Дастурлаш асослари



Yüklə 2,71 Mb.
səhifə1/196
tarix22.03.2024
ölçüsü2,71 Mb.
#184221
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   196
Дастурлаш асослари


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


NAMANGAN MUHANDISLIK-TEXNOLOGIYA INSTITUTI

IJTIMOIY FANLAR” KAFEDRASI





fanidan


O’QUV – USLUBIY MAJMUA
Bilim sohasi: 700000 – Muhandislik, ishlov berish va qurilish sohalari


Ta’lim sohasi: 720000 – Ishlab chiqarish va ishlov berish sohalari

Ta’lim yo’nalishi: 60721200 – Yengil sanoat buyumlari konstruktsiyasini
ishlash va texnologiyasi
Namangan – 2022


Mazkur o’quv-uslubiy majmua, 2022 yil 27 avgustda Namangan Muhandislik-texnologiya instituti Kengashining 1-sonli bayonnomasi bilan ma’qullangan, namunaviy dastur asosida tuzildi, Muhandislik-texnologiya instituti “Ijtimoiy fanlar” kafedrasining 2022 yil 24 avgustdagi 1-sonli yig’ilishida muhokama qilindi hamda institut kengashida tasdiqlash uchun tavsiya etildi.


Tuzuvchi: N.Mullaboyeva – PhD, dotsent
Taqrizchilar: O’.Asqarova – NamDU, p.f.d. professor.
T.Malikov – NamMTI, f.f.n. dotsent.
O’quv-uslubiy majmua NamMTI kengashning 2022 yil “26” avgustdagi 1-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlandi

MUNDARIJA


So’z boshi..........................................................................................4
I. Ma’ruza materiallari....................................................................6
II.Mustaqil ta’lim mavzulari………...……. ..............................202
III. Glossariy …………………..……………………………......208
IV. Ilovalar…………...…………………………………….........221

- fan dasturi


- fanning ishchi dasturi
-tarqatma materiallar
- testlar
- baholash mezoni

SO’Z BOSHI


Ayni davrda ro’y berayotgan har qanday hodisa insoniyat tafakkurida o’z aksini topmoqda. Fan ham ijtimoiy ong shakli shamoyilida o’z zamonasiga xos xususiyatlarni aks ettiradi. Shu munosabat bilan hozirgi zamon psixologiya fani o’z rivojlanishida keskin burilish yasayapti.
Hayot taqozosi bilan kommunikatsiyaga oid soha iqtisodiyot dinamikasiga eng kuchli ta’sir etuvchi omilga aylanib bormoqda. O’tgan asrda qaerda, qanday ixtiro yoki texnologiya joriy etilganligi eng katta shov-shuv uyg’otgan bo’lsa, hozirgi kunda qaerda, nima bo’lganligi va buni qay usulda yetkazish eng muhim sohaga aylanib qoldi. Agar o’tgan asrda raqobat yangi mahsulotni ishlab chiqarishga asoslangan bo’lsa, endilikda yaratilishi kutilayotgan mahsulot haqidagi axborotga egalik ustida katta kurash borayapti. Agar, o’tgan asrda hududlarni bosqinchilik orqali ishg’ol qilingan bo’lsa, bugunga kelib, axborot tarqatish va kerakli ma’lumotni qo’lga kiritish asosiy qurolga aylandi. Bu holat nafaqat siyosiy maydonda yoki katta kompaniyalar misolidagi iqtisodiy sohada, balki, kishilarning kundalik turmushidagi xulqlari orqali ham ko’zga tashlanib turibdi. Televidenie orqali ko’plab kanallarni tomosha qilish imkoniyati, ma’lumotning dunyo uzra yashin tezligida tarqalishi, hatto, uyali aloqa va internetning ommaviylashib ketishi davr taqozosidir. Hozirga kelib, ma’lumot almashish sohasidagi, ayniqsa, raqamli texnologiyalarning rivojlanishi bilan bog’liq fanlar yetakchi o’ringa chiqib oldi. Psixologiya ham kommunikatsiya jarayonini takomillashtiruvchi fan sifatida jadal sur’atda rivojlanib, odamlar orasida ma’lumot almashuv jarayonini takomillashtirishda o’z hissasini qo’shib kelyapti. Mana shunday ma’lumot almashinuvi ob’ektlaridan biri mehnat jamoalari bo’lib, tashkilotdagi mavjud turli bo’g’inlar o’rtasida kommunikatsiyalarni shakllantirish zamonaviy boshqaruv ilmining markaziy masalasidir.
Mazkur majmua ilg’or xorijiy tajribani keng o’rganish, umumlashtirish va undan ta’lim va tadqiqotlar jarayonida samarali foydalanish mahsulidir.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevralda qabul qilingan 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida keltirilgan “ta’lim va o’qitish sifatini baholashning xalqaro standartlarini joriy etish asosida oliy ta’lim muassasalari
faoliyatining sifati hamda samaradorligini oshirish, oliy ta’lim
muassasalariga qabul kvotalarini bosqichma-bosqich ko’paytirish va ilmiy-
tadqiqot va innovatsiya faoliyatini rag’batlantirish, ilmiy va innovatsiya yutuqlarini amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish, oliy o’quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot institutlari huzurida ixtisoslashtirilgan ilmiy eksperimental laboratoriyalar, yuqori texnologiya markazlari va texnoparklarni tashkil etish” masalalari doirasida oliy o’quv yurtlari jahonning rivojlangan mamlakatlaridagi yetakchi universitetlar va oliy o’quv yurtlari bilan qalin hamkorlik doirasida keng ko’lamda ishtirok etgan holda 2017/2021 yillar davomida ta’lim jarayonida yangi innovatsiyalarni amalga oshirish hamda oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish uchun yetakchi xorijiy olimlar va o’qituvchilarni jalb etish to’la amalga oshirish nazarda tutilgan.
Ushbu o’quv – uslubiy majmua ma’ruza materiallari, namunaviy va ishchi o’quv dasturi, modulni o’qitishda foydalaniladigan interfaol ta’lim metodlari, (adabiyotlar ro’yxati, mustaqil ta’lim mavzulari, glossariy, keyslar banki, nazorat savollari va test savollari) va amaliy mashg’ulotlar materiallaridan tashkil topgan.

Yüklə 2,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   196




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə