Ўзбекистон республикаси


“Aksident test” mavzusidagi amaliy mashg‘ulotning



Yüklə 2,14 Mb.
səhifə14/28
tarix05.06.2018
ölçüsü2,14 Mb.
#47430
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   28


1.2. “Aksident test” mavzusidagi amaliy mashg‘ulotning

texnologik xaritasi


Ish

bosqichlari va vaqti

Faoliyat mazmuni


Ta’lim beruvchi

Ta’lim oluvchilar

Tayyorlov bosqichi

Mavzuni aniqlaydi, ta’limiy maqsadni belgilaydi va kutilayotgan natijalarni shakllantiradi.

Belgilangan ta’limiy maqsadlarga mos o‘quv bilish topshirqlarini ishlab chiqadi.

Samarali ichki guruhlar ishini ta’minlovchi guruhlar uchun- yozma yo‘riqnomalarni tayyorlaydi.

Ekspert guruhlar ish natijalarini baholash mezonlarini ishlab chiqadi.






1. O‘quv mashg‘ulotiga kirish bosqichi

(10 daq)

1.1. Mashg‘ulot mavzusi, uning maqsadi va kutilayotgan natijalar bilan tanishtiradi, ularning axamiyatliligi va dolzarlabligini asoslaydi.

1.2. Mavzu bo‘yicha asosiy tushunchalarga ta’rif berishni taklif qiladi va shu asosda tezkor-so‘rov o‘tkazib talabalar bilimlarini faollashtiradi .

1.3. Ish guruhlarda o‘quv topshiriqlarini bajarish orqali amalga oshirilishini e’lon qiladi .


Savollarga javob beradilar.

2. Asosiy bosqich

(55 daqiqa)




2.1. Talabalarni 5-ta kichik guruhga bo‘ladi va guruhlarda hamkorlik asosida ishlash usuli qoidalari bilan tanishtiradi .

2.2.. Har bir guruh alohida metodikalar bilan ishlab so‘ngra bir-birlarining natijalariga ham e’tibor qaratadilar.

2.3. Mavzular asosida berilgan ma’lumotlarni umumlashtiradi va xulosalaydi. Faol ishtirokchi talabalarni rag‘batlantiradi va umumiy baholaydi.


Kichik guruhlarga bo‘linadilar.
Topshiriqlar bo‘yicha ishlaydilar.

Tinglaydilar.



3–YAkuniy bosqich

(20 daqiqa)





3.1.O‘quv faoliyati yuzasidan xulosa bildiradi.

3.2. Mavzular maqsadiga erishishdagi talabalar faoliyatini tahlil qiladi va o‘zlashtira olmagan joylarini qayta o‘qib chiqishni tavsiya etadi.


Tinglaydilar.






Aksident test diagnostikasi.

(2 soat)
Aksident – test odamning aksidental qobiliyatlarini aniqlaydi. Aksidental qobiliyatlar deganda biz odamni xavf-xatarsiz, saranjom sarishta, jarohat olmasdan faoliyatda bo‘lishini tushunamiz. Aksidental qobiliyatlar diagnostikasi uning tizimlari “xavfsiz psixomotorika” va “xavf-xatar hissini” namoyon bo‘lishini aniqlashga qaratilgan. Aksident test 15 qismdan iborat, ularning har biri 5 ball sistemada baholanadi. Bular quyidagilar:

  1. Kundalik turmush, ish, sport mashg‘ulotlari yoki dam olish har doimgidek borsa xavf-xatarga yo‘l qo‘ymaslik qobiliyati;

  2. Qiyin vaziyatlarda mehnat faoliyatini xavfsizligini ta’minlagan holda xavf-xatarga borish qobiliyati;

  3. Xavfsizlik bo‘yicha qoida va ko‘rsatmalarga rioya qilish qobiliyati (yo‘l harakat qoidalari);

  4. O‘yin yoki mehnat faoliyatida qiynalayotgan odamlar bilan xavfsiz munosabatda bo‘lish qobiliyati.

  5. Xavf-xatarga ko‘nikmaslik qobiliyati;

  6. Mehnatda xavfli hatti-harakatlarni va vaziyatlarni tanqidiy baholash qobiliyati;

  7. Kuchsiz signallarni sezish va farqlash qobiliyati (tovushlar, rangli signallar, shovqinlar);

  8. Jarohat olmaslik uchun harakatlarni etarli darajada aniq va tiniq bajarish qobiliyati.

  9. Namoyon bo‘layotgan xatarli vaziyatlarda xavfsiz harakatlar qilish qobiliyati;

  10. Jarohatga olib keluvchi xavf-xatar manbaini ko‘ra olish qobiliyati;

  11. Takrorlanuvchi mayda jarohatlar olmaslik qobiliyati;

  12. Diqqatni bir narsadan boshqa narsaga tez ko‘chira olish qobiliyati;

  13. Mehnat xavfsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan holatlarni echish qobiliyati (monotoniya, hayolparishonlik, o‘ychanlik);

  14. Mehnatni xavfsiz tashkil qilish qobiliyati;

  15. Oldingi xavfsiz faoliyati uslub tajribasini hisobga olish qobiliyati;

Mazkur test savollari 5 balli sistemada baholanib, aksidental qobiliyatlarni rivojlanganlik darajasini ko‘rsatadi; 5-juda rivojlangan; 4-rivojlangan; 3-o‘rta rivojlangan; 2-rivojlanmagan; 1-umumiy rivojlanmagan;

Aksident – test natijalarni hisoblashda “mustaqil xarakteristikalarni umumlashtirish” metodidan foydalaniladi. Bunga ko‘ra talabaning aksidental qobiliyatlarni uni yaxshi bilgan ekspertlar – o‘qituvchilar baholaydilar.

“Qutbiy ballar shkalasiga asosan, agar o‘rtacha ball 3 ga teng yoki undan yuqori bo‘lsa, mazkur talabada xavfsiz faoliyatda bo‘lishga, agar 3 dan past bo‘lsa, xavfli faoliyatga moyilligi borligini ko‘rsatadi”.

Aksidental qobiliyatlarni o‘rganish yuqorida bayon qilingan metod bo‘yicha talabaning aksidental qobiliyati o‘qituvchilarning u to‘g‘risidagi fikrlariga, ko‘zatishlariga asoslanadi.




3.1. Ta’lim berish texnologiyasining modeli


Mashg‘ulot vaqti-2 soat

Talabalar soni: 20 -25 ta

Mashg‘ulot shakli

Amaliy mashg‘ulot



Amaliy mashg‘ulot rejasi




  1. Tafakkkur operatsiyalarini o‘rganish usullari.

  2. Raven testi haqida tushuncha.

  3. Raven testini o‘tkazish tartibi.

  4. Metodika natijalarini taxlil qilish.

O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: tafakkurning mantiqiyligini, tafakkur xususiyatlarini o‘rganish .

Pedagogik vazifalar:

  1. Tafakkkur operatsiyalarini o‘rganish usullari bilan tanishtirish.

  2. Raven testi haqida tushuncha berish.

  3. Raven testini o‘tkazish tartibi bilan tanishtirish.

  4. Metodika natijalarini taxlil qilish.




O‘quv faoliyati natijalari:

  • Tafakkkur operatsiyalarini o‘rganish usullari bilan tanishadilar.

  • Raven testi haqida ma’lumot beradilar.

  • Raven testini o‘tkazish tartibi bilan tanishadilar.

  • Metodika natijalarini taxlil qiladilar.

Ta’lim berish usullari

Munozara, suhbat,tezkor-so‘rov


Ta’lim berish vositalari

O‘quv qo‘llanma, proektor, flipchart, markerlar.


Ta’lim berish sharoiti

Texnik ta’minlangan, guruhlarda ishlash uchun mo‘ljallangan auditoriya


Monitoring va baholash

Og‘zaki nazorat: savol-javob


Yüklə 2,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə