`zbekiston respublikasi xalq ta`lim vazirligi jizzax davlat pedagogika instituti


Gimnastika skameykasida ko`ndalangiga o`tirib bajariladigan mashqlar



Yüklə 104,73 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/15
tarix27.04.2023
ölçüsü104,73 Kb.
#107237
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
gimnastika-sport-turi-mashg0ulotlari (1)

Gimnastika skameykasida ko`ndalangiga o`tirib bajariladigan mashqlar. 
 
1- mashq. 
D.h.
Qo`llar belda. 1 – oldinga engashiladi, qo`llar, yon tomonga uzatiladi, 
oldinga qaraladi; 2 – qo`llar belga qo`yiladi; 3 – orqaga bor oz engashiladi, qo`llar bosh orqasiga 
qo`yiladi, yuqoriga qaraladi;
4 – d.h. ga qaytiladi.
2- mashq. 
D.h. Qo`llar yelkada, oyoqlar skameyka ostida bukilgan. 4 – gvada o`ngga burilib, 
qo`llar bosh orqasiga qo`yiladi; 2 – d.h. ga qaytish, 3 – gavda chapga buriladi, qo`llar bosh orqasiga 
qo`yiladi; 4 – d.h. ga qaytiladi.
3- mashq. 
D.h. Qo`llar orqada, oyoqlar skameyka ostiga bukilgan 1- gavda chapga engashtiriladi, 
o`ng qo`l yuqoriga ko`tariladi; 2- d.h. ga qaytiladi; 3 – gavda o`ngga engashtiriladi, chap qo`l 
yuqoriga ko`tariladi; 4 – d.h. ga qaytiladi.
Izoh:
Bu mashqni o`quvchilar bir –ikki, deb sanab bo’lganlaridan so`ng bajarganlari ma`qul. 
 
Shunday qilinsa, birinchi nomerda turganlar avval chap tomonga, so`ng o`ng tomonga engashishlari 
oson bo`ladi. Bu esa barcha o`quvchilar mashqni bir vaqtda tik turgan qarab bajarganlarida 
skameykani yiqilishdan saqlaydi ( chunki ikkinchi nomerdagilar, bu vaqtda tik turgan holda 
bo`ladilar).
4- mashq. 
D.h. Orqa tomondan skameyka chetini ushlab qo`llarga tayaniladi, oyoqlar to`g`ri 
uzatilgan bo`ladi. 1- oyoqlar skameykaga qo`yiladi, bukiladi va gavdaga yaqinlashtiriladi; 3- oyoqlar 
rostlanadi; 4 - oyoqlar polga tushiriladi.
5- mashq. 
D.h. Oyoqlar yelka kengligida ochilib, qo`llar bosh orqasida bo`ladi. 1- ko`krakni 
skameykaga qo`yishga harakat qilinib, oldinga engashiladi, oldinga qaraladi, qo`llar yon tomonga – 
orqaga uzatiladi; 2- d.h. ga qaytiladi.
Skameykaning oldida yuzma – yuz turib bajariladigan mashqlar. 
1- mashq. 
D.h. Skameykadan bir qadam uzoqlikda turiladi, qo`llar ko`krak oldida. 1- o`ng oyoq 
skameyka ustiga qo`yiladi; 2 – o`ng oyoq bukiladi, qo`llar yuqoriga ko`tariladi, gavda oldinga 
engashtiriladi; 3- gavda va o`ng oyoq rostlanadi, qo`llar ko`krak oldida bo`ladi; 4- o`ng oyoq chap 
oyoq yoniga qo`yiladi. Keyingi to`rt sanoqda bu mashq ikkinchi oyoq bilan bajariladi.
2- mashq. 
D.h. To`g`ri tik turiladi. 1- o`ng oyoq skameykaga qo`yiladi, qo`llar yuqoriga 
ko`tariladi; 2 – chap oyoq o`ng oyoq yoniga qo`yilib o`ng oyoq bilan skameykaga chiqiladi, qo`llar 
oldinga uzatiladi; 3 – 4- yurishni o`ng oyoq bilan boshlab chap oyoqning yoniga qo`yib turib, 
skameykadan oldinga tushiriladi; 5-6- orqaga burilish. Keyingi 6 sanoqda mashqlar oyoqdan boshlab 
bajariladi.
3- mashq. 
D.h. To`g`ri tik turish. 1- qo`llar skameykaga qo`yilganda, oyoq uchlari cho`qqayiladi; 
2- o`ng oyoq orqaga uchi bilan qo`yiladi; 3- o`ng oyoq chap oyoq yoniga qo`yiladi; 4- d.h. ga 
qaytiladi; 5- qo`llar skameykaga qo`yiladi; oyoq uchlarida cho`qqayiladi; 6- chap oyoq orqaga oyoq 
uchlarida qo`yiladi; 7- chap oyoq o`ng oyoq yoniga qo`yiladi; 8- d.h. ga qaytiladi.
4- mashq. 
D.h. To`g`ri tik turish. Oyoqlar navbati bilan rostlanadi va o`ng oyoq o`ngga, chap 
oyoq chapga qo`yiladi.
 5- mashq. 
D.h. To`g`ri tik turish. 1- qo`llarni skameykaga qo`yib, cho`qqayib o`tirish; 2- o`ng 
qo`llarni skameyka uchi bilan qo`yiladi; 3- chap oyoqni orqaga oyoq qo`yilib tayanib yotiladi; 4-5 – 
oyoqlar navbati bilan bukilib, tayananiladi; 6- d.h. ga qaytiladi.
 6- mashq. 
D.h. To`g`ri tik turish; 5- mashqdagining o`zi, lekin mashqni chap oyoqdan boshlab 
bajariladi.

Yüklə 104,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə