Ўзбекистон республикаси


Insert usulidan foydalanib ishlash qoidasi



Yüklə 2,14 Mb.
səhifə8/28
tarix05.06.2018
ölçüsü2,14 Mb.
#47430
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   28

Insert usulidan foydalanib ishlash qoidasi

1.Ma’ruza matnini o‘qib, matnning chetiga quyidagi belgilarni qo‘yib chiqing:

V-bilaman

+ – men uchun yangi ma’lumot

– – men bilgan ma’lumotni inkor qiladi

? – noaniq (aniqlashtirish talab qiladigan) qo‘shimcha ma’lumot

2.Olingan natijalarni jadval shaklida rasmiylashtiring.




Mavzu savollari

V



+

?






























































































12.1.Ta’lim berish texnologiyasining modeli

Ma’ruzaga ajratilgan vaqt – 2 s

Talabalar soni – 50 ta

O‘quv mashg‘ulotining shakli

Ma’lumotli ma’ruza

O‘quv mashg‘ulotining tuzilishi

1. Nutqiy qobiliyatlar. Nutq va qobiliyatlar.

2.Kasbiy mahoratda nutqning roli.

3.Pedagogik nutq.

6.Mavzuni yakunlash.



O‘quv mashg‘ulotining maqsadi

Talabalarda bilish faoliyati diagnostikasi

to‘g‘risidagi bilimlarni shakllantirish



Pedagogik vazifalar:

  1. Nutqiy qobiliyatlar haqida ma’lumot berish.




  1. Kasbiy mahoratda nutqning roli.




  1. Pedagogik nutq o‘rnini tushuntirish.




O‘quv faoliyati natijalari:

  1. Nutq va nutqiy qobiliyatlar xaqida ma’lumotga ega bo‘ladilar.




  1. Kasbiy mahoratda nutqning roli bilan tanishadilar.




  1. Pedagogik nutqning o‘rnini anglaydilar.



Ta’lim metodi

Ma’ruza, tushuntirish, suhbat, “Aqliy xujum” metodi


Ta’limni tashkil etish shakli

Ma’ruza, ommaviy, guruhli


Didaktik vositalar

Ma’ruza matni, slayd-prezentatsiya


Ta’limni tashkil etish sharoiti

Maxsus texnik vositalar bilan jixozlangan xona


Nazorat

O‘z-o‘zini nazorat qilish, refleksiya




12.2. “ Nutq va kasb” mavzusidagi ma’ruzaning texnologik kartasi


Ish bosqichlari va vaqti

Faoliyat mazmuni

O‘qituvchi

Talaba

1-bosqich. O‘quv mashg‘ulotiga kirish (Da’vat bosqichi)

(10 minut)

    1. Mavzuning nomlanishi, maqsad va kutilayotgan natijalarini bayon etadi .

    2. Savol-javob orqali mavzu borasidagi talabalar fikrlari, tasavvurlari o‘rganiladi.

O‘z fikrlarini boshqalar bilan o‘rtoqlashishadi.

Tinglashadi, yozib borishadi.




2-bosqich.

Asosiy (Anglash bosqichi)

(50 minut)

2.1. Mavzu bo‘yicha ma’ruza matnini tarqatadi, uning rejasi va asosiy tushunchalari bilan tanishishni taklif etishadi.

2.3. Taqdimot texnologiyasi yordamida asosiy nazariy ma’lumotlarni bayon etadi. Jalb qiluvchi savollar bilan murojaat etadi (1-ilova), mavzuning eng asosiy tushunchalarini ajratib ko‘rsatadi, har bir o‘quv biriligi bo‘yicha xulosalar qiladi.



Tinglaydilar, savol-javoblarda ishtirok etishadi, muhim chizma va jadvallarni o‘z daftarlariga qayd etishadi.

3-bosqich. YAkuniy (Fikrlash bosqichi)

(20 minut)

3.1. Talabalarning Kasbiy ahamiyatli xususiyatlar va ularning dinamikasi borasidagi o‘zlashtirgan bilimlarini tek-shirish maqsadida “Aqliy xujum” metodidan foydalaniladi.
3.2. Talabalarning javoblarini tinglash orqali talabalarning umumiy tasavvurlari aniqlanadi.
3.3. Aniq tasavvurlar shakllanmagan qismlarini qayta tushuntiradi.
3.4. Kasbiy ahamiyatli xususiyatlar ni shakllantirishda qo‘llaniluvchi trening mashg‘ulotari bilan tanishtiradi (2-ilova).

“Aqliy xujum” metodi orqali vazifani xal qilishga kirishadilar.
O‘z fikrlarini boyitadi va to‘ldiradi.
Topshiriqni yozib olishadi.

1-ilova



3-ilova

1-Mashq. Kasb tipini aniqlash.

Ko‘rsatma : turli kasblar yozilgan kartochkalar va beshta tip nomi yozilgan (Inson-Texnika, Inson-Tabiat, Inson-Inson, Inson-Belgili sistema, Inson- Badiiy obraz) kartochka beriladi. 1 minut ichida beshta tip bo‘yicha kasblarni ajratib chiqish so‘raladi.

Baholash tartibi : har bir guruhdagi to‘g‘ri va noto‘g‘ri ajratilgan kasblar soni hamda ajratishga ulgurilmaganlari soni hisobga olinadi.

2-Mashq. Kasb tipini aniqlash – 2.

Ko‘rsatma : beshta tipga aloqador rasmlar tasvirlangan kartochkalarni (texnikani, tabiatni, insonni, belgili sitemani, badiiy obrazni ramziy ifodalovchi rasmlar, tasvirlar) va kasblar nomi yozilgan yoki kasblar tasvirlangan rasmlarni o‘z tipii bo‘yicha ajratish taklif etiladi. O‘quvchilar rasmdagi tasvirlar qaysi tipga va qaysi kasbga aloqador ekanligini faximlashlari kerak.

Baholash tartibi : har bir guruhdagi to‘g‘ri va noto‘g‘ri ajratilgan kasblar soni hamda ajratishga ulgurilmaganlari soni hisobga olinadi.

3-Mashq. Kasb sinfini aniqlash.

Ko‘rsatma : turli kasblar yozilgan kartochkalar va uchta kasb sinfi nomi yozilgan (Gnostik, O‘zgartiruvchi, Kashf etuvchi) kartochka beriladi. 1 minut ichida uchta sinf bo‘yicha kasblarni ajratib chiqish so‘raladi.

Baholash tartibi : har bir guruhdagi to‘g‘ri va noto‘g‘ri ajratilgan kasblar soni hamda ajratishga ulgurilmaganlari soni hisobga olinadi.

4-Mashq. Kasb sinfini aniqlash –2.

Ko‘rsatma : uchta sinfga tipga aloqador rasmlar tasvirlangan kartochkalarni (Gnostik, O‘zgartiruvchi, Kashf etuvchi) va kasblar nomi yozilgan yoki kasblar tasvirlangan rasmlarni o‘z sinflari bo‘yicha ajratish taklif etiladi. O‘quvchilar rasmdagi tasvirlar qaysi sinfga va qaysi kasbga aloqador ekanligini faximlashlari kerak.

Baholash tartibi : har bir guruhdagi to‘g‘ri va noto‘g‘ri ajratilgan kasblar soni hamda ajratishga ulgurilmaganlari soni hisobga olinadi.

5-Mashq. Kasb bo‘limini aniqlash.

Ko‘rsatma : turli kasblar yozilgan kartochkalar va to‘rtta kasb bo‘limi nomi yozilgan (Qo‘l mehnat qurollari, Mexanizatsiyalashgan mehnat qurollari, Avtomatlashgan mehnat qurollari, Inson organizimining funksional vositalari) kartochka beriladi. 1 minut ichida to‘rtta bo‘lim bo‘yicha kasblarni ajratib chiqish so‘raladi.

Baholash tartibi : har bir guruhdagi to‘g‘ri va noto‘g‘ri ajratilgan kasblar soni hamda ajratishga ulgurilmaganlari soni hisobga olinadi.

6-Mashq. Kasb bo‘limini aniqlash-2.

Ko‘rsatma : to‘rtta bo‘limga aloqador rasmlar, turli xil mehnat qurollari tasvirlangan kartochkalarni (Qo‘l mehnat qurollari, Mexanizatsiyalashgan mehnat qurollari, Avtomatlashgan mehnat qurollari, Inson organizimining funksional vositalari) va kasblar nomi yozilgan yoki kasblar tasvirlangan rasmlarni o‘z bo‘limlari bo‘yicha ajratish taklif etiladi. O‘quvchilar rasmdagi tasvirlar qaysi bo‘limga va qaysi kasbga aloqador ekanligini faximlashlari kerak. Baholash tartibi : har bir guruhdagi to‘g‘ri va noto‘g‘ri ajratilgan kasblar soni hamda ajratishga ulgurilmaganlari soni hisobga olinadi.
7-Mashq. Kasb guruhini aniqlash.

Ko‘rsatma : turli kasblar yozilgan kartochkalar va to‘rtta kasb guruhi nomi yozilgan (Maishiy turmush mehnat sharoiti, Ma’naviy javobgarlik mehnat sharoiti, Ochiq havodagi mehnat sharoiti, G‘ayrioddiy mehnat sharoiti) kartochka beriladi. 1 minut ichida to‘rtta guruh bo‘yicha kasblarni ajratib chiqish so‘raladi.

Baholash tartibi : har bir guruhdagi to‘g‘ri va noto‘g‘ri ajratilgan kasblar soni hamda ajratishga ulgurilmaganlari soni hisobga olinadi.

8-Mashq. Kasb guruhini aniqlash-2.

Ko‘rsatma: to‘rtta guruhga aloqador rasmlar, turli xil mehnat sharoitlari tasvirlangan kartochkalarni (Maishiy turmush mehnat sharoiti, Ma’naviy javobgarlik mehnat sharoiti, Ochiq havodagi mehnat sharoiti, G‘ayrioddiy mehnat sharoiti) va kasblar nomi yozilgan yoki kasblar tasvirlangan rasmlarni o‘z bo‘limlari bo‘yicha ajratish taklif etiladi. O‘quvchilar rasmdagi tasvirlar qaysi guruhga va qaysi kasbga aloqador ekanligini faximlashlari kerak.

Baholash tartibi : har bir guruhdagi to‘g‘ri va noto‘g‘ri ajratilgan kasblar soni hamda ajratishga ulgurilmaganlari soni hisobga olinadi.

9-Mashq. Kasb formulasini aniqlash.

Ko‘rsatma : Mehnat xususiyatlari – klassifikatsion belgilarning nomlari ularning bosh xarfi bilan qisqartirib olinadi:

Kasb tipi: Te, Ta, I, Be, Ba ;

Kasb sinfi : G, O‘, K ;

Kasb bo‘limi : Q, M, A, F ;

Kasb guruhi : m, j, o, g‘.

Kasb nomlari yozilgan kartochkalar beriladi va guruhdan ularning 1 minut ichida formulalarini topish, ya’ni qaysi tip, sinf, bo‘lim, guruhga mansubligini aniqlash so‘raladi. So‘ng uning taqdimoti o‘tkaziladi. (Masalan, shifokor – IGFj, ya’ni shifokor kasbining predmeti - tipi «Inson», chunki mehnat jarayonida kasb egasining diqqat-e’tibori ikkinchi bir insonga, bemorga qaratilgan bo‘ladi; maqsadi-sinfi – «Gnostik», chunki mehnat faoliyati davomida shifokorning bosh maqsadi bemorga nima bo‘lganini aniqlash; quroli-bo‘limi – «Inson organizimining funksional vositalari», chunki tashxis qo‘yishda shifokor o‘z bilim, malakasi, tajribasi va intuitsiyasiga tayanadi ; sharoiti-guruhi – «Ma’naviy javobgarlik mehnat sharoiti», chunki mehnat jarayonida shifokor bemorning jismiga nisbatan tanlagan muolajalarni ko‘rsatilayotgan tibbiy xatti-harakatlarning barcha o‘rinli hamda to‘g‘ri ekanligiga, ruhiyatiga va umuman hayotiga javobgardir. Oshpaz – TeO‘Qm, ya’ni oshpaz kasbining predmeti - tipi «Texnika», chunki mehnat jarayonida kasb egasining diqqat-e’tibori texnologik jarayon bo‘lib hisoblanuvchi taomga qaratilgan bo‘ladi; maqsadi-sinfi – «O‘zgartiruvchi», chunki mehnat faoliyati davomida oshpazning bosh maqsadi mahsulotlar xossa va xususiyatlarini o‘zgartirish, issiqlik ta’sirida qayta ishlash; quroli-bo‘limi – «Qo‘l mehnat qurollari», chunki mahsulotlarni qayta ishlash jarayonida ularga asosan jismoniy muskul kuchi ta’sirida ish bajaruvchi qurollardan foydalaniladi – pichoq, jo‘va, kapgir va h.k ; sharoiti-guruhi – «Maishiy turmush mehnat sharoiti», chunki mehnat jarayonida taom tayyorlash uchun ajratilgan maxsus xona - oshxonada sodir bo‘ladi).



Baholash tartibi : Har bir formulada to‘g‘ri va noto‘g‘ri aniqlangan mehnat xususiyatlarini soni hisoblanadi. Har bir formuladagi to‘g‘ri topilgan mehnat xususiyati 1 balldan hisoblanadi, ya’ni jami 4 ball.

10-Mashq. Formula bo‘yicha kasbni top.

Ko‘rsatma : Turli kasb formulalari yozilgan kartochkalar va bitta kasb nomi yozilgan kartochka beriladi. 1 minut ichida qaysi formula ushbu kasbning formulasi ekanligini aniqlash so‘raladi. So‘ngra taqdimoti o‘tkaziladi. (Masalan, TeO‘Qm, BaKFm, IO‘Fj va h. k kasb formulalari hamda o‘qituvchi kasbi. Formulalar ichidan o‘qituvchi kasbiga tegishli bo‘lgan formulani aniqlash kerak.) O‘yinni murakkablashtirish maqsadida bir nechta formulalar va bir nechta kasblarni taklif etish mumkin.

Baholash tartibi : Formulalar va kasblarning o‘zaro mosligining to‘g‘riligi hisobga olinadi.



13.1.Ta’lim berish texnologiyasining modeli

Ma’ruzaga ajratilgan vaqt – 2 s

Talabalar soni – 50 ta

O‘quv mashg‘ulotining shakli

Ma’lumotli ma’ruza

O‘quv mashg‘ulotining tuzilishi

1. Temperament xususiyatlari va tiplari.

2.Faoliyatning individual uslubi va temperamenti.

3.Temperament va kasbiy malakalarni egallash.

4.Mavzuni yakunlash.



O‘quv mashg‘ulotining maqsadi

Talabalarda bilish faoliyati diagnostikasi

to‘g‘risidagi bilimlarni shakllantirish



Pedagogik vazifalar:

  1. Temperament xususiyatlari haqida ma’lumot berish.

  2. Faoliyatning individual uslubi va temperamentini tanishtirish.

  3. Temperament va kasbiy malakalarni egallashni shakllantirish.




O‘quv faoliyati natijalari:

  1. Temperament xususiyatlari haqida ma’lumotga ega bo‘ladilar.




  1. Faoliyatning individual uslubi va temperamentini tanishadilar.




  1. Temperament va kasbiy malakalarni egallashni shakllantirish.

borasida bilim, ko‘nikmaga ega bo‘ladilar.


Ta’lim metodi

Ma’ruza, tushuntirish, suhbat, “Qanday” grafik texnologiyasi


Ta’limni tashkil etish shakli

Ma’ruza, ommaviy, guruhli


Didaktik vositalar

Ma’ruza matni, slayd-prezentatsiya


Ta’limni tashkil etish sharoiti

Maxsus texnik vositalar bilan jixozlangan xona


Nazorat

O‘z-o‘zini nazorat qilish, refleksiya




13.2. “Temperament va kasbni egallash masalalar” mavzusidagi

ma’ruzaning texnologik kartasi


Ish bosqichlari va vaqti

Faoliyat mazmuni

O‘qituvchi

Talaba

1-bosqich. O‘quv mashg‘ulotiga kirish (Da’vat bosqichi)

(10 minut)

    1. Mavzuning nomlanishi, maqsad va kutilayotgan natijalarini bayon etadi

    2. Savol-javob orqali mavzu borasidagi talabalar fikrlari, tasavvurlari o‘rganiladi.

O‘z fikrlarini boshqalar bilan o‘rtoqlashishadi.

Tinglashadi, yozib borishadi.




2-bosqich.

Asosiy (Anglash bosqichi)

(50 minut)

2.1. Mavzu bo‘yicha ma’ruza matnini tarqatadi, uning rejasi va asosiy tushunchalari bilan tanishishni taklif etishadi.

2.3. Taqdimot texnologiyasi yordamida asosiy nazariy ma’lumotlarni bayon etadi. Jalb qiluvchi savollar bilan murojaat etadi, mavzuning eng asosiy tushunchalarini ajratib ko‘rsatadi, har bir o‘quv biriligi bo‘yicha xulosalar qiladi (2-ilova).



Tinglaydilar, savol-javoblarda ishtirok etishadi, muhim chizma va jadvallarni o‘z daftarlariga qayd etishadi.

3-bosqich. YAkuniy (Fikrlash bosqichi)

(20 minut)

3.1. Talabalarning kasbiy ko‘nikma va malakalarning shakllanishi borasidagi o‘zlash-tirgan bilimlarini tekshirish maqsadida “Qanday” diagrammasidan foydalaniladi (1-ilova).

3.2. Talabalarning javoblarini tinglash orqali talabalarning umumiy tasavvurlari aniqlanadi.


3.3. Aniq tasavvurlar shakllanmagan qismlarini qayta tushuntiradi.

3.4. Mustaqil ish uchun topshiriq beradi va uni baholash mezonlari bilan tanishtiradi.



“Qanday” diagrammasi orqali vazifani xal qilishga kirishadilar.

O‘z fikrlarini boyitadi va to‘ldiradi.

Topshiriqni yozib olishadi.


1-ilova


13 Mavzu: Temperament va kasbni egallash

masalalar
Reja:

1. Temperament xususiyatlari va tiplari.

2.Faoliyatning individual uslubi va temperamenti.

3.Temperament va kasbiy malakalarni egallash.



O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: temperament haqida tushuncha, temperamentning fiziologik asoslari, nerv tizimining tiplari va temperament, temperament tiplarining tavsifnomasi haqidagi bilimlarni shakllantirish.

O‘quv faoliyatining natijasi: talabalarga temperament haqida tushuncha, temperamentning fiziologik asoslari, nerv tizimining tiplari va temperament, temperament tiplarining tavsifnomasi haqida dastlabki ma’lumotlar zahirasini berish hamda mazkur jihatlar psixologiya sohasining o‘rganish ob’ekti ekanligini asoslab berildi.

2-ilova


Baholash mezoni va ko‘rsatkichlari

Guruhlar

Savolning to‘liq va aniq yoritilishi 0-5 ball

Misollar bilan muammoga echim topishi 0-5 ball

Guruh a’zolarining faolligi 0-5 ball

Jami ball



























































































15-13 ball- “a’lo”

12-10 ball- “yaxshi”

15-13 ball- “qoniqarli”
3-ilova

Temperament haqida tushuncha


Insonning ruhiy olami beto‘xtov harakatlar majmuasidan iborat bo‘lib, biri ikkinchisini bevosita taqazo etadi va ular uzluksiz zanjir tizimiga o‘xshash tarzda hukm suradi. Xuddi shu bois shaxs ruhiyatida tashqi atrof-muhit to‘g‘risidagi taassurotlar, o‘tmish xotiralari, kelajak yuzasidan ijodiy xayollar, ezgu niyatlar, xohish istaklar, maqsad va tilaklar, mulohaza, fikr va muammo, hissiy kechinmalar, irodaviy sifatlar uzluksiz tarzda o‘zaro o‘rin almashtirib turish evaziga ontogenetik dunyoga mustahkam negiz hozirlanadi. Ruhiy olam kechishi, uning sur’ati, mazmuni, shakli, ko‘lami, xususiyati, xislati, sifati, mexanizmi alohida, yakkahol insonda rang-barang tarzda namoyon bo‘lishi kuzatiladi. SHuning uchun bo‘lsa kerak, insonlar tabiat hodisalariga, ijtimoiy turmush voqeliklariga, omillariga, ta’sir kuchlariga tez yoki sekin, engil yoki mushkulot bilan javob qaytarishga moyillik ko‘rsatadilar.

Psixologiyada temperamentga taalluqli individual dinamik xususiyatlar o‘rtasida muayyan darajada tafovut mavjudligi alohida ta’kidlanadi, ular orasidagi farqlarni ajratib ko‘rsatish maqsadida quyidagicha belgilar kiritiladi va o‘ziga xos tarzda tavsiflab beriladi, ularning ayrimlarini ajratib ko‘rsatish maqsadga muvofiq:

Favqulotda temperamentning bir xil xususiyatlari motiv, psixik holat va hodisalardan farqli o‘laroq, aynan shu shaxsning o‘zida, uning turli faoliyatlarida, muomalasida ifodalanadi.

Temperament xususiyatlari tabiiy shartlanganlik omiliga taalluqli bo‘lganligi tufayli inson hayoti va faoliyatining (umrining) davomida yoki uning muayyan bir bo‘lagida (ta’sirga beriluvchanligi sababligidan qat’iy nazar) barqaror, o‘zgarmas va mustahkamdir.

YAkkahol shaxsga dahldor temperamentning turli xususiyatlari o‘zaro bir-biri bilan g‘ayriqonuniy ravishda birlashgan bo‘lmasdan, balki ular o‘zaro bir-biri muayyan qonuniyat asosida mujassamlashib, xuddi shu xususiyatlar uning tiplarini tavsiflovchi o‘ziga xos tuzilmani vujudga keltiradi.

4-ilova


Yüklə 2,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə