Ўзбекистон республикаси



Yüklə 2,14 Mb.
səhifə7/28
tarix05.06.2018
ölçüsü2,14 Mb.
#47430
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   28

1-o‘quv topshiriq

3x4 oranayzerini to‘ldiring


Mavzuning asosiy mazmunini ochib berishga yordam beradi va “3x4” texnologiyasi orqali talabalarni mavzu yuzasidan tushuncha, tasavvurlari aniqlanadi.




Hissiyot –bu .......


5-ilova


Irodaviy faoliyatning umumiy xususiyatlari.

Odam tevarak – atrofdagi narsalarni o‘zgartirib o‘ziga moslashtirar ekan, yangilik yaratadi, ijod qiladi, shu yangilikni tevarak-atrofdagi voqelikka qo‘shadi, voqelikni o‘zgartiradi va to‘ldiradi. Umuman odam har doim harakat qilmasdan tura olmaydi. Ana shu jihatdan olganda odamning barcha harakatlarini ikki turkumga bo‘lish mumkin. Ulardan birinchisi ixtiyorsiz harakatlar bo‘lsa, ikkinchisi ixtiyoriy harakatlardir. Odamning ixtiyorsiz harakatlari qat’iy bir maqsadsiz, ko‘pincha impul’siv tarzda, ya’ni reflektor tarzda yuzaga keladi. Ixtiyorsiz harakatlar har qanday sharoitda yuz berishi mumkin. Ixtiyorsiz harakatlar ba’zan, odamning aqliy faoliyatlari bilan ham bog‘liq bo‘ladi. CHunonchi, ixtiyorsiz idrok, ixtiyorsiz diqqat, ixtiyorsiz esda olib qolish, ixtiyorsiz esga tushirish holatlari ham bo‘ladi. Bunday hollarda odamning ixtiyorsiz harakatlari idrok qilinayotgan narsaning boshqa narsalardan keskin farq qilishi yoki odamning qiziqishlari, ehtiyojlari bilan bevosita bog‘liq bo‘ladi. Ixtiyoriy harakatlar iroda bilan bog‘liq bo‘lgan harakatlardir. Ixtiyoriy harakatlar oldindan belgilangan maqsad asosida to‘la ongli ravishda amalga oshiriladigan harakatlardir. Lekin ixtiyoriy harakat deganda, faqat jismoniy harakatlar emas, balki, aqliy harakatlar ham tushuniladi. SHunday qilib, iroda tushunchasiga nisbatan adabiyotlarda turlicha ta’riflar uchraydi. Jumladan, A.V.Petrovskiy darsligida iroda – bu kishining o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishishida qiyinchiliklarni engib o‘tishga qaratilgan faoliyati va xulq-atvorini ongli ravishda tashkil qilishi va o‘z-o‘zini boshqarishi demakdir, deb ta’riflanadi. Q.Turg‘unov muallifligidagi lug‘atda ta’riflanishicha, iroda – shaxsning ongli harakatlarida, o‘z-o‘zini bilishida ifodalanadigan, ayniqsa maqsadga erishish yo‘lida uchraydigan jismoniy va ruhiy qiyinchiliklarni engib chiqishda namoyon bo‘ladigan ixtiyoriy faolligidir. M.Vohidov fikricha, iroda deganda biz oldindan belgilagan, qat’iy bir maqsad asosida amalga oshiriladigan va ayrim qiyinchiliklarni, to‘siqlarni engish bilan bog‘liq bo‘lgan harakatlarni tushunamiz. Professor E.G‘ozievning “Umumiy psixologiya ” darsligida iroda-bu tashqi va ichki qiyinchiliklarni engishni talab qiladigan qiliqlarni va harakatlarni inson tomonidan ongli boshqarilishidir, deb keltiriladi. Umuman olganda iroda shaxs faolligining ko‘rinishi hisoblanadi.


6-ilova









7-Ilova.


O‘quvchilarni kasb-hunarga moslashtirishda tizimidagi asosiy

faoliyat yo‘nalishlari




Jonlantirish uchun savollar:

Iroda tushunchasining mazmunini izohlang?

Irodaviy faoliyatning umumiy xususiyatlari nimalarda ko‘rinadi?

Iroda nazariyalarining mohiyatiga ta’rif bering?

Irodaviy akt va uning tuzilishini mazmunini ko‘rsating?

SHaxsning irodaviy sifatlariga nimalar kiradi?

Irodaning individual xususiyatlarining mazmunini izohlang?





11.1. Ta’lim berish texnologiyasining modeli

Ma’ruzaga ajratilgan vaqt – 2 s

Talabalar soni – 50 ta

O‘quv mashg‘ulotining shakli

Ma’lumotli ma’ruza

O‘quv mashg‘ulotining tuzilishi

1. Qobiliyatlar va ularning tabiiy asoslari.

2.Qobiliyatlarning rivojlanishi. SHaxs faolligi va qobiliyatlar.

3.SHaxsning kasbiy shakllanishi va qobiliyatlar.

4.Qobiliyatlar va shaxsning o‘z-o‘zini baholash.

5.Mavzuni yakunlash.


O‘quv mashg‘ulotining maqsadi

Talabalarda bilish faoliyati diagnostikasi

to‘g‘risidagi bilimlarni shakllantirish



Pedagogik vazifalar:

  1. Qobiliyatlar va ularning tabiiy asoslari masalalari haqida ma’lumot berish.

2)Qobiliyatlarning rivojlanishi. SHaxs faolligi va qobiliyatlar borasida tushunchalar berish.

3)SHaxsning kasbiy shakllanishi va qobiliyatlar bilan tanishtirish.

4)Qobiliyatlar va shaxsning o‘z-o‘zini baholashni shakllantirish.


O‘quv faoliyati natijalari:

  1. Qobiliyatlar va ularning tabiiy asoslari masalalari haqida ma’lumot berish.




  1. Qobiliyatlarning rivojlanishi. SHaxs faolligi va qobiliyatlar tushunchalarini shakllantirish.




  1. SHaxsning kasbiy shakllanishi va qobiliyatlar bilan tanishadilar.




  1. Qobiliyatlar va shaxsning o‘z-o‘zini baholash borasida bilimlarga ega bo‘ladilar.

Ta’lim metodi

Ma’ruza, tushuntirish, suhbat, “Klaster” texnologiyasi


Ta’limni tashkil etish shakli

Ma’ruza, ommaviy, guruhli

Didaktik vositalar

Ma’ruza matni, slayd-prezentatsiya


Ta’limni tashkil etish sharoiti

Maxsus texnik vositalar bilan jixozlangan xona


Nazorat

O‘z-o‘zini nazorat qilish, refleksiya


11.2. “Qobiliyatlar va shaxsning kasbiy shakllanishi” mavzusidagi

ma’ruzaning texnologik kartasi


Ish bosqichlari va vaqti

Faoliyat mazmuni

O‘qituvchi

Talaba

1-bosqich. O‘quv mashg‘ulotiga kirish (Da’vat bosqichi)

(10 minut)

    1. Mavzuning nomlanishi, maqsad va kutilayotgan natijalarini bayon etadi

    2. Savol-javob orqali mavzu borasidagi talabalar fikrlari, tasavvurlari o‘rganiladi.

O‘z fikrlarini boshqalar bilan o‘rtoqlashishadi.

Tinglashadi, yozib borishadi.




2-bosqich.

Asosiy (Anglash bosqichi)

(50 minut)

2.1. Mavzu bo‘yicha ma’ruza matnini tarqatadi, uning rejasi va asosiy tushunchalari bilan tanishishni taklif etishadi.

2.3. Taqdimot texnologiyasi yordamida asosiy nazariy ma’lumotlarni bayon etadi. Jalb qiluvchi savollar bilan murojaat etadi, mavzuning eng asosiy tushunchalarini ajratib ko‘rsatadi, har bir o‘quv biriligi bo‘yicha xulosalar qiladi.



Tinglaydilar, savol-javoblarda ishtirok etishadi, muhim chizma va jadvallarni o‘z daftarlariga qayd etishadi.

3-bosqich. YAkuniy (Fikrlash bosqichi)

(20 minut)

3.1. Talabalarning mexnat xavfsizligi psixodiagnostikasi borasidagi o‘zlashtirgan bilimlarini tekshirish maqsadida “Klaster”strategiyasidan foydalaniladi (1-ilova).
3.2. Talabalarning javoblarini tinglash orqali talabalarning umumiy tasavvurlari aniqlanadi.
3.3. Aniq tasavvurlar shakllanmagan qismlarini qayta tushuntiradi.

3.4. Mustaqil ish uchun topshiriq beradi va uni baholash mezonlari bilan tanishtiradi.



“Klaster” strategiyasi orqali vazifani xal qilishga kirishadilar.

O‘z fikrlarini boyitadi va to‘ldiradi.

Topshiriqni yozib olishadi.


1-ilova


11 Mavzu: Qobiliyatlar va shaxsning kasbiy shakllanishi

Reja:

1. Qobiliyatlar va ularning tabiiy asoslari.

2.Qobiliyatlarning rivojlanishi. SHaxs faolligi va qobiliyatlar.

3.SHaxsning kasbiy shakllanishi va qobiliyatlar.

4.Qobiliyatlar va shaxsning o‘z-o‘zini baholash.

O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: qobiliyat haqida tushuncha qobiliyatlarning miqdor va sifat tasnifi, qobiliyatlarning turlari va tarkibi haqidagi bilimlarni shakllantirish.

O‘quv faoliyatining natijasi: talabalarga qobiliyat haqida tushuncha qobiliyatlarning miqdor va sifat tasnifi, qobiliyatlarning turlari va tarkibi haqida dastlabki ma’lumotlar zahirasini berish hamda mazkur jihatlar psixologiya sohasining o‘rganish ob’ekti ekanligini asoslab berildi.

2-ilova


Baholash mezoni va ko‘rsatkichlari

Guruhlar

Savolning to‘liq va aniq yoritilishi 0-5 ball

Misollar bilan muammoga echim topishi 0-5 ball

Guruh a’zolarining faolligi 0-5 ball

Jami ball





























































15-13 ball- “a’lo”

12-10 ball- “yaxshi”

15-13 ball- “qoniqarli”

3-ilova


Qobiliyatlar va ularning tabiiy asoslari.

Qobiliyat insonning shunday psixologik xususiyatidirki, bilim, ko‘nikma, malakalarini egallash shu xususiyatlarga bog‘liq bo‘ladi. Lekin, bu xususiyatlarning o‘zi bu bilim va ko‘nikmalarga taalluqli bo‘lmaydi. Malaka, ko‘nikma va bilimlarga nisbatan odamning qobiliyatlari qandaydir imkoniyat tarzida namoyon bo‘ladi. Qobiliyatlar imkoniyatlardan iborat bo‘lib, biror bir ishdagi mahorat darajasi haqiqatdir. Bolada namoyon bo‘ladigan musiqaga qobiliyati uning musiqachi bo‘lishi uchun imkoniyatlar, maxsus ta’lim berilishi, qat’iylik, salomatligining yaxshi bo‘lishi, musiqa asbobi, notalar va boshqa ko‘pgina sharoitlar bo‘lishi kerak. Bularsiz qobiliyatlar taraqqiy etmay turiboq so‘nib ketishi mumkin.

Qobiliyatlar faqat faoliyatda namoyon bo‘ladi. SHuning uchun ham faqat ana shu qobiliyatlarsiz amalga oshirilishi mumkin bo‘lmagan faoliyatlardagina namoyon bo‘ladi. O‘quvchida ham zaruriy ko‘nikma va malaka tizimi hamda mustahkam bilimlar tarkib topish uslublari yo‘qligiga asoslanib, jiddiy tekshirib ko‘rilsa, shoshilinch ravishda unda qobiliyatlar yo‘q, deb xulosa chiqarish pedagogning jiddiy psixologik xatosi bo‘ladi.

Masalan, Albert Eynshteyn o‘rta maktabda uncha yaxshi o‘qimaydigan o‘quvchi hisoblangan va uning kelajakda genial bo‘lishidan hech narsa dalolat bermas edi.

Qobiliyat bilim va malakalarning o‘zida ko‘rinmaydi, balki ularni egallash tizimida namoyon bo‘ladi ya’ni, boshqacha qilib aytganda mazkur faoliyat uchun muhim bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirish jarayonida turli sharoitlarda qanchalik tez, chuqur, engil va mustahkam amalga oshirishida namoyon bo‘ladi.

Qobiliyatlar individual psixologik xususiyatlar bo‘lishi bilan aql sifatlari xotira xususiyatlariga, hissiy xususiyatlar va shu kabilarni qarama-qarshi qo‘yib bo‘lmaydi, hamda qobiliyatlarni shaxsning bu xususiyatlari bilan bir qatorga qo‘yish ham mumkin emas. Agar shu sifatlarning birortasi yoki ularning yig‘indisi faoliyat talablariga javob bersa yoki bu talablar ta’siri bilan tarkib topsa bu shaxsning mazkur individual xususiyatlarini qobiliyatlar deb hisoblashiga asos bo‘ladi.


4-ilova


1-o‘quv topshiriq

3x4 oranayzerini to‘ldiring


Mavzuning asosiy mazmunini ochib berishga yordam beradi va “3x4” texnologiyasi orqali talabalarni mavzu yuzasidan tushuncha, tasavvurlari aniqlanadi.




Qobiliyat –bu .......

5-ilova


Qobiliyatlarning rivojlanishi. SHaxs faolligi va qobiliyatlar.

Psixologiyada qobiliyatlar individual psixologik xususiyatlar sifatida tavsiflanadi va buning asosida tafovutlanadigan xislatlar fazilatlar yotadi. SHuning uchun har bir shaxsda bir xil natija bir xil sifat kutish mumkin emas, chunki insonlar o‘z qobiliyatlari bo‘yicha bir-birlaridan muayyan darajada farq qiladilar, binobarin ular o‘rtasidagi farqlar sifat va miqdor jihatidan bo‘lishi mumkin.

Qobiliyatlarning sifat tavsifi shaxsning qaysi individual psixologik xususiyatlari faoliyat muvaffaqiyatlarining majburiy sharti tariqasida xizmat qilishini anglatadi. Ularning miqdor tavsifi esa faoliyatga qo‘yiladigan talablarni shaxs tomonidan qay yo‘sinda bajarish imkoniyati mavjudligini bildiradi, ya’ni mazkur inson boshqa odamlarga qaraganda malaka, bilimlardan nechog‘lik tez, engil, puxta foydalana olishini namoyish qiladi.

O‘quvchining qobiliyatlari nimaga namoyon bo‘lishini va binobarin o‘quvchi shaxsini qanday individual psixologik xususiyatlari faoliyatni qay darajada bajarish qobiliyatiga ega ekanligi, ya’ni o‘quvchining boshqalarga nisbatan malaka va bilimlarni qanchalik tez, engil va mustahkam egallab olishini bilish pedagog uchun muhimdir.

Qobiliyat xususiyatlarining sifat tomonidan qaralishi maqsadga har turli yo‘llar bilan borishga imkon beruvchi «o‘zgaruvchan miqdor» to‘plami sifatida, faoliyat muvaffaqiyatini ta’minlovchi inson psixologik xususiyatlarining yig‘indisi sifatida ko‘riladi. Bir xususiyatlarni o‘rnini ikkinchi bir xususiyatlar bilan bosishning keng imkoniyatlari mavjud, buni odam o‘zida chindan qat’iylik bilan ishlash orqali rivojlantirishi mumkin. Pedagog va psixolog Skolovinskiy ko‘r-kar Olga Skoroxodovada faqat ilmiy xodimlik qobiliyatini emas, balki adabiy qobiliyat bilan, boshqarish yordami bilan to‘ldirish xususiyati har bir odam oldida kasb tanlash va uni takomillashtirishning nihoyatda keng imkoniyatlarini ochib beradi.

Qobiliyatlarning sifat jihatdan tavsifi odam mehnat faoliyatining qaysi sohasida (pedagog, sport, savdo va boshqalar) engillik bilan «o‘zini topa oladi» va qanday qilib katta yutuq va natijalarga erisha oladi degan savolga javob berish imkoniyatini beradi. Qobiliyatlarni miqdor tavsifi va ularni o‘lchash muammosi bilan ko‘proq chet el psixologlari (Kettell, Termen, Spirmen) va boshqalar shug‘ullanganlar. Ular kattalarda kobiliyatni o‘lchash usuli sifatida aqliy iste’dod testlaridan foydalanganlar. Bolaning aqliy iste’dod koeffitsenti

I Q aqliy yoshi

Bolaning haqiqiy yoshi

Bu usul odamning aqliy qobiliyatlar egasi ekanligini emas, balki odamda qobiliyatlar bilan aralashtirib bo‘lmaydigan biror bir xildagi ma’lumotlar, ko‘nikma va malakalar borligini namoyon qiladi.

L.S.Vigotskiy bu usulni tanqid qilib, o‘zining kelajak taraqqiyot zonasini belgilash «metodi» deb ataladigan usulini taklif qildi. Qobiliyatlar odamning faoliyatidan tashqarida mavjud bo‘lmaydi. Qobiliyatlarning tarkib topishi esa ta’lim-tarbiya jarayonida bolaning yutuqlari tezligida namoyon bo‘ladi.


6-ilova



7-ilova

1-o‘quv topshiriq

Muammo” organayzerini to‘ldiring




Qobiliyatlarning miqdor va sifat tavsifiga doir muammoli masalalarni echimini topishga yordam beradi va “Muammo” usuli orqali muammo hal qilinadi.




Muammoning turi

Muammoning kelib chiqish sabablari

Muammoni echish yo‘llari va sizning harakatingiz

Inson qobiliyati miyaning og‘irlik darajasi bilan belgilanadi. Buni qanday tushunish mumkin?







8-ilova


SHaxsning kasbiy shakllanishi va qobiliyatlar.

Psixologiya fanida qobiliyatlar quyidagicha tavsiflanadi.

1. Tabiiy qobiliyatlar odamlar va hayvonlar uchun xos bo‘lib, idrok qilish xotirada saqlash, oddiy muloqotga kirisha olish shular jumlasidandir. Biologik jihatdan asoslangan bu qobiliyatlar asosini shartli reflekslar hosil bo‘lish jarayoni tashkil etadi. Insondagi va yuksak darajada rivojlangan hayvonlardagi bu qobiliyatlar bir-biridan farq qiladi.

2. Maxsus insoniy qobiliyatlar ijtimoiy-tarixiy tabiatga ega bo‘lib, ijtimoiy hayot va taraqqiyotni ta’minlaydi. Maxsus insoniy qobiliyatlar o‘z navbatida umumiy va xususiy qobiliyatlarga bo‘linadi.

3. Umumiy qobiliyatlar insonning turli faoliyatlari muvaffaqiyatini ta’minlovchi aqliy qobiliyatlar xotira va nutqning rivojlanganligi, qo‘l harakatlarini aniqligi va boshqa xususiyatlardan iborat. Xususiy qobiliyatlar alohida olingan bir faoliyatning muvaffaqiyatini ta’minlaydi. Bu qobiliyatlar alohida muloqotning bo‘linishini taqozo etadi. Masalan, matematika, texnika, badiiy ijodiy, sportga bo‘lgan qobiliyatlar shular jumlasidandir.

Ayrim adabiyotlarda umumiy qobiliyatlar mohiyati turlicha talqin qilinadi. Jumladan, umumiy qobiliyat deganda muvaffaqiyatli ravishda bilim olishni ta’minlaydigan shaxsning yuksak intellektual taraqqiyoti tushuniladi. Biroq bunday tushuncha tor va noto‘g‘ridir, chunki intellektual taraqqiyot faqat ixtiyoriy faoliyat uchun umuman talab qilinadi, xolos. Umumiy qobiliyat faoliyatning hamma turlariga jumladan amaliy faoliyatga ham ta’sir qiladi, deb hisoblovchi psixologlar topildi. Ammo bu fikrda qarama-qarshilik mavjud, agar umumiy qobiliyat universal ahamiyatga ega bo‘lgan ekan, unda qandaydir maxsus qobiliyatlar haqida gapirib o‘tirishning hojati yo‘q.

Nihoyat, shunday psixologlar ham borki, ular faqat maxsus qobiliyatlarni tan oladilar. Umumiy qobiliyat haqida gapirganda ham maxsus qobiliyatlar yig‘indisi ta’sirini ko‘zda tutadilar. Kishining turli-tuman faoliyatlari orasida bittasi asosiy yoki etakchi faoliyat sharoitida shaxsning maxsus taraqqiyotini belgilovchi faoliyat bo‘lib ajralib turadi. Bu faoliyat tug‘ma spetsifik zehn nishonalariga mos tushishi mumkin.

Hamma maxsus qobiliyatlarni, inson faoliyatining asosiy turlarini uch turga: fan, san’at, amaliyotga ajratish mumkin. SHunga binoan qobiliyatni milliy, badiiy va amaliy deb klassifikatsiyalash mumkin. Bu turlarning har biri o‘z navbatida mayda turlarga bo‘linadi.

Ilmiy qobiliyat abstrakt, evristik fikrlashning yuksak rivojlangan bo‘lishini, og‘zaki mantiqiy xotirani, qat’iyat va sabr-toqatni talab qiladi. Bu qobiliyatga quyidagi mayda qobiliyatlar kiradi: fizik, matematik qobiliyat, ximiya, filosofiya, tarix, biologiya fanlariga nisbatan bo‘lgan qobiliyatlar.

Badiiy qobiliyat sensor obrazli fikrlashning alohida rivojlangan bo‘limini, o‘tkir emotsional ta’sirchanlik va reaktivlikni talab qiladi. Bu qobiliyatga tasvirlash, musiqaviy, artistik va adabiy qobiliyatlar kiradi.

Amaliy qobiliyat praktik aqlning yuksak darajada rivojlanganligini, fahm-farosatning kuchliligi, iroda va etuk kirishuvchanlikni o‘z ichiga oladi. Amaliy qobiliyatga konstruktiv-texnikaviy qobiliyat, boshqaruvchanlik qobiliyati, shu jumladan tashkilotchilik va boshqalar kiradi.

Nazariy va amaliy qobiliyatlar ham inson qobiliyatlaridan bo‘lib, nazariy qobiliyatlar mavhum, mantiqiy harakatlarga moyillikda namoyon bo‘ladi.

O‘quv qobiliyatlari bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirish, shaxs – shakllanishi, pedagogik ta’sirlar samaradorligini ortishida ijobiy rol o‘ynaydi.

Ijodiy qobiliyatlar moddiy va ma’naviy madaniyat asarlarini yaratish, yangi g‘oya, kashfiyot va yangiliklar echishda namoyon bo‘ladi.


8-ilova




Jonlantirish uchun savollar:

Qobiliyatlar tushunchasining mazmunini izohlang?

Qobiliyatlarning sifati va miqdor tavsifi nimalarda ko‘rinadi?

Qobiliyatlar tuzilishini tarkibini ko‘rsating?

Qobiliyat borasidagi nazariyalarning mazmuni nimalarda ko‘rinadi?

Qobiliyatlarning tabiiy asoslarini ajratib ko‘rsating?

Qobiliyatlarning rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar nimalar bilan belgilanadi?


9-ilova


Yüklə 2,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə