Ўзбекистон республикаси



Yüklə 2,14 Mb.
səhifə12/28
tarix05.06.2018
ölçüsü2,14 Mb.
#47430
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   28

Temperament va kasbni egallash masalalari seminar mashg‘ulotning texnologik kartasi



Ish

bosqichlari va vaqti

Faoliyat mazmuni


Ta’lim beruvchi

Ta’lim oluvchilar

Tayyorlov bosqichi

Mavzuni aniqlaydi, ta’limiy maqsadni belgi-laydi va kutilayotgan natijalarni shakllan-tiradi.

Belgilangan ta’limiy maqsadlarga mos o‘quv- bilish topshirqlarini ishlab chiqadi (1-ilova).

Ekspert guruhlar ish natijalarini baholash mezonlarini ishlab chiqadi (3-ilova).





1. O‘quv mashg‘ulotiga kirish bosqichi

(10 daq)

1.1. Mashg‘ulot mavzusi, uning maqsadi va kuti-layotgan natijalar bilan tanishtiradi, ularning axamiyatliligi va dolzarlabligini asoslaydi.

1.2. Mavzu bo‘yicha asosiy tushunchalarga ta’rif berishni taklif qiladi va shu asosda tezkor-so‘rov o‘tkazib talabalar bilimlarini faollash-tiradi (4-ilova).



Savollarga javob beradilar.

2. Asosiy bosqich

(50 daqiqa)




2.1. Talabalarni 5-ta kichik guruhga bo‘ladi va guruhlarda hamkorlik asosida ishlash usuli qoidalari bilan tanishtiradi (2-ilova). Har bir guruh mavzu rejasi asosida takdimot tayyorla-shini aytadi.


    1. O‘quv kursi mavzulari bo‘yicha tayyorlangan ekspert varaqalarini tarqatadi (1-ilova).




    1. Guruhlarga topshiriqlarni bajarish uchun yordam beradi. Taqdimot materiallari mazmunan va mantiqan to‘liq yoritilishini kuzatadi.

2.4. Taqdimot boshlanishini e’lon qiladi. Gu-ruhlarda sardorlar takdimotini tashkillashti-radi. Aniqlik kiritilishi lozim bo‘lsa, guruh sardorini to‘xtatadi, savollar beradi, muhokama-sini jamoaga havola etadi.


2.5. Mavzular asosida berilgan ma’lumotlarni umumlashtiradi va xulosalaydi. Faol ishtirokchi talabalarni rag‘batlantiradi va umumiy baho-laydi.

Kichik guruhlarga bo‘linadilar.

Topshiriqlar bo‘y-icha ishlaydilar.

Faol qatnashadi-lar, takdimot uchun materiallar tayyor-laydilar.

Guruhdan sardor tanlashadi, uning taqdimotida ham-korlik qiladilar. Savollarga javob beradilar.

Tinglaydilar.


3–YAkuniy bosqich

(20 daqiqa)





3.1.O‘quv faoliyati yuzasidan xulosa bildiradi.

3.2. Mavzular maqsadiga erishishdagi talabalar faoliyatini tahlil qiladi va o‘zlashtira olmagan joylarini qayta o‘qib chiqishni tavsiya etadi.


Tinglaydilar.




1-ilova


1-o‘quv topshiriq

Muammo” organayzerini to‘ldiring




Temperamentning fiziologik asoslariga doir muammoli masalalarni echimini topishga yordam beradi va “Muammo” usuli orqali muammo hal qilinadi.




Muammoning turi

Muammoning kelib chiqish sabablari

Muammoni echish yo‘llari va sizning harakatingiz

Temperamentning kelib chiqishi inson organizmidagi suyuqlik bilan belgilanadi. Buni qanday tushunish kerak?







2-ilova
«BIRGALIKDA O‘QIYMIZ» TEXNIKASI


Birgalikda o‘qish: o‘quv guruhi kichik guruhlarga bo‘linadi. Har bir kichik guruh o‘rganilayotgan mavzuning ma’lum bir sohasida ekspert bo‘ladi va bosh-qalarni o‘rgatadi.

Har bir guruhning maqsadi boshqa barcha guruhlar ishtirokchilari mavzu savollarini to‘la hajmda egallab olishdan iborat.



«Birgalikda o‘qiymiz» texnikasidan foydalangan
holda guruhlarda ishni tashkil etish jarayonining tuzilishi

1. Bilim darajasiga qarab 3-5 kishidan iborat bo‘lgan har xil turdagi guruhlar tuziladi.

2. Har bir guruhga bitta topshiriq beriladi –umumiy mavzuning bir qismi, uning ustida butun o‘quv guruhi ish olib boradi hamda tayanchlar – ekspert varaqlari – taqdim etiladi.



3. Har bir guruh ichida umumiy topshiriq taqsimlanadi.

4. Hamma yakka tartibdagi topshiriqni bajaradi.



5. Barcha guruh a’zolarining mini-ma’ruzalari tinglanadi. Umumiy natija (butun ekspert varag‘i bo‘yicha savollar javobi)ni shakllantiradi va uni taqdimotga tayyorlashadi.

6. Spiker yoki guruh barcha a’zolari birgalikda bajargan ish natijalarini taqdimot etishadi.











3-topshiriq.




Сангивиник темперамент типи


4-topshiriq.


Холерик темперамент типи








Асаб тизими ва темперамент


5
Фаолиятнинг индивидуал услуби ва темперамент


-topshiriq







2-ilova

Tavsiya etilgan adabiyotlar:

1. Karimov I. YUksak ma’naviyat – engilmas kuch. – T.: Ma’naviyat, 2008.

2.Qodirov B.R., Qodirov I.B. “Kasbiy tashxis metodikalari to‘plami” Toshkent, 2003 yil

3.G‘oziev E.G‘., Mamedov K.K. “Kasb psixologiyasi” Toshkent 2003 yil

Kondakov I.M. “Diagnostika professionalno‘x ustanovok podrostkov” 1997 g.

4. Kudryashova A.F. «Luchshie psixologicheskie testo‘ dlya profotbora i proforientatora» Moskva, 1992 g.

5. Klimov E.A.«Kak vo‘brat professiyu», Moskva 1990 g.

6. Qodirov K.B. “Kasb tanlashga tayyorgarlikning psixologik jihatlari va kasbiy tashxis”, Toshkent 2001 yil

7.Rashidov F.X., Xodjaboev A.R., R.K.Jo‘raev, X.F.Masudov va boshqalar “O‘rta maxsus, kasb-hunar talimdagi tayyorlov yo‘nalishlari, kasblar va ixtisosliklar tasniflagichi” Toshkent 2000 yil

8.Sog‘inov N., Ubaydullaev F. “O‘quvchilar bilan olib boriladigan kasb tanlash, kasbga yo‘llash ishlarini tashkil qilishda psixodiagnostika metodlaridan foydalanish” Toshkent, 1996 yil.



  1. http://www.edu.uz

  2. http://www.pedagog.uz

  3. http://www.psychology.uz

  4. http://www. psychology.net.ru

  5. http://www.ziyonet.uz




10.1. Ta’lim berish texnologiyasining modeli


Mashg‘ulot vaqti-2 soat

Talabalar soni: 20 – 30 gacha

Mashg‘ulot shakli

Mavzu bo‘yicha bilimlarni kengaytirish va mustahkam-lash yuzasidan seminar


Seminar mashg‘ulot rejasi

1. SHaxsning kasbiy o‘zligini anglash.

2.SHaxsni o‘z-o‘ziga baho berish va kasbiy o‘zlikni anglash.

3.Kasbiy kamolotdagi shaxsning kasbiy motivlari. Kasbiy o‘zlikni anglashdagi ziddiyatlar.


O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: shaxsning individual psixologik xususiyatlari, xarakter bo‘yicha olgan bilim, ko‘nikma va malakalarini mustahkamlash; xarakter xususiyatlari, tuzilishi va tipologiyasi, aksentuatsiyasiga doir nazariy manbalarni o‘qib-o‘rganish orqali talabalarda milliy g‘ururni tarbiyalash; seminarda talabalarning faolligini ta’minlash.

Pedagogik vazifalar:

1.SHaxsning individual psixologik xususiyatlari, xarakter, tushunchasining mohiyatiga doir fikrlarini tahlil qilish hamda konspektlashtirish

2.Xarakterning tarkibi, o‘z-o‘ziga o‘zgalarga insonlarga buyumlarga, narsalarga mehnatga bo‘lgan munosabatni aks ettiruvchi xarakter xususiyatlari borasidagi fikrlarini izohlash

3.Xarakter aksentuatsiyasi, tipologiyasi, A.Lichko, A.Leongardlarning xarakter aksentuatsiyasi borasidagi qarashlarning mazmun mohiyatini ochib berish

4.Xarakter borasidagi nazariyalar, dastlabki va zamonaviy qarashlarning tahlil qilish hamda shaxs xarakterini shakllanishi bilan aloqadorligini asoslash


O‘quv faoliyati natijalari:

1.SHaxsning individual psixologik xususiyatlari, xarakter, tushunchasining mohiyatiga doir fikrlarini tahlil qilishga hamda bilim, ko‘nikma, va malakalarga ega ega bo‘ladi.

2.Xarakterning tarkibi, o‘z-o‘ziga o‘zgalarga insonlarga buyumlarga, narsalarga mehnatga bo‘lgan munosabatni aks ettiruvchi xarakter xususiyatlari borasidagi g‘oyalarni izohlash malakasiga ega bo‘ladi.

3.Xarakter aksentuatsiyasi, tipologiyasi, A.Lichko, A.Leongardlarning xarakter aksentuatsiyasi borasidagi bilim, ko‘nikma, malakalar tarkib toptirildi.

4.Xarakter borasidagi nazariyalar, dastlabki va zamonaviy qarashlarning tahlil qilish hamda shaxs xarakterini shakllanishi bilan aloqadorligini asoslash malakalari shakllantirildi.


Ta’lim berish usullari

Munozara, suhbat, tezkor-so‘rov “Qanday”, “FSMU” texnologiyalari.

Ta’lim berish shakllari

Ommaviy, guruhlarda ishlash: “koop-koop” texnikasi

Ta’lim berish vositalari

O‘quv qo‘llanma, proektor, markerlar, ekspert topshiriqlari

Ta’lim berish sharoiti

Texnik ta’minlangan, gurhlarda ishlash uchun mo‘ljallangan auditoriya

Nazorat va baholash

Og‘zaki nazorat: savol-javob


Yüklə 2,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə