Зиёдулла Давронов


metod insonning ob’yekt sir-asrorlarini anglashga qaratilgan nazariy



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/104
tarix26.06.2022
ölçüsü0,6 Mb.
#90114
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   104
Çè¸äóëëà Äàâðîíîâ

metod insonning ob’yekt sir-asrorlarini anglashga qaratilgan nazariy
amaliy-faoliyati usulidir.
Metod ishlab chiqarish sohasida biror narsani yasash, yaratish bo‘lsa,
dehqonchilikda esa o‘simliklarni parvarish qilishdir. Metodlar orqali olingan
bilimlar nazariya va amaliyotda samarali yutuqlarga olib keladi. Shu sababli
metodning boshlang‘ich faoliyati bu ilmiy nazariyadir.
Metodlar maxsuslik xarakteriga ega. Bilish jarayoni ana shu maxsus
metodlarga suyanadi. Maxsus metodlar bilish jarayonining barcha sohalariga
taalluqlidir. Masalan, analiz va sintez, tajriba, modellashtirish,
formallashtirish, statistik metodlar ana shunday xususiyatlarga egadirlar.
Ushbu metodlar qanchalik qimmatli ahamiyatga ega bo‘lmasin ularni
metodologiyaga aylantirib bo‘lmaydi. Metod va metodologiyaning o‘ziga
xos xusisiyatlari bor. Metodologiya sifatida fanlar tarixida fanlar uchun
metafizika, dialektika, sofistika, eklektika, endilikda esa sinergetika
foydalanilgan va foydalanilmoqda.
Metodologiyaning turlari:
1) falsafiy; 2) umum ilmiy; 3) maxsus ilmiy.


9
Falsafa fanining kategoriya va qonunlarini ilmiy bilish jarayonlarining
barcha sohalarini o‘zida mujassamlashtiradi. Chunki ular barcha sohalarga
tegishlidir.
Umumilmiy metodologiya deyilganda,
bir necha fanlarga taalluqli
bo‘lgan metodlar hisobga olinadi.
Ulardan bir necha fanda foydalaniladi va
ob’yekt haqidagi haqiqatga erishiladi. Masalan, analiz va sintez, tajriba
metodlari umum ilmiy metodologiya turlaridir. Bu metodlardan fanlararo
tadqiqotlarda foydalaniladi.
Maxsus ilmiy metodologiya bu alohida fanlar ob’yektlarini bilishda
foydalaniladigan metodlardir. Ya’ni, bir fan doirasida xizmat qiladigan
metodlardir.
Ilmiy ijod metodologiyasi va uning boshqa fanlar bilan aloqasi
Ilmiy ijod metodologiyasi kursi boshqa fanlar bilan ham aloqadadir. Bu
kurs ham boshqa fanlarga o‘xshab o‘z predmetini boshqa fanlar bilan
aloqadorlikda o‘zini to‘la namoyon qila oladi. Demak, ilmiy ijod
metodologiyasi falsafa, matematika, fizika, biologiya, iqtisodiyot,
sotsiologiya, pedagogika, psixologoya, adabiyot, san’at, mantiq fanlari bilan
o‘zaro munosobatdadir. Chunki, bu fanlar ham ijod jarayonlari bilan
bog‘liqdir. Ular ham metodologiyaga, metodologiya esa ularga muhtojdir.
Bu jarayonlarning barchasi bilish bilan bog‘liqdir.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə