Зиёдулла Давронов


Usullar, metodologiya va iqtisodiyot



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə97/104
tarix26.06.2022
ölçüsü0,6 Mb.
#90114
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   104
Çè¸äóëëà Äàâðîíîâ

Usullar, metodologiya va iqtisodiyot
Usullar, metodologiya va iqtisodiyot haqida so‘z yuritganda shu narsani
unutmaslik kerakki, metodologiya barcha fanlar uchun eng umumiy uslubdir.
Demak, iqtisodiyotda ham xususiy uslublar mavjud. Nafaqat iqtisodiy
sohada, balki barcha fanlarning o‘ziga xos uslublari bor. Umuman, tadqiqot
olib borish uchun son-sanoqsiz uslublar bor, desak xato bo‘lmaydi. So‘z, ana
shu son-sanoqsiz uslublardan iqtisodiy sohalar uchun qaysilarini tanlab olish
kerakligi haqida bormog‘i lozim. Faylasuf Omonulla Fayzullayev
ta’kidlaganidek, olam (biz uchun) bitta bo‘lsa ham uni o‘rganadigan yagona
usul yo‘q.
Chunki olam, koinot, tirik, notirik tabiat xilma-xil bo‘lganligi uchun
ham uni bir yoki bir necha usullar bilan o‘rganish kifoya qilmaydi. Olamni
tadqiq qilish uchun turli tomondan yondashgan holda tahlil qilish kerak.
Buning uchun turli uslublar borligiga murojaat qilamiz. Bu o‘rinda
magistrantlarga usullarning xilma-xilligini ko‘rsatish maqsadida
O.Fayzullayevning usullar haqida xulosalarini to‘liq keltiramiz:
Umumiy usullar:
Empirik. Nazariy. Induksiya-deduksiya. Analiz-sintez. Tarixiy-
mantiqiy. Qiyoslash. Analogiya. Tipologiya. Sistema. Klassifikatsiya.
Formallashtirish. Ideallashtirish. Konkretlashtirish. Umumlashtirish.
Abstraktlashtirish.
Aksiomalashtirish.
Teoremalashtirish.
Lemmalashtirish. Prinsiplashtirish. Gipoteza. Modellashtirish.


178
Kutubxona va internetdan foydalanish. Maktab va repititorlik. Fikran
eksperiment. Miqdoriy eksperiment. Reduksiya. Ekstra interpolyatsiya.
Kompleks-sistemalash. Bashorat. Tanqid-maqtash. Yordam. Pedagogik
Evristika. Algoritmlash va hokazo. Bu usullar hamma fanlarga daxldor
bo‘lganidan, ularni falsafiy usullar, deb ham aytish mumkin.
O‘rtacha umumiy usullar:
Matematik.
Iqtisodiy.
Statistik-ehtimoliyot.
Korrelyatsiya.
Programmlash. Kriminalistik. Balans. Instruksiya. Grafik. Golografiya.
Leksikografik. Topografik. Kartografik. O‘yin nazariyasi. Graflar
nazariyasi. Garmoniya. Genealogiya va boshqa usullar.
Maxsus usullar:
Fizikaviy usullar: Optik. Akustik. Spektral. Radiatsion.
Furespektroskopiya. Rentgen. Radiolokatsiya. Elektrofizik. Issiqlik-fizik.
Lazer va boshqalar.
Kimyoviy usullar: biokimyoviy. Rentgenfaza analizi. Kataliz.
Geterogen. Tseolit va hokazo.
Biologik usullar: Litologik-Gistologik. Evolyutsion. Genetik.
Immunologik. Geobotanik. Introduksiya-akklimitatsiv va hokazo.
Hozirgi kunda jahon miqiyosida yaratilgan ilmiy tadqiqot va bilish
usullarini sanab o‘tish - maqsadimizning o‘zi emas. Ularning borligini
eslatish yosh olimlarimizga yordam berishdir. Darhaqiqat, ilmiy tadqiqot
usullarini hisoblab chiqish, ularning effektlarini aniqlash - juda qiyin masala.
Misollar
Tarixda va hozirgi kunda jahon miqyosida yaratilgan ilmiy tadqiqot
va bilish usullarini sanab o‘tish foydali. Lekin, ulardan amalda qanday
foydalanilyapti va biz ham kelgusida qanday foydalanishimiz mumkin, -
bu bizning maqsadimiz. Shu vazifa bilan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar
akademiyasi ilmiy-tekshirish institutlarida ishlatilayotgan usullar bilan
tanishib chiqdik.
Yuqorida keltirib o‘tilgan usullar tasnifini qaytarmaslik uchun, usullarni
4 ta toifaga bo‘ldik: 1) strukturalarni tadqiq qilish usullari, 2)


179
xarakteristikalarni aniqlash usullari, 3) sifatni oshirish usullari, 4)
modellash usullari.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə