Зиёдулла Давронов



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/104
tarix26.06.2022
ölçüsü0,6 Mb.
#90114
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   104
Çè¸äóëëà Äàâðîíîâ

Axborot turlari
Axborotni to‘plash uchun uning manbalari ko‘p bo‘lgani singari uning
turlari ham mavjud va anchadir. Axborot ma’lumotlar va xabarlar to‘plami
bo‘lib, unda yangiliklar hamda eski holatlar mavjud bo‘ladi. Axborotda ham
vorislik tamoyili mavjuddir. Mutlaqo yangi axborotning bo‘lishi mushkuldir.
Demak, yangi axborotlar eski axborotlar asosida paydo bo‘ladi. Axborotlar
ishonchli bo‘lishi zarur. Munozarasiz axborotlar ijod jarayonini boshi berk
ko‘chaga olib kiradi. Ortiqcha xarajat va vaqtning bekorga ketishiga olib
keladi. Axborot turli sohalarni qamrab olgani uchun turli sohada ham
axborotni olish va tarqatish o‘ta mas’uliyatlilikni talab etadi. Siyosiy,
huquqiy, madaniy, texnikaviy, ijtimoiy sohalar ham bundan istisno emas.
Ayniqsa, boshqaruv tizimida ham axborot o‘ta ishonarli bo‘lishi lozim.
Boshqaruvchi organ boshqariluvchi ob’yektning holati hamda
boshqariluvchi obe’kt bog‘liq bo‘lgan tashqi muhit holati haqida axborotlar
olib turadi. Bu axborot boshqaruvchi organ tomonidan qabul qilinadi va shu
axborot asosida u boshqaruvchi axborotni ishlab chiqadi. Shundan so‘ng
axborot boshqariluvchi ob’yektga ta’sir o‘tkazadigan boshqaruvchi tizimning
ijroiya organiga yuboriladi va bajarilishi nazoratga olinadi. Shundan keyin
boshqaruv tizimida axborotni uzatish, olish, qayta ishlash va berish jarayoni
amalga oshiriladi. Boshqarishda foydalaniladigan va bajarilishi uchun
uzatiladigan axborotlarga quyidagi talablar qo‘yiladi: ishonchlilik,
tushunarlilik, tezkorlik, to‘liqlik, tejamlilik va boshqalar.
Axborotlar o‘zining tizimiga turlicha bo‘lishi mumkin. Axborotlarning
oddiy va murakkab tizimlari oddiy axborot tizimi bu telefon yoki biror
boshqa manba orqali olinsa, murakkab axborot manba yoki asosning holati
bilan bog‘liqdir. Sababi manba holati ham murakkab bo‘lib undagi axborotni
biror so‘z yoki biror manba bilan ham aytib bo‘lmaydi
.
Demak, axborot ham
ko‘p xususiyat va tavsifdan iboratdir. Unda ijodning turli qirralaridan, texnik
vositalardan foydalanishga to‘g‘ri keladi. Axborot tizimlarini to‘g‘ri
tushunish ham ijodda yutuqlar garovidir. Axborot turlari axborot
tizimlarining xususiyatlariga ham bog‘liq. Axborot tizimlari oddiy yoki
murakkab bo‘lishi bilan birga quyidagi xususiyatlarga ham ega. 1.


168
Ma’lumotlarni olish va qayta ishlash jarayoni. 2. Axborotni qayta ishlash
markazi faoliyati. 3. Axborotni qayta ishlash va hisoblash xizmati. 4.
Mexanizatsiyalashgan yoki avtomatlashtirilgan axborotni tashkil etish
tizimlari. Bu tizimlarning hayotiyligini ta’minlash avvalo inson faoliyatiga
bog‘liq. Axborot tizimida inson markaziy figuradir. Shu sababli axborot
uchun ishlaydigan shaxsga barcha imkoniyatlar yaratilishi eng muhim
shartlardandir. Ta’kidlash lozimki, ko‘rsatilgan tizimlar ba’zi qulayliklarni
keltirib chiqaradi. Jumladan, tizimning holati va uning ishonarligiga javob
beruvchi mas’ul kishi javobgarligini oshiradi; ob’yektning umumiy
faoliyatini anglab yetishiga ko‘maklashadi; axborotning tarkibiy qismlarini
to‘la tushunishga yordam beradi; natijalar olishni tezlashtiradi;
axborotlarning qanday qismidan, qayerda, qachon foydalanish kabilarga
yordam beradi. Demak, axborot tizimi insonlar faoliyatini muvofiqlashtiradi.
Ijod uchun keng yo‘l ochib beradi. Bu o‘rinda axborot turlari muhim
ahamiyat kasb etadi. Masalan, axborot sohasidagi mutaxassislardan biri
Marian Mazur

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə