkur tushunchasi. Tafakkur operatsiyalari.

2. Tafakkur shakllari va individual xususiyatlari.

3. Kasbni egallashda tafakkurning o‘rni.

4. Kasb turlarida tafakkurni namoyon bo‘lishi.
O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: tafakkur, ikkinchi signallar tizimi, tafakkur operatsiyalari, shakllari, turlari haqidagi bilimlarni shakllantirish.

O‘quv faoliyatining natijasi: talabalarga tafakkur, ikkinchi signallar tizimi, tafakkur operatsiyalari, shakllari, turlari haqida dastlabki ma’lumotlar zahirasini berish hamda mazkur jihatlar psixologiya sohasining o‘rganish ob’ekti ekanligini asoslab berildi.


2-ilova

Baholash mezoni va ko‘rsatkichlari


Guruhlar

Savolning to‘liq va aniq yoritilishi 0-5 ball

Misollar bilan muammoga echim topishi 0-5 ball

Guruh a’zolarining faolligi 0-5 ball

Jami ball










































































































15-13 ball- “a’lo”

12-10 ball- “yaxshi”

15-13 ball- “qoniqarli”

3-ilova


Tafakkur haqida tushuncha

Tafakkur inson aqliy faoliyatining yuksak shaklidir. Tafakkur orqali biz sezgi a’zolarimiz bilan bevosita aks ettirib bo‘lmaydigan narsa va hodisalarni ongimizda aks ettiramiz. Umuman olganda tashqi muhitdagi narsa va hodisalar o‘rtasida ko‘z bilan ko‘rib, quloq bilan eshitib bo‘lmaydigan ichki munosabatlar hamda qonuniyatlar mavjud. Ana shu ichki bog‘lanish hamda qonuniyatlarni biz tafakkur orqali bilib olamiz. Demak, tafakkur deb narsa va hodisalar o‘rtasidagi eng muhim bog‘lanishlar va munosabatlarning ongimizda aks ettirilishiga aytiladi. Tafakkur faoliyati muayyan maqsadga qaratilgan alohida ongli jarayon tariqasida sodir bo‘ladi. Bosh miyaning biror uchastkasidagi faoliyat emas, balki butun bosh miya po‘stining faoliyati mana shu jarayonning fiziologik asosidir. Tafakkur faoliyati uchun avvalo analizatorlarning miyadagi uchlari o‘rtasida vujudga keladigan murakkab bog‘lanishlar muhim ahamiyatga egadir. Analizatorlarning bosh miya po‘stidagi uchastkalari bir-biridan keskin ajralgan holda emas, balki bir-biriga tutashib, bir-biri bilan chambarchas bog‘lanib ketganligi sababli mazkur bog‘lanishlarning vujudga kelishi yuqorida aytib o‘tilganidek, tafakkurning maxsus nerv-fiziologik mexanizmlaridir. Bunda ikkinchi signallar tizimining bog‘lanishlari birinchi signal tizimidagi bog‘lanishlarga tayanadi. I.P.Pavlov ikkinchi signal tizimining ishi hamisha birinchi signal tizimi bilan o‘zaro o‘tkazish jarayonida hozir bo‘ladi, deb ta’kidlagan. Ikkinchi signal tizimi asosida birinchi signal bilan o‘zaro ta’sir qilish jarayonida dastlab umuminsoniy empirizmni va nihoyat odamning o‘z tevaragidagi olamni va uning o‘zini bilish uchun oliy qurol bo‘lgan oliy tafakkur voq’e bo‘ladi. Tafakkurning muayyan bir narsaga qaratilishi uchun nerv-fiziologik asos bo‘lgan orientirovka refleksi tafakkur jarayonlarida katta rol o‘ynaydi. Akademik I.P.Pavlov ta’kidlaganidek, “avvalo umuminsoniy empirizmni nihoyat, atrof olamni va insonning o‘zini ham bilish uchun oliy qurol bo‘lgan fanni ham yaratuvchi maxsus insoniy oliy tafakkur zarurdir”.

Yüklə 2,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə