Mantiq fanining predmeti, maqsad va vazifalari Tafakkurning qonunlari. Ma’ruza rejasi



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/35
tarix12.02.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#100697
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Mantiq fanining predmeti, maqsad va vazifalari (1)



Mantiq fanining predmeti, maqsad va vazifalari 
Tafakkurning qonunlari. 
 Ma’ruza rejasi: 
1.
Tafakkur mantiqiy fikrlash asosi. To‘g‘ri tafakkur qonunlari. 
2.
Formal mantiq. Dialektik mantiq. Matematik mantiq. Tafakkur va til mutanosibligi. 
3.
Tushuncha, hukm va xulosa chiqarishning fikr teranligini ta’minlashdagi roli. 
4.
Isbotlash va rad qilishda dalillarning o‘rni. Argumentlash va bilimlar taraqqiyotining mantiqiy 
shakllari (muammo, faraz, nazariya). 
Tayanch tushuncha va iboralar: 
«mantiq», «logika», tafakkur, tafakkurning mantiqiy 
tarkibi, bilish, hissiy bilish, aqliy bilish, tafakkur shakllari, tafakkur qonunlari, formal mantiq
matematik mantiq, dialektik mantiq, tafakkur va til, tushuncha, hukm, hukning tarkibi, sub’ekt, 
predikat, bog‘lovchi, mantiqiy kvadrat, savol, norma (me’yor), xulosa, deduktiv xulosa chiqarish, 
sillogizm, entimema, polisillogizm, epixeyrema, sorit, induktiv xulosa chiqarish, traduktiv xulosa 
chiqarish, analogiya, isbotlash (dalillash), mantiqiy isbot, raddiya, paralogizm, sofizm, paradoks, 
bahs, argument, argumentlash, muammo, faraz, nazariya. 
 
1 –savol bayoni: «Mantiq»
arabcha so‘z bo‘lib, uning xalqaro muqobili logikadir. 
Logika
grekcha logos so‘zidan olingan bo‘lib, fikr, so‘z, aql, tushuncha, fan, qonun ma’nolarini 
ifodalaydi. Arabcha mantiq atamasi ham shu ma’nolarga ega. 
Mantiq yoki logika termini 
ikki ma’noda 
ishlatiladi: 
1. Narsa va hodisalarning muayyan tartibi, bog‘lanishi, izchilligi, ular taraqqiyot 
qonunlarining o‘zaro bog‘lanishi (ob’ektiv mantiq yoki narsalar, tashqi dunyo mantig‘i) hamda 
tafakkur yordami bilan vujudga keladigan fikrlar, tushunchalar o‘rtasidagi o‘zaro aloqa, bog‘lanish 
va izchillik (sub’ektiv mantiq yoki fikrlar mantig‘i) ma’nolarida. Tafakkur tashqi olamning inson 
ongidagi in’ikosi bo‘lganligi sababli ob’ektiv va sub’ektiv mantiq uzviy aloqadorlikni, birlikni 
tashkil etadi. 
2. To‘g‘ri fikrlash, tafakkur qilish qonunlari, qoidalari, shakllari, usullari va metodlarini 
o‘rganadigan fan ma’nosida. 
Mantiqning fan sifatidagi asosiy 
vazifasi
haqiqiy bilimlarga erishish shart-sharoitlarini 
o‘rganish, fikrlash jarayoni tuzilishini tahlil qilish, to‘g‘ri muhokama yuritishning mantiqiy qoida 
va metodlarini ishlab chiqishdir. 
Mantiqning ilmiy-tadqiqot 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə