Зиёдулла Давронов


Tayanch tushuncha va iboralar



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/104
tarix26.06.2022
ölçüsü0,6 Mb.
#90114
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   104
Çè¸äóëëà Äàâðîíîâ

Tayanch tushuncha va iboralar:
Model, nazariya, iqtisodiyot nazariyasi, abstraksiya, amaliyot, ilmiy
nazariya va deduksiyalash, iqtisod, ilmiy ijodda nazariya, normativ holat,
induktiv nazariya.
Mavzuga oid savollar:
1. Nazariya tushunchasini izohlang.
2. Nazariya va iqtisodning aloqasini tushuntiring.
3. Nazariyaning vazifalarini ayting.


159
XI bob. Hozirgi zamon axborot tizimlarining globallashishi
va ilmiy ijod
Insoniyatning globallashuv jarayoni. Globalizatsiya jarayoni
XX asr o‘zining yirik kashfiyotlari bilan odingi asrlardan tubdan farq
qiladi. Chunki aynan XX asrda fan va texnika inqilobi ro‘y berdi. Boz ustiga
ikki marta jahon urushi bo‘ldi.
XX asr biologiya, fizika, astronomiya, matematika fanlarining misli
ko‘rilmagan yutuqlarini keltirib chiqardi. Jumladan, shu asrda oqsil
moddalarining (kislotalar) sintez qilinishi va shu asosda biologiya fanlari
tarmoqlarining rivojlanishi; fizika fani orqali bo‘linmas zarrachalarning
kashf etilishi, ularning xususiyatlarini o‘rganilishi va yangi zarrachalarni
kashf etilishi, kosmik fazoni tadqiq qilishning yangi bosqichga ko‘tarilishi,
kibernetika, kompyuterlar haqidagi tasavvurlarning o‘zgarishi kabi sohalar
fikrimizning dalilidir. XX asrda faqat tabiiy fanlar rivojlanibgina qolmay,
balki ijtimoiy-gumanitar sohalar ham beqiyos darajada rivojlandi. Bu
rivojlanish dunyo hodisalarini qayta tahlil qilishga majbur qildi va majbur
qilmoqda. Yangi muammolarni keltirib chiqarmoqda. Bu muammolar
umuminsoniy muammolarga aylanmoqda. Hozirgi davrda loqayd bo‘lmagan
har bir inson ana shu umumbashariy muammolar haqida fikr bildirmasligi
mumkin emas. Zero, kelajakda ekologik, texnikaviy jarayonlar, oziq-ovqat
mahsulotlari, energetik jarayonlar qiyofasi qanday bo‘ladi, fan va texnikadan
yana nimalarni kutish mumkin. Inson xromosomasi tahlil qilinishi inson
faoliyatini qanday o‘zgarishlarga olib keladi, kabi savollar davrimizning
savollaridir, ayni paytda umumbashariy yoki global muammolardir.
XX asrda yashab ijod qilgan akademik A.Saxarov kelajak haqida jon
kuydirib gapirgan edi. Uning fikricha, keyingi ellik yillardan so‘nggi hayot
ko‘pgina ziddiyatlarni keltirib chiqaradi. Insoniyatni yirik falokatlar kutadi,
xavf-xatarlar ro‘y beradi, mashaqqatlar paydo bo‘ladi. Lekin, bunday
holatlarning oldini olish insonning - insoniyatning aql idrokiga bog‘liq.
Insonning aql zakovati kelib chiqadigan falokatlarning oldini olishga
qaratilishi lozim. Fan va texnika taraqqiyoti faqat hayratlanish uchun emas,


160
balki uning oqibatlari haqida ham qayg‘urishni talab etadi. (Voprosi filosofii,
1988 yil 1-son).
BMT ning ma’lumotlariga qaraganda (qanchalik talofatlar bo‘lmasin)
dunyo aholisi tez sur’atlar bilan ko‘paymoqda. Hozir yer yuzida 6 milliard
aholi istiqomat qiladi. 2025 yilga borib aholi soni 8 milliardga etadi, degan
taxminlar bor. Hozirgi paytda yer yuzining aholisi bir kunda 275 ming
kishiga ko‘paymoqda. Bir yilda esa 60 millionga o‘sayotir. Aholining o‘sishi
tabiiy bo‘lsa-da yer yuzidagi tabiiy boyliklar neft, toshko‘mir, torf, toza suv,
unumdor tuproq va boshqa foydali qazilmalar keskin kamayib borayotir.
Birgina ichimlik suvini oladigan bo‘lsak, bu suv yer yuzidagi suvning
hajmini atigi 2 foizini tashkil etadi. O‘sib borayotgan aholi uchun, albatta bu
yetarli deb bo‘lmaydi. Demak, globallashuv jarayoni ushbu muammolarni
keltirib chiqarayotganligini hech kim inkor etaolmaydi
.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə