`zbekiston respublikasi xalq ta`lim vazirligi jizzax davlat pedagogika instituti


Gimnastika devoriga tirmashib chiqish



Yüklə 104,73 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/15
tarix27.04.2023
ölçüsü104,73 Kb.
#107237
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
gimnastika-sport-turi-mashg0ulotlari (1)

 
Gimnastika devoriga tirmashib chiqish. 
1-mashq.
Belgilangan balandlikka erkin holda tirmashib chiqish va pastga tushish.
2-mashq.
Har bir reykaga navbat bilan ikki oyoqni qo`yib chiqib boorish va pastga qaramay 
qaytib tushish.
3-mashq.
Har bir reykaga bir oyoqni qo`yib, pastga qaramasdan tirmashib chiqish.
4-mashq.
Oyoqlarni bir – biriga yaqin qo`yib, pastga qaramasdan tirmashib chiqish.
5-mashq.
O`ng va chap tomon bilan erkin tirmashib ( oyoqlar 3-4 reykada) yurish.
6-mashq. O`ng oyoq va o`ng qo`l, chap oyoq va chap qo`l bilan bir xil harakatlar qilib, o`ng va 
chap yonga tirmashib yurish.
 
Oshib o`tish. 
 
1- mashq.
Polda turgan gimnastika skameykasidan ixtiyoriy usul bilan oshib o`tish.
2- mashq.
Polda paraelle holda, bir – biridan 30-50 sm uzoqlikda turgan ikki skameykadan 
ixtiyoriy ravishda oshib o`tish.
3 - mashq
. Huddi shu mashqni skameykaga yon tomon bilan qarab turib, ko`ndalangiga bajarish.
4 - mashq. 
Huddi shu mashqni skameykaga yon tomon bilan qarab turib, uzunasiga bajarish.
5 - mashq.
20
0
qiyalatib qo`yilgan gimnastika skameykasidan ixtiyoriy usulda oshib o`tish.
6 - mashq
. 80 sm balandlikdagi yakka cho`pdan oshib o`tish.
Oshib o`tish mashqlari ham o`ng, ham chap tomondan bajarilishi kerak.
 
Muvozanat saqlash mashqlari. 
Muvozanat saqlash mashqlari kichraytirilgan tayanch maydonchasida gavdani ushlab turish va 
siltash mashqlaridan iborat. Ular harakat mutanosibliginining rivojlanishiga, diqqatini, o`zini tutishni, 
qat`iyligini tarbiyalashga, fazoda mo`ljal olishga yordamlashadi.
Oddiy muvozanat saqlash mashqlarini maxsus jihozlarsiz ham bajarish mumkin. Masalan, 
oyoqni ko`tarib va oyoq uchida turish, bir oyoqda turish, belgilangan chiziq bo`ylab yurish va 
boshqalar.
Muvozanat saqlash mashqlarini bajarish uchun gimnastika skameykalari, gimnastika yog`ochi 
va buyumlaridan foydalaniladi.
Agar muvozanat saqlash mashlari baland tayanchlar ( yakka cho`pda, yog`och )da bajarilayotgan 
bo`lsa, mashqlarni o`tkazish paytida xavfsizlik ta`minlangan ( to`shaklar qo`yish, yerni yumshatish, 
o`qituvchi va o`rtoqlarining yordami va boshqalar ) bo`lishi mumkin.
To`shaklar faqat shug`ullanuvchi kelib tushadigan joining o`ziga emas, balki asbob – 
anjomlarning bor bo`yicha yetadigan qilib to`shaladi. O`zaro yordam mashq bajarayotgan 
o`quvchilarning qo`lidan tutish yo`li bilan shuningdek, mashqlarni yakkama – yakka tarzda bajarib 
bo`lgan o`quvchi sherigining qo`lidan ushlab turish yo`li bilan ko`rsatiladi. Oddiydan murakkabga 
qarab boorish tartibida rioya qilish bu yerda ayniqsa zarurdir.
1-mashq.
Har xil turishlar va bu turishlarda qo`1 hamda gavdaning turlicha holatlarini juftlab 
oyoq uchida, oyoqlarni oldinma – ketin qo`yib turish va hakoza.
2- mashq.
Qo`lning har xil dastlabki holatlarda turishi, qo`l ikki oyoq hamda gavdani 
harakatlantirib bir oyoqda turish.


3 - mashq.
Belgilangan chiziq bo`ylab yurish ( yerda yoki polda ).
4 - mashq.
To`ntarilgan gimnastika skameykasining reykasidan qo`lni har bir holatlarda tutib 
yurish.
5 - mashq. 
Gimnastika skameykasida qo`llarni turli holatlarda harakatlantirib; to`p bilan 
kaftlarni bir – biriga urib (skameykaga qaramasdan yurish ). 
6 - mashq.
To`ntarilgan gimnastika skameykasining reykasinidan qo`lda buyumlar ( 
shishirilgan to`p, to`ldirma to`p, gimnastika tayoqchasi, arg`amchi ) bilan yurish.
7 - mashq.
Gimnastika skameykasi bo`ylab oldinga juftlama qadamlab yurish.
8 - mashq. 
Gimnastika skameykasi ustidan 15 sm balandlikda tortilgan arqondan, tizzani baland 
ko`tarib xatlab o`tib yurish.
9 - mashq.
Gimnastika skameykasi ustida oyoq uchida tik turish, gimnastika skamykasi 
bo`ylab oyoq uchida yurish.
10 - mashq.
Polda yotgan yakka cho`pdan qo`lni har xil holatlarda tutib harakatlantirib yurish.
11 - mashq.
Polda yotgan yakka cho`pdan katta to`p bilan, kaftlarni bir – biriga urib, oyoqni har 
xil turli holatlarda harakatlantirib yurish.
12 - mashq.
Huddi shuning o`zi, lekin 60 sm balandlikdagi yakka cho`p ustidan yurib bajarish.
13 - mashq.
Qiya qo`yilgan gimnastika skameykasining ustiga chiqish va tushish ( gimnastika 
skameykasining yuqoridagi uchini balandligi 60 sm gacha).
14 - mashq.
Gimnastika skameykasining reykasidan yurish. 

Yüklə 104,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə