Зиёдулла Давронов



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə88/104
tarix26.06.2022
ölçüsü0,6 Mb.
#90114
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   104
Çè¸äóëëà Äàâðîíîâ

Nazariya va iqtisodiyot
Moddiy noz-ne’matlar ishlab chiqarish inson hayotining asosini
tashkil etadi. Bu jarayon o‘ta murakkab, ziddiyatli jarayonlarni qamrab oladi.
Insonning asosiy faoliyati o‘zini-o‘zi (turli jihatdan) ta’minlashdir. Demak,
bu jarayon ilmiy ijod qilishni taqozo etadi. Ehtiyoj cheksizdir. Iqtisodiyot
ana shu ehtiyoj bilan chambarchas bog‘liq. Iqtisodiy rivojlanish nafaqat
amaliyotni balki nazariy jihatlarni ham talab etadi. Iqtisodiyot ishlab


155
chiqarishning tarkibiy qismidir. Ishlab chiqarish jarayonida turli xil noz-
ne’matlar - oziq-ovqat, kiyim kechak, hayotda yashash uchun kerak bo‘lgan
turli vositalar paydo bo‘ladi, rivojlanadi, taraqqiy etadi. Bu rivojlanish va
taraqqiyot esa turli nazariyalarni paydo qiladi. Zero, nazariyalar ishlab
chiqarishni bir bosqichdan ikkinchi bosqichga ko‘taradi. Ishlab chiqarish
quyidagi sohalarni o‘z ichiga oladi: maqsadga muvofiq faoliyatni, ya’ni
mehnat jarayonini, bu birinchidan, ikkinchidan, mehnat vositalariga ta’sir
ko‘rsatadigan tabiiy ashyolarni, ishlangan va ishlanmagan ashyolarni ham,
uchinchidan, turli mehnat vositalarining o‘zlarini.
Demak, ko‘rib turibmizki, ishlab chiqarishda ko‘p sohalar ishtirok
etadi. Bu ishtirokchilarning o‘zi insondan tafakkur qilishni talab etadi. Bu
ishtirokchilarni harakatga keltirish o‘z-o‘zidan amalga oshmaydi. Ularni
amalga oshirish uchun ilmiy izlanish va ijod qilish talab etiladi. Izlanish va
ijod qilish turli nazariyalarga murojaat qilishga majbur etadi. Nazariyalar
faqat ishlab chiqarish haqidagina bo‘lmaydi, balki inson tafakkurining o‘zini
ham qamrab oladi, uning ijtimoiy faoliyatiga ta’sir qiladi. Bu esa nafaqat
iqtisodiyotga, balki insonning din, san’at, siyosiy, huquq, madaniyat,
qadriyatlar sohasini ham nazardan chetda qoldirmasligini taqozo etadi.
Iqtisodiyot insonlarning amaliy faoliyati bilan bog‘langan. Ma’lumki,
hayotning o‘zi ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish munosabatlari,
samaradorlik, tadbirkorlik, biznesmenlik, hunarmandchilik kabi sohalardan
iborat bo‘lib, bu sohalar insonlar faoliyati uchun vositalardir. Nazariya
voqelikni anglab olish uchun quroldir. Lekin, nazariyaning o‘zi amaliy
faoliyatni keltirib chiqaradi. Amaliy faoliyat esa inson turmush tarzining
davomiyligini ta’minlaydi. Amaliy faoliyat orqali xo‘jalik yuritiladi. Bu
insonlardan doimiy harakat qilishni talab etadi. Harakat insonni amaliy
bilimga farazlar qilishga, qiyinchiliklarni yengishga yetaklaydi.
Iqtisodiyot nazariyasi - bu iqtisodiyot qonun qoidalarini va rivojlanish
tamoyillarini o‘rganuvchi fandir. Aslida iqtisodiy bilim beruvchi fanlar turli-
tumandir. Iqtisodiy fanlar qatoriga 20 dan ortiq fanlar kiradi. Ularni shartli
ravishda 3 guruhga bo‘ladilar: umumiqtisodiy, xususiy, funksional iqtisodiy
fanlar. Iqtisodiy nazariya degani umumiqtisodiy fanlar guruhiga mansubdir.


156
Iqtisodiyot nazariyasini qisqa qilib tushuntirish, unga ta’rif berish o‘ta
mushkul. Uni ba’zi bir olimlar tovar ayriboshlash, pullik bitimlar bilan
hamda iqtisodiy faoliyat turlari bilan bog‘liq fan desalar, yana birovlar,
iqtisodiyot nazariyasi har xil tovarlarni ishlab chiqarish maqsadida kishilar
tomonidan noyob va cheklangan unumli resurslardan foydalanish
to‘g‘risidagi fan, deydilar. Boshqa bir ta’rifda: iqtisodiyot nazariyasi
kishilarning kundalik ishbilarmonlik faoliyati, tirikchilik uchun mablag‘
topishi va undan foydalanishi to‘g‘risidagi fan
1
, deydilar.
Ta’riflardan ko‘rinib turibdiki, iqtisodiyot nazariyasining izlanish
ob’yektlari ham xilma-xildir. Shu sababli ushbu fandagi nazariyalar ham
turli tuman jarayonlarni o‘zida aks ettiradi. Demak, iqtisodiyot har bir inson,
oila, jamoa, jamiyat faoliyatiga taalluqli bo‘lganligi uchun ham ushbu fan
doirasida turli nazariyalar, xilma-xil qarashlar, turfa xil bashoratlar paydo
bo‘ladi, rivojlanadi. Iqtisodiyot sohasi, shulardan xulosa qiladigan bo‘lsak,
ijod uchun bir ummondir. Uning chegarasi keng va beqiyosdir. Binobarin,
nazariya iqtisodiyotni shunday uzluksizlikda, tadrijiylikda olib o‘rganadi.
Nazariya iqtisodiyotda g‘ayriiqtisodiy omillar ta’sirini hisobga olib
o‘rganadi. Chunki iqtisodiyot aholining siyosiy, ijtimoiy, milliy jihatlarini
ham qamrab oladi. Nazariya iqtisodiy va tabiiy sohalarning o‘zaro
munosabatlarini ham o‘zida mujassamlashtiradi. Shular bilan birga nazariya
iqtisodiyotning tabiatga ta’sirini hisobga oladi. Ma’lumki, iqtisodiyot biror
joyda to‘xtab qolmaydi, u rivojlanishdadir. Demak, nazariyada bu jarayon
ham o‘z aksini topadi. Iqtisodiy hodisalarning kelib chiqishi, undagi
o‘zgarishlarning sabablari o‘rganiladi. Iqtisodiy nazariyada zamon talablari,
texnologik o‘zgarishlar ham e’tirof etiladi. Garchand texnologiya iqtisodiy
nazariyaning ob’yekti bo‘lmasa-da, u iqtisodiyotning moddiy asosiga ta’sir
qiladi. Shuning uchun ham nazariya bu holatni nazardan chetda qoldirmaydi.
Masalan, nazariyada «Katta sikllar - katta to‘lqinlar» degan tushunchalar
borki, bular texnologiyadagi katta burilishning iqtisodiyotga ta’sirini nazarda
tutadi. Mutlaqo yangi texnologiya paydo bo‘lishi bilan iqtisodiyot rivojida
yangi davr – katta sikl boshlanadi, bu odatda 50-60 yil davom etadi. Mana
1
O‘lmasov A., Vahobov A. Iqtisodiyot nazariyasi., T.: “Sharq”, 2006, 12-13 betlar.


157
shularni nazariya tahlil etadi (O‘lmasov A. Vahobov A. Iqtisodiyot
nazariyasi. T.: “Sharq”, 2006 y. 17 b.).
Yuqorida ta’kidlanganidek, nazariyada tasodifiy yoki juz’iy emas, balki
doimo takrorlanib turadigan iqtisodiy hodisalarni tahlil qilib, bilish uchun
abstraksiyalash (mavhumlik) usuli qo‘llaniladi. Aynan mazkur usul nazariya
uchun asosiydir. Ushbu usul yordamida iqtisodiy hodisalar, ularga ta’sir
etuvchi birinchi va ikkinchi darajali omillar o‘rganilib, ularga nazariy baho
beriladi. Abstraksiyalashda taxminiy usul ham qo‘llaniladi. Masalan,
narxning talabga ta’sirini bilish uchun talabga ta’sir etuvchi boshqa omillar
o‘zgarmay turadi, deb taxmin qilinadi. Ayni holatda narx va talabning
o‘zgarishi qanday bo‘lishi aniqlanadi.
Abstraksiyani aniqlash mantiqiy usulga bog‘liq. Mantiqiy yondashish
ta’sirida iqtisodiy muammolarning o‘zaro aloqadorligi, bog‘lanishi,
munosabatlari, paydo bo‘lishi, natija va sabablari aniqlanadi. Boshqacha
aytganda, abstraksiyalash bu iqtisodiyotning nazariy maketini paydo
qilishdir. Ammo u, ilmiy yoki noilmiy bo‘lishi mumkin. U voqelikni to‘g‘ri
yoki noto‘g‘ri aks ettirishi bilan farq qiladi. Aslida model yoki maket
iqtisodiy voqelikning nazariy ifodasidir (o‘zbek modeli). Iqtisodiy
nazariyada oddiy yoki murakkab iqtisodiy model yoki maketlar qo‘llanishi
mumkin. Oddiy modelda firma va oilalar ishtirok etsa, murakkab modelda
ko‘pchilik sub’yektlar qatnashadi va juda ko‘p hisob-kitoblar nazarda
tutiladi.
Iqtisodiy nazariyada ijobiy va normativ holatlar tanlangan ob’yektni
tahlil etish uchun qo‘llaniladi. Ijobiy holatda obe’ktni nazariy jihati
tushuntirilsa, normativ holatda (usulda) ob’yektning qanday bo‘lishi, nimalar
zarur bo‘lishi haqida fikr yuritiladi. Demak, iqtisodiyotda nazariyalar
oddiylikdan, murakkablikka qarab boradi. A. O‘lmasov, A. Vahobovlarning
ko‘rsatishicha, nazariyada iqtisodiyotning qonun-qoidalari 3 xil darajada
o‘rganiladi:
a) mikrodarajada, b) makrodarajada, v) megodaraja (global) da.
Ular bir-biri bilan aloqador.


158
Nazariya uchun iqtisodiyotni ilmiy tahlil qilishda miqdoriy tahlil ham
qo‘llaniladi. Miqdoriy sohalar nazariy xulosalar chiqarishga xizmat qiladi.
Nazariyada sifatli tahlil ham qo‘llaniladi. Sifatli tahlil nazariy xulosalar
chiqarishga va qonun-qoidalarni ilmiy ta’riflashga yordam beradi.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə