Ўзбекистон республикаси



Yüklə 2,14 Mb.
səhifə17/28
tarix05.06.2018
ölçüsü2,14 Mb.
#47430
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   28







4.2. “Empatiyani aniqlash testi” mavzusidagi amaliy mashg‘ulotning texnologik xaritasi

Ish

bosqichlari va vaqti

Faoliyat mazmuni


Ta’lim beruvchi

Ta’lim oluvchilar

Tayyorlov bosqichi

Mavzuni aniqlaydi, ta’limiy maqsadni belgilaydi va kutilayotgan natijalarni shakllantiradi.

Belgilangan ta’limiy maqsadlarga mos o‘quv bilish topshirqlarini ishlab chiqadi.

Samarali ichki guruhlar ishini ta’minlovchi guruhlar uchun- yozma yo‘riqnomalarni tayyorlaydi.

Ekspert guruhlar ish natijalarini baholash mezonlarini ishlab chiqadi.






1. O‘quv mashg‘ulotiga kirish bosqichi

(10 daq)

1.1. Mashg‘ulot mavzusi, uning maqsadi va kutilayotgan natijalar bilan tanishtiradi, ularning axamiyatliligi va dolzarlabligini asoslaydi.

1.2. Mavzu bo‘yicha asosiy tushunchalarga ta’rif berishni taklif qiladi va shu asosda tezkor-so‘rov o‘tkazib talabalar bilimlarini faollashtiradi .

1.3. Ish guruhlarda o‘quv topshiriqlarini bajarish orqali amalga oshirilishini e’lon qiladi .


Savollarga javob beradilar.

2. Asosiy bosqich

(55 daqiqa)




2.1. Talabalarni 5-ta kichik guruhga bo‘ladi va guruhlarda hamkorlik asosida ishlash usuli qoidalari bilan tanishtiradi .

2.2.. Har bir guruh alohida metodikalar bilan ishlab so‘ngra bir-birlarining natijalariga ham e’tibor qaratadilar.

2.3. Mavzular asosida berilgan ma’lumotlarni umumlashtiradi va xulosalaydi. Faol ishtirokchi talabalarni rag‘batlantiradi va umumiy baholaydi.


Kichik guruhlarga bo‘linadilar.
Topshiriqlar bo‘yicha ishlaydilar.

Tinglaydilar.



3–YAkuniy bosqich

(20 daqiqa)





3.1.O‘quv faoliyati yuzasidan xulosa bildiradi.

3.2. Mavzular maqsadiga erishishdagi talabalar faoliyatini tahlil qiladi va o‘zlashtira olmagan joylarini qayta o‘qib chiqishni tavsiya etadi.


Tinglaydilar.






Empatiyani aniqlash metodikasi.

(2-soat)

Mazkur so‘rovnoma I.M.YUsupov tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, empatiya qobiliyatining rivojlanish darajasini aniqlash maqsadida qo‘llanadi. Empatiya insonning boshqalar kechinmalariga hamdard bo‘la olish qobilyati.

Ko‘rsatma: «Hurmatli ishtirokchi, quyida berilgan 36 ta xukumga nisbatan o‘z munosabatingizni bildiring. Buning uchun siz baholashning quyidagi tizimidan foydalanishingiz lozim: 0- bilmayman; 1- yoki, hech qachon; 2- ba’zida; 3- ko‘pincha; 4- deyarli doim; 5- ha yoki har doim».



  1. Menga mashhur odamlarning hayoti xaqidagi kitoblardan ko‘ra sargo‘zasht kitoblar yoqadi.

  2. Ota- onalarning g‘amxo‘rligi katta yoshdagi bolalarning g‘ashiga tegadi.

  3. Menga boshqa odam erishgan muvoffaqiyat yoki uchragan muvoffaqiyatsizlikning sabablar xaqida mulohaza yuritish yoqadi.

  4. Musiqiy ko‘rsatuvlar orasidan men ko‘proq «Estrada taronalari» ko‘rsatuvini yoqtiraman.

  5. Adolatsiz tanqidlar bir necha yillar davom etsa ham, ularga chidash kerak.

  6. Kasalga xatto so‘z bilan yordam berish mumkin.

  7. Begonalar ikki kishi orasidagi nizoga qo‘shilmasligi kerak.

  8. Keksayganda odam juda injiq bo‘lib qoladi.

  9. Bolaligimda g‘amgin hikoyani tinglaganimda, ko‘zim o‘z o‘zidan yoshlanib ketardi.

10. Ota –onamning asabiylashishi mening ham kayfiyatimga ta’sir etadi.

11. Men tanqidlarga befarqman.

12.Men tabiat manzaralari tasvirlangan rasmlardan ko‘ra portretlarni tomosha qilishni yoqtiraman.

13. Ota- onam noxaq bo‘lganda ham, men ularni kechirardim.



  1. Agar ot aravani tortmasa, uni xivichlash kerak.

15.Boshqa odamlar hayotidagi fojealar xaqida o‘qiganimda bu hodisalar men bilan ro‘y berayotganday bo‘lib tuyuladi.

16.Ota-onalar o‘z fareandlariga nisbatan noxaq munosabatda bo‘ladilar.

17. Janjallashayotgan bolalarni yoki kattalarni ko‘rsam men ular o‘rtasiga tushaman.

18. Men ota-onamning yomon kayfiyatiga e’tibor bermayman.



  1. Men boshqa ishlarimni qoldirib, hayvonlar hatti –harakatini ko‘zataman.

  2. Nega ayrim odamlar kinofilm ko‘rib va kitob o‘qib, ko‘z yosh to‘kishini tushunmayman.

  3. Notanish odamlarning yuz ifodasi va xulq atvorini ko‘zatish menga yoqadi.

22. Bolalikda men uyga qarovsiz qolgan kuchuk – mushuklarni olib kelardim.

  1. Barcha odamlar biror sababsiz ham bir- biriga qarshi tishini qayrab turadi.

  2. Begona odamga qarab, uning kelajagi qanday bo‘lishini bilgim keladi.

  3. Bolaligimda kichkintoylar hech ketimdan qolishmasdi. Jaroxatlangan hayvonni ko‘rsam, unga qandaydir yordam berishga harakat qilaman.

  4. Odamni e’tibor bilan tinglashsa, uning dardi engillashadi.

  5. Ko‘chada biror qoida bo‘zarlikni ko‘rsam, guvoxlar qatoriga tushib qolishdan o‘zimni chetga tortaman.

  6. Kichkinalarga men taklif etgan fikr, ish yoki ko‘ngil ocharlik yoqadi.

  7. Xayvonlar o‘z egalarining kayfiyatini sezadi deganlar, menga mubolag‘a qiladi.

  8. Muomala vaziyatidan odamning o‘zi mustaqil chiqishi kerak.

  9. Bola besabab yig‘lamaydi. YOshlar qariyalarning hamma iltimosini va injiqliklarini bajo keltirishi kerak.

  10. Nima uchun ayrim sinfdoshlarim ba’zida o‘ychan bo‘lib qolishlarini bilgim kelardi.

  11. Karovsiz hayvonlarni tutish va yo‘q kilish kerak.

  12. Agar do‘stlarim men bilan o‘z shaxsiy muommosini muxokama qila boshlasa, gapni boshqa mavzuga burishga harakat qilaman.

Natijalarni qayta ishlash.

1.Natijalar xolisligini aniqlash. Javoblar xolisligini aniqlash uchun muyaan hukumlarga qanday javoblar berilganligini aniqlash lozim;

«Bilmadim»- 2,4,16,18,33.

«Ha yoki har doim»-2,7,11,13,16,18,23.

«Ha yoki har doim»7va17,10 va 18, 17va31,22va35, 34va36.

«Yo‘q yoki hech kachon»-3va36,1va3,17va28.

Eslatma: ma’lum juftlik kirgan ikkala hukum ( masalan, «ha yoki har doim»dagi 7va17 yoki «yo‘q yoki hech qachon»dagi 3 va 36 raqamli hukumlarga bir hil «ha yoki har doim» yoki «yo‘q yoki hech qachon» kabi munosabat bildirilgan bo‘lsa, bu munosabat xolis emas.

Noxolis munosabat holatlari 5 teng yoki undan katta- umumiy natijaga ishonchli emas.

Noxolis munosabat holatlari 4 ga teng- umumiy natijaning ishonchli darajasi shubhali.

Noxolis munosabat holatlari 3 ga teng yoki undan kam- umumiy natija ishonchli.

2. Umumiy natijani aniqlash. YAkuniy natijani aniqlash uchun 2,5,8,9,10,12,13,15,16,19,21,22,24,25,26,27,28.29 va32 raqami ostidagi xukumlarga qo‘yilgan baholarning yigindisini topish kerak.


Eslatma: so‘rovnoma 6 ta shaklga ega bo‘lib, quyida ushbu shkalalar hamda har bir shkalaga kiruvchi xukmlarning tartib raqami ko‘rsatilgan.
№ shkalalar xukumlar tartib raqami

1. Ota onaga nisbatan empatiya 10,13,16.

2. Xayvonlarga nisbatan empatiya 19,22, 25.

3. Kariyalarga nisbatan empatiya 02,05,08.

4. Bolalarga nisbatan empatiya 26,29,35.

5. Badiy qaxramonlarga nisbatan empatiya. 09,12,15.

6. Notanish odamlarga nisbatan empatiya 21,24,27.
Natijalarni baholash.

Daraja shakl buyicha umumiy

Juda yuqori 15 82-90

YUqori 13-14 63-81

O‘rta 5-12 37-62

Past 2-4 12-36

Juda past 0-1 5-11



5.1. Ta’lim berish texnologiyasining modeli


Mashg‘ulot vaqti-2 soat

Talabalar soni: 20 -25 ta

Mashg‘ulot shakli

Amaliy mashg‘ulot



Amaliy mashg‘ulot rejasi

1. I.D.Spilberger va M.A.Xaninning “Xavotirlanish darajasini aniqlash” metodikasi haqida tushuncha.

2. I.D.Spilberger va M.A.Xaninning “Xavotirlanish darajasini aniqlash” metodikasini o‘tkazish tartibi.

3.Metodika natijalarini taxlil qilish.



O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: I.D.Spilberger va M.A.Xaninning “Xavotirlanish darajasini aniqlash” metodikasining o‘tkazish usullarini o‘rgatish.

Pedagogik vazifalar:

1. I.D.Spilberger va M.A.Xaninning “Xavotirlanish darajasini aniqlash” metodikasi haqida tushuncha berish.

2. I.D.Spilberger va M.A.Xaninning “Xavotirlanish darajasini aniqlash” metodikasini o‘tkazish tartibi bilan tanishtirish.

3. Metodika natijalarini taxlil qilish.



O‘quv faoliyati natijalari:
1. I.D.Spilberger va M.A.Xaninning “Xavotirlanish darajasini aniqlash” metodikasi haqida tushuncha beradilar.

2. I.D.Spilberger va M.A.Xaninning “Xavotirlanish darajasini aniqlash” metodikasini o‘tkazish tartibi bilan tanishadilar.

3.Metodika natijalarini taxlil qiladilar.


Ta’lim berish usullari

Munozara, suhbat,tezkor-so‘rov


Ta’lim berish vositalari

O‘quv qo‘llanma, proektor, flipchart, markerlar.

Ta’lim berish sharoiti

Texnik ta’minlangan, guruhlarda ishlash uchun mo‘ljallangan auditoriya

Monitoring va baholash

Og‘zaki nazorat: savol-javob


Yüklə 2,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə