Зиёдулла Давронов


Tayanch tushuncha va iboralar



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə95/104
tarix26.06.2022
ölçüsü0,6 Mb.
#90114
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   104
Çè¸äóëëà Äàâðîíîâ

Tayanch tushuncha va iboralar:
Globalizatsiya, demografiya, umumbashariy muammo, urbanizatsiya,
energetika muammosi, terrorizm, ekologiya, axborot, kibernetika, axborot
kutubxona, axborot turlari.
Mavzuga oid savollar:
1. Globallashuv nima?
2. Umumbashariy muammolarni tushuntiring.
3.
Axborot turlari mohiyatini ayting.


172
XII bob. O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishida ilmiy tadqiqotlar metodologiyasi
Hozirgi zamon ilmiy tadqiqotlarida ijodiy faoliyat
ahamiyatining kuchayishi
Ma’lumki, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot insonlar faoliyati, ularning
turmush tarzini yaxshilashga qaratilgan. Respublika hukumatining mazkur
sohalarda qator tadbirlarni amalga oshirishida ijodkor xodimlar talab
qilinadi.
Ilmiy ijod metodologiyasi kursi magistrantlarni faqat ilmiy jarayonlarni
tushunish uslublarini bilish, ijod qilishga undabgina qolmaydi. Balki
tashabbuskor, ilg‘or fikrlaydigan shaxslar faoliyatini ham shakllantiradi.
Ularga mazkur sohalarning qirralarini va muammolarini tushuntiradi.
Demak, iqtisodiy sohalarda ijodkor, mustaqil fikrlaydigan mutaxassislar
yetishtirishga o‘z hisssasini qo‘shadi. Ming afsuslar bo‘lsinkim, iqtisodiy
jarayonlarni ham to‘g‘ri tushunmaydigan, uning rivojlanishi natijasida
qanday yutuqlarga erishish mumkinligini sezmaydigan rahbarlar yo‘q emas.
Binobarin, ular iqtisodiy sohalardagi ilmiylikni ham tushunmaydilar. Ular
iqtisodiyotda ilmiy tadqiqotlar metodologiyasi haqida o‘ylab ham
ko‘rmaydilar.
“Bugungi kunning eng muhim vazifasi,- deb ta’kidlagan edi,
I.A.Karimov, - Hayotimizning barcha sohalarida, ayniqsa, boshqaruvda
respublika miqyosida, viloyat, shahar, tuman, qishloq va mahallalarni
boshqarishda, tarmoq bo‘g‘inlarini idora etishda yangicha fikrlaydigan, qiyin
damlarda mas’uliyatni o‘z zimmasiga oladigan, hayot bilan hamqadam
yurishga qodir, imoni pok, bilimdon, ishbilarmon odamlarni topish, ularga
ishonch bildirishdan iboratdir”. Ha, ushbu xislatlarga ega bo‘lish uchun ish
jarayonida qanday uslublardan foydalanish kerak, degan savol ko‘ndalang
bo‘lib turadi. Demak, hozirgi davr iqtisodiyoti, metodologiyasiz ilmiy bo‘la
olmaydi. Metodologiya nima ekanligini oldingi bo‘limlarda aytib o‘tgan
bo‘lsak-da, aynan iqtisodiy sohada u qanday namoyon bo‘ladi va u nimalarni
talab qiladi, endi shular ustida oz bo‘lsa-da, to‘xtalamiz.


173
O‘tmishdagi buyuk allomalar o‘zlarining ijodlarida u yoki bu manbaga,
tarixiy jarayonlarga va xalq merosiga suyangan holda yangiliklarni kashf
etganlar. Aniqrog‘i hayotdagi, turmush tarzidagi qarashlar, uslublar, tafakkur
tizimlaridan foydalangan holda ob’yektni tasvirlaganlar va xulosalar
chiqarganlar. Shu sababli ham ularning xulosalarini, kashfiyotlarini inkor
etib bo‘lmaydi. Demak, iqtisodiy soha ham bundan istisno emas.
Iqtisodiy sohalar bilan shug‘ullanadigan har bir tadqiqotchi ham
o‘tmishdagi iqtisodiy qarashlar, kuzatishlar, uslublar, tafakkur hosilalariga
suyangan holda ish olib borsalar, yaratgan ta’limotlari hayotdan abadiy o‘rin
oladi. Zero, ana shunday yondashishning o‘zi metodologiyadir.
Metodologiya turli chig‘iriqlardan o‘tib, qiyinchiliklarga bardosh beradigan
uslublar yig‘indisi sifatida tan olingan ta’limotdir. Chunki, u o‘zining fanda
tutgan o‘rni bilan farqlanib turadi. Ilmiy ijodga qanday yondashish
kerakligining yo‘lini ko‘rsatadi. Shu munosabat bilan aytish mumkinki,
metodologiya ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning kalitini beradi.
Metodologiyaga asoslanib, O‘zbekiston ijtiomiy-iqtisodiy sohalarini yangi
bosqichga ko‘tarish mumkin. Bu holat fan rivojlanishini qamrab oladi.
Fan rivojlanishi metodologiyaga bog‘liq. Binobarin, respublikadagi
muhim yo‘nalish – iqtisodiy soha fan taraqqiyotisiz rivojlanmaydi. Fanning
ham rivojlanishi insonlar, ijodkorlar faoliyatiga bog‘liq. “Fanning zamon
talablari darajasida taraqqiy topishi uchun mening nazarimda, quyidagi
muhim omillar zarur. G‘oya, moddiy asos, tegishli sharoit, fikr, tafakkur
erkinligi.
Ilmga, ijodga, kashf etishga intilish – bu oliyjanob intilishdir. Hozirgi
sharoitda ishbilarmonlar, savdogar va tadbirkorlar topish – tutish jihatidan
ilm-fan va madaniyat sohasi kishilaridan o‘tib ketgani sir emas. Mayli,
bozor iqtisodiyoti busiz bo‘lmaydi. Savdo-sotiq, biznes kerak. Lekin fan,
ijod ularning soyasida qolishiga biz yo‘l qo‘ya olmaymiz. Chunki,
mamlakatning iqtisodiy qudratini, uning ertangi kunini, boringki, taqdirini
ham provard natijada aql-zakovat, ma’naviyat hal qiladi. Zero, ilmga intilish
yo‘qolsa, fan taraqqiy etmaydi, ilm-u fan rivojlanmasa – jamiyatning
kelajagini tasavvur etib bo‘lmaydi. Bu haqiqatni barcha teran his qilmog‘i


174
darkor (I. A. Karimov. Bunyodkorlik yo‘lidan. T.4. –T.: O‘zbekiston, 1996.
88-bet). Ushbu fikrlardan ko‘rinib turibdiki, fan, ijod izlanish iqtisodiy
sohalar chambarchas bog‘lanib ketgan. Bu bog‘lanishlarning o‘zagini topish
va shu asosda magistrantdan kelajakda ham izlanishini davom ettirishini
talab etiladi. Bu ancha murakkab jarayon. Ayniqsa, iqtisodiyotning moliya,
bank, kredit, audit sohalarini boshqarish yildan yilga murakkablashib
bormoqda. Ana shuning uchun ham izlanuvchi metodologik jihatlar bilan
shug‘ullanishi zarur. Iqtisodiyotda metodologiya muayyan maqsadga
erishmoq uchun qanday vositalar qo‘llanilishi haqida izlanuvchiga
ma’lumotlar beradi. Metodologiya mazkur maqsadga erishishning “baho”sini
ham belgilashda yordam beradi, xabar qiladi. Biroq bu keng qamrovli bo‘lib,
izlanuvchi uning o‘ziga tegishli tomonlarinigina olishi zarur. Aks holda
“xabar”larga “ko‘milib” qolib o‘z yo‘lini topa olmay qolish mumkin.
Haqiqiy izlanish mavjud narsa va hodisalar haqida olib boriladi, taxminiy
narsa va hodisalar rad etiladi. Ilmiy izlanishda inson uchun zarur va
ahamiyatli bo‘lgan haqiqat izlanadi: izlanayotgan dalil to‘g‘ri va
umumahamiyatga egaki, iqtisodiy fanlar sohasidagi uslubiy jihat ilmiy dalil,
o‘z maqsadiga erishish uchun barcha insonlar tomonidan ham to‘g‘ri deb
topilishi kerak.
Kimdir iqtisodiy fanlar uchun metodologiyaning ahamiyati yo‘q desa, u
yirik xatoga yo‘l qo‘yadi. Bilamizki, iqtisodiyotda ham son-sanoqsiz
muammolar bor. Ular ba’zida biri ikkinchisini taqozo etadi, inkor qiladi,
ziddiyatlarga duch keladi, chekinishlarga to‘g‘ri keladi. Bu muammolarni
yechish metodologiyaga bog‘liq.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə