`zbekiston respublikasi xalq ta`lim vazirligi jizzax davlat pedagogika instituti


- sinfda jismoniy tarbiya darslarini o`tish metodikasi



Yüklə 104,73 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/15
tarix27.04.2023
ölçüsü104,73 Kb.
#107237
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
gimnastika-sport-turi-mashg0ulotlari (1)

1- sinfda jismoniy tarbiya darslarini o`tish metodikasi. 
 
O`quvchilarni jismoniy tarbiya darslarida tezda uyushtirib turli harakatlarni bajarishga o`rgatish 
uchun, ularni harbiy sohada qo`llaniladigan harakatlarga, mashqlar va terminlarga odatlantirish lozim.
Birinchi sinnflarda bolalar tezda bittadan sarflanishni, ketma – ket saflanishni, oyoq uchi va ensasi 
to`g`ri tutib turishni, buyruq bo`yicha harakatni boshlash va tugatishni, qo`lni yonga uzatish va 
bukishni, qayta saflanishni bilishlari zarur.
Bir qatorda saflanish o`quvchilarning dars boshlash oldidan saflanishlarining rng qulay shaklidir.
O`qituvchi asta – sekin bolalarni o`z joylarini egallashga, bir – biridan ma’lum uzoqlikda to`g`ri 
saflanishga o`rgatadi, ammo yuqoridagi barcha elementlarni bolalar darrov o`zlashtira olmaydilar. 
Ayniqsa, oraliq masofani saqlash qoidalariga rioya qilish qiyin bo`ladi. O`rgatishni turli uslublar 
yordamida tezlashtirish mumkin. Mana bir misol.
O`quvchilarga “ hamma o`z joyiga ” o`yini orqali tez o`rgatish. O`quvchilarni safga yonma – 
yon turg`izib, ularga kim kimning turganini eslab qolish aytiladi. So`ngra “ Tarqaling ” ! degan buyruq 
beriladi. barcha maydon bo`ylab tarqaladi. (10-15 ) soniyadan so`ng esa “ Hamma o`z
joyiga ” buyruq beriladi. bunday mashqlarni bajarish o`quvchilarga turli buyruqlarni bajarishni 
o`zlashtirishlariga katta yordam beradi.
Bolalar yonma – yon saflanishga o`rgatishda oyoq uchlarini baravarlashtirishga, ensani to`g`ri 
tutishga ham jiddiy e’tibor beriladi. 
Oyoq uchlarini baravarlashtirishga o`rgatishni esa o`quvchilarni bolalar maydonchalari yoki 
sport zalida tortilgan chiziq oldiga turg`azish orqali amalga oshiriladi bunda o`quvchilar shunday 
saflanishlari kerakki, ularning oyoq uchlari chiizqqa tegib tursin. Ular tekis saflanishni o`rganib 
olganlaridan so`ng, o`qituvchi ularni chiziq bo`lmagan joydan saflanishga o`rgatadilar.
Shug`ullanuvchilar ketma – ket bo`lib turgan 

Yüklə 104,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə