`zbekiston respublikasi xalq ta`lim vazirligi jizzax davlat pedagogika instituti


saf, qator deb ataladi. Qatorda turganalr  oralig`idan masofa  distansiya



Yüklə 104,73 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/15
tarix27.04.2023
ölçüsü104,73 Kb.
#107237
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
gimnastika-sport-turi-mashg0ulotlari (1)

saf, qator
deb ataladi. Qatorda turganalr 
oralig`idan masofa 
distansiya
deb ataladi. Odatda distansiya oldinga uzatilgan qo`l yoki bir qadam 
uzunligida bo`ladi.
Qatorning boshoda turgan o`quvchi – 
yetakchi,
oxirida turgan o`quvchi – 
oxirgi 
deyiladi.
Qatorda bir qator, ikki qator, uch qator turish mumkin. Safning kengligi deganda, bolalar yonma 
– yon turgan holatdagi oraliqlar masofa tushinilsa, safning chuquqligi deganda, bolalar ketma – ket 
turgan holatdan oraliqdagi masofa tushuniladi. O`qishning boshlang`ich davrida saflanish bir joyda 
o`tkaziladi. O`quvchilarda saflanishga oid malaka va ko`nikmalar hosil bo`lgach, o`qituvchi ularni 


maydonchaning turli joylarda yordamchi buyumlarsiz saflantirishga, so`ng saflanishni yanada 
mukammallashtira borib, muayyan vaqt ichida saflantirishga o`tadi.
Masalan: tez saflanish quyidagicha o`tkaziladi: o`qituvchi o`quvchilarga hozir “ Tarqaling ! ”, 
deb aytadi va bir oz o`tkach, yonma – yon bir qatorda 
“ Saflaning ” buyrug`ini beradi hamda soatga qarab turadi. Shundan so`ng, o`quvchilar tezlik bilan 
saflanadilar va ulrga qancha vaqt ketgani e’lon qilinadi. Saflanishni shovqin – suronsiz tartib bilan 
o`tkazishga harakat qilinadi.
“ Tik turish ! ” holatini bolalar juda qiyin o`zlashtiriladilar, shuning uchun uni shoshib 
o`rgatilmaydi.
“ Tik turish ! ” holati deganda quyidagilar nazarda tutiladi: bunda kishi qimirlamay tik turadi, 
oyoqlar rostlanadi, tovonlar juftlanadi, oyoq uchlari 45
0
burchak ostida ochiladi, yelkalar ( 
to`g`rilanadi ) keriladi, qo`llar tushiriladi va barmoqlar yarim bukilgan bo`ladi. Hamda oldinga qarab 
turiladi.
“ Erkin turing !” holati aniq sharoit taqozasiga ko`ra turlicha bajariladi. Safda “ Erkin turing !” 
buyrug`I berilganda joydan jilmagan holda gavda og`irligi o`ng yoki chap oyoqqa tashlanadi. Safdan 
tashqri holatda oyoqlar bir oz erkin harakat qildiriladi, gavdaning butun og`irligi ikkala oyoqqa 
baravar taqsimlanadi, qo`llar orqaga qo`yilib, o`ng oyoq chap qo`lning bilagidan tutib turadi.
Saf holatidan ko`l ushlashib va qo`l ushlanmay turib doira hosil qilish. Doira bolalarni 
mashg`ulot uchun saflantirishning eng oddiy shaklidir. Saf holatidan quyidagi usullar bilan doira hosil 
qilinadi:
1-usul:
a) safda turgan barcha bolalarga qo`l ushlashish taklif etiladi; b) o`qituvchi chap qo`l 
bilan chap qanotdagi o`quvchining o`ng qo`lini ushlaydi yoki o`ng qo`li bilan o`ng qanotdagi 
o`quvchining chap qo`lini ushlaydi va doira yasash uchun harakat boshlab ( barcha bolalar ko`l ushlab 
turadilar ) o`ng va chap qanoti tutashtiriladi.
2- usul: 
a) safda turgan bolalarga bir – birlarining qo`llaridan ushlash taklif etiladi; b) safning 
qoq o`rtasida turgan ikki o`quvchiga joydan qo`zg`almaslikni aytadi; v) o`qituvchi saf o`rtasidagi 
o`quvchilardan 10-12 qadam uzoqlikda turadi va buyuradi: “ Qo`l ushlashib doira hosil qilamiz ”; g) 
o`qituvchi qo`lini yonga ko`taradi va o`ng hamda chap qanotdagilarga doira qurish uchun yaqin 
kelishlarini taklif etadi.
O`quvchilar mazkur usullarni o`zlashtirib olganlaridan so`ng o`qituvchi o`quvchilarini qo`l 
ushlamay doira hosil qilish bilan tanishtiradi. Bunda saflanish tartibi qo`l ushalshib doira qurish kabi 
bo`ladi. Bolalar doira qurishning har ikkala usulini o`zlashtirib olganlaridan so`ng o`qituvchi buyruq 
asosida doira qurish mashqlariga o`tadi. Masalan: “ Qo’llarni ushlashib, doira hosil qilib turing ! ” 
yoki “ Doira turing ! ” va hokazo. 
Bir “ ketma ket ” qatordan doiraga qayta saflanish.
Bunda saflanishga o`rgatish maqsadida o`qituvchi qatorining boshida turadi va buyruq beradi. “ 
Orqamdan qadamlab yuring ! ” harakat shunday bajariladiki, natijada doira hosil qilinadi. Shundan 
keyin “ Sinf to`xta ! ” buyrug`i beriladi. so`ngra o`quvchilarga ko`rsatilgan saflanish mashqini 
takrorlash taklif etiladi, lekin, bu safar o`qituvchi ishtirok etmaydi.
Qatorda uchtadan, to`rttadan saflanish, shuningdek ba’zi o`yinlarni o`tkazish maqsadida 
qo`llaniladi.
O`qituvchi bu usulni birinchi bor qo`llaganda o`quvchilarni birinchi, ikkinchi va uchinchi deb 
sanab chiqadi va har uchlikka qo`l ushlashib turishni taklif etadi. Shundan so`ng vazifani tushuntiradi
keyin har bir uchlik uchun alohida ishora ( buyruq ) beradi. So`ngra qatorda uchtadan bo`lib qaytadan 
saflanishni amalgam oshiradi. Bu usul o`zlashtirib bo`lingach, endi saf qo`l ushlamay tizilish mashqini 
o`tkazadi.
Bolalar uchun qatorda uchtadan ( to`rttadan ) saflanishning eng qiyin usullridan biri barcha 
o`quvchilarning “ Uch ( to`rt ) qator bo`lib saflanish! ” buyrug`i bo`yicha saflanishlaridir. Chunki, 
bolalar qatorda yetakchi orqasida bo`yicha ko`ra saflanishlari lozim bo`ladi.
Turgan joyda qadam tashlash, sakrash, o`ngga va chapga burilishni mashq qilish. Qadam tashlab 
va sakrab burilishlar o`quvchilarni oyoq uchida va tovonda burilishiga o`rgatish maqsadida amalda 
oshiriladi. Dastlab barcha o`quvchilarning o`ngga va chapga burilishlari yaxshi o`zlashtirilishiga 


erishiladi. Bunda dastlabki darslarda quyidagilar mashq qilinadi. “ O`ng qo`llaringizni ko`taring ” 
yoki “ O`ng qulog`ingizni ushlang ”, “ O`ng qo`l tomonga buriling va hokazo” . O`qituvchilar 
tomonidan o`ngga va chapga burilishilar yaxshi o`zlashtirib olingandan keyin ularga qadam tashlab 
turib burilish, keyinroq esa sakrab burilish mashqi ko`rsatiladi. Qadam tashlab burilish uchun “ 
Chapga ” yoki “ O`ngga ”, sakrab burilish uchun “ Sakrab o`ngga ! ” buriling buyruqlari beriladi.
Qadamlab burilish” bir, ikki ” sanog`i bilan, sakrab burilish esa “ bir ”
 
sanog`i ostida bajariladi.
“ Qadamlab yuring !”, “ Sinf to`xta !” buyruqlarini bajarish. Bu buyruqlar o`quv yilining birinchi 
choragidan boshlab qo`llaniladi. Dastlab e`tibor buyruqning ijri etiladigan qismlarga qaratiladi.
O`qituvchi o`quvchilarga “ Qadamlab!” buyrug`ini berganda gavda og`irligi o`ng oyoqqa 
ko`chishini, chap oyoqni bo`shashtirishni ( chap oyoqni turgan joyda uchi bilan qo`yishni aytadi ), “ 
Boshlang ! ” buyrug`i berilganda esa harakatning o`ng oyoq bilan boshlash kerakligini tushuntiradi. 
O`qituvchi o`z tushuntirishlarini amalga bajarib ko`rsatadi, so`ng bu mashqni bajarishni ikki – uch 
o`quvchiga ham taklif etadi. Shundan so`ng mashq barcha o`quvchilar tomonidan bajariladi.
Sinf “ To`xta ! ” buyrug`ini bajarishga o`rgatishda asosiy e’tiborini o`quvchilarning “ To`xta ”
buyrug`idan so`ng oldinga bir qadam qo`yishlariga, so`ng ikkinchisini birinchisining yoniga qo`yib 
to`xtashga qaratish lozim.
Qo`llarni oldinga to`liq cho`zib yoyilish. Qo`llarni yonga uzatgan holda yoyilish. Bu mashqda 
o`rgatishni safda turganda amalga oshirgani ma`qul.
O`qituvchi mashqni tushuntiradi, so’ng qo’llarni oldinga uzatib yoyilish buyrug`ini beradi. 
Keyinda turgan o`quvchilar oldinda turganlarga qo`llarini cho`zib qo`llarining uchi ularga tegar – 
tegmas bo’lguncha shoshilmay orqaga tisariladilar. Buni besh – olti qatorlik safda bajargan ma’qul. 
Tushuntirishdan so`ng o`qituvchi qo`llarni “ Yon tomonga yoying ! ” degan buyruq beradi. Buyruq 
bo`yicha o`ng tomondan birinchi bo`lib turgan o`quvchidan boshqa barcha bolalar qo`llarini, 
baravariga yonga uzatib, qo`l uchlari ikki tomonda turgan o`quvchilarning qo`llariga tegar – tegmas 
bo`lguncha yonga suriladilar. O`rtada turgandan boshlab mayday qadamlab yoyilishi, jipslanish ikki, 
uch, to`rt qatorlik safda o`rganilgani ma’qul. Dastlab oyoqni to`g`ri kiyish va olishga e’tibor beriladi.
bu mashq o`zlashtirib olingach, ikkinchidan, uchtadan va to`rtta turilga qatorda mayda qadamlab 
yoyilib bajarib ko`riladi.
Buyruqda qayoqqa, qancha masofaga va qanday usul bilan yoyilish haqida ko`rsatma beriladi, 
masalan: “ O`rtadan yonga cho`zilgan qo`llar uzunligida juftlama qadamlab yoyilish! ”. Buyruq 
bajarilayotganda o`qituvchi e’tiborinimayda qadamlashning to`g`I bajarilishiga, oraliqqa rioya 
qilinishiga va ensalarning to`g`ri tutilishiga qaratadi. Jipslashishga oid buyruqda qaysi tomonga va 
qanday yo’l bilan jipslashish haqida ko`rsatma beriladi. masalan, “ O’ngga yugurib jipslashing !”. 
O`ngga ( chapga ) juftlamaqadamlab o`ng qo`lni “ yon tomonga uzatib yoyiling ! ”. 
“ Olti - uch – joyida ” va “ To`qqiz – olti – uch – joyida ” sanog`ida yoyilish. Bu usul safni 
yoyishda qo`llaniladi. “ sanoq soniga qarab qadamlab yur ! ” buyrug`ida binoan o`quvchilar 
nechanchi bo`lib turgan bo`lsa, shuncha qadam oldinga chiqadilar. “ Turgan joyda ! ” buyrug`ini olgan 
o`quvchilar esa o`z joylarida qoladilar. “ O`z joyingizda qadamlab yuring ! ” buyrug` berilganda, eng 
oldinga chiqqan o`quvchilar orqaga buriladilar ( bir ikki sanog`ida ), o`z joylariga qaytadilar va safda 
turib, yana chir aylanib buriladilar. Bu buyruqni bajarishni o`qituvchi oldindan o`zi ko`rsatishi va 
o`quvchilarga barcha harakatlarni batavsil berishi lozim.
Dastlab “ Olti – uch – joyida ” keyin “ to`qqiz – olti – uch - joyida ” buyrug`iga binoan yoyilishi 
qo`llaniladi.
Bunday yoyilishda tizilib saflanish hamda ensalar to`g`ri, noto`g`ri turganligi hisobga olinmaydi, 
ammo qatorning baravarlashadi va bir xil nomerda olinmaydi, turgan o`quvchilar bir chiziqqa 
tiziladilar.
Harakat chog`ida burilib, bir kishilik qatordan ikki, uch, to`rt kishilik qatorda qayta saflanish. 
Bunday qayta yurishni yetarli darajada o`rganib olganlaridan so`ng kirishiladi. Bolalarni burilganda 
to`g`ri burchak hosil qilishga yanada puxta o`rganish maqsadida esa burilish joylariga bayroqchalar, 
kubiklar qo`yish, harakat yo`nalishini ko`rsatuvchi qisqa chiziqlar o`tkazish yanada foydalidir.
Bir qatordan ikki qatorda yoyilish va jipslanish hamda ikki qarotdan bir qatorga qayta saflanish. 


Bir qatordan ikki qatorga qayta saflanish uchun o`quvchilar zalning ( maydochaning ) bir tomoni 
o`rtasidagiga yetganda “ Markaz orqali yuring ! ” buyrug`i beriladi. o`qituvchi qator markazga 
yetganda uni to`xtatadi hamda “ Chap va o`ng tomondan bittadan aylanib yuring ! ” buyrug`ini 
beradi. Qator qay tartibda qayta saflanish kerakligi tushuntiriladi. Bunda birinchi bo`lib turgan 
o`quvchi chapga, ikkinchi bo’lib turgan o`quvchi o`ngga, uchinchi bo`lib turgan o`quvchi chapga 
o`tadi va hokazo. Qatorlar uchrashishgach, ular yana to`xtatiladi va o`quvchilarga “ Maydon 
o`rtasidan ikki qator bo`lib yuring ! ” buyrug`i beriladi. bolalar ikkita qator hosil qilib yuradilar. 
Mazkur qayta saflanish amalda o`zlashtirib olingach, endi o`qituvchi tushuntirish o`rniga bir yo`la 
buyruq beradi.endi bolalar buyruq asosida, mustaqil ravishda bemalol turli harakatlarni bajar oladilar.

Yüklə 104,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə