Зиёдулла Давронов



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə91/104
tarix26.06.2022
ölçüsü0,6 Mb.
#90114
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   104
Çè¸äóëëà Äàâðîíîâ

Davlat nomi
Yillar
1987 1988
1989
1990
1991
AQSh
13,7
11,9
11,9
11,2
11,2
SSSR
17,7
15,1
14,9
9,6
3,9
GFR
0,8
1,3
0,8
1,2
2,0
Xitoy
2,9
1,9
0,9
1,0
1,1
Buyuk Britaniya
2,2
1,7
2,7
1,6
1,0
Fransiya
3,2
2,4
2,9
2,0
0,8
Dunyo bo‘yicha
45,8
39,3
38,2
29,0
22,1
Insoniyat atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatmoqda. Natijada ekologik
muammolar yuzaga keldi. Atmosferaga yiliga 1 km
3
zaharli moddalar va
ularning changlari tushar ekan. Ushbu dalillarni keltirishdan maqsad hozirgi
kundagi bu ma’lumotlarni to‘plash texnologiyalarga ham bog‘liqdir. O‘z
navbatida axborotlar globallashuvi kelib chiqadi. Axborotlar globallashuvi
bir tomondan ijobiy natijalarga olib kelishi, ikkinchi tomondan salbiy
natijalarni berishi mumkin. Ya’ni, inson miyasi va uning nerv (asab) faoliyati
qanchalik ko‘p axborotlarni qabul qilaversa, uning shunchalik zaiflashishi
sodir bo‘lishi mumkin. Sababi axborotlarning tez ko‘payishi natijasida asab
sistemasi uncha tez moslasha olmaydi. Shu sababli axborot tizimini rejali
qabul qilish inson organizmiga ta’sir etmaydigan darajada bo‘lishini
ta’minlash ham ijod faoliyatiga bog‘liq. Axborot tizimining ijobiy tomoni
shundaki, u yer yuzidagi xalqlar va millatlar o‘rtasidagi iqtisodiy, siyosiy
ilmiy-texnikaviy, madaniy aloqalarni tezlashtiradi, yaqinlashtiradi. Bunday
holat esa har bir mamlakatning umumiy rivojlanishiga jiddiy ta’sir
ko‘rsatadi. Shu mamlakatning taraqqiyotini yangi bosqichga ko‘taradi. Ishlab
chiqarish kuchlarini o‘zgartirishga olib keladi. Bu esa umumiy
sivilizatsiyaning o‘zgarishiga olib keladi. Fan va texnika taraqqiyoti ijtimoiy
hayot o‘zgarishining asosiy omilidir. Demak, axborot texnologiyalari orqali
tabiat, texnikaviy jarayonlar, iqtisodiy-ijtimoiy, madaniy faoliyatlar qaytadan


163
tahlil qilinadi. Bularning barchasi ijod jarayonini o‘ta dolzarbligidan darak
beradi. Chunki ijodiy jarayon, paydo bo‘layotgan axborot tizimlarining asosi
ham hisoblanadi.
Axborot jamiyatining paydo bo‘lishida hozirgi zamon elektron-
kompyuter va biotexnologik rivojlanish bilan bog‘liqdir. Aniqrog‘i,
kompyuterlar, elektronika, umumiy texnologiyaning rivojlanishi axborot
yoki informatsion jamiyatni keltirib chiqaradi. Bu jamiyat o‘z navbatida
insonning faoliyati, uning umumiy dunyoqarashining o‘zgarishiga olib
kelayotir. Dunyoqarashning o‘zgarishi zamon talablariga yangicha javob
berish bilan ham bog‘liq. Inson intellekti bir joyda to‘xtab qolmaydi. U ham,
fan ham, ijod rivojlanishi bilan o‘zgarib boradi. Bu o‘rinda, ta’kidlash
lozimki, fanning haqiqiy axborot markazi ekanligi seziladi. Shu sababli fan
o‘zining aniq va haqiqatga mos axborotlariga ega bo‘lishi kerak. Inson
axborotlar o‘rtasida chalkashib qolmasligi kerak. Axborotlar orqali haqiqatni
bilishi, unga erishishi lozim. Axborot ta’sirida ijod uchun zarur bo‘lgan
dalillarga ega bo‘lishi zarur.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə