Ўзбекистон республикаси


“Ayzenk testi” mavzusidagi amaliy mashg‘ulotning



Yüklə 2,14 Mb.
səhifə16/28
tarix05.06.2018
ölçüsü2,14 Mb.
#47430
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   28

3.2. “Ayzenk testi” mavzusidagi amaliy mashg‘ulotning

    1. texnologik xaritasi




Ish

bosqichlari va vaqti

Faoliyat mazmuni


Ta’lim beruvchi

Ta’lim oluvchilar

Tayyorlov bosqichi

Mavzuni aniqlaydi, ta’limiy maqsadni belgilaydi va kutilayotgan natijalarni shakllantiradi.

Belgilangan ta’limiy maqsadlarga mos o‘quv bilish topshirqlarini ishlab chiqadi.

Samarali ichki guruhlar ishini ta’minlovchi guruhlar uchun- yozma yo‘riqnomalarni tayyorlaydi.

Ekspert guruhlar ish natijalarini baholash mezonlarini ishlab chiqadi.






1. O‘quv mashg‘uloti-ga kirish bosqichi

(10 daq)

1.1. Mashg‘ulot mavzusi, uning maqsadi va kutilayotgan natijalar bilan tanishtiradi, ularning ahamiyatliligi va dolzarlabligini asoslaydi.

1.2. Mavzu bo‘yicha asosiy tushunchalarga ta’rif berishni taklif qiladi va shu asosda tezkor-so‘rov o‘tkazib talabalar bilimlarini faollashtiradi .

1.3. Ish guruhlarda o‘quv topshiriqlarini bajarish orqali amalga oshirilishini e’lon qiladi .


Savollarga javob beradilar.

2. Asosiy bosqich

(55 daqiqa)




2.1. Talabalarni 4-ta kichik guruhga bo‘ladi va guruhlarda hamkorlik asosida ishlash usuli qoidalari bilan tanishtiradi .

2.2.. Har bir guruh alohida metodikalar bilan ishlab so‘ngra bir-birlarining natijalariga ham e’tibor qaratadilar.

2.3. Mavzular asosida berilgan ma’lumotlarni umumlashtiradi va xulosalaydi. Faol ishtirokchi talabalarni rag‘batlantiradi va umumiy baholaydi.


Kichik guruhlarga bo‘linadilar.
Topshiriqlar bo‘yicha ishlaydilar.

Tinglaydilar.



3. YAkuniy bosqich

(20 daqiqa)





3.1.O‘quv faoliyati yuzasidan xulosa bildiradi.

3.2. Mavzular maqsadiga erishishdagi talabalar faoliyatini tahlil qiladi va o‘zlashtira olmagan joylarini qayta o‘qib chiqishni tavsiya etadi.


Tinglaydilar.







«G. Ayzenkning temperament xususiyatlarini aniqlash» so‘rovnomasi

( o‘smirlar uchun mo‘ljallangan variant)

(2-soat)

Ko‘rsatma: Senga bir qancha savollar beriladi. Sen ularga «ha» yoki «yo‘q» deb javob berishing kerak. Javob turiga ko‘ra javob varaqasining tegishli katagiga biror belgini qo‘y.

1. Atrofingda shovqin- so‘ron bo‘lishi senga yoqadimi?



  1. Senga yordam berishga tayyor do‘stlarga tez- tez muxtoj bo‘lib turasanmi?

3. Darsda sendan biror narsa so‘ralsa, tez javob qaytara olasanmi?

4. Ba’zida jahldor, g‘azabli bo‘lib turasanmi?

5. Kayfiyating tez tez o‘zgarib turadimi?


  1. Birorovlar bilan urishishdan ko‘ra senga yolg‘iz qolish yoqadimi?

7. Ba’zida har-xil fikrlar uxlashga halaqit beradimi?

8. Ayitilgan ishni doim aytilganday qilasanmi?

9. Birovning ustidan xazillashishni yaxshi ko‘rasanmi?

10. Sababsiz ham o‘zingni baxtsiz his qilasanmi?

11. Sen quvnoq odammisan?


  1. Sen ta’lim olayotgan o‘quv yurtingda intizomni hech bo‘zganmisan?

13. Ko‘p narsa asabinga tegadimi?

14. Senga tez bajarish kerak bo‘lgan ish yoqadimi?



  1. Sen ro‘y berishga biroz qolgan noxush hodisalardan qayg‘urasanmi?

16. Senga har qanday sirni ishonsa bo‘ladimi?

17. Zerkib o‘tirganlarni kuldirish qo‘lingdan keladimi?

18. Ba’zida besabab yuraging urishi tezlashib ketadimi?

19. Biror odam bilan do‘stlashmoqchi bo‘lsang, o‘zing tashabbuskor bo‘lib chiqasanmi?



  1. Biror marta yolg‘on gapirganmisan?

  2. Ishingda biror kamchilik topishsa, qattiq hafa bo‘lganmisan?

  3. Kulgili voqealar, latifalar aytib berishni, xazillashishni yoqtirasanmi?

  4. Xech qanday sababsiz o‘zingni charchoq his qilganmisan?

  5. Doim avval dars qilib, keyin boshqa narsa bilan shug‘ullangansanmi?

  6. Odatda har narsadan ko‘ngling to‘q, quvnoq bo‘lasanmi?

  7. Xafalanuvchanmisan?

  8. Boshqa bolalar bilan suxbatlashishni, o‘ynashni yoqtirasanmi?

  9. Uy ro‘zg‘or ishlariga yordam berish xaqidagi iltimosni doim bajarasanmi?

  10. Ba’zida boshing aylanib turadimi?

  11. Biror kishining ustidan xazillashib turishni yoqtirasanmi?

  12. Biror bir narsani joninga tegib ketganini tez-tez his etib turasanmi?

  13. Ba’zida maqtanishni yoqtirasanmi?

  14. Boshqalar davrasida ko‘pincha sukut saqlab turasanmi?

  15. Ba’zida xayajonlanganingdan bir joyda o‘tirolmay qolasanmi?

  16. Sen tez qaror qabul qilasanmi?

  17. O‘qituvchi chiqib ketganida, sinfda shovqin qilib turasanmi?

  18. Tez-tez daxshatli tushlar ko‘rib turasanmi?

  19. Hamma tashvishlarni unutib, do‘stlar davrasida ko‘ngilocharlik qila olasanmi?

  20. Seni xafa qilish osonmi?

  21. Biror odam haqida xech yomon gap gapirganmisan?

  22. Seni beg‘am, betashvish odam deb bo‘ladimi?

  23. Noqulay vaziyatga tushib qolsang, buni o‘zoq esingdan chiqarolmay yurasanmi?

  24. SHovqin- so‘ronli o‘yinlarni yoqtirasanmi?

  25. Taklif qilingan har qanday narsani eysanmi?

  26. Kimdir biror narsa so‘raganda «yo‘q» deb javob berish osonmi?

  27. Mehmonga borishni yoqtirasanmi?

  28. Xayotdan to‘ygan vaqtlaring bo‘lib turadimi?

  29. Biror bir marotaba ota-onang bilan qo‘pol muomilada bo‘lganmisan?

  30. Odamlar seni xushchaqchaq odam deb biladimi?

  31. Dars qilayotganingda tez- tez chalg‘ib turasanmi?

  32. Sen guruxning hushchaqchaq tadbirida ishtirok etgandan ko‘ra uni chetda turib ko‘zatishni yoqtirasanmi?

  33. Har hil xayollar ta’sirida uxlashga qiynalasanmi?

  34. Odatda topshirilgan ishni bajara olishinga ishonasanmi?

  35. Ko‘pincha o‘zingni yolg‘iz xis etasanmi?

  36. Notanish odamlar bilan gaplashishdan uyalasanmi?

  37. Ko‘pincha kech bo‘lganidan keyin, qaror qabul qilasanmi?

  38. Bolalardan biri senga baqirsa, sen ham ung javoban baqirasanmi?

  39. Ba’zida xech qanday sababsiz o‘zingni quvnoq yoki g‘amgin his qilasanmi?

  40. Sen mexmonda, bayramlarda vaqtni maroqli o‘tkazish kunligiga ishonasanmi?

  41. Biror narsani o‘ylamay qilib keyin afsuslanib

yurasanmi?



4.1. Ta’lim berish texnologiyasining modeli


Mashg‘ulot vaqti-2 soat

Talabalar soni: 20 -25 ta

Mashg‘ulot shakli

Amaliy mashg‘ulot



Amaliy mashg‘ulot rejasi

1. Empatiya qobiliyatini aniqlash metodikasi haqida tushuncha.

2. Empatiya qobiliyatini aniqlash metodikasini o‘tkazish tartibi.

3.Metodika natijalarini taxlil qilish.



O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: Empatiya qobiliyatini aniqlash metodikasining o‘tkazish usullarini o‘rgatish.

Pedagogik vazifalar:

1. Empatiya qobiliyatini aniqlash metodikasi haqida tushuncha berish.

2. Empatiya qobiliyatini aniqlash metodikasini o‘tkazish tartibi bilan tanishtirish.

3. Metodika natijalarini taxlil qilish.



O‘quv faoliyati natijalari:
1. Empatiya qobiliyatini aniqlash metodikasi haqida tushuncha beradilar.

2. Empatiya qobiliyatini aniqlash metodikasini o‘tkazish tartibi bilan tanishadilar.

3.Metodika natijalarini taxlil qiladilar.


Ta’lim berish usullari

Munozara, suhbat,tezkor-so‘rov


Ta’lim berish vositalari

O‘quv qo‘llanma, proektor, flipchart, markerlar.


Ta’lim berish sharoiti

Texnik ta’minlangan, guruhlarda ishlash uchun mo‘ljallangan auditoriya


Monitoring va baholash

Og‘zaki nazorat: savol-javob


Yüklə 2,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə